Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

234 


Dashnoqlar aslida bolshavoy-sovetlarga ham qarshi ekaniga vaqtincha ko‘z yumildi va 

“Dashnaq sutyun”ning qo‘shinini Qo‘qonga tashladi. “Mana, bular ham turk, o‘chingni 

qancha istasang shuncha ol!” deb tish-tirnog‘igacha qurollantirib olakishlab yubordi. 

Orqasiga o‘ris bolshavoylarini olgan dashnoqchi armanilar 1918 yil fevral oyida 

Qo‘qonga yetib kelib xalqni shafqatsizlarcha qirgan, shaharni qonga botirgan, 

binolarga o‘t qo‘yib vayron qilgan edi. 

Ularni quturtirgan narsa, bir tomondan, turklarga dushmanlik bo‘lsa, ikkinchi 

tomondan, orqasida bolshavoylar hukumati turgani edi! 

Endi, mana, oradan 67 yil o‘tib O‘zbekistonga Gdlyan bilan Ivanov “qo‘shini” 

bostirib keldi! 

Xo‘sh, bu Gdlyan bilan Ivanov deganlari aslida kim? Bunday qaraganda, bor-yo‘g‘i 

ikkita oddiy tergovchi! 

Yo‘q, ular shunchaki oddiy tergovchi emas, biri dashnoq, ikkinchisi bolshavoy 

o‘ris! Guruhboshi dashnoq armani ekani, orqasida unga bolshavoy o‘ris tayanch etib 

qo‘yilgani ham tarixiy ittifoqning takroriga o‘xshardi! Bu ikkalasining orqasida esa 

SSSR Kompartiyasi Siyosiy Buyrosi, SSSR purkuraturasi, SSSR Davlat xavfsizlik 

qo‘mitasi (KGB), SSSR Ichki ishlar vazirligi, bir so‘z bilan aytganda, butun kuch-

qudrati bilan SSSR davlati turardi! 

Xullas, Turkiston tuproqlari ikkinchi marta “Dashnaq sutyun” qo‘shini bilan o‘ris 

bolshavoylari qo‘shini birligining ishg‘oli ostida qoldi. Oltmish yetti yil burungi 

ommaviy qirg‘in (genotsid)ni unutmagan xalqning tizzasi yana bir bor qaltiradi. Endi 

ommaviy ravishda “yo‘lboshchilar” qirg‘ini boshlandi... 

Gdlyan bilan Ivanov nima uchun oddiy tergovchi emas, “Hazrati Tergovchilar” 

ekanining sababini endi anglagandirsizlar.  

Bu yuzsizlar orqasida butun kuch-qudrati bilan SSSRday ulkan bir davlat turgach... 

shapaloqdek keladigan qaram O‘zbekistonni nima qilsa qildi. Deyarli har kuni yo har 

kecha kimdir qamalar, ertasiga matbuotda katta maqola yoki kichikroq xabar chiqib, u 

odamning qilmishlari yozilar edi. 

Respublikada anchadan beri nimadir qing‘ir ishlar bo‘layotganini ko‘rib-sezib 

yurgan odamlar oldiniga, adolat bor ekan-ku, deya bu ishlarni tozalovga yo‘yib iliq 

kutib oldi. Qoyillatyapti, deya chapak chaldi. “Desantchilar” o‘zlari ham oppoq 

emasligini, ularning niyatlari qing‘irligini ilg‘amay qoldi. 

Go‘yo “jinoyatlarni o‘rganish, ochish, tugatish, adolat o‘rnatish” uchun kelgan u 

ochofatlar, qarasa, O‘zbekistonda mo‘maygina boylik orttirib olish mumkin ekan. 

“Paxta ishi” niqobi ostida yeng shimarib pul to‘plashga, oltin yig‘ishga kirishib ketdi. 

Xalqni aldab va talab, davlatni aldab va talab, paxtalarni qo‘shib yozib to‘plangan u 

harom boyliklar egalariga nasib etmadi, desantning cho‘ntagiga kelib tushdi, 

Maskovning oliy kabinetlariga oqdi. Fayzulla Xo‘jayev zamonida O‘rusiyaga qizil 

vagonlarda oqqan oltin karvoni bilan boshlangan an’ana tiklanib, endi zamonaviy 

uchoqlarda uchdi. U zamonda majburiy-ixtiyoriy jo‘natilgan bo‘lsa, bu zamonda 

kuppa-kunduzi rosmana talab ketildi... 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

235 


Xullas, gapiraman desa, gap ko‘p. Lekin biz hozir u qora kunlarni butun tafsiloti 

bilan bir boshdan eslamoqchi emasmiz. 

Bu haqda, jumladan, ushbularni yozayotgan muallif birinchilardan bo‘lib, hali 

Gdlyan bilan Ivanov guruhi O‘zbekistonda hech bir to‘siqsiz qora ishini davom ettirib 

turgan bir pallada “Brigadir nega yig‘ladi?” degan maqola yozib “Yoshlik” jurnalida 

e’lon qilgan

162

. Keyinroq, ayniqsa “mustaqillik”ning ilk yillari rosa va ko‘p yozildi



163

Hatto eng oliy minbarlardan eng oliy rutbali shaxslar gapirdi. Xalqimiz boshiga qora 



kunlar solindi, deb qancha g‘avg‘o ko‘tarildi. Onda-sonda haligacha eslab turiladi. 

Bular tushunarli. 

Bizni o‘ylantirgan va hech tushunolmay turgan tomonimiz boshqa: yozuvchi yo 

gazetchining vazifasi yozish, haqiqatni xalqqa yetkazish, biron-bir muammoga 

jamoatchilik e’tiborini tortish, tegishli shaxs yo idoralar orqali masalani hal etish. 

Qo‘lidan kelganicha bu ishni uddaladi yozuvchi xalqi. Ammo ish shu yerda to‘xtadi. 

Tegishli shaxs va idoralar qulog‘iga yetib bormadi go‘yo. Yozilgan shuncha gap quruq 

gapligicha qoldi. 

Agar Gdlyan bilan Ivanov boshliq tergovchilar desanti chindan shuncha haqsizlik 

qilgan bo‘lsa, 

qanchadan-qancha odamning umriga zomin bo‘lgan bo‘lsa, 

qanchadan-qancha xonadonni qon qaqshatgan bo‘lsa, 

huquq doirasidan tashqari chiqib, odamlarni bekordan-bekor qamab, boyliklarni 

talab, o‘zlari ham katta jinoyatlar sodir etgan bo‘lsa, 

dunyoda o‘zbek xalqining va O‘zbekistonning obro‘yini to‘kib, sha’nini bulg‘agan 

bo‘lsa, 


va agar O‘zbekiston hozir chindan ham mustaqil bir davlat bo‘lsa, 

Nimaga bu ish huquq yo‘li bilan izchil oxiriga yetkazilmadi?!  

Tajribali huquqchilardan iborat maxsus guruh tuzilib, barcha dalil va hujjatlarni 

to‘plab, tirik guvohlar hali olamdan o‘tib ketmasidan ularning ko‘rsatmalarini olib, 

yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki xalqaro huquq o‘lchovlariga tayangan holda xalqaro 

huquq tashkilotlari orqali u paytda SSSR, so‘ngra O‘rusiya davlatiga nega rasman 

murojaat qilinmadi?! 

Bunaqa tajriba dunyo huquq olamida bor va deyarli har kuni amalda qo‘llanib 

turibdi. Nega bunga hatto harakat qilinmadi?! Huquq sohamiz va idoralarimiz o‘ta 

kuchsizligidanmi yoki uquvsizligidanmi?! 

                                                

162

 “Yoshlik” jurnali 1986 yil 10-son. Maqolada “Paxta ishi” bilan haqsiz qamalgan Oltiariq rayon Moskva kolxozi raisi 



Xolbek Otaboyevning ayanchli taqdiri bitilgan. Maqola chiqqanidan keyin Respublika Oliy sudi orqali uning “ish”i qayta 

ko‘rilishiga va qamoqdan ozod etilishiga erishdik. Hatto raislikka tiklandi. Hozir nafaqada, bola-chaqasining qurshovida 

tinch-omon yashayapti. Olloh uzun umr bersin. 

163


 Bu haqda yozilgan maqolalarning eng salmoqlisini turkiylarning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov, otoqli 

yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov yozishdi (Olloh ikkalalarini ham rahmatiga olsin). Keyinroq Maskovda SSSR xalq 

deputatlari minbaridan Odil Yoqubov, Islom Karimov ham gapirishdi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

236 


Yoki yov qochib orqasidan ko‘tarilgan u barcha g‘avg‘olar dunyoda yomonotliq 

bo‘lgan xalqimizning alamini ketkazish uchun qo‘llangan aldamchi usul, yo‘qdan ko‘ra 

bor qabilida qilingan tagi puch, quruq gaplarmi edi?! 

Yozuvchi va gazetchilar ketidan huquqchilar ishga tushishi kerak bo‘lgani holda 

ularning churq etmagani shubhali va alamlidir. Bu hodisa dunyo hamjamiyatida 

bizning hech kim emasligimizni ko‘rsatadi. Zotan, xalqining toptalgan nomusini, 

qadrini huquqqa asoslanib tiklashga harakat qilmagan davlatni birov hurmat ham 

qilmaydi, tan ham olmaydi. 

Bu masalaning ikkinchi tomoni ham bor, albatta: Gdlyan bilan Ivanov boshliq 

desant O‘zbekistonda hamma ishlari xamirdan qil sug‘urgandek, hatto o‘zlari 

o‘ylaganidan ham oson ketayotganidan ruhlanib, jazavada “Paxta ishi”ni “O‘zbeklar 

ishi”ga aylantirib yuborgani millatimiz oldida ularning eng katta jinoyati ekani haq, 

lekin o‘sha yillari O‘zbekistonda Maskovga yoqish uchun paxta rejalarini ortig‘i bilan 

do‘ndirishga chindan ham ruju qo‘yilmaganmidi?  

Haqiqatda qo‘shib yozishlar bo‘lmaganmidi?! Kremlda o‘tirgan oqboshu qoraqosh 

amakilarga yoqish, notavon ko‘ngillarini ovlash uchungina yetti yashardan yetmish 

yashargacha xalqimiz Ollohga qullikdan chiqarilib, Paxta Hazrati Oliyalariga qul 

etilmaganmidi?! 

Ertadan kechgacha qiblaga emas, Maskov tomonga ruku-sajda qildirib 

qo‘yilmaganmidi chorasiz erkagu ayollar, keksayu bolalar?! 

O‘quvchilik va talabalik pallalarimizda to 31 dekabirgacha g‘o‘zapoyadan qor-muz 

qoqib, chanoqda qolib ketgan uvadalarini diydirab axtarganlarimiz, ko‘rak chaqib ho‘l 

“sichqoncha”larigacha terib topshirganlarimiz hali eslarimizdan chiqqani yo‘q.  

Hamma bu qiyinchiliklar Maskovning qornini va ko‘zini to‘ydirish uchun edi.  

Qishloq joylarida o‘quvchi maktab partasida deyarli o‘tirmasdi: bahorda bir-ikki oy 

yagana, chopiq, begona o‘tlardan tozalash, so‘ngra pilla, kuzda esa sentabir kirar-

kirmasidan boshlab uch-to‘rt oy paxta terimi. To‘qqiz oylik o‘quv yilidan yaqin olti oyi 

dalada, g‘ijimlab kelsa uch oychasigina maktabda kechardi... 

Butun boshli xalq, butun boshli respublika Paxta Hazrati Oliyalariga sig‘inar edi. 

Oqibatda paxta odamdan aziz, tiriklikdan ustun bo‘ldi. 

Xalqni ezib ishlatish hisobiga obro‘, mansab olishni, boylik to‘plashni hech narsa 

bilan oqlab bo‘lmaydi. Qo‘shib yozishlar ham shu “ehtiyoj”dan boshlandi. 

Bu ishlar jinoyat emasmidi? Albatta, jinoyat edi! Gdlyan bilan Ivanov boshliq 

desantni ular eson-omon ishlarini bitirib yurtlariga chiqib ketganidan keyin orqasidan 

so‘kar ekanmiz, o‘rtada o‘zimizning boshliqlar sodir etgan ko‘plab jinoyatlarni ham 

inkor etmasligimiz kerak. 

Balki orqamiz mana shunaqa shilta bo‘lgani uchun ham huquqchilarimiz g‘ing deya 

olmagandir?! Yozuvchi va gazetchilarni gapirtirib qo‘yib, xalqimizni chinakam 

huquqiy tomondan oqlashga shuning uchun harakat qilinmagandir?! “Mustaqil” davlat 

Gdlyan bilan Ivanovga qarshi maydonga tushishga kuchi yetmasligini oldindan 

bilgandir?! Shuncha shov-shuvlarimiz, dod-voylarimizdan Gdlyan bilan Ivanovning bir 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

237 


tuki qimirlab qo‘ymagani balki shundandir?! Yozuvchi va gazetchilarimiz yov 

qochgach ularning qilmishlarini “ochib” qanchalik dod-voy solishmasin, ikkalasi 

Maskovda bemalol tarallabedod qilib yurgani, hatto partiya tuzib olib, O‘rusiya Davlat 

dumasiga deputat bo‘lib kirgani shundandir?! 

Quloqlar ovutildi, yuraklar alamga botib qolaverdi. So‘zimizning, xalqimizning, 

davlatimizning, mustaqilligimizning kuchi shunchalik... 

Mayli, bu gaplar o‘tdi. Yaralar endi bita boshlaganida uni qaytadan tirnamoqchi 

emasmiz. Biz yana odatdagidek bugunimizga qaytamiz, bugun bo‘layotgan ayrim 

ishlar tagiga sizlar bilan birga yetishga urinib ko‘ramiz. 

Kechagina, yaqindagina shu qurib ketkur qo‘shib yozishlar orqasidan boshimizga 

ne-ne savdo tushgan edi. Hali u sharmandagarchiliklar eslardan chiqib ulgurmay 

“mustaqil” O‘zbekistonda oq paxtaning qora ishlari yana boshlab yuborildi!  

Paxta yetmaganday qo‘shib yozish degan balo bug‘doyga ham ko‘chdi. 

“O‘zbekiston don mustaqilligiga erishdi!” degan yangi soxta qichqiriq chiqdiyu uni 

rost deb ko‘rsatish uchun potirlatib qo‘shib yoza boshladik! 

Endi ustimizga desant tashlaydigan Maskov yo‘q. Endi bizni qon-qaqshatib 

ketadigan Gdlyan bilan Ivanov yo‘q. Endi Siyosiy buyro ham, uning boshlig‘i 

Qoraqosh bobo

164

 ham tarix mozoriga kirib ketgan. Endi qo‘shib yozishda to‘la 



mustaqilmiz. 

Tepamizda Siyosiy buyro turmasa ham, qilayotgan hamma ishini yaxshi deb 

o‘ylaydigan, mamlakat hayotidan faqat yaxshi xabar eshitgisi keladigan Yurtboshi bor, 

u kishining ko‘zu quloqlarini moylash uchun yo‘q bug‘doyu yo‘q paxtani qo‘shib 

yozib yotibmiz. 

Bugun hatto SSSR zamonidagidan ham battar bo‘ldi. Qalbakilikning yangicha 

usullari chiqib ketdi! Hamda ilgari imi-jimida, go‘yo birovga bildirmay qilingan bo‘lsa, 

bugun kuppa-kunduzi, el-yurt ko‘zi o‘ngida, ochiqchasiga qilinyapti. 

Yangicha usullardan ayrimlarini sanab o‘tamiz. 

 

1. Pul solig‘i. Qishloqlarda uyma-uy yurib, ular dalada ishlasa-ishlamasa, “Yo falon 

kilo paxta terib topshirasan, yo o‘rniga kishi boshiga yuz ming so‘mdan

165


 pul 

berasan!” deb soliq solinadigan bo‘ldi. Qog‘oz puldan tola chiqmasligi tayin. Pulni 

qoplarga tiqib, chaqqonlar darrov paxta zovutiga chopadi, ismi-rasmi qilinadi... 

majburiyat “bajariladi”. 

 

2. Odam solig‘i. Bir necha yildan beri (hatto poytaxtda) hamma ishxona va o‘quv 

yurtiga odam solig‘i solinadigan bo‘ldi: “Shuncha muddatga shuncha odam ajratasan, 

paxta – siyosiy masala, yubormasang, enangdi ko‘rasan!” deyilyapti. So‘ralgan odam 

darrov ajratilyapti. Hasharchi cho‘ntagidan yo‘lkira qilib boradi; ovqat ham o‘zidan 

                                                

164


 Leonid Ilich Birejnevning qoshi qalin, qop-qora edi. 

165


 Bu bob yozilgan paytlari “soliq” miqdori shuncha edi, bu (2012) yil 300.000 (uch yuz ming) so‘mga chiqdi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

238 


yoki ishxonasi hisobidan; kunlik majburiyat falon kilo – undan kam terishga hech 

kimning haqqi yo‘q! 

No‘noq shaharlik buncha kiloni terib berolmasligi aniq, lekin tadbirkor emasmi, 

darrov yo‘lini topadi: o‘rniga qishloqdan terimchi yollaydi, qo‘liga ortiqchasi bilan pul 

(yana cho‘ntagidan!) tutqazadi, o‘zi baragida yo-o-o-tadi. Yoki shahariga survoradi. 

Bugun qishloqlik ham tadbirkor: “paxtakor shaharlik”ni uyiga ijaraga qo‘yadi, 

o‘rniga paxta terib beradi va har kilosiga davlat belgilagan narxdan ikki baravar ko‘p 

haq oladi; devoridan tuynuk ochib, chekish, saqich, hojatqog‘ozi sotadi... xullas, ikki 

oy ichida ancha-muncha pul ishlab oladi. Ayniqsa, qishloq ayollarining boshi 

osmonda: “Prezidentimizga rahmat, shu shaharlik hasharchini yaxshi o‘ylab topdilar, 

orqasidan qo‘limiz pul ko‘rdi, bolalarimiz et yeyapti!” deb tunu kun “shukrini ziyoda 

qilib” yotibdi... 

Fermerga yordammi shu?! Qip-qizil sharmandagarchilik bu! 

Hammasiga la’nati ovrupalik injiqlar sabab: nimaymish, voyaga yetmagan bolalar 

mehnatidan foydalanib yetishtirilgan paxtani sotib olmasmish, boyqo‘t qilarmish. 

Uying kuygurlar, senlarni deb endi butun mamlakat kattalari jabr ko‘ryapti! Paxtani 

bola teradimi, xomilali xotin teradimi ‒ senga nima, o‘zing ekmasang-o‘zing 

termasang bo‘ldi-da! Bolalar terimi tuppa-tuzuk yo‘lga qo‘yilgan edi-ya! Ham arzon 

kuch edi! Bizga o‘sha eski sovetcha usul yaxshi edi. Mana endi davlatning kuni 

shaharlik hasharchiga qoldi. Ham turgan-bitgani chiqim... 

Esi butun bitta iqtisodchi chiqsa edi (aytmoqchi, Yurtboshi o‘zi katta iqtisodchi edi 

shekilli), shuncha ovoragarchilikni, ishxonadagi zararlarni pulga chaqib, yaxshilab 

hisob-kitob qilib ko‘rsa edi, tugunni boshqacha yechgan bo‘lardi. Aslida-ku yerni 

dehqonga xatlab berib, hosilini sotishni ham ixtiyoriga topshirib qo‘yganida bunaqa 

sharmandagarchiliklar bo‘lmas edi. Xo‘p, yerni xatlamadi, sotishni ham dehqon 

ixtiyoriga bermadi, unda paxta narxini oshirsin, hech bo‘lmaganda hashar 

uyushtirishga ketayotgan chiqimlarni dehqonga bo‘lib bersin, umuman hasharchiga ish 

qolmas edi. Dehqon paxtani bitta chanoqda ham qoldirmay terib dalasini ship-shiydam 

qilib qo‘ygan bo‘lar edi. 

Hozir ham amalda shunaqa bo‘lyapti – hasharchi termayapti paxtani, dalachining 

o‘zi teryapti! Tabiiy, ikki baravar qimmatiga teryapti! 

To‘xtang-to‘xtang, xuddi shu nuqtada bir nayrangning hidi chiqib qoldi-ku. 

Tirriq davlat (yo davlat nomidan ish ko‘ruvchi, aslida cho‘ntagini qappaytiruvchi 

ishbilarmonlar) yil bo‘yi paxta dalasidan chiqmay mehnat qilgan dehqonga iloji 

boricha kam haq to‘lab, paxtasini iloji boricha eng arzonga sotib (tortib) olishning 

“chiroyli” yo‘lini topgan ko‘rinadi. Bir kilo paxta uchun dalachiga berilayotgan haqqa, 

tabiiy, qishloqlik ayol ko‘nmaydi. Ko‘nsa, ko‘ngli og‘rinib ko‘nadi. O‘rniga shaharga 

borib mardikorchilik qilsa, ikki-uch baravar ko‘p pul ishlashini biladi. Ham kun bo‘yi 

belini bukib-ezilib paxta terishdan qutuladi. Lekin davlat terimchiga ish haqini 

oshirmoqchi emas. Davlat bermasa, dalachi termasa, nima bo‘ladi? Paxta dalada qolib 

ketadi! Shu yaxshimi? Yo‘q, albatta. Demak, o‘ylash kerak. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

239 


Davlat o‘yladi va yo‘lini topdi. Topganida ham, hatto pixini yorgan kapitalist olam 

ham yetti uxlasa tushiga kirmaydigan yo‘l topdi. Qoyil! Davlatimizning kallasi 

ishlamaydi deganlar xato qiladi. Bugungacha men ham shunaqa o‘ylardim, endi 

qaytdim bu fikrimdan. Tan berdim: davlatimizning kallasi ishlar ekan! Orqasida juda 

katta aqllar turarkan! Chunki hozir bizda qo‘llanayotgan usul uncha-muncha aqlning 

xayoliga kelmaydi! Ya’ni: 

Qishloqlik ayolni dalaga chiqarish va ikki baravar kuch-g‘ayrat bilan ishlatish 

uchun davlat... nima qildi? Dalachi talab qilayotgan, o‘zi bergisi kelmayotgan pulni 

hasharchining cho‘ntagidan oldi. O‘g‘irlamadi, majburlamadi, ammo shunday usul 

ishlatdi ‒ shaharlik hasharchi o‘z ixtiyori bilan cho‘ntagini qoqlab dalachining qo‘liga 

tutqazdi! 

Qanday qilib?  

Uyma-uy yurib pul to‘plashga poytaxtlikdan qo‘rqdi. Harholda ongliroq-da, 

“Nimaga pul berishim kerak?!” deb qolishi mumkin

166

. Shuning uchun ishxonalarni 



ishga soldi. Har bir tuman hokimiyati hududidagi ishxonalar boshliqlarini to‘plab: 

“Odam soniga mana bunchadan hasharchi ajratmasang, o‘zingdan ko‘r! Paxta – siyosiy 

masala. Terishdan bosh tortsang, enangdi ko‘rasan!” dedi. “Ha, aytgancha, 

hasharchining yo‘lkirasi, yemak-ichmagi, yo o‘zining, yo ishxonaning bo‘yniga!” deb 

qo‘shib qo‘ydi. Sho‘rlik shaharlik issiq kiyimlarini olib dalalarga yo‘l oldi. Paykal 

boshiga keldi. Cheksiz paxtazorga boqdi. Qansharini qashladi. O‘zining imkoniyatini 

chamaladi. Terolmasligiga iqror bo‘ldi va... sekin cho‘ntagiga qo‘l yubordi. Uni bir 

chekkada kuzatib turgan qishloqlik darrov yoniga bordi. Shunday qilib, dehqonga 

berishga davlat qisinib turgan haqni endi shaharlik hasharchi o‘z hisobidan bera 

boshladi! 

Ana sizga yangicha usul! Bir kilo paxta uchun davlat yuz so‘m, hasharchi ikki yuz 

so‘m beryapti, ikkalasi bo‘lib uch yuz so‘m. Kim majburlayapti? Hech kim. Ixtiyoran. 

Yana ortig‘i bilan. Enasini ko‘rmaslik uchun! Dalachiga esa, pulni kim berayotgani 

emas, o‘zi qancha olgani muhim: u bir kilo paxtasiga uch yuz so‘m ola boshladi! 

Uchala tomonning ham murodi hosil: davlat oz beryapti, dehqon ko‘p olyapti, 

shaharlik hasharchi og‘ir mehnatdan qutulyapti! Unisi ham rozi, bunisi ham rozi, 

uchinchi tomon ham rozi. Faqat, o‘rtada sho‘rlik shaharlik hasharchining cho‘ntagi 

yutqazyapti, cho‘ntak shir etib yirtilishi mumkin, ammo g‘ing deya olmaydi!

167

 

                                                



166

 Eshitishimizcha, Toshkentning Eski shahar qismi mahallalarida 2011 – 2012 yillari uyma-uy aylanib, “paxta solig‘i” 

to‘plangan ekan. Demak, qo‘rqmabdi. Yoki Eski shahar aholisini ongsizroq deb o‘ylaganmi... 

167


 Aytgancha, hokimiyatga sovetlar va komunistlar kelganining ilk yillaridayoq  paxta iqtisodiy (dehqonchilik va savdo-

sotiqqa oid) masaladan siyosiy masalaga aylantirilgan edi. Buyuk yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning o‘g‘li Habibulla 

Qodiriy xotira kitobida qiziq bir misol keltiradi: “Shu yil (1928) bo‘lsa kerak, O‘zbekiston respublikasining paxta plani 

to‘lmadimi yoki to‘lgan bo‘lsa ham davlatimizning paxtaga bo‘lgan ehtiyoji taqozo etdimi, har holda xonadonlarga paxta 

solig‘i solindi. Har bir xonadon qavib qo‘ygan ko‘rpalaridan ikkitasining avra-astarini shilib, paxtasini davlatga 

topshirishi kerak edi. Dadam “O‘tkan kunlar” romani uchun material to‘plashga Farg‘onaga borganlarida Marg‘ilondan 

sakkiz tepkilik qora xonatlas keltirgan edilar. Ikki kiyimligidan oyim bilan Josiyat bibim ko‘ylak tikib kiyishgan, 

qolganini esa besh-oltita katta-katta ko‘rpa qilishgan edilar. Shu ko‘rpalardan ikkitasini so‘kib, paxtasini dadam o‘z 

qo‘llari bilan mahallaqo‘mga chiqarib topshirdilar... Shunda oyim bir narsa demasalar ham, Josiyat bibim e’tiroz 

bildirdilar: 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

240 


Shoshmang-shoshmang, davlat bilan terimchi o‘zaro yashirincha kelishib o‘ylab 

topmadimikan bu “asr hiylasi”ni? Obbo, shunaqa bo‘lishi ham mumkin. Dalachi ayol 

ikki gapining birida bekorga “Prezidentimizga rahmat, shu shaharlik hasharchini 

yaxshi o‘ylab topdilar, orqasidan qo‘limiz pul ko‘rdi, bolalarimiz et yeyapti!” 

demayapti, axir! Hah, sabil. 

Ana sizga Davlat! Tadbirkorlikda u shaharlikdan ham, qishloqlikdan ham o‘zib 

ketdi! Hatto ikkalasining mahorati davlat tadbiri oldida ip esholmaydi. 

...Yo‘q, rosa o‘ylab ko‘rdim, yana o‘yladim: baribir davlatning miyasi 

ishlamaydiganga o‘xshadi. Mana, o‘zingiz ham bir xomcho‘tlab ko‘ring: shuncha 

ishxonaning, shuncha odamning ko‘nglini og‘ritmay... ishlarga, o‘qishlarga zarar 

keltirmay... necha-necha xonadonni bezovta qilmay... hasharni uyushtirishga ketadigan 

qanchadan-qancha mablag‘ni havoga sovurmay... odamning esini og‘dirib yuboradigan 

hiylalar izlab yurmay... qolaversa, chet elliklar, hatto qo‘shni davlatlar oldida ham 

kulgiga qolmay... eng to‘g‘ri yo‘lni, eng samarali yechimni qo‘llasa bo‘lardi. U esa 

juda oddiy. Maktab ko‘rmagan, eng orqada qolgan odam ham biladigan darajada oddiy 

– dehqonga mehnatiga loyiq darajada haq to‘lash kerak, tamom-vassalom! Ana 

undan keyin ko‘rasiz – dalada bir chanoq paxta qolarmikan! Shuncha ovoragarchilik va 

hayya-hayyalar dehqonga tirriqlik qilishdan kelib chiqyapti, xolos. Qishloqqa ozgina 

pul berib, ustidan katta pul ishlab olishga tirishishdan, ochofatlikdan boshqa narsa 

emas! 


Esda bo‘lsa, O‘zbekistonda bir kilo paxta 50 so‘mga terilayotgan yillari 

shundoqqina qo‘shnimiz Qirg‘izistonda bir kilo paxtaga 300 so‘m berilardi! Qaysi 

ahmoq 300 so‘m turganida 50 so‘m uchun ishlaydi?! Vodiyning chegara tumanlarida 

yashovchi ayollarimiz o‘zimizning terimga boyqo‘t e’lon qilib, ikki-uch yil 

Qirg‘izistonga o‘tib paxta tergan edi o‘shanda

168


. Va xotin boshi bilan bir dalachi 

to‘g‘ri qilgan! Lekin davlat bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi – paxta narxini 

oshirmadi. Teskari xulosa chiqardi – chegarani taqa-taq yopdi. 

Odam garang bo‘pketadi: narxni ozgina oshirsang, asakang ketadimi, Davlat? Axir 

shu dehqonning orqasidan kun ko‘ryapsan-ku! Shu mehnatkash xalqing yetishtirgan 

paxtani sotib cho‘ntaging qappayyapti-ku! 

Yaxshiyam sho‘rlik dehqon shuncha ezilib-qiynalib yetishtirgan paxtasini davlati 

chet ellarga necha do‘llarga pullayotganini bilmaydi. U puldan qanchasi xazinaga, 

qanchasi kimlarningdir cho‘ntagiga tushishini-ku, so‘rash tugul, o‘yiga ham 

keltirmaydi. Chunki baribir tagiga yetolmaydi. 

 

                                                                                                                                                               



- Nima balo, hukumat shu ko‘rpalarning paxtasiga zor bo‘lib qolibdimi, Abdulla? 

- Zor bo‘lganmi-yo‘qmi, bu siyosatchilik, oyi. Bunga qarshi “yo‘q, bermayman” deb bo‘lmaydi. Zarur bo‘lganki, soliq 

solganlar...” (Habibulla Qodiriy. “Qodiriyning so‘nggi kunlari”. Xotira qissa. “Yoshlik” jo‘rnoli 1989 yil 4-son 46-bet.) 

168


 Davlatimiz bu masalada ham “tadbirini oldi”: chegaralarni aylanasiga zichlab yopib, tashqariga zog‘ ham chiqa 

olmaydigan qilib qo‘ydi va... ichkarida bir kilo paxta terimiga dunyoda eng past narx belgiladi! Mana, “istiqlol sharofati 

bilan” uch-to‘rt yildan buyon hech kim qo‘shnilarning paxtasini termayapti, arzon bo‘lsayam, o‘zimiznikini terib 

yuribdi... 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling