Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 198
yomonliklari nimada edi – atroflicha yoritilmayapti. Go‘yo tariximizda yetmish yillik bir davr mutlaqo yo‘qday. 8. O‘rischa “sovet” so‘zi bilan arabcha “sho‘ro” so‘zining ma’nosi teng yoki bir- biriga juda yaqin – “maslahat”, “kengash” ma’nolarini beradi. Ikkalasi ham tagi o‘zbekcha emas, ammo “sho‘ro” necha asrlardan beri qo‘llab kelingani uchun o‘zbekchalashib ketgan. Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk yillari tilimizda bu hukumatning nomi “sho‘ro” deb atalardi. Bora-bora o‘rislashtirish siyosati oqibatida atamalar o‘rischa-baynalmilalcha shaklda yozishga majbur qilindi. Natijada “sho‘ro” yana “sovet”ga aylandi va necha yillar “Sovet Ittifoqi”, “Sovet hukumati”, “Sovetlar mamlakati”, “sovet xalqi” deb onglarimizga singdi. Oldin kuchimiz yetmagan ishlarga “mustaqillik”dan keyin... nimagadir faqat “sovet” so‘zini o‘zbekchalashtirishga kuchimiz yetib, uni birdan “sho‘ro” deb atay boshladik. Go‘yo milliylikka qaytdik. Lekin bu milliylikka qaytish emas! Chunki ayni shu kabi masalalarda juda nozik ruhiy holat bor: ellik-oltmish yil u davrni “sovet” deb maqtab keldik, endi so‘kish navbati kelganida “sho‘ro” deb so‘kyapmiz! “Sovet” suvdan quruq chiqdi, aslida juda chiroyli “sho‘ro” so‘zi baloga qolib o‘tiribdi. Ilgaridan “sho‘ro” deyilganida ham mayli edi. Mayda narsaga o‘xshaydi, lekin mening qat’iy ishonchimga ko‘ra odamlarning, kelajak avlodning ongini chalg‘itishda, tarixiy xotirasini buzishda, tarixni unuttirishda shu birgina, shu kichikkina “o‘zgarish”ning ham ta’siri juda ulkandir. 9. Bo‘lg‘usi voqeani biron tadbir ishlatib chetlab o‘tsa bo‘lar, ammo o‘tilgan tarixni endi o‘chirib bo‘lmaydi. U o‘tdi. Xalq yo vatan tarixining bir bo‘lagiga aylandi. Tamom. Xohlaymizmi-yo‘qmi, uyalamizmi-yo‘qmi, endi undan qochib qutulolmaymiz. Shuning uchun ilm uni bor bo‘yicha, bor holicha o‘rganishga, yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham ibrat ruhida talqin etishga majbur. Hech bo‘lmaganida, ilm aniq faktlarni aytadi, xulosani har kim o‘z qarichi bilan o‘lchab-chiqarib olaversin. O‘zbekistonda keyingi yigirma yildan beri o‘rtadan o‘ris-sovet qo‘l ostida bo‘lgan davrimizni o‘chirib tashlashga harakat qilinyapti. Kutubxonalardan u davrga tegishli gazet-jo‘rnollar, kitoblar, Marks, Engels, Lelin va barcha lelinchilarning asarlari yo‘qotib yuborilyapti. Hatto daraxtlar kesilyapti, shaharlar qiyofalari o‘zgartirilyapti, rang-baranglikdan voz kechilib, bitta sariq rangga bo‘yalyapti. Tarixiy xotirada katta bir bo‘shliq paydo qilinyapti. Omma e’tibori ko‘proq bitta davrga – sariq “mustaqillik” davriga qaratilyapti. Unaqada “mustaqillik”dan bu yog‘ida tug‘ilgan yoshlarda qanaqa tarixiy xotira shakllanadi? Kitobdan nega qo‘rqamiz? Bolalarimiz bu kitoblarni o‘qisa, uzoq-yaqin tarixini o‘rgansa, u zamonni bu zamonga solishtirsa, teran xulosalar chiqarsa, kelgusida yana- tag‘in o‘zgalar qo‘lida mustamlaka bo‘lib qolmaslik chora-tadbirini ko‘rsa, xalqimizga va davlatimizga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqsa, qaytaga yaxshi emasmidi?! Ma’naviyati butun, dunyoda hech bir xalqdan kam bo‘lmagan millat hatto dushmanining asarlaridan ham foyda chiqara oladi. Kutubxonasi tokchalaridan irg‘itib
dedi. Ikki marta so‘zimni bo‘lib shunaqa “tuzatish” qilganidan keyin kayfiyatim tushdi va... suhbatdan ko‘nglim to‘lmadi. Ketayotib, iloji bo‘lsa, bu suhbatni radioda bermanglar, deb ketdim. Ammo, afsus, e’lon bo‘libdi. Eshitmadim ham. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 199
tashlamaydi, kechagi kuniga tegishli kichkinagina dalil-hujjatni ham arxivlarida to‘lasicha saqlaydi. Afsus, uzoqni ko‘rmay yuritilgan siyosat orqasida viloyat, tuman, shahar, qishloq kutubxonalaridan ular izi quritildi: yondirildi, kuydirildi, qiymalab yuborildi. SSSR tugab bitishi arafalari, undan keyingi ilk yillari-ku, o‘sha paytdagi Davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari aytishicha, tajribasizligimiz oqibatida va “qayta qurish”u “mustaqillik” taloto‘plarini fursat bilib, Turkistonda SSSR yuritgan mustamlakachilik siyosatini ochadigan juda ko‘p arxiv hujjatlari O‘rusiyaga tashib ketildi. O‘shanda boyligimizni – tariximizni o‘g‘irlatib bir boy bergan bo‘lsak, keyin qolgan-qutganini o‘z qo‘llarimiz bilan yo‘qotib tamoman boy berdik. 10. Tibbiyot ilmi “yuksalib”, naslni cheklash uchun ayol-qizlarimiz bolaqorni majburiy yuvib (sterillab) tashlanayotganidek, tarix “ilmi” ham yigirma yildan beri xalqning tarixiy xotirasini yuvish bilan ovora. Iloji bo‘lsa, hamma tarix o‘chirilib, bitta shu yigirma yillik tarix qolsa va kelgusi avlod ko‘proq shu davrni o‘rgansa. Tarixiy xotirasi yuvilgan millatning kelajagi ham yo‘q. Bu degani, bugun tarix bor bo‘yicha o‘rganilmasa va bor bo‘yicha o‘qitilmasa, tarixga qo‘shilib kelajak ham rasvo bo‘ldi deganidir. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” deyilarkan, ko‘zlar yiltirab, quvlarcha jilmayib qo‘yilishining siri shu yerda. Siyosatga qurbon etilgan tarix “ilmi” bu “hikmatli so‘z”ga tahorat olib, uni har ishining “bismilloh”i va “alhamdulilloh”iga aylantirib olgan bir choqda kimlardir tahoratini bu “hikmat”ning ustiga ushatib ketgani bilindi. 11. Tarixdan, tarixiy biron haqiqatdan qo‘rqish bilimsizlargagina xos. Lelinning haykallarini maydonlardan olib tashlagan bilan, ko‘cha va joy nomlarini milliylashtirgan bilan, “Sovet O‘zbekistoni”ni “O‘zbekiston ovozi” deb o‘zgartirgan bilan... millat va davlat mustaqil bo‘lib qolmaydi. Sovet davrini eslatadigan hamma narsani o‘chirib ham sovet odami bo‘lib qolaverish mumkin. Aksincha, “SSSR xalq artisti” yoki “SSSR Davlat mukofoti laureati”, “Sovet Ittifoqi qahramoni” kabi xotiralarni o‘chirmasdan ham mustaqil bo‘laverish mumkin. Masalan, O‘rusiya o‘zi ham qolgan o‘n to‘rt respublika kabi 1991 yil avgusti-sentabirida sovetdan qutuldi ‒ mustaqil bo‘ldi. Bugun uning oti “Rossiya Federatsiyasi”dir. Lekin kechagi tarixini bir boshdan yuvib tashlamadi. Bir sportchi o‘z vaqtida “SSSR chempioni”, o‘yinchi “SSSR artisti”, askar “Sovet Ittifoqi qahramoni” (va h.k.) bo‘lgan bo‘lsa, hali ham shunday atalyapti, bu bilan O‘rusiyaning mustaqilligi yeyilib qolgani yo‘q. To‘g‘rirog‘i, bizdan ko‘ra mustaqilroqdir. Ya’ni, tarix boshqa, siyosat boshqa demoqchimiz. Tarix bor bo‘yicha o‘rganilaverishi kerak. Bugungilar tarixning bitta bo‘ldagini o‘chirsa (yo o‘zgartirsa), ertaga boshqalar boshqa bo‘ldagini o‘chirsa (yo o‘zgartirsa), bora-bora tarixdan nima qoladi? Mustaqilligimiz agar chinakam bo‘lsa, davlat kechagi kunidan qo‘rqmasligi kerak.
Yana aytamiz: o‘ziga ishongan xalq, o‘ziga ishongan davlat va o‘ziga ishongan boshliq hech qachon o‘zgacha fikrdan qo‘rqmaydi. Aksincha, o‘zgacha fikrlardan kuch oladi va yanada qudratli bo‘ladi. Xuddi Amir Temur va u qurgan davlat kabi!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 200
O‘n beshinchi shox: “Andijon polkasi” Bolaligimizda shu nomda bir sho‘x musiqa bo‘lardi. To‘ylarda, paxta dalalarida, so‘ngra askarlikda... rosa yer tepib o‘ynardik o‘ziyam. Ichimizga sig‘may yotgan butun kuch-g‘ayratimizni o‘z o‘rniga ishlatolmaganimizdan keyin o‘yinga sarflar edik-da! O‘zbek o‘g‘loni ekanimizni, yovqur ruhimizni tevarakka shu musiqaga o‘ynab ko‘rsatardik. Sirklarda hayvonlarni o‘ynatuvchining qo‘lida uzun qamchi bo‘ladi-ku? Xuddi shunaqa bir ko‘rinmas qamchi ko‘rinmas bir “o‘ynatuvchi” qo‘lida boshimiz uzra guv- guv havoni kesib silkitilgan sari biz bu polkaga o‘ynayverardik, o‘ynayverardik... Bir necha yil burun Andijon viloyati paxta ekish bo‘yicha bir yangilik yaratib, mamlakatga dong taratdi. Birpasda hammaning tilida “Andijon tajribasi” degan jumla aylana boshladi. Bu tajriba boshqa viloyatlarga ham o‘rnak qilindi. Matbuot yozgani yozgan, tele-radio gapirgani-gapirgan, boshliqlar minbarlarda hayqirgani-hayqirgan edi: “Yashasin Andijon tajribasi!.. Andijon tajribasidan o‘rnak olinglar!..” Biz endi yangi zamonning bu “polkasi”ga o‘ynay boshladik. Yanada shiddat bilan, oyoqlarimizni yanada qattiq tepib! 2005 yildan boshlab bu viloyat “Andijon voqeasi” bilan ham mashhur bo‘ldi. Nafaqat O‘zbekistonga, butun dunyoga nomi yoyildi. “Andijon voqeasi” deb tag‘in ham juda yumshoq aytilgan, aslida, 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida ommaviy qirg‘in bo‘ldi. Chet el OAV yozishicha, eng kamida mingdan ortiq tinch aholi otib o‘ldirilgan. Voqea ichida bo‘lganlar o‘lganlarni undan ham ko‘p deydi. Hukumat o‘lganlarni yuzdan ortiq, ikki yuzga yetmaydi dedi. Biz hozircha anig‘ini bilmaymiz. Lekin guvohlarning shivir-shiviridan ular juda ko‘pligini taxmin qila olamiz 135
. Xo‘p, mingta emas, hukumat aytganicha ikki yuzga yaqin kishi o‘ldi deylik. Nima, ikki yuz odam kammi?! He yo‘q-be yo‘q ikki yuz kishini o‘ldirib yuborsa bo‘laveradimi?! Ular odammasmi?! O‘ldirilganlar soni ellikta, qirqta, o‘ttizta, yigirmata... yo hatto o‘nta bo‘lmaydimi! Ular shafqatsizlarcha o‘ldirildi, nimaga o‘ldirilganlarini bilmay ketdi sho‘rlik o‘zlari! Shuning uchun u dahshatli voqeani bemalol “Andijon qirg‘ini” desa birovning haqi ketmaydi. Xalq ham, muxolifat ham, dunyo afkor ommasi ham “Tinch aholi edi”, deydi. Davlat “Terrorchilar, akromiylar edi”, dedi. Bir tomon: “Sud-purkuratura tizimidagi adolatsizlik va haqsizliklar, mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar xalqni ko‘chaga chiqishga majbur qildi”, desa, ikkinchi tomon:
135 Toshkent viloyatiga qarashli Tuzel qishlog‘i yaqinida ilgari Toshkent samolyotsozlik zavodi ishlab chiqqan yuk uchoqlari uchadigan aerodrom bor. Shu aerodrom tevaragida yashaydigan ayrimlar aytishicha, Andijon qirg‘inidan keyingi kunlar o‘nlab “Tez yordam” moshinasi tinimsiz o‘lik va yaradorlarni tashigan. Toshkentga olib kelingani buncha, yana Andijonning o‘zida qolgani qancha, qo‘shni viloyatlarga tarqatilgani qancha! Qarang: http://dunyouzbeklari.com/archives/135912
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 201
“«Akromiylar» nomidagi qanaqadir ekstremistik diniy oqim odamlarni gij-gijlab, pul berib, konstitutsion tuzumga qarshi oyoqlantirdi”, dedi. O‘zbekiston xalqi bo‘lsa, o‘rtada xayoli sochilib, ongi qorishib-chaplashib, hech narsaga tushunmay qolaverdi. Bu qanaqa tortishuv: ular nechtaligining yo kimligining nima ahamiyati bor?! Ular eng birinchi galda odam emasmidi?! Andijonda bu gal suvqog‘oz ostiga chigit ekilmadi, hammaning ko‘zi o‘ngida yuraklarga, miyalarga ajal o‘qlari ekildi! Shahar maydoniga paxta xirmoni uyulmadi, odam o‘ligidan xirmon uyuldi! Ayol, bola, chol, kampir o‘ldi! Xalq o‘ldi! Chol qanaqa terrorchi?! Kampir qanaqa akromiy?! Bola-chi, ayol-chi – ularning nimasi jangari?! Xo‘p, agar chindan ham “akromiy” yo “jangari” bo‘lsa, sudsiz-hukmsiz otib yuborsa bo‘laveradimi?! Nimadandir norozi bo‘lsa kerak, jonini tikib ko‘chaga chiqqan. Har kuni davlat mingta og‘zi bilan bu zamonni eng dorilomon zamon deb kuylamasin, hayotimizni farovon deb tinimsiz sayramasin, chin ahvol ular aytayotganichalik emasligini O‘zbekistonda yosh bola ham biladi. Zamon dorilomon bo‘lsa, hayot farovon bo‘lsa, xalq ko‘chaga chiqarmidi?! Akrom Yo‘ldosh kim o‘zi? Eshitishimcha, bir vaqtlar “Hizbut tahrir”ga qo‘shilgan, keyin undan ajralgan. Boshqa tafsilotini bilmayman. Ammo dinda oqim chiqara oladigan darajada olim emasligi aniq. Juda nari borsa, omadli bir tadbirkor! Hech qanaqa oqim yaratgani yo‘q. Yarata olmaydi ham! Uni yoqtirganlar, undan yaxshilik ko‘rganlar o‘ntadir, yuztadir, uni haqsiz qamaldi deb hisoblaganlar davlatdan adolat istab ko‘chaga chiqqandir. Lekin ulardan tashqari minglab kishi-chi? Ularni ko‘chaga yetaklagan narsa nima?! Ichkaridagi zulm, adolatsizlik, qalbakiliklardan va tashqaridagi qullik, mardikorchiliklardan ko‘rilgan xo‘rliklar orqasida nafaqat Andijonda, balki butun vodiyda, nafaqat vodiyda, balki butun mamlakatda ommaviy norozilik kayfiyati asta- sekin kuchayib borayotgan edi. Hatto g‘alayon ehtimoli yetilib kelayotgan, bir kunmas- bir kun bu norozilik yuzaga chiqib ketishi tayin bo‘lib qolgan edi. Buni davlat anchadan beri sezib, xavfsirab kutayotgan, nimadir chora axtarib payt poylayotgan edi. Andijon qo‘zg‘oloni “yaxshi” bir bahona bo‘ldi. Davlat ozgina bo‘shlik qilsa, qo‘zg‘olonchilarning talabiga yursa, bundan ruhlangan butun vodiy, nafaqat vodiy, balki butun mamlakat harakatga tushib qolishi turgan gap edi. Hokimiyat qo‘ldan ketishi muqarrar bo‘lib qoldi. Namoyishchilarni hech o‘ylab o‘tirmay, sira ikkilanmay, shafqatsizlarcha otib tashlashga qaror qilinishining eng asosiy sababi shu! Qamoqxonalarga hujum... Jinoyatchilar chiqarib yuborilishi... Qurol-yaroqqa bosqin... Odamlarga qurol tarqatilishi... Hokimiyat binosining bosib olinishi... kabi jiddiy voqealar, guvohlar aytishicha, maxsus yetishtirilgan odamlar amalga oshirgan amaliyotlardir. Bu haqda o‘sha kunlariyoq chet OAV xabarlar tarqatdi. Yetilib kelayotgan ko‘r g‘alayonni boshlang‘ich nuqtasidayoq bostirib yuborish uchun qattiqqo‘llik va shafqatsizlik ko‘rsatilishi lozim edi, ko‘rsatildi va haligi “ishlar” bu shafqatsizlikni oqlash uchun oldindan tayyorlangan izohlar edi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 202
Nimaga bu ehtimolni hisobga olmasligimiz kerak? Mamlakatda “16 fevral”ni uyushtirib elini-yurtini qonga botirgan davlatga Andijonda “qamoqxonaga hujum va qurol-yarog‘ni egallash” voqeasini ham uyushtirish cho‘t emas, albatta. U og‘irini qilgan bu yengilini ham qila oladi. Bu ishni g‘alayonchilar qilishi ehtimoli yuzdan birga ham teng emas. Chunki aytilayotgan u qamoqxona ilgari Sovet Ittifoqida, so‘ngra O‘zbekistonda eng qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxonadir. Faqat davlat o‘zi signal tizimini ishdan chiqarib, darvozalarni ochib bermasa, chekkadan birov u yerga qadam bosa olmasligi aniq edi. Ha, Andijonda rosmana bir “tajriba” qilib ko‘rildi. Nafaqat andijonliklarga, balki butun vodiyliklarga, nafaqat vodiyliklarga, balki butun O‘zbekiston xalqiga o‘ziga xos bir ishora qilindi: “Diqqat, ko‘zingni och, noroziligingni ichingdan tashingga chiqarar ekansan, boshingga mana shu kun tushadi!” deyildi. Chindan ham, butun O‘zbekiston xalqining dami ichiga tushib ketdi. Davlat niyatiga yetdi: yaqin kunlarda boshiga tushajak juda ko‘p palakatlarning oldini ola bildi! Andijon qirg‘ini davlatga ham, xalqqa ham ulkan tajriba bo‘ldi. Xalq kamida yana yigirma yilcha sasini chiqara olmaydigan bo‘lib qoldi. Paxta bilan boshlangan tajriba qirg‘in bilan yakuniga yetdi. Paxta yetishtirishda erishgan yutuqlari uchun minnatdorligini davlat andijonliklarga ommaviy qirg‘in bilan bildirdi! Yana bir bor, lekin endi hol tili bilan: “Andijon tajribasidan o‘rnak olinglar!” deyildi. Xalq birato‘la ko‘p o‘rnak oldi. Ya’ni:
Birinchi o‘rnak: davlatga qarshi isyonning oqibati mana shunaqa bo‘ladi! Ikkinchi o‘rnak: ey norozilar, g‘ing deb ko‘rgin, davlat rahm-shafqat qilib o‘tirmaydi – qirib tashlaydi! Uchinchi o‘rnak: davlat istasa, “Bizning eng katta boyligimiz – mehnatkash xalqimiz”, deb bong uradi, istasa, mehnatining va insonligining qadrini so‘rab ko‘chaga chiqqan xalqni “oqimchi”, “terrorchi” deb yuboraveradi!
xuddi ular odam emasday, qirilishga mahkumday, achinish tuyg‘usi uyg‘onmaydi. Bot- bot aldanib qolaveradi.
qiyiq bog‘lab xalqimizga xizmat qilamiz!” deb og‘iz ko‘pirtirib maqtanadigan ayrim “adib”lar sotqin, vijdonsiz chiqdi. Chorasizlikdan haq-huquq talab etib ko‘chaga to‘kilgan xalqni bir Qahramon shoir “olovga o‘zini uradigan ahmoq parvona” desa, boshqa bir adib ularni “sho‘rva betidagi ko‘pik”ka o‘xshatdi! Ya’ni, Qahramon shoir: o‘limiga parvonaning o‘zi aybli, o‘t bilan o‘ynashdi, demoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi adib: sho‘rva betiga to‘planadigan kir ko‘pikning bir chaqalik qiymati yo‘q, uni qancha ko‘p suzib tashlasangiz, sho‘rva shuncha mazali- toza bo‘ladi, dedi. Qanchadan-qancha gunohsiz-aybsiz odam bekordan-bekor o‘lib
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 203
ketgani, o‘lganlardan ancha-munchasi ayol va bola ekani bu “gumanitar”larning esiga kelmadi, bir tuki qilt etmadi! Va hokazo. Vijdonlar qiynalishi, dod deb yuborishi o‘rniga bundayin alay-balay mulohazalarimiz ichimizdagi qo‘rqoqning, “ichimizdagi xoin”ning (Shavkat Rahmon iborasi) og‘zidan chiqayotganga o‘xshaydi. Qo‘rqoqligimizni, xiyonatimizni bu kabi ojiz mulohazalar panasiga yashirmoqchi bo‘layotgandekmiz. Ajab, shu holda ham ‒ ko‘zlarimizga yosh, yuraklarimizga zardob to‘lganiga, dardimiz ulkan ekaniga qaramay, davrani hech bo‘shatgimiz yo‘q: dunyoni unutib, o‘zimizni ham unutib, yer tepib, hamon “O‘zbekiston polkasi”ga o‘ynab yotibmiz. Chaluvchisi yangi bo‘lgani bilan musiqa o‘sha eski, o‘yin o‘sha eski...
Amir Temur (sobiq “Inqilob”) xiyobonidan boshlangan katta yo‘l Pushkin haykalining tumshug‘iga tegib-tegmay ikkiga ayriladi. Prezident ishxonasidan Do‘rmondagi qarorgohiga borayotib shu yo‘ldan o‘tadi. Taqdir ekan, men ham ishxonamdan uyimga shu yo‘ldan kelaman. Faqat, Prezident bilan mening yo‘limiz ikki bekat teparoqda ‒ metroning Hamid Olimjon bekati ustida qo‘shiladi va Pushkin maydoniga kelganida ajraladi: prezident chapga yurib Do‘rmonga ketadi, men o‘ngga burilib eski Shastri mahallasidagi kulbamga boraman (xayriyat kulbam o‘ng tomonda, deb qo‘yaman ko‘pincha shukr qilib). Sovet davrida Inqilob xiyoboni qoq o‘rtasida sersoqol “dohiy” Karl Marksning ulkan bosh haykali bo‘lardi. U o‘zidan bir yarim chaqirimcha oldindan yer olgan Lelin haykaliga qarab turardi. Marks boboydan bir yarim chaqirimcha orqaga, xuddi “dohiy” ortidan ergashib borayotganday bo‘lib esa Pushkin haykali viqor bilan qo‘nqayib turibdi: ikki qo‘l orqada, oldga tashlangan chap oyoq oliftalarcha xiyol bukilgan... Yaqin-yaqinlargacha Pushkindan bir yarim chaqirimcha orqada hassasining uchini yerga do‘qillatib buyuk proletar yozuvchisi Maksim Gorkiy ham mag‘rur turardi. Xullas, Lelindan boshlab Gorkiygacha bir chiziq tortilsa, bu to‘rt haykal timsolida Turkiston tuproqlari O‘rusiya-sovet mustamlakasi ostida ekanining o‘ziga xos bir ramzini ko‘rsa bo‘ladi 136
. Mayli, chalg‘imaylik, asosiy gapga o‘taylik. Shu Pushkin haykalining chap biqinida sovet davrida Umumqo‘shin harbiy bilim yurti bo‘lardi. Sovet armiyasining Turkiston harbiy okrugiga qarardi. Piyoda qo‘shinlariga ofitser yetishtirib berardi. Bilim yurti hozir ham bor. Faqat, endi uning egasi O‘zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi, nomi esa “Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim
136 Bugun bu to‘rttala haykal ham aytilgan yerlarida yo‘q ‒ Marks bilan Lelin o‘rab-netilib biron ovloq omborda har ehtimolga qarshi saqlanayotgan bo‘lsa kerak, bu ikki “dohiy”dan keyin Gorkiy ko‘zdan panaroq Rus tili va adabiyoti institutining hovlisiga tikka qilib qo‘yildi, oxirida (2015 yili) Pushkin ham To‘qimachilar saroyi oldiga ko‘chdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 204
yurti”dir. Albatta, davlatga ham, xalqimizga ham juda kerakli, juda muhim bilim yurti. Qo‘shinlarimizga aqlli, dono, vatanparvar, xalqparvar qo‘mondonlar doim kerak. Ichkarida nimalarni o‘qitishadi, zobit bo‘lishni istagan bolalarimiz ongiga qanaqa mafkurani singdirishadi, nima yegizdirishadi-nima ichkizishadi ‒ bularni biz o‘tkinchilar uncha bilmaymiz, ichkaridagi hol bizga qorong‘u. Katta yo‘ldan, bilim yurtining old tomonidan u yoqqa-bu yoqqa o‘tarkanmiz, bu ishlarga burnimizni suqmaymiz. Shunisi g‘alvasiz. Burnimizni suqmas edik, lekin xom sut emgan qulmiz-da, ichimizda bir narsa hech tinchlik bermay: “Old tomonini ko‘p ko‘rdik, orqasi qanaqa bo‘lsa ekan?” deb jikillayveradi. “Orqa” ‒ sirli, jozibali diyor! Doim o‘ziga tortib turadi. Nimaga? Chunki ko‘pincha asosiy ishlar “orqada” qilinadi. Orqada gap ko‘p. Oldga niqob tutilgan bo‘lishi mumkin, lekin orqa doim ochiq bo‘ladi. Old ‒ mehmon kutayotgan mezbonning charaqlab turgan yuzi, orqa ‒ oshxona, molxona, hojatxona. Old doim supurilgan- sidirilgan bo‘ladi (har onda mehmon kelib qolishi mumkin-da!), asl holatni ko‘pincha orqa ko‘rsatadi. “Old” o‘tgan-ketganning ko‘zini quvontiradigan qilib qo‘yiladi, “orqa” orqada qolib ketaveradi. Odam nuqul katta va tekis yo‘llarda yuravermay, birda-yarim orqa tomonlarga ham o‘tib turishi kerak ekan. Oldda hech ko‘rmaganingiz asl haqiqatlarni ko‘rvorasiz orqada! Ko‘rmasangiz, bilmaysiz, bilmasangiz, burningizni tortib yuraverasiz. O‘zimning boshimdan o‘tdi. Harbiy bilim yurtidan Toshkent Kichik halqa yo‘li bo‘ylab eski ToshMIga qarab picha yursangiz o‘ngda ko‘rimsizgina Asaka ko‘chasi keladi. Bilim yurtining orqa darvozasiga va sal naridagi mahallalarga shu ko‘chadan boriladi. Ko‘cha boshida chap qo‘ldagi birinchi, ikkinchi temir darvozalar shu bilim yurtiga tegishli: birinchisiga qanaqa muassasa ekani yozilmagan, ikkinchisi harbiy jangovar moshinalar turadigan garaj deb qo‘yilibdi. Ko‘p ko‘rganman: birinchi darvoza doim yopiq turadi. Moshinada kirachilik qilib yurgan edim, bir harbiy mijozim yo‘lni shu yoqqa boshladi. Burildim. Qarasam, doim yopiq turadigan sirli darvoza nimagadir bugun lang ochiq; ikki askar bola ko‘cha supuryapti. Tabiiy, sekinladim. Shu palla ichkaridan bitta turqi sovuq, tanasi iflos cho‘chqa chiyillab otilib chiqib qolsa bo‘ladimi! Boyagi ikki musulmon askar supurgisini tashlab uning oldini to‘sishga chopdi. Cho‘chqa darvozadan uzoqlamasidan qayirib ichkariga hayday boshlashdi. Bolalardan bittasi jahl bilan ketiga tepgan edi, cho‘chqa battar chiyilladi... Bildim: hayvonxona ekan. “Cho‘chqaxona” demadim, chunki ichkarida qo‘y-mol ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, sira kutmagan edim. Ixtiyorsiz, moshinani to‘xtatib qarab qolibman. Ikkala askar haligi qochoq cho‘chqani haydab borib qo‘rasiga qamadi. Keyin jildim. ‒ Cho‘chqa boqiladimi bu yerda?! ‒ deb yubordim ixtiyorsiz ravishda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling