Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

132 


“Xalq harakati” sifatida unga na xalqning ishonchi (mandati) qoldi, na “Harakat”ning 

va na boshlig‘ining xalq oldida obro‘yi qoldi! 

Bugun dunyo o‘zgardi, hayot yangi-yangi masalalarni o‘rtaga qo‘yyapti, zamon 

yangicha boqishlarni taqozo etyapti. ”Birlik” esa bugun adolatsizlikka, diktatorlik 

tuzumiga qarshi ishlatishi lozim bo‘lgan bor kuchi-g‘ayratini raqobatchi shaxs va 

harakatlarga hamda Islom diniga qarshi yo‘naltirib, tinimsiz ig‘voyu bo‘hton yog‘dirib 

yotibdi ‒ muxolifatning kuchini sindirishga harakat qilib kelyapti. Bu bilan 

O‘zbekistondagi diktatorlik tuzumi tegirmoniga bir ariq suv quyib yotibdi. 

Shulardan xulosa qilinsa, “Birlik”ning buguni sharafsiz, ertasi umuman qorong‘i, 

kechagi shonli tarixi ham bugungi iflosliklari bilan botqoqqa botirilgan. 

Bir zamonlar xalq harakati sifatida tashkil topgan edi

88

, hozir bir hovuch kimsaning 



siyosiy-ijtimoiy ermagiga aylanib qolibdi. Mazlum xalqning xohish-irodasini 

ifodalamaydi ‒ haqiqat shu! 

Men bu gaplarni bir paytlar “Birlik” xalq harakatining faol ishtirokchilaridan biri 

o‘laroq, ikkita xomaki nusxa asosida uning bir ovozdan tasdiqlangan Nizomini, harakat 

Dasturini hamda yuzminglab nusxada ko‘paytirilib xalqqa tarqatilgan alohida 

Eslatmani yozgan odam o‘laroq, ming bir afsus bilan bityapman. 

“Birlik” ichida bo‘lganim va uning g‘oyalarini elaro tarqatishda ozmi-ko‘pmi 

hissam qo‘shilgani uchun ham, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bu gaplarni aytishga 

ma’naviy haqqim bor deb o‘ylayman. 

Muxolif tashkilotlardan yurt ichi va tashida “Erk” demokratik partiyasi bor. 

Boshlig‘i va ko‘p a’zolari eski “birlik”chi bo‘lgani, ularni o‘sha damlarda yaqindan 

taniganim bilan, keyinchalik oralarida bo‘lmaganim uchun, partiya o‘laroq hozirgi 

holati menga qorong‘i. Birnima demayotganim shundan. 

Yaqinda chetdagi ayrim muxolif kuchlar birlashib, “O‘zbekiston xalq harakati”ni 

tashkil etishdi. Bu harakat faoliyatini endi boshlagani sababli ham hozircha u haqda 

biron-bir tasavvur yo xulosam yo‘q. Kelajak ko‘rsatadi. Ammo birlashishning o‘zi 

katta ijobiy hodisadir va kishida umid uyg‘otadi. 

Albatta, hech qaysi guruhga yo partiyaga kirmagan alohida muxolif shaxslar ham 

bor. Dardlari imon va Vatan bo‘lsa, ularni ham hartomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak 

bo‘ladi. 



 

 

 

 

                                                                                                                                                               

87

 Xalqini ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz cho‘chqa deb haqoratlaydigan, o‘zining holidan xabari yo‘q, ammo Islom dinini 



“zamonga moslash” g‘oyasini ko‘tarib chiqqan kimsani bundan boshqacha baholab bo‘lmaydi! Tavba deysiz. Bir 

hovuchgina “Birlik”ni zamonga moslay olmayotgan kazzob butun boshli dinni “zamonga mos”lamoqchi! 

88

 Bugunga kelib esa, kechagina ne-ne orzu-umidlar-la “Birlik”ni tuzgan va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan xalqni ‒ o‘zi 



go‘yo zolimdan qutqarib baxtga erishtirmoqchi bo‘layotgan mushtipar xalqini eskirib ketgan boshlig‘i tili bilan ikki 

kunning birida “cho‘chqalar” deb haqoratlab yotibdi. Balki “yuqori tashkiloti”dan xalqni kechagi suyukli Harakatdan 

bezdirish topshirig‘ini olgandir sho‘rlik Boshliq? Unaqa bo‘lsa, allaqachon niyatiga yetdi u! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

133 


Kichik xulosa 

 

Qarashlar xilma-xilligi (ixtilof)ning zarardan foydasi ko‘p. Ayrimlari bulardir

1. Inson bolasini bir-biriga jozibali, chiroyli qilib turadi. Ilk Odamdan (u zotga 

salom bo‘lsin) to qiyomat qo‘pguniga qadar keladigan oxirgi bolasigacha birontasining 

barmoq izi ikkinchisinikiga o‘xshamagani kabi, fikri ham sira aynan o‘xshamasligini 

ko‘rsatadi. 

2. Izlanishlar (ijtihod)ga keng yo‘l ochadi, ilm-ma’rifat ufqini kengaytirib yuboradi, 

jamiyatni yuksaltiradi. 

3. Odamni bir fikr tevaragida qotib qolishdan, bir fikrning zug‘umidan asraydi. 

4. Huquq va burch o‘lchovlarini o‘rtaga qo‘yaroq odamning, ayniqsa, qo‘liga ozmi-

ko‘pmi ustunlik berilgan odamning nafsini hakalak otib ketishdan saqlaydi. 

5. Yashashni osonlashtiradi, bitta tomonga bitta yo‘ldan borishdek tiqilinchlik va 

qiyinchilikni ketkazib, dunyoday kengliklarga yoyib yuboradi. 

6. Va nihoyat, har bir odam mustaqil bir shaxs, mustaqil bir inson ekanini 

urg‘ulaydi. 

 “Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol 

(Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringizni (va o‘zlaringni) bilishlaringiz uchun 

sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo‘ydik...” (Hujurot surasi 13) 

oyati hikmatan va o‘rni bilan qarashlar xilma-xilligiga ham ishora etadi. Chunki 

qabila va xalqlar xilma-xilligi faqat tan rangi bilan belgilanmaydi, balki so‘zlash, 

fikrlash, dunyoni aqliy-hissiy qabul qilish tarzlari ham turliligini bildiradi. Bundan, bir-

birlari bilan to‘plam bo‘lib, ahil-inoq yashashlari uchun ham kishilarning 

dunyoqarashlari turlicha qilib yaratilgan, degan xulosani-da chiqarsa bo‘ladi. 

Baqara surasining 251-: “Agar Olloh ayrim (odam)larni ayrimlari bilan daf’ 

qilib turmasa edi, yer yuzi buzilardi”

89

 oyati ham bizga yer yuzi buzilmasligi uchun 

qarama-qarshilik zarur ekanini uqdirmoqda. 

Oyatning bu bo‘lagini “Tafsiri hilol”: “...kofirlarni mo‘minlar bilan daf’ qilib 



turmasa, mo‘minlarni kofirlar ustidan g‘olib qilmasa, kofirlar yer yuzini fasodga 

to‘lg‘azib yuboradilar”

90

, deb tushuntiradi. 

Qiyosdan foydalanib, “kofir” o‘rnida har qanday yomon, buzg‘unchi kimsalarni 

ham nazarda tutsak, ularni yaxshilar doim tanqid qilib, to‘g‘ri yo‘lga solib turish bilan 

yomonliklarini daf qilishlari lozim degan ma’no ham chiqadi. Tanqid esa qarashlar 

qarama-qarshiligidan tug‘iladi. 

Payg‘ambarimizdan (u zotga salom va salotlar bo‘lsin): “Ummatimning ixtilofi 

rahmatdir” (“Ummatim qarashlari xilma-xilligi yaxshilikkadir”), degan bir hadis 

rivoyat qilinadi. Ayrimlar uni rivoyat qiluvchilari (sanadi) zaif deydi, ayrimlar, amalni 

yaxshilash uchun undan foydalansa bo‘ladi, deydi. 

                                                

89

 Shayx Alouddin Mansur tarjimasidan olindi. 



90

 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. 1-juz’ 254-bet. “Sharq” NMAK Toshkent 2012 y. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

134 


Zamonamizning ulug‘ olimi shayx Yusuf Qarozoviy ham bu haqda maxsus bir 

maqola yozib, uni “Ixtilof rahmatdir” deb nomlagan va: «Ixtilof (harxillik) ixtiyordan 

tashqari holat bo‘lishi bilan birga, ummat uchun rahmat, kenglik hamdir. Bu to‘g‘rida 

tillarda mashhur, lekin sanadi ma’lum bo‘lmagan hadis ham bor. Shunday bo‘lsa-da, 

men bu hadis ma’nosini to‘g‘ri deb bilaman. Bu Suyutiy “al-Jome’ as-sag‘ir”da 

Payg‘ambardan (u zotga salom bo‘lsin) rivoyat qilgan “Ummatimning ixtilofi 

rahmatdir” hadisidir», degan.  

Harxillik kulfat emas, rahmat ekani e’tibori bilan bu hadis mo‘minlarga juda katta 

yengillikdir, ko‘p mushkulning yechilishiga yo‘l ochadi. Ijobiy tortishuv bor narsa 

ekani tan olinsa, din maydoni cheksiz darajada keng ekani bilinadi va har qanday bahs 

xayrli yechimga kela oladi. 

Endi, qarashlar xilma-xilligi rahmat ekani tan olinmasa, din maydoni toraytirib 

yuboriladi va har qanday boshqacha ijtihod yo‘li shafqatsizlarcha kesiladigan bo‘ladi. 

Olloh asrasin. 



“Ularning ishlari (mudom) o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur”

91

 (Sho‘ro surasi 38-

oyat ma’nosi). 

“Maslahat” tushunchasining o‘zi, birinchidan, ko‘pchilikni, ikkinchidan, xilma-xil 

qarashlarni zarur qiladi. Har kim o‘z qarashini ilgari suradi, tortishiladi, oxiri bir 

to‘xtamga kelinadi ‒ mana shu maslahatdir. 

Vahiydan boshqa narsalarda turli fikrlarni ilgari sursa bo‘ladi. Dunyoviy va hayotiy 

har qanday masalada to eng oqilona yechim topilgunicha tortishish qaytaga yaxshi. 

Sharti – bu tortishishdan maqsad qaysarlik yo dushmanlik emas, umumga foyda 

keltiradigan chiroyli yechim topish bo‘lishi kerak. 

Bu borada eng yorqin va qat’iy o‘rnak Payg‘ambarimizdan (u zotga salom bo‘lsin) 

keladi: ayrim hayotiy masalalarda u zot biron qarorga kelsalar, qarorlarini sahobalariga 

aytardilar, shunda sahobalar u kishidan: “Ey Ollohning elchisi, vahiy bilan 

gapiryapsizmi yo o‘zingizdan gapiryapsizmi?” deb so‘rab olishar, vahiydan bo‘lmasa, 

u masala bobida o‘z qarashlarini ochiq bildirishar edi. Ollohning elchisi sahobalarining 

maslahat-mulohazalarini yotig‘i bilan tinglab, garchi o‘z qarashlaridan boshqacha 

bo‘lsa-da, o‘sha vaziyatda eng foydalisini qabul qilar va qarorlarini o‘zgartirar edilar. 

Badr g‘azotidan oldin shunday bo‘ldi. Handaq jangidan oldin shunday bo‘ldi. 

Madinaliklarning xurmo gulini changlatish usullari masalasida shunday bo‘ldi. Yana 

ko‘p bor shunday bo‘ldi. Va har gal sahobaning ixtilofi (boshqacha fikri) musulmonlar 

ishiga katta foydalar keltirdi. 

Yoki keyinroqdan boshqa bir misol. 

Imom Molik (ustiga Ollohning rahmati yog‘ilsin) mashhur “Muvatto” kitobini 

bitganida ummat orasida ayrim tortishuvlar yashayotgan edi. Kitobni o‘qigan xalifa 

Abu Ja’far al-Mansur qattiq ta’sirlanibdi va: 

                                                

91

 Shayx Alouddin Mansur tarjimasidan olindi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

135 


“...huzuriga Molik ibn Anasni chaqirtiribdi. «Ey Molik, – debdi Imomga yuzlanib, – 

sening kitobingni o‘qidim. Qur’onu hadisga juda mos kitob yozibsan. Sening 

mazhabingga ergashgan musulmon ko‘p diyorimizda, lekin men Islom olamining amiri 

sifatida mana shu kitobingni juda ko‘p nusxada yozdirib, butun dunyodagi 

musulmonlarga tarqattirmoqchiman. Toki dunyodagi musulmonlarning barchasi faqat 

shu kitobga bo‘yin sunsinlar. Faqat molikiy mazhabida bo‘lsinlar», debdi. Shunda 

Imom Molik (Olloh rozi bo‘lsin bu zotdan) mana bunday marhamat qiladi: «Ey 

mo‘minlar amiri, unday qilmang. Yozgan kitobimdagi gaplarimni mendan va 

shogirdlarimdan eshitgan kishilar mening mazhabimga ergashsalar, Ollohga shukr 

qilaman. Lekin Islom olamining boshqa taraflariga juda ko‘p ulamolar yetib 

borganlarki, ular olib borgan ta’limotlarini endi noto‘g‘ri deyish va o‘rniga mening 

kitobimni o‘qishni buyurish, mening mazhabimga kirishga majburlash bilan siz Islom 

diniga xizmat qilgan bo‘lmaysiz, balki musulmonlarning e’tiqodlaridagi 

parokandalikka sabab bo‘lasiz. Demak, shu paytgacha ajdodlarimiz amal qilib kelgan 

yo‘l xato yo‘l ekan-da, deb o‘ylab qolishlariga sabab bo‘lasiz. Meni eshitgan va 

mening kitobimni o‘qiganlar mening mazhabimda bo‘lsinlar. Boshqa diyorlardagi 

musulmonlar o‘zlariga yetib borgan mujtahid ulamolarning mazhablarida tursinlar. 

Menga ergashgan musulmonlar ham, ularga ergashgan musulmonlar ham, inshaolloh, 

hidoyatda, haq yo‘lda bo‘ladilar», deydi”

92



Diqqat qiling: xalifaning hayajonlanib: “Barchani shu kitobga birlashtiraman!” 

deyishi yuzaki qaraganda to‘g‘ri va birlashtiruvchi qarorga o‘xshaydi, aslida oqibati 

yomon – “Muvatto” fikriga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa har qanday fikrni yo‘qotaman, 

degani edi. 

Ulug‘ Imom xalifani bu tahlikali ishdan qaytardi, qarashlar xilma-xilligini yoqladi 

va sahobalarning harxilliklari ummatga bir rahmat ekani yo‘rig‘idan chiqib kelib 

fikrladi. “Mening sahobalarim yo‘lchi yulduz kabidirlar. Qaysi birlariga ergashilsa, 

kishi adashmaydi”, degan ma’nodagi yana bir hadisning

93

 haqiqatini amalda ko‘rsatdi. 



Bu misollar fikrlar xilma-xilligi joiz tugul, hatto zarur ekaniga aslimizdan 

chiroyli o‘rnaklardir. 

Dinni, din tarixini biladiganlar nimalarga ishora qilayotganimizni sezib turishibdi. 

Lekin biz hozir dinimiz tarixida kechgan u voqealar ketidan tushmadik, tafsilotiga 

berilmadik, chunki mavzu boshqa. U zamonlardan bir-ikki misol keltirganimizdan 

maqsad dinimiz tabiati haqida davlatning ham, ayrim muxolifchilarning ham miyasiga 

o‘rnashib qolgan bir xatoni o‘rtadan ko‘tarish edi, xolos. 

U xato nima? 

Davlat hol tili bilan bunday deydi: “Xalqimiz ko‘pi musulmondir, ixtilof bizga 

yarashmaydi. Ayniqsa, hozirgi o‘tish pallasida millat bir shaxs va bir fikr tevaragiga 

birlashishi kerak!” 

                                                

92

 Shayx Alouddin Mansur. Imomi A’zam buyuk imomimiz. Bishkek – 1998. 112 – 113-betlar. 



93

 Bu hadis haqida ham tortishuvlar borligini eshitganmiz. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

136 


Muxolifatdagi ayrimlar bunday deydi: “Xalqimiz ko‘pi musulmondir, asosan 

islomiy itoatkorlik ruhida tarbiya topgan, shuning uchun har qanday zulmga bosh egib 

turaveradi, fikrini ochiq aytmaydi, zulmga qarshi chiqmaydi. Biz bu itoatkorlikdan 

butkul qutulishimiz, tamoman demokratik rivojlanish yo‘liga o‘tishimiz kerak!”

94

 

Chetdan qaragan kishiga davlat boshqa niyatda boshqa fikrni, muxolifatdagi 



ayrimlar boshqa niyatda butunlay boshqa fikrni aytayotgan ko‘rinsa-da, aslida ikkala 

tomon ham Islomni, musulmonlarni va o‘tmishimizni buzib tasavvur etyapti va qattiq 

adashyapti. 

Islom ijobiy ixtilof (qarashlar harxilligi) ila bir maslahatga kelishni vojib darajasiga 

ko‘targan

95

. Buning misollari ko‘rsatildi. 



Bundan tashqari, dinimiz mo‘min-musulmonlarni har qanday zulmga bosh egib 

ketaverishga emas, aksincha, zolimga zulmini ochiq va betiga aytishga buyurgan va 

bunday jasoratni eng ustun jihod deb e’lon qilgan: “Jihodning afzali jabr qiluvchi 

imom (boshliq, podshoh) oldida aytilgan haq so‘zdir”, degan. (Abu Dovud, Termiziy, 

ibn Moja rivoyat qilgan. Termiziyga ko‘ra bu hadis hasandir)

Bugun musulmon mamlakatlarda, xossatan O‘zbekistonda buning aksi 

ko‘rilayotgan bo‘lsa, odamlar dinini unutganidan, dinida yashamayotganidandir.  

Ya’ni ayb odamlarning o‘zidadir, dinda aslo ayb yo‘q! 

Qarashlar xilma-xilligi insonning fitriy xususiyatidan ekanini va jamiyatning 

ma’naviy rivoji ham shu xilma-xillik bor-yo‘qligiga bog‘liq ekanini Islom nafaqat 

e’tirof qiladi, balki talab ham etadi. Sharti, bir oz tepada aytilganidek – xilma-xil 

qarashlar (ixtilof) haqiqat uchun, haqiqatni yuzaga chiqarish va to‘g‘ri yechimni topish 

uchun bo‘lishi, shunga xizmat qilishi kerak. 

Bunday ijobiy ixtilofi bor jamiyat izlanayotgan, demak, o‘sayotgan bo‘ladi. Agar 

ixtilof qarashlar orasida emas, chiroyli yechim uchun emas, balki shaxslar orasida 

hamda tarafkashlikka asoslangan bo‘lsa, janjal uchun bo‘lsa, bunday ixtilof 

dunyomizga ham, oxiratimizga ham foyda keltirmaydi... 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                

94

 Albatta, muxolifatning sog‘lom va dono qismida bu kabi xato fikr yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. 



95

 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. 5-juz’ 354 ‒ 356-betlar. “Sharq” NMAK Toshkent 2012 y. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

137 


 

Sakkizinchi ko‘chat 

Demokratiya nima? 

 

“Demokratik tuzum o‘rnataylik!” deydi muxolifat. 

“Dunyoda eng namunali demokratik tuzum qurdik!”  

deydi yurt boshida o‘tirganlar. 

 

“Demokratiya” so‘zi G‘arb olamiga eskidan tanish. Bizning mamlakatga (agar u 

zamongi chegarani “bizning mamlakat” deb atash mumkin bo‘lsa) o‘tgan asrning 80-

yillarida yopirilib kirib keldi. 

Undan oldin ham demokratiyani ozmi-ko‘pmi kimlardir bilardi, lekin yoppa xalq 

uni tilga olmas, hatto nimaligini bilmas, ishi bo‘lmas edi. Biladiganlar va tilga 

oladiganlar ham uni sevib yo qo‘msab emas, yerga urish uchun, ijirg‘anib, kinoya bilan 

tilga olardi. 

Keyinroq bizning xalq ham tilini “demokratiya” deyishga o‘rgatdi. Uzoq yillar og‘ir 

va zug‘umchi tuzumni boshidan o‘tkazgani, sotsializmdan, kommunizmdan bezgani, 

yengillikni, erkinlikni sog‘ingani uchun birdan “demokratiya” deya boshladi. 

Debgina qolmay, ozgina vaqtda uni sevib va qo‘msab ko‘chalarga chiqdi,”Bizga 

demokratiya beringlar!” deb talab qilishga o‘tdi. Maydonlarda “De-mok-ra-tiya! De-

mok-ra-tiya! De-mok-ra-tiya!!!” degan hayqiriqlar yangrab qoldi. 

Hozir ham qayoqqa quloq ossangiz, shu so‘zni eshitasiz. Yo‘qsillardan tortib 

borsillargacha, oddiy vatandoshdan tortib muxolifatboshiyu davlatboshigacha 

og‘izlaridan shu so‘z tushmaydi. 

“Demokratik tuzum o‘rnataylik!” deb havoga mushtlaydi muxolifat. 

“Dunyoda eng namunali demokratik tuzum qurdik!” deb ko‘kragiga mushtlaydi 

yurt boshiga chiqib olganlar. 

Hamma bitta so‘zni qayta-qayta aytaversa, kishining qiziqishi ortar ekan:  

“Bu demokratiya deganlari o‘zi nima? Yeydigan narsami? Shunchalar shirinmi, 

jonini garovga tikib bo‘lsa ham erishmoqchi odamzot unga?” 

Albatta, demokratiya yeyiladigan narsa emas, bu gap so‘zning kelishimi uchun 

aytildi, xolos. Ammo, ajab: bir yoqda ayrimlar “O‘rnataylik!” deb qattiq talab qilib 

chiqsa... bu yoqda boshqalari “Allaqachon qurganmiz!” deb ishshayib tursa... “Ikkala 

tomon ham bitta narsa haqida gapiryaptimi o‘zi?” deb qolarkansiz-da odam dovdirab. 

Biri bor narsani ko‘rmayotganga, ikkinchisi yo‘q narsani o‘lib-tirilib bor 

deyayotganga o‘xshaydi. 

Yoki demokratiyaning yuzi ko‘pmi? Tusiyu isi ko‘pmi – har kim o‘zi bilganicha 

tanib, o‘zi bilganicha talqin etsa? 

Demokratiya haqida dunyoda ko‘p tortishilgan. Aytilmagan gap qolmagan hisob. 

Necha ming jild kitob yozilgan. Hali ham yozilyapti. Shuning uchun nazariy tomoni 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

138 


bilan ishimiz yo‘q. Mamlakatimizda va dunyoda bo‘lib turgan voqealar, kechib turgan 

jarayonlardan sodda va tushunarli uslubda ayrim xulosachalar chiqaramiz, xolos. 

Zotan, nazariya to‘lasicha amalga oshsagina chinakam ilmga aylanadi. Yarmi 

amalga oshsa, chala ilmligi, butunlay teskarisi ko‘rinsa, quruq gap ekani bilinadi. 

Masalan, kommunizm nazariyasi quruq gap bo‘lib chiqdi-ku. 

Inson yaralganidan beri dunyodagi qisqa umrini qanday o‘tkazish haqida bosh 

qotiradi. Bosh qotiruvchilar ikki katta guruhga bo‘linadi: 

Birinchi guruh, bizni kim yaratgan bo‘lsa, fe’l-atvorimizni ham eng yaxshi U 

biladi, demak, yo‘l-yo‘riqning eng to‘g‘risini ham U beradi, ana shu ilohiy 

ko‘rsatmalar asosida yashashimiz kerak, deydigan va bor aqlu zakovatini, g‘ayratu 

shijoatini o‘sha yo‘l-yo‘riqlarni hayotiga tatbiq etishga harakat qiladiganlar bo‘lsa, 

bu fikrga qo‘shilmaydigan, borliq dunyo paydo bo‘lishidan tortib, bu dunyo hayoti 

mohiyati nima ekanigacha hamma masalaga faqat o‘z aqliga suyanib, ilohiy 

tushuntirishlardan tashqarida javob topmoqchi bo‘ladigan faylasuflar va dunyoviy 

mutafakkirlar ikkinchi guruhga kiradi.  

Birinchi guruhni Ollohga ishonuvchilar deb qat’iy ayta olamiz, ammo ikkinchi 

guruhni yalpi Ollohga ishonmaydiganlar deya olmaymiz. Chunki bu ikkinchi guruhda 

Ollohga ishonuvchilar ham, ishonmaydiganlar ham yoki Olloh rozi bo‘lmaydigan 

tarzda ishonuvchilar ham bor. Ularni birlashtirib turgan narsa ‒ bu dunyo hayoti yo‘l-

yo‘riqlarini o‘zlari ishlab chiqishga intilishlaridir.  

Bu borada Ollohga ishonmaydiganlarning tavri tushunarli, Yaratganni inkor 

etganidan keyin ular o‘zi yo‘l axtarishga majbur bo‘lishi tabiiy, ammo Ollohga 

ishonadiganlar nimaga dunyoviy hayotini Yaratgan chizib bergan yo‘lda o‘tkazmaydi? 

Chunki ishonchi sog‘lom emas ‒ ishonadi, amal qilmaydi yoki dinning ijtimoiy-

olamshumul tabiatini yaxshi anglab yetmaydi. Natijada dunyoviy masalalarda 

dunyoviylar bilan deyarli bir xil fikrlaydi. 

Bunda diqqat etishimiz lozim bo‘lgan nuqta ‒ Ollohga ishonuvchini ham, 

ishonmaydiganni ham Olloh yaratgani, uning fitratida Yaratgan ato etgan aqliy, 

jismoniy, ruhoniy xususiyatlar borligidir. Odam bolasi o‘z umrini qanday o‘tkazishi 

kerakligidan tortib to shaxs bilan jamiyat, davlat bilan xalq muomala-munosabatlari 

qanday bo‘lishi lozimligigacha bosh qotirib, tarixiy bilim va tajribalari asosida o‘zicha 

yo‘riqnomalar ishlab chiqar ekan, o‘zi garchi xayolda ilohni inkor etib tursa-da, aslida 

har bir tafakkurida almisoq ta’siri hamda qachonlardir o‘z qavmiga yuborilgan 

payg‘ambar yo‘l-yo‘riqlari ta’siri sezilib turadi

96



Ya’ni, inson mutlaq o‘zim kashf etdim deb o‘ylagan g‘oyasida ham ozdir-ko‘pdir 

ilohiy xamirturush asari bo‘ladi, albatta. Faqat, tomirida yurib turgan qonini kishi o‘zi 

                                                

96

 Ilohiy nizomga ko‘ra, dinsiz bir millat, elat, qavm bo‘lmas. Aqidasi keyin buzilib ketgan, bora-bora balki umuman 



dinsiz bir holga kelgan, ammo fikrlash tarzi va xulosalarida baribir kechmishdagi diniy dunyoqarash izlari sezilib 

turaveradi. Olloh taoloning “To payg‘ambar yubormagunimizcha (biron kimsani) azoblovchi bo‘lmadik” (Isro surasi 

15-oyat); “Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi (payg‘ambar) o‘tgandir” (Fotir surasi 24-oyat)


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling