Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 205
Mening bu savolim mijozimga qaratilmagan, ko‘proq hayratimni ifodalar edi. Shunday bo‘lsa ham harbiy mijoz savolni o‘ziga deb tushundi va: ‒ Yordamchi xo‘jaligimizda, ‒ dedi xotirjam. Battar ajablandim. ‒ Cho‘chqa eti pishirib berishadi sizlarga?! ‒ deb so‘radim. ‒ Nima qipti? Bizda hammasidan bor... Mijozni manziliga yetkazgunimcha ham (haqni mo‘ljaldan kam berdi, ablah!), uni qo‘yib uyimga qaytgunimcha ham hozirgina ko‘rganim manzara va harbiy mijozning xotirjam javobi xayolimdan ketmay qoldi. Tabiiy, men asabiylashayotgan edim... Sovet tugadi, cho‘chqani halol deydigan o‘ris hukmronligi ag‘nadi, endi bundan bu yog‘i davlatimizning oziq-ovqat siyosatidan cho‘chqa nomi tamoman o‘chirilgan bo‘lsa kerak deb o‘ylab yurgan edim. Yo‘q, undoq emas chog‘i ‒ cho‘chqa davlatimiz uchun hali ham zarur hayvon chiqib qoldi. Hatto endi uning maqomi oziq-ovqatlikdan yuksalib siyosiy masalaga aylanganga o‘xshayapti. Ko‘chada aholiga xizmat qiladigan oshxonalarimizda cho‘chqa etidan ovqatlar qilinmasa-da, askar va zobitlar dasturxoniga ular hali ham tortilib turilibdi ekan!.. ‒ Nimaga buncha qizarib ketdingiz? ‒ deb kutib oldi xotinim. O‘zi tutoqib turgan edim, yondim: ‒ Kirahaqini kam berdi, cho‘chqa! ‒ deb o‘shqirdim. Vajohatimdan qo‘rqdimi, boshqa so‘z demay burilib ketdi. Sevgi haqidagi bir qo‘shiqning naqaroti esimga tushdi: “Voh alamjo-on, jo-on alam...” “Mustaqil” O‘zbekiston lashkari asosan musulmon bolalaridan tashkil topgan, musulmonlar esa cho‘chqani etidan tukigacha harom hayvon deb e’tiqod qilishadi ‒ shuni bilaturib davlat bo‘lg‘usi zobitlarni ‒ siz bilan bizning bolalarimizni nimaga hamon cho‘chqa eti bilan boqyapti?! Tushunolmay qoldim. Ta’bim tirriq bo‘ldi. Ikkala o‘g‘lim ham harbiy xizmatga layoqatli yigitlardir. To‘ng‘ichim aspiranturada o‘qiyotgan payti bir oylik (aytgancha, prezidentning nevarasi Islom Ikkinchi bilan birga) xizmatni o‘tagan. Harbiyda namoz o‘qitmagani yetmaganiday sho‘rlik bolalarimga hali cho‘chqa yedirdimi mening davlatim?! Ikkinchi o‘g‘lim Oliy o‘quv yurtida o‘qiyotganida qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tib kichik zobit bo‘ldi va u ham bir oylik harbiy xizmatni o‘tadi. Nahot bunisiga ham?.. Yo‘g‘-e, xizmatga ketmasidan oldin ikkalasiga qattiq tayinlaganman, yeyar ovqatiga diqqat qilgan, albatta. Aks holda, tomog‘idan zig‘ircha cho‘chqa eti o‘tib qolgan bo‘lsa, ikkalasiniyam qustirishimga to‘g‘ri kelardi! Sovet tuzumining cho‘chqa siyosati tushunarli, chunki u tuzum “a”sidan “ya”sigacha xudosizlik mafkurasiga asoslangan edi. Jumladan, Ollohning halol-harom haqidagi hukmini ham bir tiyinga olmasidi. Ayniqsa armiya oshxonalarida deyarli yarim ovqat cho‘chqa etidan qilinardi. Ko‘chada xohlasangiz yeysiz, xohlamasangiz yemaysiz, ammo armiyada tanlash imkoniyatingiz yo‘q: haftada bir yoki ikki marta...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 206
Sovet armiyasi oshxonalarida ko‘pincha musulmon (jumladan, o‘zbek) bolalari xizmat qilishardi. Qurilish batalo‘nlarida ham ahvol shunday edi: oshpaz askarlarning deyarli 100 foizini, quruvchi askarlarning 70 ‒ 80 foizini SSSRning Qofqoz va O‘rta Osiyo hududlaridan borgan musulmon asilli askarlar tashkil etardi. Albatta, o‘ris davlati mamlakat musulmonlariga ichdan sira ishonmasidi: bu “basurmanlar” bir kuni yana qaytadan bosh ko‘tarib qolishi mumkin, zambarak otishni o‘rganib olsa o‘zimni otib qo‘yadi deb qo‘rqardi va chinakam harbiy ta’lim bermaslik uchun atay shunday siyosat yuritardi ‒ musulmonlarni oshxonalarga, qurilish batalo‘nlariga, yengil ishlarga qo‘yardi. Uchuvchilar, yerosti kemalar, nozik sirli qo‘shinlar... tarkibida musulmon yigitlarni aytarli uchratmasidingiz. Biz bo‘lsak, masalaning siyosiy tomoni bilan ishimiz yo‘q, xo‘jalik ishlarida xizmat o‘taganimizga xursand yuraverardik. “Ha, yigit, xizmatlar qanday o‘tdi?” desa, “E, oshna, qiynalmadim, pichag‘im moy ustida bo‘ldi, o‘ynab xizmat qilib keldim!” deb maqtanishlar shundan. Ota-onalar ham baxtiyor: “Mening bolam askarlikdan semirib kepti!” Askarlikdan semirib qaytgan akang qarag‘ayning “jannat” hikoyalarini eshita-eshita so‘lagi oqqan o‘smirlarning “Men ham armiyaga borsam, oshpaz bo‘laman!” degan orzulari... Hay, mayli, bu ishlar endi orqada qoldi. Men aytmoqchi bo‘lgan gap ‒ o‘sha sovet davrida ham musulmon oshpazlar cho‘chqa etidan ovqat qilgan kunlari boshqa musulmon bolalarini ogohlantirib qo‘yishardi va o‘zini ehtiyotlaydiganlar yo‘lini topib u ovqatni yemaslik payidan bo‘lishardi! O‘zim guvohman. Mana endi bu kunlarga kelib ‒ cho‘chqaxo‘rlar mustamlakasidan qutulib, mamlakat mustaqil (uzr, bu so‘zni shuning uchun ham qo‘shtirnoqlar orasiga olishga majburmiz- da: “mustaqil”)likni qo‘lga kiritib, o‘zimiz xon, o‘zimiz bek bo‘lib, hatto Islom dinini qadriyatlarimiz asosi deb e’lon etib... nimaga erishdik? Hech bo‘lmasa bitta shu cho‘chqadan qutuldikmi? Axir, u bizning qadriyatlarimizda yo‘q-ku! Qayoqda?! Cho‘chqa hamon ko‘chalarimizda chopqillab yuribdi, askarlarimiz uni oldin suyib ketiga tepib qo‘yyapti, keyin so‘yib yeyapti! Bunaqada “har kuni erta
qiymati qoladi?! Uyda ‒ “Olloyi taollo”ga duo, bu yoqda ‒ Olloh taolo harom qilgan cho‘chqa! Qay biriga ishonaylik?! Diqqat qiling: cho‘chqa etini xohish bilan yeyish yo yemaslik haqida ketmayapti gap, balki davlat bo‘lg‘usi zobitlarni ‒ o‘z fuqarolarini majburan cho‘chqa eti bilan boqayotgani haqidadir! E, battar bo‘l-e, menga desa shaytonning etini yedirmaysanmi, deb kirachiligimni qilib yuraversam ham bo‘lardi, lekin masalaning o‘ta nozik bir tomoni bor: cho‘chqa etiga to‘yingan qalb cho‘chqa etini harom deb e’tiqod qiladigan qalblarni to‘g‘ri
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 207
tushunadimi? Cho‘chqa etini yeb semirgan bo‘rdoqi zobit cho‘chqadan ijirg‘anadiganlarni yaxshi ko‘radimi? Yo‘q. Mo‘min-musulmon kishi cho‘chqadan qanchalik jirkansa, bo‘rdoqiga boqilganlar ulardan shunchalik, balki ortiqroq jirkanib tarbiya topadi. Ichida cheksiz alam tuyadi: “Men yegan etni harom deydigan senlarmi?!” deydi. Va, qarshisiga chiqsa, bir tuki qilt etmay tarillatib otib tashlaydi! Yaqin bir tanishimning zobit o‘rtog‘i (hozir nafaqaga chiqibdi): “Qo‘yib bersayu dinchilarni bitta qo‘ymay qirib tashlasang! Yigitlar qizib yotibdi!” degan ekan qattiq siqilgan mushtini silkitib. O‘zim ham organlarga yaqin bir odamdan xuddi shunday dag‘dag‘ani eshitganman. Ularni quturtirgan qanaqa mikrob?! Yonginasida o‘z yumushi va dunyoqarashi bilan tinchgina yashab yurgan bir vatandoshini “qirib tashlash” zehniyati zobitning miyasiga qanday va qayoqdan yerlashib ulgurdi?! Cho‘chqa boqilishi va yegizdirilishi mamlakatda go‘sht yetishmovchiligidan emas, albatta. Agar davlat xohlasa, bitta Qashqadaryo yoki bitta Jizzax viloyatining o‘zi butun lashkarimizga yetadigan halol mol-qo‘y yetkazib bera oladi. Mudofaa vazirligi buyurtmasi uchun ishlashga, menimcha, har bir yaylov va tog‘ xalqi jon-jon deb rozi bo‘ladi. Muqim daromad kimni qiziqtirmaydi! Yo‘q, davlat dovini cho‘chqaga tikkan. Cho‘chqani va cho‘chqaboqarlarni rozi qilsa qiladi, qo‘yboqarni o‘ylamaydi. Cho‘chqaboqarning pichog‘i doim moy ustida bo‘lsin, qo‘yboqarning kissasi qappaymasin, kosasi oqarmasin! Harom yeb semirganlar davlat uchun qimmatli kadrlardir: ularni har ko‘yga solsa bo‘ladi ‒ oson boshqariladi va nima qilayotganini ko‘pincha o‘zi ham bilmaydi. Teskarini o‘ng, xatoni to‘g‘ri deb turaveradi. Tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, baribir tushunmaydi. “O‘zi o‘ng narsani nimaga bular teskari deb tushuntiryapti”, deya g‘ashi keladi qaytaga. Shu uchun ham atay cho‘chqa eti yediriladi. Haromligini bilib turib yediriladi. Cho‘chqaxo‘r “musulmon”dan manqurt chiqadi. Otasini, onasini ko‘rsatib, “Bular sening dushmaning, o‘ldir ularni!” deyilsa, o‘ylab o‘tirmay o‘ldiradi. Endi bilgandirsizlar Andijonni kimlar va qanday qonga botirganini? Cho‘chqa eti yeb semirgan bittasi “Ot!” degan, cho‘chqa etiga boqilgan ikkinchisi o‘ylab o‘tirmay otgan!
O‘n yettinchi shox: Dodingizni tinglashga bir dodxoh bo‘lsa ekan...
Xonlik davrlarida davlat tizimida “dodxoh” nomida bir amaldor bo‘lgan. Vazifasi ‒ arz bilan kelgan raiyatning dodi (dardi)ga quloq solgan. Arzini yozib kelgan bo‘lsa, olib qolib, ro‘yxatdan o‘tkazib, kerakli mansabdorga yetkazgan, bordiyu arzchi savodsizlikdan yo imkonsizlikdan yozmasdan og‘zaki kelgan bo‘lsa, dodiga quloq solib, qog‘ozga qaymog‘ini tushirib, uni ham ro‘yxatdan o‘tkazib, so‘ng tepaga Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 208
chiqarib yuborgan. Davlatning katta-kichikligiga, qudratiga qarab dodxohlar oz yo ko‘p bo‘lgan. Xivaga sayohatga borganimda mezbonlar xon saroyidagi bir xonani ko‘rsatib, fuqarolarning arizasini qabul qiladigan xona deb tanishtirishdi. Qo‘qon xoni saroyida ham bunday xona bor. Meni qiziqtirib qo‘ygan nuqtasi ‒ u xona ichida sal teparoqda yanayam ichkariga ochilgan qandaydir tuynukcha yo eshikchaning bo‘lishi edi. Aytishlaricha, istagan payti xonning o‘zi yoki vazir ichkari yo‘laklaridan o‘sha tuynuk yo eshikcha orqasiga kelib, dodxohlarga ham, dodchilarga ham ko‘rinmay, bildirmay o‘tirgan. Xuddi shunaqa xonani Istanbuldagi xalifalar saroyi To‘pqopini ziyorat qilishda ham ko‘rdim. 1997 yili bir yozuvchi akamiz bilan birga mehmonga chaqirilganimizda mezbonlar To‘pqopi muzeyiga ham olib kirishgan. Albatta, sulton saroyidagi dodxohlar xonasi ulkan va baland edi. Aytishlaricha, bir paytning o‘zida yigirmadan oshiq dodxoh arizachilarni qabul qilgan. Xonaning odam bo‘yi yetmaydigan tepa qismida uchta ganchpanjarali tuynuk bo‘lib, ulardan biri ayni xalifa kelib amaldorlari ishini kuzatadigan pakka ekan. U yerga pastdagi hamma gap eshitiladi. Xalifa deyarli hammani ko‘rib turadi, lekin xonadagilar hech kim uni ko‘rmaydi, bor-yo‘qligini bilmaydi. Maqsad: 1) raiyatining arz-dodini amaldorlari orqali eshitishdan tashqari o‘z qulog‘i bilan ham eshitish; 2) mamlakat ahvolini, joylarda amaldorlarining adolatini birinchi og‘izdan bilish; 3) bu yerda o‘tirgan dodxohlari hamma gapni to‘g‘ri va tugal yetkazyaptimi-yo‘qmi ekanini ham aniqlash; 4) mabodo biron dodxoh arzchidan “hadya-madya” ko‘rinishida pora olmayaptimi ‒ buni ham kuzatish 137 .
albatta, biladi: u yerda xalifa, xon yo amir o‘tirishi haqida oldindan ogohlantirilgan, lekin qachon kelib qolishini bilmaydi, shuning uchun doim o‘zini shayton vasvasasidan asrab o‘tirgan. Ikkinchidan, fuqaroning arzini bitta qo‘ymay ega-egasiga yetkazishga harakat qilgan. (Ko‘rilgan bu chora-tadbirlarga qaramay qo‘li egrilar yo‘lini topib arzchilardan “hadya” undirishlari hamma zamonlarda bo‘lgani boshqa masala.) Bundan tashqari, ilk xalifalar Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob (Olloh, bulardan rozi bo‘l) ikkalalaridan meros an’anaga ko‘ra, adolatli xalifalar, shohlar, amir va xonlar ayrim paytlari odmi kiyinib, birov tanimaydigan qiyofada, yoniga yordamchisi yo vazirini olib yurt kezgan, bozorlarni-mozorlarni oralagan, odamlarning qanday yashayotganini ko‘rgan, gap-so‘zlariga quloq solgan, shu tariqa mamlakat
137 Bugungiday videokuzatuvlar bo‘lmagan zamonlarda, qarang, ota-bobolarimiz o‘ziga xos yo‘l topishgan ekan! Albatta, Ollohning kuzatuvi hech qachon to‘xtamaydi, hammasi ipidan-ignasigacha raqamlab-yozib boriladi, lekin Ollohdan qo‘rqmaganga sultonning qilichi (siyosati) bas keladi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 209
ahvolidan vositachisiz, shaxsan xabardor bo‘lib turgan. Siyosatda biron kamchilikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, zudlik bilan to‘g‘rilagan, shikoyatchilarning ishini o‘sha zahoti hal etishga harakat qilgan. Albatta, bu ishlar biz bugun “qorong‘i”, “zulmat”, “qoloq”, “eng kir” deb o‘ylaydigan zamonlarda bo‘lgan. Bugun-chi? Bugun xalq dodini tinglaydigan dodxohlar bormi? Arzlarimizga quloq osilyaptimi? Bajarilyaptimi? Xonimiz, amirimiz, shohimiz, podshohimiz, prezidentimiz u dodxohlarning ishini kuzatyaptilarmi? Xalqning dardi prezidentga yetib boryaptimi? Yetkazilyaptimi? Bugun endi amaldorlarining ishini tuynukcha yo eshikchadan kuzatib o‘tirish shart emas, hamma yoqqa videokuzatuv uskunalari o‘rnatib tashlangan. Mamlakat nima bilan nafas olyapti, xalq qanday yashayapti ‒ bularning barini prezident o‘tirgan joyidan ko‘rib turarmikan? Oqsaroyga ekran o‘rnatilganmikan? Kameralari hayotni bor bo‘yicha suratga olyaptimi, Oqsaroy ekraniga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanganmi? Prezident mamlakatning chin ahvolini biladimi yoki unga amaldorlari, matbuoti, radio-televideniyesi yetkazayotgani tarzda, oshirib-ko‘pirtirilgan 3D, 4D, 7D o‘lchamlarda va rangli holatda ko‘ryaptimi? Umuman, haqiqiy ahvolni bilishga qiziqadimi? Kimdir yurak yutib xalqining ahvolidan... hammasini emas, aqalli bir chimdimini aytsa, chidab eshitadimi? Unga o‘zi birovning dardini eshitish yoqadimi? Yoki yigirma yildan beri sha’niga chalinayotgan karnay-surnay shovqinlaridan qulog‘i tom bitib, dardlarni eshitmaydigan, ko‘zini yog‘ bosib, chin hayotni ko‘rmaydigan bo‘lib qolganmi? Bu savollarimizga uzundan-uzoq javob berib o‘tirmaymiz. Bittagina misol keltiramiz. O‘zbekiston xalq hofizi Orif Alimaxsumovni O‘zbekistonda tanimaydigan odam topilmasa kerak. Mumtoz kuy-qo‘shiqlarning nodir ijrochilaridan edi. O‘zi xalqparvar, yaxshi odam bo‘lgan. Keksayganida soqol qo‘yib, yuzi nurli bo‘lib, mashhur “Otalar so‘zi ‒ aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvini olib borardi. Balki vataniga va xalqiga yaxshilik ko‘zlabmi, prezident haqiga ko‘p duo qilardi. Teleda ham, har xil davralarda ham prezident sha’niga yaxshi gaplar aytgani aytgan edi. Nihoyat, Oliy Nazarga tushdi. Rasmiy doiralarga tez-tez chaqiriladigan bo‘ldi. Hatto prezidentning yonigacha chiqib bordi. Pastdagi biz oddiy xalq ham Orif hoji otaning tepalarga parvozini yaxshilikka yo‘ydik. Baribir xalqparvar emasmi, mamlakat ahvolini ko‘rib-achinib yurgan chog‘i, bir gal soddalik qilib qo‘ydi: to‘rt-besh tengqur oqsoqol ulfatlarining gapiga kirdi. “Senga
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 210
prezident quloq solyapti, bizning nomimizdan chiqib mamlakat ahvolini yetkaz ‒ ketuv shu bo‘lsa, yaxshi bo‘lmaydi...” deyishgan edi ular. Orif hoji ota chindan prezidentga juda yaqin va suyumli bo‘lib ketgan edi, shu narsa uni chalg‘itdi. Prezident qabuliga bordi. Chiroyli suhbatlar berdi. Duolar qildi. Xayrlashib chiqib ketayotganida prezidentning: “Bizga nima xizmatlar bor, hoji aka?” degan so‘rog‘iga aldandi. Soddaligiga bordi. Xalqparvarligi pand berdi. Mahallasidagi oqsoqol hoji otalarning gapini yetkazdi: “Shunaqa-shunaqa, Islom aka, chollar shunday deyapti...” deb yubordi... Ayrimlar aytishicha, prezident hoji otaning ko‘kragiga tepgan, boshqalar talashib- tortishib: “Yo‘q, ketiga tepgan!” deydi. Biz voqea tepasida turmaganimiz hamda prezident o‘zining shunchalik mo‘‘tabar do‘sti, duogo‘yiga qo‘l ko‘tarishini sira aqlimiz olmagani uchun: “Unchalik bo‘lmasa kerak, ramziy ma’noda turtib qo‘ygandir”, deymiz 138
. Har ne bo‘lganida ham, Orif hoji ota Oliy Dargohdan nimadir yeb chiqdi va... shu bilan o‘nglanmadi. Hoji otaning keksa yuragi bu zarbani ko‘tarmadi ‒ 2005 yil 12 fevral kuni 78 yoshida vafot etdi. O‘zbek mumtoz musiqasi va qo‘shiqchiligining yirik vakili Orif Alimaxsumov vafotidan keyin radio-teleda qo‘shiqlari yangrab turganida ham bu ish bosti-bosti bo‘lib ketardi. Lekin o‘shandan beri qora ro‘yxatga tushib, o‘ligi ham siyosatning tepkisini yeb yotibdi ‒ efirlardan qatag‘on qilib tashlangan. Orif hoji ota Alimaxsumov bugun qo‘shiqlari yangramayotgan bo‘lsa-da, hech bo‘lmasa prezidentga mamlakatning asl holini bir chimdimgina yetkaza olgani uchun ham uni biladiganlar xotirasida yaxshi nom bilan qoldi. Ikkinchi tomondan, yo hoji otaning harakati boshqalarga ko‘rgazmali dars bo‘ldi, yo boshqalar Orif hoji otadan aqlliroq chiqib qoldi. Harholda, o‘shandan beri mabodo prezident kimgadir erib ketib: “Xo‘sh, bizga nima xizmatlar? Qanday kamchiliklar bor?” deb so‘rab qolsa, podsholikka har qancha yaqin bo‘lgan kishi ham darrov hushyor tortib, biyron tilda: “Islom aka, hech qanaqa kamchilik yo‘q, hammasi joyida, Sizga shukr, hamma narsa bor, oshib-toshib yashayapmiz, xalq Sizni ertayu kech duo qilib yotibdi, baxtimizga sog‘-salomat bo‘lsangiz, uzoq yillar boshimizda soyabon bo‘lib tursangiz, bo‘ldi!” deyapti. Va... Hech qanaqa tepki ham yegani yo‘q, davralarda ham to‘rida o‘tiribdi. Shularni o‘ylab, uvol ketgan rahmatli Orif hoji otani eslayman. Bir oz o‘ksinaman ham.
138
Prezident o‘zi eskidan tepong‘ich. Odatda, birovni yaqin olsa, u kishi bundan taltayib ketsa, tepa boshlaydi. Bir zamonlar mashhur bo‘lgan va prezident nazariga tushgan telejurnalist Dadaxon Yoqubov shunaqa tepki yegan. Shoir Omon Matjon ham ko‘kragiga musht, ketiga tepki yegan. Prezidentning mahram sirlarigacha biladigan, haramigacha bemalol kira oladigan darajada yaqin bo‘lib ketgan jurnalist Ismat Xushev ham antiqa tepki yegan. Prezidentdan tepki yeganlarning ayrimlari u tepkidan keyin o‘ziga kelmagan va sahnalardan tushib ketgan, ayrimlari podshoning tepkisini obro‘-martaba bilib, tepki yegan joyini asrab gullab-yashnab yuribdi. Bu misollar ko‘pchilik biladiganlari. Biz eshitmagan yana qanchasi bordir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 211
“Olloh sizdan rozi bo‘lsin, Hoji ota! Nimaga hushyorlikni qo‘ldan berdingiz? Esingizdan chiqibdi-da, axir, hozir zamonlar o‘zgargan ‒ xalifalar, xonlar, amirlar zamoni o‘tdi, tarixga ko‘mildi ular, endi “mustaqil” O‘zbekistonda prezident hokimiyati javlon uryapti! Endi eskiday xalq dodini tinglaydigan dodxohlar qolibdimi?! Dodingizni kelib-kelib kimga aytdingiz-a, Hoji ota?!” deyman.
Ilmda “adabiy (she’riy) san’at” degan tushuncha bor. Ayniqsa, mumtoz adabiyotda she’riy san’atlar alohida o‘rin tutadi. Mumtoz shoirning iste’dodi u o‘z ijodida bu san’atlardan qanchalik ko‘p foydalanganiyu ularni nechog‘li mahorat bilan qo‘llaganiga qarab ham baholangan. Masalan, tazod (qarshilantirish) san’atini olaylik. Bunda hissiy ta’sirni kuchaytirish orqali ma’noni bo‘rttirish uchun bir baytda o‘zaro teskari so‘zlar ishlatiladi. Mavlono Lutfiydan:
Intiho yo‘qmu desam husningga, aytar ko‘zlaring: “Qaydasan men xud baloni qildim emdi ibtido”.
Bilasizlar: intiho ‒ tugash, ibtido ‒ boshlanish. Ya’ni, men: husning tugab qolmaydimi, desam, ko‘zlaring: men o‘zimga bu baloni endi boshladim-ku, deydi. Yana irsoli masal (matnda maqollardan o‘rinli foydalanish), istiora (o‘xshatib o‘tirmasdan o‘zini aytib qo‘yaqolish: mas., “ohuning ko‘zidek ko‘z” emas, “ohu ko‘z”, “sherdek bola” emas, “sher bola” va hokazo), raddul matla’ (g‘azalning ilk misrasini keyingi baytlarda takrorlash), raddul qofiya (qofiyani takrorlash), saj (nasrni qofiyali qilib yozish), tavze’ (ohang uyg‘unligini hosil qilish) singari ko‘plab san’atlar bor. Bular mumtoz adabiyotimizni hayratlanarli darajada go‘zal va o‘qishli qiladi.
Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj, Qo‘ymish erdi jahonda besh ganj.
Vaznga rioya etib o‘qing edi, “j” tovushining jangir-jungiridan hosil bo‘lgan ohanglar jilvasi sizni o‘ziga rom qilib oladi! Tarfe’ (gavharni ipga tizish) san’atida esa, bir satrning har bir so‘ziga ikkinchi satr so‘zlari qofiyadosh bo‘lib kelishiga katta e’tibor beriladi. Bunga misolni Husayn Boyqaro (Husayniy) hazratlaridan oldik:
To‘kib qonim tarahhum qilmading hech, Ko‘rub holim tabassum qilmading hech.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 212
Qarang, baytda faqat satrlar oxiridagi so‘zlargina emas, ichidagi so‘zlar ham ostma- ost bir-biriga qofiyalanib kelyapti. Naqadar go‘zal! Bular orasida tajohulul orif degan bir shoh san’at ham bor. Ma’nosi: bilib turib bilmaslikka olish. Yana Husayn Boyqaro ijodiga murojaat qilamiz:
Gul yuzi atrofida ul lolai asfarmudur, Yonida zulfimudur yo kokili anbarmudur?
Aslida, shoir o‘zi so‘rayotgan narsaning nima ekanini juda yaxshi bilib turibdi, lekin biz kabi nodon o‘quvchilarning qitiqpatiga tegish uchun atay o‘zini bilmaganga solyapti. Dehqoncha aytganda, talmovsirayapti. “Anov gul yuz atrofidagi mening hushimni o‘g‘irlagan narsa nima ‒ asfar lolasimi? Uning yonidagisi-chi: sochimi yoki anbar kokilimi?” deb so‘rayapti. Bilib turibsan-ku, xumpar, nimaga tag‘in bizdan so‘raysan, demaydi hech kim. Chunki muallifning talmovsirashi hech kimga og‘ir botmaydi, qaytaga o‘quvchini nash’alantiradi. Ana shunaqa. San’atlardan yana ko‘pini sanasak bo‘ladi, misollar ham mumtoz adabiyotimizda tiqilib yotibdi 139 . Lekin hozir maqsadimiz siz aziz o‘quvchilarga adabiy san’atlardan dars o‘tish emas. Zotan, dars berishga o‘zi mening uncha uquvim ham yo‘q. To‘g‘risini aytsam, sovet davrida Viladimir Ilich Lelin nomidagi Toshkent Davlat universitetining Adabiyot fakultasida o‘qiganimda maxsus o‘rgatishganiga qaramay, men adabiy san’atlarni ko‘p ham anglab yetmaganman. Tushunmasidim. O‘zi umuman she’riyatga uncha qiziqmasidim, xossatan mumtoz she’riyatimizga ko‘p ham aqlim yetmasidi. Bo‘lmasa, katta-katta domlalar ter to‘kib uzoq vaqt tushuntirishardi. Qayoqda! Mana endi, oradan yillar o‘tib ‒ sovet qulab, mamlakatim “mustaqil” bo‘lib, Lelin nomi haykal-maykallariga qo‘shib qo‘shmozor qilinib, universitet oti “Milliy”ga o‘zgartirilib, mening ham yoshim oltmishga yaqinlashib... tajohulul orif san’ati mohiyatini endi anglab yetdim. Birdaniga! Besh yil maxsus o‘qib tushunmagan, aqlim olmagan narsani hech qayerda o‘qimagan, o‘qigan bo‘lsa ham, adabiyot fakultasida o‘qimagan o‘ttiz milyonli ona xalqim juda yaxshi bilar ekan! Bilganida ham allaqachondan beri uni hayotida a’lo darajada qo‘llab kelyapti ekan! Eng ajablananganim ‒ o‘zim ham ko‘p qatori bu san’atni juda pishiq-puxta o‘zlashtirib olgan ekanman! Faqat, qachondan beri hayotim shu tajohulul orif san’ati asosiga o‘tib olganiga qaramay, o‘zim sezmay yuravergan ekanman. Bilib bilmaslikka olish san’ati! Ko‘rib ko‘rmaslikka olish san’ati!
139 Adabiy san’atlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda filologiya fanlari nomzodi Yoqubjon Ishoqovning “So‘z san’ati so‘zligi” kitobidan foydalanildi. Toshkent “ZARQALAM”, 2006 yil.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling