Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- O’tgan kunlar, bu kunlar…
- Kichik xulosa
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 220
‒ Qani, bolalar, aytinglar-chi: “Qo‘shimcha”ga deb ustozlaring sizlardan hech pul to‘pladimi? – deb so‘rabdi “qitmirlik bilan”. Bolalar bir ovozdan juvur-juvur qilib: ‒ Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizda qo‘shimcha darslar tekinga o‘qitiladi! ‒ deyishibdi. “Tekshiruvchi” mamnun qiyofada yana boshqa “soliq”larning ham otini bitta-bitta aytib so‘rab chiqibdi. Bolalar har gal adashmay bir xil: ‒ Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizda hammasi yaxshi! ‒ deb javob qilaverishibdi. Oxirida “tekshiruvchi” tag‘in bir marta sinf xonasidan yo‘lakka chiqib, endi o‘zlarining ustozlari bo‘lib qaytib kiribdi va shogirdlarini alqabdi: ‒ Malades, bolalarim! Meni ham, o‘zlaringni ham uyaltirmadilaring! Maktabimiz yuzini yerga qaratmadilaring! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! ‒ debdi... Ey Olloh, uyda men bolamni to‘g‘rilikka tarbiyalayman deb tirishib yotsam-u, maktab tarbiyasiga boqing! Bilim olsin, ilg‘or odam bo‘lsin deb maktabga yuborsam, ular nimani o‘rgatyapti?! Uyaltirmabdi emish! Maktabi yuzini yerga qaratmabdi emish! Butun maktab ular bilan faxrlanarmish! Faxrlanish tugul, uyatdan yer yorilib tagiga kirib ketmaydimi bunaqa maktab! Albatta, bu ishning yomonligini, haromligini, yolg‘onligini qizimga yotig‘i bilan tushuntirdim. Ammo... jamiyatim uchun, ertamiz uchun xavotirga tushdim. Maktabda bunday yolg‘onlarga o‘rgatilgan bola ertaga ulg‘ayib jamiyatga chiqsa, nima qiladi?! Shulardan bittasi balki mamlakatni boshqarar! Bolaligida o‘yin bo‘lib tuyulgan bu kichik yolg‘onlar ular o‘sib, voyaga yetib, har biri bir ishning boshiga kechganida potir-potirlab katta yolg‘onlarga aylanib ketmaydimi?! Sho‘rlik yurtimga hozirgi yolg‘onlar o‘zi yetmasmidi?! Endi kelajakda ham yolg‘on bormi bosh-shimizga?! Aslida, qizimning maktabidan xafa bo‘lmasam ham bo‘ladi. Yigirma yildan beri “mustaqil” O‘zbekiston “maktabi”da ayni shunday tarbiya berib kelinyapti-ku! Maktablarimizga tekshiruvchi kelib turganidek, onda-sonda O‘zbekistonga ham chet ellardan qanaqadir tekshiruvchilar keladi, xalqimizdan hol-ahvol so‘raydi. Bilasizlar, chetelliklar o‘zimizning tekshiruvchilardan o‘n chandon, yuz chandon qitmir bo‘ladi, aylanma savollar berib tilimizdan tutishga urinadi: “O‘zbekistonda inson huquqlari buzilyapti deyishyapti ‒ shu to‘g‘rimi?” U yaramaslar qitmir bo‘lsa, biz ham anoyi emasmiz! Ular shoxida yursa, biz bargida yuramiz! Ular Oksfordda o‘qigan bo‘lsa, biz “Mustaqil O‘zbekiston” deya atalmish katta va oliy maktabning tuzini yalaganmiz! Unaqa chetelliklar bilan qanday gaplashish mashqini rosa olganmiz! Bundan battar narsani so‘ramaydimi! Hushyorlikni qo‘ldan bermaymiz: “Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizda hech bir huquqimiz poymol etilmaydi ‒ hammasi go‘zal!” deb javob qilamiz jo‘r bo‘lib. “So‘z erkinligi bo‘g‘ilmayaptimi?” “Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizda hamma erkinlik bor ‒ nima desak deb yotibmiz!” “Din tazyiq ostidaymish?..” Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 221
“Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizga shaxsan Yurtboshimiz tashabbuslari bilan to‘la diniy hurriyat berilgan ‒ eminlikda, erkinlikda barcha diniy ibodatlarimizni ado etib yuribmiz! Hayitlarimiz dam olish kunlari deb e’lon etilgan!..” “O‘zbekistonda demokratiya yo‘q deyishadi, xalq yakkahokimlik bilan boshqarilarkan...” “Yo‘q-yo‘q-yo‘q, kim aytgan bo‘lsa, bekorlarning beshtasini aytibdi ‒ bizda dunyo havas qilsa arziydigan demokratik tamoyillar ishlab chiqilgan va o‘sha bo‘yicha yashayapmiz! Ishonmasalaring, Konstitutsiyamizni o‘qib ko‘ringlar!” “Birlashgan millatlar tashkilotiga Andijonda tinch aholi qirilgani haqida shikoyatlar tushdi”. “Yo‘q-yo‘q-yo‘q, bizda hammayoq osoyishta! Ular tinch aholi emasdi, qandaydir qora kuchlar edi. Oqim edi. Sho‘rvaning ko‘pigi edi. A tak, xalqimiz ko‘pi dono siyosatdan rozi yashab kelyapti!” “Majburiy mehnat-chi? Yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma paxta terimiga zo‘rlab olib chiqilarkan?” “Yo‘q-yo‘q-yo‘q! Qaysi nonko‘r aytdi?! Bizda unaqa gap yo‘q. Bolalar o‘zlarining ota-onalariga yordamga birda-yarim chiqmasa... Ishchilar, o‘qituvchilar, do‘xtirlar, talabalar onda-sonda chiqib turishadi, lekin chista ko‘ngil ixtiyori bilan! Qattiq talab etishgani uchun davlatimiz ham yo‘q deya olmay qoladi...” Boshqa nima deyman? Xullas, shunaqa gaplar-da... Ey Olloh, bizlarga sovet davrida nimalarni ko‘rsatgan bo‘lsang ko‘rsatding, endi nasllarimizni “mustaqillik”ning bunaqa yolg‘on va qalbakiliklaridan asra! O‘zing mehribonsan, duolarni qabul qiluvchisan!
Yaqinda “O‘tkan kunlar” ro‘manini qaytadan o‘qib chiqdim. Uchinchi bo‘limiga kelganimda qiziq bir mulohazalarni uchratdim. Boshim qotdi: Abdulla Qodiriy o‘zi yashagan davrda ham o‘tkan kunlarni yozganmi yo biz yashayotgan bu kunlarimizni yozganmi, deb qoldim. Mana, o‘sha yeri:
– N.M.R.) o‘zining qipchoqlari bo‘lsa, ikkinchisi ulamolar edi. Ul ulamo orqaliq o‘z zulmini mashru’ bir tusga qo‘yg‘an, o‘zi uchun zararlik unsurlarni yo‘qotishda shu ulamolardan “ululamirga bog‘iyliq” degan fatvoni olishni unutmag‘an edi. Ulamoning bu yanglig‘ istibdodni “bog‘iyliq” rangi bilan bo‘yab berishi mukofoti Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 222
uchun Qo‘qon va Andijon kabi shaharlarga ma’lum madrasalarni bino qilg‘an va bu madrasalarga xizmati bilan tanilgan ulamodan mudarrislar ta’yinlag‘an edi...” 147 Nimalarnidir eslatganday bo‘ldi. Nimaligini birdaniga topolmadim. Keyin lop etib xayolimga keldiyu tajriba uchun parchaning bitta-ikkita so‘zini o‘zgartirib- zamonaviylashtirib, qaytadan o‘qiy boshladim: “Islomqulning aholi ustiga bo‘lgan jabru zulmi haddan tashqari ketdi. Uning istibdodi nafaqat viloyatlar, balki markaz – Toshkent aholisini ham juda to‘ydirdi. Uning o‘z kayficha oyda emas, haftada, haftada emas, kunda kishilarni qamab-ezib turg‘ani fuqaroning jonini hiqildog‘iga keltirg‘an bo‘lsa, arzimagan sabablar bilan o‘zig‘a ters kelg‘an kallali va sallalilarni osdirib, kesdirib turishi hatto xosni (davlat odamlarini) ham esankiratdi... Mamlakat xalqining har bir tabaqasi deyarlik Islomqul dakkisini yeb kelg‘an, magar ulamo undan juda rozi, zeroki Islomqulning birinchi istinodgohi (suyanchi) o‘zining kuchishlatar idoralari bo‘lsa, ikkinchisi ulamolar edi. Ul ulamo orqaliq o‘z zulmini mashru’ bir tusga qo‘yg‘an, o‘zi uchun zararlik unsurlarni yo‘qotishda shu ulamolardan “ulug‘ prezidentga bog‘iyliq” degan fatvoni olishni unutmag‘an edi. Ulamoning bu yanglig‘ istibdodni “bog‘iyliq” rangi bilan bo‘yab berishiga mukofot o‘laroq mamlakatning har bir yirik shahariga bittadan madrasa, har bir qishlog‘u ovuliga, past-tekisligiyu do‘ngtepalariga tayinli-tayinsiz ziyoratgohlarni bino qilg‘an. Bu madrasalarga Oqsaroyg‘a va shaxsan prezidentg‘a xizmati bilan tanilg‘an ulamodan mudarrislar va ziyoratgohlarga davlatning ishanarli tilamchilaridan shayxlar ta’yinlag‘an edi...” O‘qib chiqdingizmi? Endi ikkala matnni solishtiring. Nimani sezdingiz? Ilk sezgan narsangiz – oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramay holatning bir ekani bo‘lsa kerak. Menga ham shunaqa tuyuldi. Qarang: yuzellik yil burunki boshliq ishlari bilan bugunki boshliq ishlari ham, u zamonki yurt ahvoli bilan bu zamonki yurt ahvoli ham so‘zma-so‘z bir xil! Eng achinarlisi – ulamo degan sharafli nomga da’vogar ayrim manfaatparast kimsalar ham hech o‘zgarmabdi: u zamon ulamosi istibdod va zulmni “bog‘iyliq” fatvosi rangi ila qanchalik bo‘yab bergan va Xonga itoatga chaqirgan bo‘lsa, bu zamon ulamosi ham ayni shu “bog‘iyliq” fatvosi ila zulm va istibdodni shunchalik oqlab berayotir va prezidentga itoatga chorlayotir! Yo Olloh, deb yuborasiz yoqangizni ushlab. O‘tkan kunlar bilan bu kunlar holati o‘rtasida bu kabi o‘xshashlik yana ko‘p, albatta. Ayni choqda, sezilarli farqlari ham bor. Shulardan ko‘zga yaqqol tashlanib turganlari ushbulardir:
147
“Sharq” NMAK, Toshkent 2000, 267-bet. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 223
Birinchi farq: o‘tkan kunlar qahramonining oti “Musulmonqul” edi, bu kunlar qahramoni “Islomqul”dir. Ismlaridagi farq arzimas ‒ ikkalasining ham o‘zagi bir. Ayni shu hol juda afsuslanarli ‒ qanday go‘zal ismlar-a!..
bosh vazir edi, bu kunlarda Islomqul prezidentdir! Uchinchi farq: Musulmonqul bir Qo‘qon davlatining mutlaq Bosh vaziri edi, Islomqul birato‘la uch davlat – Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi va Buxoro amirligi vorisi bo‘lmish “mustaqil” O‘zbekistonning o‘zgarmas prezidentidir! Ajabo, tarix g‘ildiragi doim bir yerda aylanadimi yoki aylanib-aylanib kelib yana eski iziga tushib qolaveradimi? Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”ni yozishga kirisharkan: “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi xon zamonlaridan belguladim”, degan edi. Ko‘ksida adolat tuyg‘usi, yuragida Vatan qayg‘usi lovullab yonib yashab o‘tgan Abdulla Qodiriy mabodo tirik bo‘lganida bugun “Bu kunlar” degan nomda ham bir asar yozish ehtimoli kuchli edi. Lekin endi buning iloji yo‘q: ayni yigit yetilgan (44) yoshida zolim Istalinqulning qatliomiga uchrab otib tashlangan (Olloh rahmatiga olsin). Shu bois, yuragimda jur’at sezib, “Bu kunlar” nomida ushbu kitobni o‘zim yozaqoldim 148
. Farqimiz ‒ men o‘tkan kunlarga emas, bu kunlarga qaytib ish ko‘rishni xayrli sanadim va mavzuni bu kunlardan, siz bilan biz yashab turgan ayni onlardan, zamonamizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an birinchi prezident davridan belguladim...
Bu katta bobga aslida alohida xulosa shart emas. Sezilgan bo‘lsa, xulosalari har bir maqolacha ichida bor. Shunday bo‘lsa ham, an’anamizdan chekinmaslik uchun so‘zimizni beshtagina jumla bilan xulosalaymiz: Ey vatandosh! Siz bu hollarga rozimisiz?! Yoki sizning nazaringizda bular arzimas ishlarmi?! Axir, biz poda emas, odammiz-ku! Nahot ko‘ksimizda bir narsa g‘imirlamasa?! Biz ham boshqalar qatori odamga o‘xshab yashasak bo‘lmaydimi?!
148
Lekin Abdulla Qodiriy panjasiga panja urmadim. Panja urish uchun odam kamida u bilan teng bo‘lishi kerak. Abdulla Qodiriy qayoqda, biz qayoqda! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 224
O‘ninchi ko‘chat “Fund Forum jugend”
O‘tgan asr o‘ttizinchi yillari Ado‘lf Hitlerning millatchi partiyasi Olmoniya hokimiyatiga kelganida oradan hech qancha o‘tmay nemischa “Hitler jugend” degan atama tillarda aylana boshladi. O‘zbekchasi “Hitler bolalari” (“o‘smirlari” yo “yoshlari”) degan ma’noga keladi. Nemis bolalari ikki yo‘l bilan birdan “Hitler jugend” ga aylanishdi: 1. Ado‘lf Hitler 1936 yili “Deutsches jungvolk”ni tashkil etib, hamma nemis bolalarini o‘zining bolasi deb e’lon qildi. 2. Alohida ayirib olingan, ota-onasiz va boshqa toifa bolalar Hitler mafkurasi asosida maxsus o‘qitila-parvarishlana boshladi. 3. Oliy irq haqidagi g‘oyasiga ters borib, urush yillari hatto o‘ris, belorus va ukrain bolalari ichidan nemisga o‘xshab ketadigan ko‘kko‘z va mallasochlilarni ajratib, tarixiy va oilaviy ildizlarini uzish uchun ota-onasini o‘ldirib, o‘zlarini Olmoniyaga tashib ketishdi. Nemis oilalariga bo‘lishib berib yoki maxsus parvarishxonalar ochib, “g‘irt nemis” qilib yetishtira boshlashdi 149
. Nemislar urushda yengilmay bu loyiha oxiriga yetkazilganida nima bo‘lar edi, tasavvur qilish qiyin. Bugun prezident Islom Karimov o‘zbekistonlik hamma bolalarni “Mening bolalarim” deb e’lon qildi. Nafaqat bolalar, hatto sakson, to‘qson, yuz yoshlarning nari-berisidagi ayrim chol-kampirlar ham bu zotni “Ota” deb atashayotgani quloqqa chalinib turibdi. Xayriyat, asl ma’no bilan ko‘chma ma’noni bir-biridan ajrata olamiz: “Ota” derkanmiz yo prezident “Bolalarim” derkan, ko‘chma ma’noda aytayotganimiz aniq. Shunday bo‘lsa-da, bu “ota-bola”likning uncha yoqinqiramay turgan tomoni bor. Bilasizlar, xalqimiz musulmon tarbiyasini olib katta bo‘lgan. Islomiy tarbiyaga ko‘ra, ota-onani doim ulug‘lash, oldilarida hatto uf demaslik, dinimiz qaytargan ishlardan boshqa hamma topshiriqlarini bajarish... ota hatto kofir bo‘lsa, uning hurmatini qilishga buyurilganmiz. Bolalar otasini hurmat qiladi, sevadi, xatosini betiga solmaydi. Bitta-ikkita tarbiyasizini demaganda, yoshlarning ko‘pi oilada ota qadrini o‘rniga qo‘ya oladi. Isyon qilishni-ku xayoliga keltirmaydi, Ollohga shukr. Endi o‘rtaga bir begona odam suqilib, hatto u yurt boshida o‘tirgan bo‘lsa ham, “Sen mening bolamsan, men sening otangman”, deb tursa, ko‘chma ma’noda aytayotgan bo‘lsa ham, g‘ashingiz keladi-da. Ya’ni: “Mening kamchiligimni muhokama qilishga, aybimni betimga solishga haqqing yo‘q. Nimani buyursam, so‘zsiz itoat etishing kerak. Menga hatto uf dema! Nima qilsam ham chidaysan. O‘ttiz milyonli bu katta oilada mening aytganim aytgan, deganim degan!” deb da’vo qila boshlasa, “ota”likda chegaradan chiqqanini bilasiz va “Kechirasiz, mening o‘z shar’iy
149 Shu niyatda Olmoniyaga olib ketilgan bolaning keyingi taqdiri yaqinda “Аргументы и факты” gazetida (Георгий ЗОТОВ. “Похитители жизней”. № 40, 3 – 9 октября 2012 г. Стр. 7.) yozildi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 225
otam bor, daxlsiz ma’noda menga otalik da’vosini qila olmaysiz!” deb uning o‘rnini bildirib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. “Ota-bola” g‘oyasi prezidentga shuning uchun kerak bo‘lib qoldi! Agar boshqacha bo‘lganida, ya’ni, chinakam mehr-muhabbatli ota-bola bo‘lish niyati bo‘lganida, doim bu bolalarining tashvishini chekishi kerak edi. Tarbiyasi va parvarishi bilan shug‘ullanishi kerak edi. Natijada yosh-yosh qizchalar pul topish ilinjida tanasini sotishdek buzuqlik yo‘llariga kirib ketmagan, bolalarini boqaman, kiyintiraman, o‘qitaman, odam qilaman deb erlar ixtiyoriy qullikka jo‘nab ketmagan, ayollar mardikor bozorlarini to‘ldirmagan bo‘lar edi. Bolalar ulg‘ayib qo‘lidan ish keladigan bo‘lib qolgach, chin ota ham ularni mustaqil qilib qo‘yadi, bundan bu yog‘iga aravangni o‘zing tort, deyishi ham mumkin. Lekin parvarishi doirasidan hech qachon chiqarmaydi. Orqasidan doim kuzatib turadi. Turtinsa, tiklaydi. Yiqilsa, turg‘izib qo‘yadi. Qiynalib qolsa, suyab yuboradi. Qayerdadir haqsiz zulmga uchrasa, jonini o‘rtaga qo‘yib himoya qiladi. Biron shikast yetsa, bolasidan ko‘ra ham qattiqroq ichi og‘rib, tuzalgunicha tinchimaydi. Kimdir bolasini o‘ldirsa, o‘chini olmagunicha qo‘ymaydi. Xullas, chin ota qilishi kerak bo‘lgan hamma ishni qiladi. Ramziy “ota”miz nima qilyaptilar? “Meni cheksiz hurmat qil! Menga so‘zsiz itoat et! Nima qilsam ham chida! Menga yuzimga ham, orqamga ham uf dema!” degan bobda “otangman-bolamsan” deyaptilar- u, otalikning chinakam burchiga kelganida, “Anovisi dinchi, oqimchi – qamanglar! Manovisi gastirbaytir, dangasa – jirkanaman 150 !
Bunisi isyonchi demokrat – yo‘qotinglar! To‘rtta-beshtasi chetga chiqib ketib ham meni tinch qo‘ymayapti – boshini olib kelinglar!” deb dod-voy solib yuribdilar. Xo‘p, deylik, bular g‘ashini keltirgani uchun “ota” ularga jazo berayotgandir, deb o‘ylaylik, ammo o‘z holicha yurgan, faqat tirikchilik uchungina Qozog‘istonga yo O‘rusiyaga chiqib ketib, u yoqlarda bilinmagan sabablar bilan o‘ldirilib yuborilayotgan, mamlakatga qo‘yni-qo‘nji pulga to‘lib emas, tobut ichida qaytayotgan “bolalari”ga hech qayg‘uryaptimi bu “ota”? Qayoqda! Hali chet ellarda qul bo‘lib yurgan bironta vatandoshga ega chiqqanini, otalik qilganini bilmaymiz. Hatto O‘rusiya, davlat o‘laroq, o‘lgan o‘zbeklarga ega chiqishini so‘rab Maskovdagi elchixonamizga rasman murojaat qilganida ham “muhtaram Ota”miz elchixona og‘zi bilan: “Ular bu yoqqa kelayotganida rasmiy ruxsat olmagan, qonunga ters yo‘l bilan kelgan, shuning uchun ularga biz egalik qila olmaymiz!” deganiga hali ko‘p bo‘lmadi 151
. Boshqacha aytganda: “Ular mening bolam emas!” deganidir bu. O‘z bolasidan tonganidir. Chinakam ota shunaqa qiladimi, “ota”?!
150 Prezident kuni kecha Jizzax viloyatiga borganida necha yillardan beri yuragida yashirib kelayotgan chin munosabati og‘zidan chiqib ketdi: “Chetga borib ishlayotganlar dangasa, ulardan jirkanaman!” dedi. “Ota” bolalarini o‘zi boqa olmayapti, “bolalari” harqayoqlarda o‘zini o‘zi eplab yursa, ulardan jirkanish kerakmi?! http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2013/06/130621_cy_uzbek_karimov_migrants
151 Bundan besh-olti yilcha burun islamnews.ru internet tarmog‘i xabarida shu voqeaga ko‘zim tushgan edi... Qo‘shimcha ma’lumot: http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2013/01/130116_uzbek_embassy
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 226
O‘zini hurmat qilgan har qanday davlat hatto yosh bola, hatto go‘dak bo‘lsa ham (ayniqsa chetda), har bir fuqarosini himoya qilishga, orqasida turishga majbur. Ko‘plar ko‘zi tushgandir: O‘rusiya telekanallari chetellik oilalar asrab olgan o‘ris bolalar taqdirini doim yoritib turadi. Bitta amrikalik oila asrandi bolasini rosa urarkan. Ikkinchi oila jazo o‘laroq bolani yoz chillasida moshina ichiga qamab qo‘yibdi, bola o‘libdi... O‘rusiya jamoatchiligi oyoqqa turdi. Matbuot yozdi. Davlat aralashdi. “O‘ris vatandoshi dunyoning qaysi bir chekkasida bo‘lsa ham burnini qonatib qo‘ymaymiz!” deb bayonot berildi 152 . Hatto sud orqali u bolalardan biri asirlikdan qutqarib mamlakatga qaytarib olib kelindi. Hol bu ki, u bir asrandi bola edi! Aybi ham bo‘lgandir, tarbiya uchun ta’zir berilgandir. O‘rusiyaning o‘zida bunaqa bolalardan yuzminglabi har kuni alkash ota- onasidan beshbattar kaltak yeb yotibdi! Ammo chet masalasi – boshqa. Bola chet elda haqsiz yegan bitta tarsaki u bolaning mamlakati, davlati betiga urilgan tarsaki deb baholanadi. Shunga ko‘ra munosabat ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi. Amrikaning o‘zi ham dunyoning hamma burchagida har bitta vatandoshining, hatto u bugun tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsa-da, orqasida turadi, boshiga mushkul tushsa, elchilik yo‘llari bilan o‘sha zahoti yetib boradi. Turkiya Bosh vaziri Olmoniyada turklarga nisbatan millatchilik harakatlari kuzatilgan zahoti “Turkiyadagi har bir vatandosh kabi chetdagi turklar ham bizning qanotimiz ostidadir. Bir turkka haqsiz yomon muomala ko‘rsatilsa, biz ham shunga yarasha munosabatda bo‘lamiz!” deya qattiq turdi. O‘zi Olmoniyaga bordi, u yerda yashayotgan, ishlayotgan millatdoshlarining muammolarini o‘rgandi, “Turklar turkcha o‘qishga haqqi bor!” deb oxirgi xulosasini aytdi. So‘ngra Olmoniyaning kansleri Anjela Merkelni Turkiyaga chorlab, Istanbulning bir maktabiga olib borib, bu yerda nemis bolalariga qanday sharoitlar yaratilganini ko‘rsatdi. Shu bilan ish bosti-bosti bo‘ldi. Olmoniyadagi millatchilik-irqchilik kayfiyatlari ham ancha hovuridan tushdi. Yoki boshqa misol. Yer yuzining qaysi nuqtasida bitta juhudning burni qonasa, dunyo bo‘ylab sochilgan butun juhud matbuoti, orqasidan Isroil davlati oyoqqa turadi. “Falon mamlakatda juhudga qarshi harakatlar (antisemitizm) kuchayib ketdi!.. Biz o‘zi hamma zamonlarda jabr ko‘rgan millatmiz... Boshimizdan xolokostni 153 kechirganimiz kammidi?!” deya, xuddi yig‘i devori yonida turgandek, ho‘ng-ho‘ng yig‘lab olamga g‘avg‘o soladi. Rosa ko‘pirtiradi, lekin millatining orqasida turganini hammaga his ettiradi. Kundalik hayotda bunaqa misollar ko‘p. Shunday bo‘lishi tabiiy ham. Xo‘sh, bizning O‘zbekistonda-chi? O‘zbekiston davlati har bir vatandoshining orqasida turibdimi? Yo, vatan ichida bo‘lganidek, chetda ham o‘zbekning qadri bir pulmi?
152 2012 yil dekabirining 17-kuni O‘rusiya Davlat dumasi ota-ona aybi bilan o‘lgan 21 oylik o‘ris bolacha munosabati bilan amrikaliklarni o‘ris bola asrab olish huquqidan mahrum etadigan qonun qabul qildi. Uning rasmiy bo‘lmagan nomi “Закон имени Димы Яковлева” bo‘ldi. ( https://news.mail.ru/politics/11363214/ )
153 Ikkinchi Jahon urushi chog‘i juhudlarning yalpi qirg‘ini. |
ma'muriyatiga murojaat qiling