Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Demokratiyada boshqaruvchi kuchlarning hokimiyati cheklangan bo‘lishi kerak.
- Diktatorlik tuzumi hukm surayotgan O‘zbekistonda agar ichki urush chiqsa va qon to‘kilsa, bu holga tuzum sababchidir, g‘alayonga kelgan xalq emas.
- Men tushunmagan ishlar
- “Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam, ya’ni
- O‘rtoqlar, bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar, ayniqsa, bizning prezidentning
- Qalamning aylanma harakati ignali bitta markazdan boshqariladi
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 146
ho‘v o‘sha juldurvoqi men bo‘laman. Og‘izlaringizni poylaganim – bitta narsani so‘ramoqchi bo‘laman, so‘ragim kelaveradi: dunyoda o‘zi nimalar bo‘lyapti, men-ku tushunmayapman,
Bundan to‘qqiz yilcha narida 101 yozilgan maqolachamni ushbu kitobimga kiritar ekanman, o‘sha paytda o‘rtaga tashlangan savollarim hali-hanuz dolzarb bo‘lib turganini yurak-yurakdan sezaman. Ammo haligacha aqlimni qondiradigan javob chiqmadi. Aksincha, o‘tgan bu vaqt ichida “demokratik olam” battar haddidan oshib, battar quturib ketdi – o‘zidan kichik va kuchsiz davlatlar, ayniqsa Islom mamlakatlari boshiga kulfat ustiga kulfat yog‘dirib kelyapti. Dunyo xalqlarining xohish-irodasini hisobga olmay, holi-joniga qo‘ymay, demokratiyaning o‘zlari maqtagan hamma yo‘riqlarini buzib, “demokratiya” niqobida o‘z hayot tarzlarini dunyo bo‘ylab zug‘um bilan o‘rnatmoqchi... Bunaqa misollar ko‘p. Ammo biz hozir demokratiyaning boshqa dunyoviy tuzumlardan ilg‘or tomonini ibrat qilib ko‘rsatar ekanmiz, bu kabi sharmandali qiliqlarini emas, natija o‘laroq ayrim ijobiy tomonlarini nazarda tutayotganimizni yana bir marta ta’kidlaymiz. Demokratiyaga xos buzuqlik va iflosliklarga kelsak... Shakkoklikdan Olloh qo‘risin, lekin onda-sonda o‘ylab ham qolaman: “Xo‘sh, nima bo‘pti? Buzuqlik qaysi zamonda, qaysi tuzumda bo‘lmagan? Hatto axloqni kamoliga yetkazgan, eng oliy nuqtaga yuksaltirgan Islom davrida ham buzuqlik va iflosliklar tag- tubi bilan yo‘q bo‘lmagan, onda-sonda uchrab turardi-ku!” deyman. Olloh taolo buyuk imtihon hikmati-la iblisga to qiyomatgacha muhlat berib qo‘ygan bo‘lsa, shayton bu muhlatdan to qiyomatgacha odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan chiqarish, buzish yo‘lida foydalansa!... “Bu dunyo imtihon dunyosi” degan oliy hikmat ham tuzuklik yonida buzuqlik, tozalik yonida ifloslik bo‘lishini taqozo etadi, axir. Chunki unisini ham, bunisini ham Olloh taolo yaratgan (mufassal imon so‘zlarini eslang) 102 .
huquqlari” shiori ostida tuzuklik va tozalik yonida buzuqlik va ifloslikka ham tengma-
101 Bu bob 2012 yili yozilgan. 102 Yaqinda (2015 yil 12 no‘yabir kuni) Dunyo musulmon olimlari uyushmasi raisi Yusuf Qarazoviyning Islom va demokratiya munosabatiga bag‘ishlangan maqolasini o‘qib qoldim. “Demokratiya” bobida ilgari surilgan g‘oyalarga va zulmga munosabat to‘g‘risidagi mulohazalarga tom quvvat ekan. Maqola kattaligi bois, bu yerda to‘liq keltira olmayman, shuning uchun faqat manba o‘laroq el. manzilini ko‘rsatib qo‘ydim: https://siyosat.wordpress.com/2015/11/06/%D0%B8%D1%81%D0%BB%D0%BE%D0%BC- %D0%B4%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%BA%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%B8%D1%8F%D0%B3%D0%B0- %D0%B4%D1%83%D1%88%D0%BC%D0%B0%D0%BD- %D1%8D%D0%BA%D0%B0%D0%BD%D0%BB%D0%B8%D0%B3%D0%B8-%D1%82/
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 147
teng yashash haqqi berib Yaratgan yo‘rig‘iga uyg‘un ish qilyapti ekan-da deb bo‘lmaydi! Aslo unday emas! Demokratiyaning yo‘rig‘i boshqa, Olloh taoloning sunnati boshqa. Tom boshqa! Yaxshilik ham, yomonlik ham Ollohdan ekani va shaytonga qiyomatgacha muhlat berib qo‘yilgani imtihon uchun, fitna 103
uchun – aslni soxtadan, yaxshini yomondan, halolni haromdan ajratish uchun edi. Olloh taolo tuzuklik va tozalikni maqtab, buzuqlik va ifloslikni nafratlanib yaratgan. Yaxshilikni keskin yaxshi degan, yomonlikni keskin yomon degan. Unisiga buyurib, bunisidan qaytargan. Unisi O‘ziga yoqishini aytgan, bunisi shaytonning ishi ekanidan ogohlantirgan. Yaxshilikni jannatga, yomonlikni do‘zaxga yo‘l qilgan... Demokratiya esa, yomonlikka yomon, buzuqlikka buzuq, ifloslikka iflos demasdan haq beradi! Yaxshi, tuzuk, toza bilan yonma-yon va tengma-teng haq beradi. Fitna uchun emas, imtihon uchun emas, sinov uchun emas, so‘ngra yaxshisiga mukofot, yomoniga jazo berish uchun emas, balki ikkalasiga ham birday imtiyozu mukofot o‘laroq huquq beradi, halol bilan harom-xarishni aralash-quralash qilib yuboradi. Olloh sunnati bilan demokratiya yo‘rig‘i orasi osmon bilan yercha ekani ko‘rinib turibdi! Demokratiyani “insoniyat o‘ylab topgan tuzumlarning hozircha eng yaxshisi” deb ta’riflar ekanmiz, undagi axloqsizlik va ikkiyuzlamachiliklarni shiddat bilan inkor etamiz! Ya’ni, bu ta’rifimiz nihoyatda nisbiydir. Lekin biz demokratik tuzumlarning tuzuvchisi emasmiz, biz ayni choqda faqat oluvchimiz. Uning o‘zimizga to‘g‘ri keladigan yaxshi tomonlarini olib, yomon tomonlarini olmaslik ixtiyori bizda. Dinimiz yo‘l-yo‘riqlariga to‘g‘ri keladigan tomonlarini (mayli, demokratiya nomida) olsak xato bo‘lmas deb umid qilaman 104
. Xato ne, nazarimda, aksincha bo‘ladi ‒ yutamiz. Chunki qonuniyatga ko‘ra, tuzuvchidan ko‘ra oluvchi ko‘proq yutadi. Tuzuvchi tuzayotganida bu tuzilmasi ertaga qanaqa natija berishini to‘la bilmaydi, kamchiliklarini oldindan ko‘ra olmaydi. Oluvchi esa, olayotganida olayotgan narsasining yutuq va kamchiliklarini yaqqol ko‘rib turadi, kamchiliklarini bir chetga surib qo‘yib, faqat yutuqlarini olish ixtiyori bo‘ladi unda. Ya’ni, bugun o‘zlarini demokratik jamiyat deb atayotganlarning hamma ilg‘or va yaxshi tomonlarini olib, yomonliklarini olmasak, albatta yutamiz. O‘zimizda bor
103
Aslni soxtadan ajratish usuli “fitna” deyiladi. Eski zamonlarda oltinni misdan fitna qilib ajratilgan. 104
Bu masala nihoyatda hassos ekanini, ayrim qiziqqon dindoshlarimiz demokratiyani to‘lasicha kufr tuzumi deya bu fikrimizga qattiq qarshi bo‘lishlarini bilaman. Ammo bunday keskin xulosa chiqarishga shoshilmaylik. Hozirgi holimizdan chiqib kelib, dinimiz asoslariga boqaylik. Dinimizga ko‘ra, Islom bilan yangi sharaflangan mamlakatlarda aholisi oldindan yashab kelgan hayot tarzlaridan, urf-odatlaridan shariatga ters kelmaganlarini, ya’ni, dinimiz yo‘l- yo‘riqlariga to‘g‘ri keladiganlarini olsa bo‘ladi degan shar’iy qoida bor. Makkadan Yasribga hijratdan keyin Ollohning elchisi (sollallohu alayhi va sallam) muharram oyining o‘ninchi kuni yahudiylar ro‘za tutayotganini ko‘rib, sababini surishtirib, “Bu ro‘zaga ko‘proq biz haqlimiz” deya, lekin yahudiylardan farqlanish uchun unga oldidan yo ketidan bir kun qo‘shib tutishni joriy etganlar. Demak, boshqa chora bo‘lmay turgan taqdirda Islom qonun-qoidalariga tom uyg‘un kelish sharti bilan demokratiyaning musulmonlar haqliroq bo‘lgan, shariatimizga ters kelmagan tomonlarini olsa bo‘lar deb o‘ylayman. Shubhasiz, Ollohning tuzumidan mukammal tuzum yo‘q, lekin bugun u tuzum hayotda joriy emas. Hatto Islom ummati ichida ham tom ma’nodagi Islom tuzumi yo‘q. Hayot esa to‘xtab turmaydi, har nasl o‘z davrida yashaydi ‒ o‘tmish ortda qoldi, kelajak esa hali kelmagan. To‘g‘ri tushunilsa, bu tavsiyalar bugungi nasl uchundir. Kelgusi nasl o‘ziga yo‘lni o‘zi tanlaydi. Ey Olloh, albatta, eng to‘g‘risini O‘zing bilasan, bizlarni To‘g‘ri Yo‘ldan adashtirma! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 148
yaxshiliklar yoniga bizda bugun yo‘q yaxshiliklarini olsak, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ilk qadam bo‘lmaydimi! Albatta, shunda ustunlikka erishar edik. Tillarda mashhur “G‘arbda musulmon yo‘q, ammo u yerda Islomni ko‘rdim, o‘zimizda hamma musulmon, ammo Islom yo‘q!” degan ibora bejiz chiqmagan, axir 105 .
ko‘rinadigan, bo‘larli hodisadir.
Kichik xulosa
Avstriya-britaniyalik faylasuf, jamiyatshunos Karil Raymunt Po‘pper 106 “Ochiq
jamiyat va uning dushmanlari” kitobida demokratiyaning ayrim xususiyatlari haqida bunday yozadi: 1. “Garchi umumiy saylov usuli demokratiyaning eng muhim tomonlaridan bo‘lsa- da, demokratiyani ko‘pchilikning hokimiyati deb o‘ylab qolmaslik kerak. Chunki ko‘pchilik istibdod usuli bilan ham boshqarishi mumkin (bo‘yi 6 futdan kichik bo‘lgan ko‘pchilik, barcha soliqni bo‘yi 6 futdan baland bo‘lgan ozchilik to‘lasin, deb qolishi ham mumkin). Demokratiyada boshqaruvchi kuchlarning hokimiyati cheklangan
(hukumatni) tinch yo‘l bilan almashtira olish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy tuzilma (institut)larni saqlab-qo‘riqlab turmasa, unda bunday boshqaruv istibdoddir”; 2. “Demokratiya (boshqaruvda) har qanaqa oqilona o‘zgarish yasash uchun juda go‘zal «kurash maydoni» yaratib beradi. Nega deganda, u kuch ishlatmasdan hokimiyatlar almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi...” 107
ham foyda keltiradigan uch muhim g‘oya ilgari suriladi: 1. Boshqaruvchi kuchlarning hokimiyati (ham o‘z ma’nosida, ham muddat ma’nosida) cheklangan bo‘lishi. 2. Xalq hukumatni qon to‘kmasdan almashtirish salohiyatiga ega bo‘lishi. 3. Tuzumda boshqaruvni tinch yo‘l bilan almashtirish imkoni qonunan va tashkilan himoya qilinishi. Demak, boshqaruvda va xalq qo‘lida bir-biriga bog‘liq bu uch holat topilmasa, bunday boshqaruv istibdoddir, bunday davlat (hokimiyat) mustabiddir.
105
Turk shoiri Mehmet Okif Ersoy ham shunga yaqin fikr aytgan ekan: “Bugun G‘arbning ishi Islom, lekin dini churuk. Bizning dinimiz Islom, ammo ishimiz churuk”. 106 nem. Karl Raimund Popper (1902 yil 28 iyul ‒ 1994 yil 17sentabir) XX asr falsafa ilmining eng otoqli namoyandalaridan biri. 107
Открытое общество и его враги. Том 2, стр. 187-188. Международный фонд «Культурная инициатива». Москва, 1992. (Tarjimani o‘zim qildim.) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 149
O‘zbekistonda bulardan qay biri bor? O‘zbekistondagi boshqaruv qanday boshqaruv? Bu uch narsa yo‘q bo‘lsa, yurt boshiga chiqib olganlar demokratiya haqida qaysi yuz bilan gapiryapti? 1. O‘zbekistonda prezident hokimiyati cheklanmagan. Qog‘ozda boshqa organlarga ham ayrim vakolatlar berilgan bo‘lsa-da, hayotda faqat prezident hal qiladi hamma narsani. Ayniqsa, Milliy xavfsizlik xizmati to‘lig‘icha prezidentga bo‘yin sundirilgani uning hokimiyati naqadar cheksiz va bu hol juda xavfli ekanini bildiradi 108
. 2. Xalq hokimiyatni qon to‘kmasdan almashtirish salohiyatiga ega emas: chinakam muxolifat yo‘q; norozilik namoyishlariga mutlaq ruxsat yo‘q – xalq o‘zi tashabbus bilan ko‘chaga chiqsa, xuddi Andijon qatliomidek qirg‘in qilinadi. 3. Tuzumda boshqaruvni tinch yo‘l bilan almashtirish imkonini beruvchi na biron tuzilma (institut) va na qonun bor. Bu uch holatdan bunday xulosalar chiqadi: a) zulm jonidan o‘tib ketsa, xalq ko‘r g‘alayonga kelishga majbur bo‘ladi; b) agar zolim hokimiyatni o‘z ixtiyori bilan bo‘shatib bermasa, xalqning ixtiyori va imkonida urush va qon yo‘li qoladi. Shu kerakmi davlatga? Erkinlikni bo‘g‘ib natijani shunga olib kelmoqchimi? Bu aytilganlardan chiqadigan asosiy xulosa: Diktatorlik tuzumi hukm surayotgan O‘zbekistonda agar ichki urush chiqsa va qon to‘kilsa, bu holga tuzum sababchidir, g‘alayonga kelgan xalq emas. Diktatorlik tuzumi davlat jinoyati sodir etgan bo‘ladi. Qurbonlarning gunohi ham to‘lasicha mustabid davlat bo‘yniga tushadi.
Men tushunmagan ishlar Odamning fe’li qiziq: bilganiga ko‘nib ketaqolmaydi – bilmagan narsalariga ham aralashgisi, o‘rgangisi, tagiga yetgisi kelaveradi. Imkoniyati bo‘lsa-bo‘lmasa, aqli yetsa-etmasa, har sohaga burnini bir suqib ko‘radi. O‘zi jimitday, ammo naq osmonga sapchiydi – katta gaplar, katta ishlarga boshini tiqadi, talashib-tortishib o‘zinikini ma’qullaydi. Tagiga yetolmaydi, lekin tirishaveradi. Ishqilib, sira tek turmaydi. “Hay xom sut emgan qul-a, hay odamzot-a!” deb yuborasiz shunaqa pallalar.
108 Oliy Kengashning 1991 yil 30 sentabir kungi mashhur yettinchi sessiyasida deputat Shuhrat Nusratov prezidentga cheksiz hokimiyat berib qo‘yilishining xavfli tomonlaridan Oliy Kengashni va u orqali butun xalqni ogohlantirgan edi. Jumladan u: “Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam, ya’ni, Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak, bizni 37‒ 40-yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz. O‘rtoqlar, bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar, ayniqsa, bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. Ertaga sizni qamashadi”, degan edi. Chindan, keyingi yigirma yillik achchiq tajriba Shuhrat Nusratov o‘sha bahosida naqadar haq bo‘lganini ko‘rsatdi ( http://dunyouzbeklari.com/archives/133914 ). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 150
Xullas, ushbu ko‘chat men tushunib yetmagan ishlarga bag‘ishlab ekildi. Boshqalaridan farqi – bunisiga turli mevalardan novda ulangan. Har bir shoxi bo‘lak- bo‘lak hosil beradi. Ya’ni, bir tup ko‘chatda turfa mevali shoxlar...
Bir narsani ko‘p o‘ylayman, o‘ylayveraman, lekin sira tushunmayman: chet el valyutasi bizda nimaga ikki xil narxda yuradi? Markaziy bank (Davlat!) bir narxni aytadi, chayqov bozorida boshqa narx. Dunyoning qayeriga bormang, duch kelgan sarroflikka kirib pulingizni xohlagan valyutangizga erkin almashtirib ketaverasiz. O‘zbekistonda esa g‘alati: davlat boshqa qiymat belgilaydi, bozordan boshqacha narxda ayirboshlaysiz. Chunki davlat har kuni AQSH do‘llari va undan tashqari yana o‘n sakkizta davlat puliga yangi bir qiymatni belgilayotib, “...O‘zbekiston Respublikasi
Miyam ishlamay qoladi: “Nega, axir?!” deyman. Hozirgina qiymatni aniqlab berding, endi nimaga birdaniga gapingdan tonyapsan? Bo‘lg‘usi chayqovu tovlamachiliklarga oldindan tirqish ochishmi bu? Iqtisodiy siyosatda katta kamchiliklar borligini o‘ziga xos usul bilan tan olishmi? Bir paytlar davlat do‘llar muomalasini izga solish uchun ko‘p yerlarga pul ayirboshlash shaxobchalarini ochdi. Har birining oldiga ikkitadan melisasini qo‘ydi. Odamlar, ana endi tartib o‘rnatilsa kerak, do‘llar qiymati birxillashtirilsa kerak, deb o‘yladi. Yaxshilikdan umid qildi. Ammo ish yana-tag‘in o‘zbekistonchasiga aylanib ketdi: shaxobchalar aholidan (yo chet ellikdan) davlat belgilagan qiymatda so‘mga do‘llar sotib oladi, lekin bir do‘llar ham sotmaydi. Hali tushum bo‘lmadi, deb turaveradi. Birontasining do‘llar topshirganini ko‘rib turib, ustiga borsangiz ham, bizda do‘llar yo‘q, degan javobni olasiz. E’tiroz bildirmoqchi bo‘lsangiz, haligi melisa bolalar darrov qo‘ltig‘ingizdan olishadi: “jamoat tartibini buzuvchi” bo‘lib qolishingiz hech gap emas! Esini yemagan odam “Nimaga bunaqa bo‘lyapti?!” deb so‘ramaydi. Ko‘rib-bilib turgan narsasini faqat ahmoqlargina tushunmaydi. Nimaga bo‘lardi, shunga-da... Albatta, shaxobchalar do‘llarni mutlaqo sotmaydi deb bo‘lmaydi. Sotadi. Ammo kimga? Har bir shaxobcha tizgini to‘rt-beshtadan shallaqi pulchayqovchi xotinlar qo‘lida. Oddiy odamlar yaqinlasha olmaydi. U xotinlar har kuni mardikor bozoridan har xil odamni olib keladi (pasport bilgilari yangilanib turishi kerak) va o‘shalargagina oldiradi. Bunday “pul amaliyoti”ni melisa qo‘riqlaydi. “Xizmat haqi” evaziga, albatta. Bu holni hamma – oddiy odamlardan tortib davlat rahbarlarigacha ko‘rib turibdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 151
Mas., Milliy xavfsizlik xizmati ko‘rmayaptimi? Shuni ko‘rmayotgan bo‘lsa, bunaqa landavur tashkilotni yopib tashlash kerak. Ko‘rib turibdi. Ko‘rmaganga olyapti 109 .
Bu ishning u yog‘idan qarasangiz ham, bu yog‘idan qarasangiz ham, pul chayqovi bilan davlatning o‘zi shug‘ullanayotgani ko‘rinib qolaveradi. Milliy xavfsizlik xizmati ham, davlatning boshqa tayanch idoralari ham ko‘ra-bilaturib indamayotgani, indash ne, ularni qanoti ostiga olib ko‘maklashib kelayotgani shundan 110
. Do‘llar oldi-berdisini davlat emas, bir guruh jinoyatchi qo‘liga olgan, o‘shalar suvni loyqalatyapti, desak, unda necha yillardan beri ularning mushugini pisht deya olmagan
Har ikki holda ham shu ish tuzukmi?! Tuzuk bo‘lmaganida nima? Tuzugini qayerdan topasiz? Boshingiz qotgani qoladi. Baribir hech narsani tushunmaysiz. Tagiga yetolmaysiz. Pul chayqovi bilan davlatning o‘zi shug‘ullanayotganiga yana bir yorqin misol. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan hamma moshinaning bahosi so‘mda bichiladi, narx qog‘ozchasida so‘mdagi qiymati ko‘rsatiladi, lekin hayotda ayrimlarigina so‘mga, qolgan ko‘pi do‘llarga sotiladi. Mana shu narsani sira tushunolmayman: “Nega? So‘m pul emasmi?” deyman. “Mustaqillik”ning ilk yillari O‘zbekistonda do‘llar muomalasi keskin taqiqlangan edi. Qachon bu qonun bekor bo‘ldi? Eslayolmayman. Xo‘p, mayli, bi-ir moshina mingimiz kepti, olamiz dedikmi, do‘llarga bo‘lsayam, olamiz. Har ehtimolga qarshi cho‘ntakka qo‘l tiqib, bor pulimizni paypaslab ko‘ramiz. Yetarmikan? O‘zi-ku yetardi, faqat, bu yerda bir nozik joyi bor-da. Dehqonchasiga bir cho‘t tashlaymiz: masalan, bitta moshinaning bahosi 42000000 (qirq ikki milyon) so‘m, deylik. Uning do‘llardagi bahosi sizga davlat belgilagan qiymatda aytiladi – bugun u (42000000 : 1600 =) 26250 (yigirma olti ming ikki yuzu ellik) do‘llar chiqadi. Davlat ochgan shahobchadan yo bonkalarning o‘zidan pulingizni almashtira olmasligingiz tabiiy. Nima qilasiz? Shartta chayqov bozoriga chopasiz. Bir do‘llarning bozor qiymati davlat belgilagan qiymatdan 900 so‘mcha qimmat, ya’ni, 2500 so‘m turadi. Shunday qilib, 26250 do‘llar sizga (26250 x 2500 =) 65625000 (oltmish besh milyon ikki yuzu ellik ming) so‘mga tushadi 111 .
109 Ushbuni o’qisangiz, bu sohada chin holni bilasiz: https://uzbchron.wordpress.com/…/08/14/dollar-uz-korruptsiya
110 Mail.ru. axborot sayti 2012.19.12. kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qarori bilan “Valyuta ayirboshlov shaxobchalari” haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritganini e’lon etdi. Qarorga ko‘ra, endi shaxobcha maydoni oldingisi (3 kv.m.)dan ikki baravar katta (6 kv.m.) bo‘larkan. Ish kattalashadi degani bu. Yana, nazorat uchun bo‘lsa kerak, endi barcha amaliyot kamputirda bajarilarkan. Lekin, bordiyu kamputir ishlamasa, qo‘lda ham yozilishiga ruxsat, deb ortidan tirqish ochib qo‘yilibdi. “Kamputir buzilsa, amaliyot to‘xtatiladi!” deyilmabdi. Bu xabarni sharhlaganlar tepada biz aytganlarga o‘xshash gaplarni bizdan ham qattiqroq aytibdi. 111 2012 yil dekabirining 11-kuni qiymatlar nisbati bunday: 1 AQSH do‘llari davlatda – 1976 so‘m 44 tiyin, chayqov bozorida – 2775 so‘m. Ya’ni, oradagi farq – 798 so‘m 56 tiyin. Bu raqamni O‘zbekistonda bonka bilan bozor o‘rtasida aylanib yurgan hamma do‘llarga bir ko‘paytirib ko‘ring!.. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 152
Davlat belgilagan 42000000 so‘m narx davlat bilan bozor orasidagi jinko‘chalarda bir dumalab 65625000 so‘mga aylanadi! O‘rtadagi farq (65625000 – 42000000 =) 23625000 (yigirma uch milyon olti yuz yigirma besh ming) so‘m! Shundoqqina oyog‘i tagidan chiqib qolgan shuncha bebiliska pulni qaysi ahmoq olmaydi?! Boshqalarni bilmadik, lekin davlat ahmoq emas! Bordiyu davlat ahmoq bo‘lsa, davlat odamlari ahmoq emas! Tayyor buncha pulni olmaganida ahmoq bo‘lardi! Va yo‘lini qildi – olyapti! Moshinaning so‘mdagi qiymatini do‘llarga davlat bahosida chaqdi-da, darrov shahar chekkasidagi shahobchasi qo‘li bilan bitta shallaqi xotinga Markaziy bonk belgilagan qiymatda “pullab”, qayoqdan ham orzu-havas bilan bi-ir moshina mingisi kepqolgan siz bilan menga o‘sha shallaqi xotin orqali chayqov bozori qiymatida o‘tkazdirdi! Ana sizga aylanma harakat. Maktabda geometriya fanidan dars olgansiz. Sirkulning nimaligini bilasiz: bir uchi ignali, ikkinchi uchi qalamli o‘quv quroli. Shu sirkul bilan ko‘p aylana chizgansiz ham. Sirkulning ignali uchi bir nuqtaga qadaladi-da, qalamli uchi qog‘oz bo‘ylab aylantiriladi va, qarabsiz, bitta aylana tayyor. Qalamning aylanma harakati ignali bitta markazdan boshqariladi, degani bu! Pulning aylanma harakati ham bir sirkulda chiziladi, bir markazdan boshqariladi! Sizga bir baho aytilib, cho‘ntagingizdan biryarim baravar ko‘p pul chiqarib olishning aylanma usuli shunaqa! Qoyil-e, qandini ursin, deb yuborasiz ixtiyorsiz ravishda. Lekin cho‘ntagingizdan shuncha pul ortiqcha chiqib ketganini eslab qolasizu... yomon alam qiladi! Bu alamning o‘chmas dog‘i qoladi yuragingizda. “Davlat chiqargan moshinani olish uchun do‘llarni nimaga chayqov bozorida ayirboshlashim kerak? Nimaga davlatning o‘zi davlat narxida almashtirib bermaydi?” deb qancha bosh qotirmang, foydasiz. Sirkulning ignali uchi qayerga sanchilganini (markaz qayerda ekanini) ham, uni kimning qo‘li aylantirayotganini ham hech qachon aniqlay olmaysiz. Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling