Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
“Har bir qavm uchun hidoyat qiluvchi
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Bor-yo‘g‘i bir yarim betlik maqolaga bir betlik Kirish so‘z
- Men tushunmayapman...
“Har bir qavm uchun hidoyat qiluvchi (To‘g‘ri Yo‘lga boshlovchi payg‘ambar) bordir” (Ra’d surasi 7-oyat) kabi So‘zlari qat’iy va eng ishonchlidir! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 139
sezmaganidek, xayolida o‘zi topgan va yildan-yilga tuzatishlar kiritib, pishitib kelgan g‘oyalar tomirida ham ilohiy boshlang‘ich borligini “kashfiyotchi jamiyat” sezmaydi- bilmaydi. Xullas, demokratiya g‘oyasi va tamoyillarida ham qandaydir miqdorda ilohiy yo‘l- yo‘riqlar izi seziladi, ammo uni hech bir holatda ilohiy deyilmaydi 97 . “Insoniyat o‘ylab topgan tuzumlarning hozircha eng yaxshisi” deb aytilishi shundan. Har qanday g‘oya yo yechim u insoniyatga nechog‘li baxt keltirgani bilan o‘lchanadi. Xo‘sh, shu tomondan qaralsa, demokratiya insonga to‘la baxt bera oladimi? Yo‘q, to‘la baxt bera olmaydi! Insonga ikki dunyo baxtini bu ikki dunyoni yaratgan Zot va Uning yo‘li beradi! Shak-shubhasiz! Ammo insoniyatning katta qismi (bilmaganidan yoki bilib turib ishonmaganidan) ilohiy yo‘l-yo‘riqni tan olmaydi, unga ergashmaydi. Bugun hatto mo‘min-musulmonlarning ko‘pi dinini bilmasligi yoki chala bilishidan yo‘llarning eng yaxshisini tanlashda qat’iy qarori yo‘q. Musulmonning holi bu bo‘lgach, musulmon bo‘lmagan qayoqqa borardi? Bunday bir murakkab sharoitda “insoniyat o‘zi o‘ylab topgan tuzumlar ichida” demokratiyani nisbatan o‘ng‘ay, nisbatan ijobiy hodisa desa bo‘ladi. Axloqsizlik, o‘zga mamlakat va o‘zga xalqlarga munosabatda ikkiyuzlamachilik kabi salbiy tomonlarini qat’iy inkor etish sharti-la, uning ijobiy ijtimoiy tomonlari sinchiklab o‘rganilsa, har bir odamga va to‘plam jamiyatga demokratiya g‘oyasi berayotgan ko‘p haq-huquq biz musulmonlar talabiga ham uncha begona emasligi, Islom adolatiga bir oz o‘xshash (aynan emas) va yaqin kelgan tamoyillari ko‘rinadi. Bu narsa hozirgina sal tepada alohida ta’kidlaganimiz bir haqiqatni isbotlaydi: faylasuflaru dunyoviy mutafakkirlar dindan har qancha tashqariga chiqib olib bosh qotirishga urinmasin diniy xotiralardan mutlaq xoli qola olmaydi, har qanday holatda qachonlardir din bergan g‘oyalar tevaragida fikrlaydi. Jamiyatning ma’naviy chegaralarini – yaxshilik va yomonlik, chiroyli xulq va buzuqlik, to‘g‘rilik va qing‘irlik, ijtimoiy adolat va zulm kabi tushunchalarning o‘lchovlarini belgilashga urinar ekan, u yer-bu yeriga o‘zgartirish kiritganini demaganda, baribir qachonlardir din belgilagan o‘lchovlar doirasida turgani aniq. Mudom shunday ekan, bugun biz demokratiyaga e’tiborimizda muayyan bir chegarada turishga, undan xavfli tomonga oshib o‘tib ketib qolmaslikka harakat qilishimiz lozim deb o‘ylayman. Shubhasiz, demokratiya tom adolat keltirgan tuzum emas, ammo unga nisbiylik boqimidan qaralsa: birinchidan, bu tuzumda dinimiz keltirgan ayrim yo‘l-yo‘riqning ham, har bir insonga va to‘plam jamiyatga Olloh taolo bergan (lekin nomiga “musulmon” davlatlar bermayotgan) haq-huquqning ham (aynan emas,) o‘xshashlari
97 Masalan, Zabur, Tavrot Injilni ham Olloh tushirgan, lekin inson unga o‘zgartishlar kiritib buzganidan keyin o‘zgarmay qolgan qismlari ham qo‘shilib to‘lasicha bekor etilgan; ilohiylik martabasidan tushgan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 140
bor; ikkinchidan, agar demokratiya o‘z g‘oyasi va tutumida samimiy va xolis tursa, xuddi Habashiston najoshiyi (podshohi) bergan erkinliklardan muhojir musulmonlar jirkanmay foydalanganlari kabi bugungi mazlum musulmonlar ham demokratiya huquqlaridan hartomonlama yutishlari ehtimoli kuchli. Islom ‒ haq din, demokratiyaning hech bo‘lmaganda ayrim erkinliklaridan foydalangan holda dinimiz haqiqatlari bor bo‘yi bilan insoniyatga yetkazilsa, Haqqa va haqiqatga muhtoj dunyo Ollohning inoyati ila Islomga ergashadi. Hozirda turli sabablar bilan demokratik tuzumlarda yashayotgan musulmonlarning faoliyatlari bunga yorqin misol. Yana bir misolni kechagi tariximizda o‘zimiz ham boshimizdan o‘tkazdik. Qayta qurish va oshkoralik yillari, ya’ni SSSRda ozgina demokratiya shabadalari esa boshlaganida, ota-bobosi musulmon bo‘lgan xalqimiz birdan ko‘zini ochdi, dinini taniy boshladi, Haqqa talpindi, minglarcha machit, o‘nlarcha madrasa ochildi, ketma-ket diniy nashrlar o‘rtaga chiqdi. Hatto bugungi diniy uyg‘onish ham kechagi ilk demokratik o‘zgarishlar bilan kirib keldi yurtimizga!.. Demokratiyani boshqa dunyoviy tuzumlardan kuchli va yashovchan qilib turgan eng yorqin tomonlar, ozgina istisno bilan qaralsa, Haqdan kelgan o‘lchovlarga yaqin nuqtalardir: – erkin saylovlar (ilk xalifalarni saylash harakatlarini eslang); – inson huquqlari (hali bironta tuzum insonga Islom olib kelganchalik haq-huquq bermagan, berolmaydi ham. Demokratiya berayotgan haq-huquqlar bu ma’noda mukammal emas, hali ko‘p kamchiliklidir); – so‘z erkinligi (oldingi bo‘limlarda bu haqda qisman aytildi); – e’tirozlarni tinch yo‘l bilan ifodalash erkinligi (bu haqda ham aytildi); – hamfikrlar bir tashkilot (partiya) tevaragida birlashish erkinligi (aqidada birlik- uxuvvatni qattiq tutish va bo‘linmaslik sharti-la, fiqhiy, ijtimoiy masalalarda har bir sahobaga ergashish bilan najot topish mumkinligi to‘g‘risidagi qoida); – vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik (ayni shariat yo‘l-yo‘riqlari); – sud tashkilotlarining to‘la mustaqilligi (Hazrati Alining garovga qo‘yilgan narsa masalasida bir juhud bilan qozilashganlari hodisasi va bu kabi ko‘p voqealar misol); – Asosiy Qonun va boshqa qonunlar ustuvorligi (rioya ma’nosida ayni shariat talabi kabi);
– hokimiyat talashishda musobaqa usuli tanlangani, ya’ni, qonsiz almashtirish usulining qaror topgani (To‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar davri saylovlari)... va hokazo. Surishtirilsa, o‘xshashliklar yana ko‘p topiladi, lekin asosiylari shular. Bu sanalganlarning hech biri, ko‘rilganidek, Islom shariatiga to‘lasicha mos emas. Ammo butkul ters ham emas. Qaytaga “musulmon davlatlari” deb ataluvchi davlatlar totalitar, avtoritar, diktatorlik tuzumlaridan voz kechib, yurtlarida bu qoidalarni amalga kiritganida edi, bugungi ko‘p zulm va adolatsizliklar ancha kamaygan bo‘lar edi. Afsus, hayotda teskarisini ko‘ryapmiz. Natijada ‒ ajab bir hol ‒ o‘z yurtida erki bo‘g‘ilgan ko‘p musulmon erkak va ayol diniga emin-erkin amal qilish uchun
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 141
demokratiya asosida boshqarilayotgan ilg‘or mamlakatlarga qochib borib panoh topyapti! Ozgina yashab ko‘rgach esa, o‘zining mamlakati ahvoli bilan yangi topgan “vatani” ahvolini solishtirib, keyingisini hatto ustun ko‘ryapti. Demokratiyaning har qancha ijobiy tomoni bo‘lmasin, uni aslo ideallashtirib bo‘lmaydi. Uning kamchiliklari, hatto o‘ta salbiy tomonlari ham bor: – buzuqlik va ifloslikni buzuq va iflos demaslik, ularga ham tuzuklik va tozalikka berilganidek tengma-teng huquq berish; – ijtimoiy demokratiya g‘oyasini siyosiy qurolga aylantirish; – demokratiya tuzumini dunyoga zo‘rlab yoyishga harakat; – inson huquqlari masalasida juda chuqur ketib, er bilan xotin, ota-ona bilan bola o‘rtasidagi muomala-munosabatlarga ham aralashish; – jamiyatdan shaxsni ustun qo‘yish va buning natijasida kishilar faqat o‘zini o‘ylaydigan bo‘lib qolishi; – moliya to‘lig‘icha foizxo‘rlik-sudxo‘rlik asosiga qurilgani; – pul topish hirsi jilovlanmagani va natijada odamni boylikka erishish uchun jirkanch yo‘llardan ham qaytmaydigan qilib qo‘yishi... Demokratiyaning bulardan boshqa yana ko‘p ayb va kamchiliklari bor. U kamchiliklar demokratiya nazariyasida ko‘rsatilmaydi, albatta. Ammo shu demokratiya sharoitida tug‘ilgan, ulg‘aygan va yashayotgan G‘arb odamining xususiyatida bu kamchiliklar bo‘rtib ko‘rinadi. Masalan, umuman Sharqqa, xossatan musulmonlarga va qoratanlilarga past nazar bilan qarash; o‘zining ozodligi (huquqi) bilan kibrlanib, o‘zganing ozodligini (huquqini) pisand qilmay qo‘yish; o‘ziga ravo ko‘rgan (yaxshilik)ni boshqaga ravo ko‘rmaslik, o‘ziga ravo ko‘rmaydigan (yomonlik)ni boshqaga ravo ko‘rish, ya’ni ikkiyuzlamachilik... va hokazo. Ayniqsa, tuzumi demokratik bo‘lgan davlatlar tashqi siyosatda o‘zlariga ikkiyuzlamachilikni to‘la halol qilib olgan. Umumiy demokratik qonun-qoidalarga ters ish qilayotganini juda yaxshi bilib turadi, lekin qilaveradi. Dunyo hamjamiyati ko‘rib turibdi demaydi. Uyalmaydi. Zo‘rniki tegirmon yurgizadi, deganlaridek, bugun ular zo‘r-da! Istaganini qiladi! Yaqin o‘tmishdan ikkitagina misol: 1. Bundan o‘n yillar narida Jazoirda islomiy jabha chinakam demokratik yo‘l bilan ko‘p ovoz olib, saylovda yutib chiqdi. Yutgan partiya islomiy qadriyatlarni olg‘a surgani uchun, u erkin saylovlarda ko‘p ovoz olganiga qaramay, demokratik G‘arb (Jazoirning eski egasi Faransa timsolida) chidamaslik yo‘lini tutdi va darhol Jazoirga harbiy kuch kiritib, demokratiyadan foydalanib saylanganlarni ham, saylaganlarni ham enasini ko‘rsatdi ‒ mamlakatni qonga botirdi. Bu harakati bilan ochiqchasiga “Demokratiya senlarga emas!” dedi va o‘zi xohlagan kimsani davlat boshiga o‘tqazib, diktatorlik tuzumini o‘rnatdi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 142
Bir demokratik davlat kuppa-kunduzi demokratiyasiga ham, insonlarning saylash- saylanish huquqiga ham tupurdi, boshqa demokratik davlatlar yuzini burib ko‘rmaganga-eshitmaganga oldi 98 . Gap musulmon mamlakatlari, musulmon xalqlari to‘g‘risida bo‘lsa, o‘zlari sig‘inadigan va ko‘klarga ko‘tarib maqtaydigan demokratiyani ham bir chaqaga olmay qo‘yadi ‒ tegirmonni teskari yurgizib yuboraveradi. 2. Falastinda bir necha yil burun HAMAS partiyasi erkin saylovlarda xalqning ko‘pchilik ovozini oldi va hukumat tepasiga keldi. Dunyoda o‘zini eng demokratik davlat deb maqtanadigan Isroil o‘sha kundan boshlab bu hukumatga qarshi fitna- fasodini boshladi: Falastinni ikkiga bo‘lib tashladi, yangi hukumat G‘azo mintaqasiga chekinishi bilan bu mintaqani hartomonlama qamalga oldi. Bironta demokratik davlat Isroilning mushugini pisht demadi va hamon demayapti. O‘rtada bir necha marta qonli urush ham qildi, yarmidan ko‘pi bolalar va tinch aholi bo‘lgan minglab falastinlikning yostig‘ini quritdi. “Tinch aholida nima ayb?” deb so‘raganlarga uyatsizlarcha: “HAMASga ovoz bergani uchun jazosini olishi kerak!” deb javob qildi. “Demokratik olam”dan birontasi o‘rtaga chiqib: “Iye, xalqning katta qismi saylagan bo‘lsa, ayni demokratiyaning talabi shu-ku?!” deb aytmadi va necha yillardan beri bir chekkada tomosha qilib turibdi. To‘g‘ri, dunyo musulmon mamlakatlarida Islom tuzumi o‘rnatilishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Islom tuzumini qo‘ying, hatto o‘zlarinikiga o‘xshagan demokratik tuzum o‘rnatilishiga ham qarshi! Nimaga?
Chunki musulmon o‘lkalarga ozgina erkinlik berilsa, tezlikda Islom dinining qo‘li baland kelishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun bu mamlakatlarda davlat qancha adolatsiz, shafqatsiz bo‘lsa, “demokratik olam”ning manfaatiga shuncha mos. Shu o‘rinda kichik bir xotira. Ancha ilgari, 2003 yil martida ‒ AQSH Iroqqa mana-mana kiraman deb turgan, dag‘dag‘asi kundan-kunga kuchayib borayotgan kezlari bir maqola yozgan edim. O‘zi bor-yo‘g‘i bir yarim betcha keladi-yu, unga bir betcha kirish so‘zi ham bitganman. O‘sha zahoti “Mohiyat” gazetiga olib bordim. Ommaviy axborot vositalari ustidan qattiq kuzatuv o‘rnatilgan bizning sharoitda “Mohiyat” havosi nisbatan tozaroq edi. Muharriri mardlik qilib: ‒ Tashqi ishlar vazirligi gazet muharrirlarini bir haftada ikki marta to‘plab, qattiq ogohlantirdi: “Mabodo AQSH Iroqqa qarshi urush ochsa, umuman munosabat bildirmaysanlar, xossatan Amerikani yomonlamaysanlar!” deb tayinladi. Shunday bo‘lsa ham, maqolangizni berishga harakat qilaman. Olsa, ishini olar! ‒ dedi.
98 Ushbu kitob navbatdagi tahrirdan chiqayotgan kunlari (2013 yil iyulining boshlari) Misrda o‘tgan yili tom g‘arbcha demokratik usul bilan – saylovda mutlaq ko‘pchilik ovoz olib prezident etib saylangan Mursiyni harbiylar demokratiyaning har qanday ko‘rinishiga ters ravishda davlat to‘ntarishi yasab iqtidordan ketkazdi. Amrika boshliq bironta demokratik davlat o‘zi sig‘inadigan demokratiyaning yonini olmadi, harbiy diktaturani qo‘lladi!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 143
Maqola yozilgan kunlari hali urush ochilmagan edi. Uni muharrirga topshirdim, ketdim. Ikki-uch kundan keyin urush boshlandi. Chorshanba edi shekilli. Sihatgohga yotayotgan edim. Bosh do‘xtir xonasiga navbatda turganimda tilponim jiringladi. ‒ Londondan Pahlavonman 99 . Nurulla aka, bugun tong-saharda Amrika Iroqqa qarshi urush boshladi, shunga munosabatingiz qanday? ‒ deb so‘rab qoldi. ‒ Padariga ming la’nat Amrikaning!!! ‒ dedimu tilponni o‘chirdim. Juma kuni Juma namoziga Chirchiq shahriga borganimda gazet do‘koniga boshimni suqdim: maqola chiqmabdi... Bu bobda demokratiya haqida gap borayotgani uchun mavzuni bir oz oydinlatar degan umidda o‘sha paytda e’lon bo‘lmay qolib ketgan kichkinagina maqolamni kattagina So‘zboshisi bilan birga bu yerga kiritdim:
“Bor-yo‘g‘i bir yarim betlik maqolaga bir betlik Kirish so‘z Bir noshir yigit Amrikaning Iroqqa tajovuz po‘pisalari va tayyorgarliklari eng avjiga mingan shu kunlarda (2003 yil martining 7-kuni juma namozidan keyin) birgalikda chiqarib kelayotgan taqvim kitobchamiz birinchi betiga tinchliksevarlik ohangida qisqacha bir so‘z yozib berishimni iltimos qildi. – Shunday uslubda bo‘lsinki, masalan, “Amrika” yo “Iroq” demasdan ham bu urushga munosabat bildirish mumkin-ku, to‘g‘rimi, Nurulloh aka?! Axir, Islom dini tinchliksevar din, musulmonlar tinchlikni xohlaydilar. Muqovani men bunday yasattirdim: “Biz urushga qarshimiz” yoki “Biz tinchlik istaymiz” kabi so‘z yozmasdan bir surat beryapman: yer kurasi, tevaragida girdikapalak uchib yurgan kabutarlar... Shuyam bizning munosabatimiz-da! – dedi. To‘g‘risi, bu taklif menga yoqmadi. Chetdan qarasa, hech yomon tomoni yo‘q, hozirgi sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasa-da, ishora bilan munosabat bildirish ham katta gap. Ammo ko‘nglim bu uslubga chopmay, inkor etib turardi. Zamonaviy qurollar ila qilinajak qirg‘inbarot urush, bo‘lg‘usi vayrona shaharlar, yuzminglab gunohsiz kishilarning tilka-pora loshlari... ko‘z o‘ngimda gavdalandi. – Bir narsa yozarman... Lekin siz taklif etayotgan uslub endi kechikdi, – dedim. – Har ishning o‘z pallasi bo‘ladi, bu uslubning davri o‘tdi. Hozir bir tomonning chakkasiga to‘pponcha tiralgan, tanasi zambarakning og‘ziga bog‘langan, g‘ururi oyoq ostiga olib ezg‘ilanayotir. Bunday paytda xo‘rlangan va zo‘rlangan dindoshimizning qarshisiga turib olib: “Biz tinchliksevarmiz”, “Dinimiz tinchlikka buyurgan”, deb turish, eng oldin dinimizga tuhmat, so‘ngra mazlumni haqorat, haqiqatga xiyonat, taslimiyatga chaqiriq, yovuzlik va tajovuzni pardalash, dunyo ahlining diqqatini chalg‘itishdir. Qolaversa, ko‘rib turibmiz, Amrika hech qanaqa
99 BBC radiosi muxbiri. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 144
murosaga yurmayapti, “Iroqning aybi bo‘lsa ham, aybi bo‘lmasa ham, urushaman!” deb jazavaga tushgan. To siz taklif etayotgan mo‘‘tadil munosabat – “Tinchlik kabutarlari” dunyo yuzini ko‘rgunicha, ehtimol Iroq alanga ichida yonayotgan bo‘lar... Albatta, men asabiylashayotgan edim. Noshir oshnamizning fikri mazlum ruhiyatiga battar tushkunlikni singdiradigan fikr edi. Bunday vaziyatda bunaqa fikr keladigan bosh qanaqa bosh o‘zi?! Noshir mulohazalarimga qo‘shilgandek bo‘ldi, lekin aftidan o‘zi istaganidan boshqachasini bosmoqchi emasligi sezilib turardi. Xayrlashayotib, asl kayfiyatini bildira qoldi: – Mayli, mabodo o‘zingiz yozmasangiz, birontalariga aytib yozdirib bering, – dedi. Birontalariga aytmadim. O‘zim ham uning istaganini yozmadim. Ammo shu bahona, nihoyatda g‘azabimni bosgan holda, ushbu (“Men tushunmayapman...”)ni qoralab qo‘ydim:
Dunyoda odam bolasi anglab yetmaydigan ishlar ko‘p. Bu hol tabiiy, albatta. Chunki aql hamma narsani ham olavermaydi. Kamchilikli. Ojiz. Ayni choqda, go‘yo hammasini tushunib-anglab turganday bo‘lasiz-u, lekin baribir tagiga yetib bo‘lmaydigan hodisalar ham bor. Masalan, men bir narsani hech tushunmayman: erkak bilan erkakning, ayol bilan ayolning jinsiy buzuqliklari 100
qachondan beri buzuqlik bo‘lmay qoldi?! To‘g‘ri, erkaklarning buzuqligi hamma zamon va hamma makonda bor bo‘lgan. Ammo insoniyat unga bir kulfat o‘laroq qaragan! Hamma zamon va hamma makonda bu ishlar qattiq malomat qilingan. Shuning uchun u buzuqliklar jamiyatdan yashiriqcha yashashga majbur edi. Endi ular ochiqlikka chiqdi! Hatto bu asrga kelib ayrim jamiyatlar bu tuban ishlarni “bemalol yashashga haqli” deb tan oldi. Buzuqilar uyushib, partiyalarini tuzishdi, gazet-jo‘rnollarini chiqarishyapti, saylovlarga nomzodlarini qo‘yishyapti, deputat bo‘lib saylanishyapti, shaharlarga hokim bo‘lishyapti, davlat rahbarligiga intilishyapti. Buzuq tele va kinofilmlari bilan boshqalarni ham o‘zlarining hayot tarzlariga qiziqtirishyapti... Bu ishlarni ko‘ra-bilaturib sog‘lom insoniy fitrat nega bong urmayapti, nimaga o‘zini himoya qilmayapti – shunisiga lolman, shunisini tushunmayapman... Dunyo boshimga to‘planib keladi. Qo‘lini shop qilib, dars o‘ta boshlaydi: “«De-mok-ra-ti-ya» deydilar buni! Inson huquqlari ustuvorligi bu! Demokratiya har bir odamga, jumladan sening qoloq esing “buzuqi” deb atayotgan odamlarga ham yashash haqqini beradi. Onadan shunaqa ishlarga moyillik fitrati bilan tug‘ilgan bo‘lsa, ularda nima ayb?! Dunyodan lazzatlanmay o‘tib ketsinmi?! Ularning yo‘lini to‘sish adolatdanmi?! Demokratiya degani har bir odamga o‘zidagi bor narsani emin-erkin
100 Buzuqlikning bu turi, ya’ni, ayolning ayoldan jinsiy lazzatlanishi, Ollohga shukr, millatimizda uchramaganidanmi, tilimizda alohida oti ham yo‘q. Ovrupaliklar uni “lesbilik” deydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 145
yuzaga chiqarish imkoniyatini yaratib berish demakdir!” deb rosa ustozlik qiladi. Uzo- oq so‘zlaydi. Chiroyli gaplar, go‘yo tushunarli tushuntirishlar, ammo G‘arb dunyosi o‘lib-tirilib miyamga bu g‘oyalarni tiqishtirgani sari qarshimda yangi savollar oyoqqa turaveradi. Masalan, demokratiyaning bunaqa olijanob tamoyillariga buzuqlikning nima aloqasi bor, deb ijikilaydi mening qaysar aqlim. Ular ham bir inson-da, deyiladigan bo‘lsa, unda o‘g‘ri, qotil, vatan xoini... kabilar-chi – bular odam emasmi?! Bolalarni, qizchalarni oldiniga zo‘rlab, keyin o‘ldirib, qonini so‘radiganlar bor – ular ham odam, axir! Onadan shunaqa yaramas qiliqlarga moyil xususiyat bilan tug‘ilgan deb ularga ham yashash haqqi berilsin bo‘lmasa. Ularning ham “haq-huquqlari” tan olinsin, ular ham o‘zaro uyushib partiyalarini tuzsin, gazet-jo‘rnolini chiqarsin, bachchabozu ayolbozlar singari, jamiyat va davlat ishlarida faol ishtirok etsin! Nimaga birlari qamaladi, jazolanadi-da, boshqalari himoya qilinadi?! Bu qanaqa mezon, qanaqa o‘lchov?! Hech tushunmayman... Bir yorug‘lik ilinjida qomus titkilayman – “demokratiya” so‘zining ma’nosini izlayman. Yunon tilida “demo” (“demos”) “xalq” deganini, “kratiya” (“kratos”) “boshqaruv” (hokimiyat) ma’nosini berishini bilib olaman. Demak, har kim o‘z xohish- irodasiga ko‘ra yashaydigan, “xalq boshqaruvi”ga asoslangan tuzumning oti ekan. Yaxshi gap. Bunday qaraganda, tushunarli gap. Ammo tevaragimizda bo‘lib turgan ishlarga qarasak, qomuslardagina tushunarli, xolos. Hayotda esa... Masalaning tagiga yetaman deganim sari battar chalkashib ketaman. Kalavaning uchini yo‘qotaman. Oxiri menda g‘alati bir istak tug‘iladi. Qaniydi dunyo hamma tomoni bilan hovuchda turgandek ko‘rinadigan eng baland bir cho‘qqi bo‘lsa... tirmashib ustiga chiqsam... chiqsam-da, butun insoniyatga qarab hayqirsam: “Menga tushuntirib beringlar axir, nimalar bo‘lyapti o‘zi?!” desam. “Inson huquqlari” shiori ostida ko‘tlarga, jalaplarga, lesbilarga o‘z xohish-irodalariga ko‘ra yashash haqqini berayotgan demokratiya nimaga butun boshli xalqlarga, butun boshli mamlakatlarga bunday huquqni ravo ko‘rmayapti?! Sho‘rlik Iroqning, iroqliklarning gunohi nima?! Sho‘rpeshana Afg‘onistonning, afg‘on xalqining aybi nima?! Bor-yo‘q ayblari o‘zlariga xos va o‘zlariga mos turmush tarzini tanlab yashab kelayotganlarimi?! Boshqa birovning ko‘ziga yoqimsiz ko‘ringani bilan o‘zi shuni xohlab tanlagan bo‘lsa, nimaga ularning ichki ishlariga aralashasan, ey insofsiz demokratik dunyo?! Yoki butun-butun mamlakatlarning, butun-butun xalqlarning bitta demokrat ko‘tchalik yo bitta demokrat lesbichalik qadr-qiymati yo‘qmi olijanob demokratik olam mezonlarida?!. Afsus, men istagan unaqa baland cho‘qqi hech qayerda yo‘q. Bo‘lsa ham, men hozir u cho‘qqida emas, yerdaman. O‘zim kabi oddiy, jabrdiyda kishilarning ichidaman. Ovozimni ham o‘zimdan boshqa kimsa eshitmaydi. Eshitmayapti. Lekin siz, ey zamondosh, meni ko‘rgansiz. Eslang. Ko‘cha-ko‘yda, piyodayu ulovda – har qayerda tentirab, duch kelgan odamning ko‘ziga javdirab, mo‘ltirab, og‘zini poylab yurgan
|
ma'muriyatiga murojaat qiling