Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

176 


Telekameraga tushib qoladi. “Muhtaram Yurtboshi” ko‘rsalar, nozik kayfiyatlari 

buziladi. Oqdo‘ppiga, ko‘kdo‘ppiga allergiyalari bor. To‘g‘ri tushunasizlar... 

Xayriyat, Eski Jo‘va bozori yaqin. Tanishim aytishicha, bir uchar yigit bozorga 

zipillab, hamma marg‘ilonnusxa do‘ppini ko‘tarasiga arzongarov sotib olib, oqdo‘ppili-

ko‘kdo‘ppililarga chakanasiga pullabdi. Vaziyatdan foydalanib, tirikchiligini qilib 

olibdi, qandini ursin! 

Lekin hech kimsa... takror aytaman, hech kimsa(!): “Nimaga do‘ppimni 

almashtirishim kerak? Do‘ppida nima ayb? Mening do‘ppim bilan kimning ishi bor?” 

demadi. 

Yo o‘rnak uchun ham ortiga qaytib ketmadi! 

Bu yog‘i ham bor. 

Demak, ayb do‘ppida emas, do‘ppi kiyganlarda. 

Or yo‘qolibdi. Nomus degan narsa qolmabdi. Natijada qo‘ydan ham battar yuvosh 

tortib... hamma do‘ppisini almashtirdi.  



Do‘ppini almashtirguncha bu boshlarni almashtirsak yaxshi edi, o‘rtoqlar! Bu 

yag‘ir, pandavaqi boshlar bilan biz uzoqqa bora olmaymiz!  

Ha, ayb o‘zimizda. Kecha bir xurmacha qiliqlariga parvo qilmadik, bugun boshqa 

xarxashalarini ko‘taryapmiz, ertaga bundan battariga ham chidashimiz kerak bo‘ladi! 

Chidaymiz ham! Qayoqqa borar edik? Pandavaqi bo‘lsa ham, oqdo‘ppi yo 

ko‘kdo‘ppidan ko‘ra bosh aziz. 

Alisher Navoiyni o‘qing

125

 ‒ suv itining terisini tortib zo‘rg‘a bu holga keltirilgan 



boshlarni ko‘rasiz! 

Chingiz Aytmatovni o‘qing

126

 – boshiga tuya terini sirib tortib “tarbiyalangan” 



kimsalar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz. 

Xullas, bu boshlarga bu do‘ppilar chindan ham xayf! 

Endi tushunilgandir gap nima haqda borayotgani? 

Bir zamonlar O‘rusiya podshohi Pyotr Birinchi isqirt mujiklarining to‘rva 

soqollarini qirdirib, iflos kiyimlarini o‘zgartirib, kunlab, haftalab suv ko‘rmaydigan 

basharasini yuvdirib, xalqi yuzini G‘arbga burmoqchi bo‘lgan. Bir miqdorcha 

maqsadiga erishgan ham. 

Bugun bizning podshoh nima qilmoqchi: isqirt mujiklardan farqli o‘laroq mening 

musulmon xalqim besh mahal tahoratda yuradigan pok-pokizadir. Soqollari ham har 

tahoratda parvarishlanadi. 

Har tukida bittadan farishta o‘tiradigan bu soqollarni qirdirib, qirmaganlarini 

qamab... oqdo‘ppiyu ko‘kdo‘ppilarni yechtirib, o‘rniga shapkayu shilyapalar kiydirib... 

ayollarning ro‘mollarini yechtirib... boshinigina emas, oldiyu orqasini ham 

                                                

125

 “Falak boshingg‘a qoplab it terisin, 



Sen oni jahldin deb kishu sanjob. 

Ajab yo‘q odamiylig‘ni unutsang, 

O‘zungni bo‘yla it charmida asrob”. 

126


 “Asrni qaritgan kun” ro‘manidagi manqurt haqidagi rivoyat. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

177 


yalang‘ochlab, qizlarning kindiklarini ochtirib... bizning yuzimizni ham tahoratsiz-

g‘uslsiz Ovrupaga burmoqchimi?! 

Bizni ham ovrupalik qilmoqchimi?! 

Pyotr jirkangan isqirt o‘ris mujigi o‘sha to‘rva soqolini qirdirib, hammomga opkirib 

yuvintirilsa, o‘zi ko‘rinishdan ovrupalikka tortib turadi. Mazhabi boshqa bo‘lsa-da, dini 

bir. Yuzini o‘sha yoqqa bursa, uncha fojia emas edi. Ammo ilgari ‒ Pyotr Birinchi 

Ovrupaga tuynuk ochgan pallalari ham, keyin ‒ O‘rusiya u tuynuklardan Ovrupaga 

mo‘ltirab kelayotgan uch yuz yildan beri ham na G‘arb bularni qatoriga qo‘shdi, na 

o‘ris ularga kirishib ketdi! Garchi ikki gapining birida o‘zini ovrupalik desa-da! 

Boshqacha aytganda, shaklini oldi, ruhda begonaligicha qoldi. 

G‘arb esa o‘risning shaklini ham, ruhini ham borlig‘iga kiritmadi. Hatto o‘zi kabi 

slavyan hisoblanuvchi ukrainlar va polshaliklar haligacha o‘risni kamsitib keladi, 

ruhidan begonasiraydi. 

Bugunga kelib bizning Birinchi Podshohimiz o‘risning Birinchi Pyotriga taqlid 

qilgilari qistab qoldi shekilli, O‘zbekiston tuprog‘idan G‘arbning suviga loy qorib, biz 

sharqlik musulmon kishisidan bir “ovrupalik” yasamoqchi bo‘lyapti! 

Pyotr Birinchi boshlab bergan ishni bu kishi oxiriga yetkazmoqchimi? 

Ovora bo‘lgani qoladi. 

Chunki biz ovrupaliga hech bo‘lmaganda jisman o‘xshaydigan o‘ris kabi emasmiz. 

Bo‘tqa loy qorib, ming yil tepib pishitilmasin, biz baribir boshqachaligimizga 

qolaveramiz. Bizning milliy qadriyatlarimiz bo‘lak! Dinimiz bo‘lak! 

Shubhasiz, orqada qolgan millat sifatida bugun G‘arbdan o‘rganishimiz va 

olishimiz lozim bo‘lgan xususiyat ko‘p. 

Bir zamonlar biz musulmonlar yo‘qotgan juda ko‘p ijtimoiy fazilat bugun G‘arbda 

bor va shuning orqasidan gurkirab yashnayapti. 

Buzuqliklarini istisno qilganda, bugun toza va yuksak madaniyati ila G‘arb Islom 

o‘rtaga qo‘ygan ayrim ijtimoiy muomalalarda bizdan ko‘ra musulmonroq.  

Bu ma’noda ovrupalashsak, g‘arblashsak qaniydi! To‘g‘ri yo‘l shu. 

Gap bitta do‘ppida emas! Afsus, hozir O‘zbekistonda bilib yo bilmay millatni millat 

qilib turguvchi asillarni o‘zgartirishga, dinimizning shaklinigina qoldirishga, 

fitratimizni buzishga harakat kechyapti. 

O‘zimiz o‘tirgan shoxga bolta urib yotibmiz... 



 

To‘qqizinchi shoh: Reklam 

 

Reklam deganlariga ayniqsa hech tushunib bo‘lmaydi! 

Masalan, patinka bog‘ichiga yarim yalang‘och ayolning nima aloqasi bor?! 

Sal enkaysa keti ko‘ringuday kalta ko‘ylakli, ishtonchasi bor-yo‘qligi ham 

bilinmaydigan bir ajnabiy ayol to‘nqayib olib, uzun tirnoqli nozik qo‘lchalari bilan, 

ishvali va ishratli qarashlar og‘ushida... patinka bog‘ichini bog‘layapti! 

O‘tgan-ketgan bu reklamsuratga boqsa, eng birinchi nimani ko‘radi? 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

178 


Ha, topdingiz – o‘shani! 

Patinka bog‘ichini ko‘rmaydi. Ko‘rsayam, yarim soatlardan keyin ko‘radi! 

Tushunmayman – maqsad nima o‘zi? Maqsad odamni patinka bog‘ichiga 

shavqlantirishmi yo kalta ko‘ylakkami? Yo ingichka va yupqagina ishtonchagami? 

Yoki uzun-uzun yalang‘och oyoqlargami? Yo ayolning o‘zigami? Yo buzuqliqqami? 

Ha, bular hammasiga va bular orqali eng oxirida sanaganimiz buzuqliqqa targ‘ib 

niyati yotibdi bu kabi reklamda. Patinka bog‘ichi bir vosita, xolos. 

Biz “patinka bog‘ichi” reklamini misol uchunga oldik. Bu xil reklamlar tagida 

millatimiz ko‘zini asta-sekin buzuq qiyofalarga ko‘niktirib borib, milliy tarbiyalarimiz 

ildiziga bolta urish, millatni milliy asoslardan chiqarish va oxirida ma’naviy 

ildizlaridan uzilgan, o‘zligini yo‘qotgan, manqurtnamo bir xalqni “etishtirish” niyati 

bo‘rtib ko‘rinib turibdi. 

Niyat to‘g‘ri bo‘lganida ‒ buzuqlikni emas, patinka bog‘ichinigina reklam qilish 

bo‘lganida, masalan, ikkita polvonni topardi-da, bog‘ichni ikki tomonidan torttirardi: 

qani, uza olarmikan? Qo‘li shilinib ketsa ham, uza olmasa, demak, patinka bog‘ichi 

pishiq, uzoqqa chidaydi! 

Yoki bitta semiz qassob patinkaning bog‘ichiga qo‘yning tanasini ilib, terisini 

shilsin – uzilib  ketmadimi, pishiqligi ko‘rinadi. Sifatga eng yaxshi dalolat shu-ku! 

Xullas, yana boshqa xilma-xil holatlar o‘ylab topsa bo‘ladi. Yo‘q, reklamlarda 

albatta yarim yalang‘och bir ayol ishtirok etishi kerak! 

Bu bir misol. Ko‘cha-ko‘yda, gazet-jo‘rnolda, televideniyeda bunaqa xil reklamlar 

tiqilib yotibdi. Saqichga ham yalang‘och ayol... ustaraga ham yalang‘och ayol... 

ketmonsopga ham ayol... hojat qog‘oziga ham yalang‘och ayol... deyarli 90 foiz 

reklamda albatta ayol va... qichiq holat! 

Ey ayollar! Qani sizlarda hamiyat, qani or, qani nomus?! “Biz senlarga tovarmizmi, 

timsolimizdan buzuq niyatda foydalanyapsan?! Nimaga aziz narsalarga emas, nuqul 

buzuqliklarga bizni vosita qilasan?!” demaysizmi?! Buzuqi timsolingizni 

yaratayotganlarga qarshi isyon ko‘tarmaysizmi?! Hayronman. Jannat oyog‘ingiz tagida 

tursa, jannatga erishaman degan odam har ma’noda sizni boshiga ko‘tarishga intilsa – 

siz mana shunday ulug‘ martabaga loyiq bo‘lsangiz-da, pulga sig‘inadigan bu 

chayqovchi dunyo Ollohning huzurida oliy qilingan qadr-qimmatingizni, sha’ningizni 

bu xil reklamlar, iflos kliplar, buzuq kinolar orqali bir tiyin qilib tursa, ulug‘likdan 

olchoqlikka indirsa – qanday chidaysiz?! 

Yo axloqsiz jamiyatlar sizlarga yuklagan bu iflos vazifalarga ko‘ndingizmi?! Rozi 

bo‘ldingizmi?! 

Albatta, orangizda buzuqi ayollar ham bor, lekin ular hamma ayolga misol 

bo‘lmaydi! Tuzugi ko‘p! Va bu tuzuk ayollar bunaqa buzuq munosabatga, albatta, 

keskin javob berishi kerak. 

 

O‘ninchi shox: Ko‘cha 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

179 


Bir daraxtga boshqa daraxtning novdasini ulab boshqacharoq xil meva olishni 

bugun hamma biladi. Bunda asosan bir turdagi yoki bir-biriga yaqin turlardagi daraxt 

novdalari ulanadi. Masalan, olmaga olma, olchaga gilos, na’matakka atirgul... 

Ilm yuksalgandan yuksalib, endi shunchaki boshqacharoq emas, butkul yangi – 

uchinchi bir tur yaratishning usullari chiqib ketdi: endi novdani novdaga kirgazib yo 

gullarni bir-biriga changlatib o‘tirilmaydi, bir-biriga mutlaqo begona, qoni qoniga 

to‘g‘ri kelmaydigan, shu damgacha bir-biriga hech ham qovushmasa kerak deb 

o‘ylangan ikki yot tur borlig‘idan irs (gen) olinadi-da, bir-biriga chatishtiriladi. 

Masalan, pamildorining irsiga chayonning irsi chatishtirilib, pamildorining yangi turi 

yaratildi! Kartoshkaga cho‘chqaning, olmaga qurtning irslari chatishtirilyapti. 

Qarabsiz, yangi bir tur paydo bo‘lib turibdi! 

Davlat butunlay boshqa turga kiradi, mafiya uning tamoman teskarisi va dushmani 

bo‘lgan boshqa turga kiradi. Lekin, qarang, ilm-fan yuksalib, yo‘li topilsa, bir-birini 

ko‘rgani ko‘zi yo‘q, qoni bo‘lak bu ikki tur ham alohida olingan bir mamlakatda irslari 

bemalol bir-biriga chatishib-chirmashib ketaverar ekan. 

Xavotirli tomoni ‒ chatishtirilgan bu ikki begona irsdan paydo bo‘lgan uchinchi 

turning asli jinsini bilib bo‘lmay qolarkan. G‘irt xunasa tur deysiz. Bu o‘xshovsiz turga 

qarab turib: “Bu o‘zi davlatmi yo mafiyami?!” deb boshingiz qotarkan. Shunisi 

o‘ylantiradi odamni. Bir yangi jins paydo bo‘lsa-yu, uning nimaligi yo kimligini 

bilmasangiz! Unga birdan ot ham qo‘ya olmasangiz! “Davlat”mi u, “mafiya”mi? 

Mantiqan olib qaraganda, u ikkala tur irsining chatishishidan tug‘ildimi, demak, oti 

“davlatmafiya” yoki “mafiyadavlat” bo‘lishi kerak, lekin bu atamaga ko‘z-quloq 

o‘rganmagan ‒ ko‘rinishiyam, eshitilishiyam g‘alati. Odatda yangi jins paydo 

bo‘lishida qaysi turning hissasi ko‘proq bo‘lsa, o‘shaning oti tanlanadi. Demak, eng 

birinchi galda buni aniqlab olish kerak. 

Mafiyadan irs olib davlat irsiga kiritildimi yoki davlatdan irs olib mafiya irsiga 

kiritildimi, surishtirib-bilib olaylik desak, bu ish qaysi ilmiy izlanish institutining qaysi 

labarotoriyasida qilinganini bilmaymiz. Bu masala endi abadiyan sirligicha qoldi. 

Chunki bir kechada u labaratoriya ham, institutning o‘zi ham buzib yuborilgan. 

Bo‘shagan yeri tekislanib, archazorga aylantirilib, tagiga irsi chatishtirilgan Amrika 

ajrig‘i ekib qo‘yilgan. Kecha ishdan qaytayotganingizda u binoni ko‘rgan bo‘lsangiz, 

bugun erta bilan ishga borayotganingizda u yo‘q, o‘rnida maxsus kiyimi orqasiga 

“...TOB” deb yozilgan bir kishi yangi archazor tagidagi ajriqlarga suv sepib yurgan 

bo‘ladi!.. 

Xullas, men hech tushunmayman: davlatga kadrlarni mafiya yetishtirib beradimi 

yoki mafiya “kadr”larini davlat tayyorlaydimi? Kim bilsa, aytsin. 

Bir zamonlar prezident Islom Karimov Oliy Kengash minbaridan qiziq bir gap 

aytgan: “Men melisa va purkuratura xodimlariga murojaat qilaman: har bir 

tadbirkorning tepasiga turib olmalaring, erkin savdo-sotig‘ini qilishiga yo‘l 

berlaring!..” degan. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

180 


Bu murojaat aslida kimga yoki kimlarga qaratilgan edi? Buni aniqlash uchun u 

kezlarni xotirada tiklab olish kerak: 

maydonlarda demokratiya shabadalari hali to‘xtamagan... muxolif kuchlar hammasi 

ochiqda... bir yoqda jamiyatga dinning ta’siri kuchayib boryapti... Islom Karimov esa 

hali hozirgiday kuchga to‘lmagan... 

Shunday nozik pallalarda odamlar orasida: “Oqsoqol saylovga kirishdan oldin 

Oquydan

127


 oq fotiha olib ketdi”, degan gap yurib qoldi

128


. Oquy ham oq fotihasini 

tekinga bermas? Oldin bir-ikkita “arzimas” talabini qo‘ygandir? Nomzodni tiz 

cho‘ktirib, rozilik qasamini olgandir? Balki “saylovchilar nakazi” o‘laroq gap orasida: 

“Mayli, biz sizni tanlaymiz, faqat, anov itlaringizni bizdan sal uzoqroqqa bog‘lab 

qo‘ying, hadeb akillayverib, ishlagani qo‘ymayapti!” deb qistirib o‘tgandir. Harholda, 

saylangan zahoti prezident birinchi bo‘lib shu nakazni bajardi va ilk nutqidayoq 

“itlarini” bir chekkaga bog‘laganini, endi xavotirsiz “ishlayverishlari mumkin”ligini 

televizordan turib e’lon qildi. 

Zamonlar o‘tgani sari “yangi tur hosil bo‘lishi”da  qaysi irsning hissasi ko‘p 

bo‘lgani asta-sekin bilina boshladi. 

Bittasi doim el ko‘zida, ikkinchisi doim panada. Lekin odamlar ko‘proq 

panadagisini gapiradi. Panadagisiga havas bilan talpinadi, narigisini nazariga ilmaydi.  

Vatandosh nazarida Oqsaroydan Oquy mashhurroq. Kim Oquyga aloqali bo‘lsa, 

o‘sha odam boshqacha hurmat ko‘radi. 

“Kim kimning odami” degan so‘rov uyushtirilsa, aniq Oquy yutadi. Oqsaroyga 

ishonmaydi, Oquyga to‘la ishonadi. 

Hatto Oqsaroyda ishlaydiganlar ko‘pi o‘zi Oquyga yaqinligi bilan maqtanadi. 

Chunki Oquy mard. Oqsaroy tutimsiz bir idora. 

Oquy birso‘zli – aytganida turadi va qilganiga javob beradi. Oqsaroy aytovradi 

ham, qaytovradi ham – so‘zining tayini yo‘q. 

Oquy masalani joyida va uzil-kesil hal etadi. Oqsaroy “nimaga deganda...”, “baraka 

topkurlar...” deb chaynalgani chaynalgan. 

Oquy adolatli – qaysi ishga qo‘l ursa, o‘zining ichki qonun-qoidalariga ko‘ra adolat 

bilan hal etadi. Oqsaroy o‘zi chiqargan qonunlarga, hatto eng Asosiy Qonuniga – 

Konstitutsiyasiga ham amal qilmaydi... Va hokazo. 

To‘ylarning to‘ri oquyliklarniki. Ikkala tomondan ham to‘qnash kelib qolinsa, 

oqsaroyliklar oquyliklarga yo‘l berayotgani, ko‘proq mulozamat ko‘rsatayotgani 

sezilib turadi

129

.  


Keyingi zamonlar odamlar tilida “Ko‘cha” degan yangi atama paydo bo‘ldi. Hozir 

hech kim “mafiya” demay qo‘ydi. Mafiya yo‘q bizda hozir. “Ko‘cha” bor. “Bu odam 

                                                

127


 “Oquy” derkanmiz, Amrikadagi Oq uy bilan chalkashtirilmasin. Biz aytayotganimiz “Oquy” Toshkent Qo‘ylig‘idagi 

bir mahallaning el og‘zidagi oti. 

128

 Oquy tevaragida o‘ralashib yuradigan bir odamdan o‘z quloqlarim bilan eshitganman. Yolg‘on aytgan bo‘lsa, gunohi 



aytuvchining bo‘yniga. Men bu yerda “o‘shanda odamlar orasida shunday gaplar yurgan”ini aytyapman, xolos. 

129


 

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2011/01/110114_cy_uzbek_wikileaks_latest.shtml

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

181 


kim?” deb so‘ralsa, javobiga ayricha mehr-muhabbat bilan: “Ko‘chaning odami”, deb 

qo‘yiladi. “Ko‘chaning bolalari” deb erkalab gapirishadi bilag‘on kishilar. 

Bir hisobga bu yaxshi bo‘ldi. “Mafiya” qanaqadir ajnabiycha so‘z, o‘zbekchada 

qo‘polroq, haqoratomuzroq eshitiladi. Shundanmi, ilgariroq bitta gazet bu so‘z o‘rniga 

o‘zicha “maxfiya” atamasini tavsiya etdi. Ommalashmadi. “Ko‘cha” ommalashdi. 

Harholda begonamas, qadrdon. Shu o‘zimizning ko‘cha-da! 

“Ko‘cha” – juda topib aytilgan! Til mana shunaqa bo‘lishi kerak. Begona so‘zlar 

tarjima qilinganida yoki o‘rniga yangi so‘z tavsiya etilganida, xalq ruhiga uyg‘un 

kelishiga diqqat qilish kerak. “Ko‘cha” tom o‘zbekning ruhini, kayfiyatini, orzu-

umidlarini ifodalaydi. Xalqning g‘amu tashvishlariga, shodligiyu quvonchlariga sherik 

buyuk makon! Milliy menligimizni yaqqol ko‘rsatadigan yorqin So‘z! Yuz ellik yil 

narida yo‘qotgan mustaqilligini til birgina “Ko‘cha” so‘zida topdi desak xato 

qilmaymiz. 

Xullas, odamlarga Devondan Ko‘cha qadrdonroq. Bu erkatoy so‘z faqat ko‘cha-

ko‘yda oddiy odamlar og‘zidan emas, vazirlar og‘zidan ham, Devon xodimi og‘zidan 

ham, oddiy melisadan tortib to generali og‘zidan ham, Milliy xavfsizlik xizmati 

xonalarida qo‘r to‘kib o‘tiradigan kazo-kazolar og‘zidan ham bosh harflar bilan, 

shirali-shirali bo‘lib chiqishlarini eshitasiz. 

Va... o‘ylanib qolasiz: Davlat odamlari Ko‘cha odamlarimi yoki Davlat o‘zi 

Ko‘chami? Irslari shu qadar chatishib ketganidan qaysi biri kim va asli jinsi nima 

ekanini bilib bo‘lmay qoldi. 

Mana, yigirma bir yildan beri ikkala jins apoq-chapoq: birlari Oqsaroydan, 

ikkinchilari Oquydan turib, yurtni so‘rab yotishibdi baraka topkurlar. Sohalar, 

tarmoqlar, zovut-fabrikalar, sport turlari, bozorlar, mozorlar, vazirliklar, mansablar... – 

qayerdan azgincha pul chiqadigan bo‘lsa, o‘rtada “adolat bilan” bo‘lishib olingan. Har 

kim o‘zining makonida hokim. Bugun O‘zbekistonning eng chekkasidagi tog‘lar 

oralig‘iga joylashgan kichkinagina ohak sexchasi ham Kimnikidir. O‘sha “Kim” o‘zi 

kim ekanini yoki kimning kimi ekanini yetti yashardan yetmish yashargacha biladi... 

Ammo-lekin keyingi yillar dunyoda irsi chatishtirilgan mahsulotlar (IChM)ga 

qarshi kurash boshlangan. Olimlar aytishicha, irslar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan “yangi 

tur” odam salomatligiga zarar ekan. Salomatlik tugul, keyingi nasllarda aynish ham 

bo‘lishi mumkin emish. Masalan, davomli ravishda IChM yeb yurganlardan kelajakda 

dumli, shoxli, cho‘chqatumshuqli maxluqlar dunyoga kelib qolishi hech gap emasmish. 

IChMning natijasi bu bo‘lsa, “Ko‘cha” bilan “Davlat” irslari chatishib hosil bo‘lgan 

“Ko‘chadavlat” (“Davlatko‘cha”) kelajakda qanaqa meva berarkan?! 

Bu yog‘i hammamizga uyga vazifa... 

 

O‘n birinchi shox: Katta Machitda katta ashula 

 

Tashqarida qor. Do‘rmonning toza havosidan simirib, oyoq chigilini yoyib yursam, 

orqa tomondan bir moshina kela boshladi. Qarasam, “Matiz” ekan. Uzoqdanoq 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

182 


qanaqadir qo‘shiqning varanglagan shovqini, musiqa asboblarining gup-gupi 

moshinaga sig‘may, eshik tirqishlaridan tashqariga toshib-sachrab kelardi. Yonimdan 

yanayam bo‘kirib o‘tdi. So‘zlari ma’nosini anglay olmagan bo‘lsam-da, sezishimcha, 

nimadandir kuygan bir yigit jazavaga tushib, yangi chiqqan rep uslubida birnimalar 

deya jigar-bag‘rini mijg‘ilab yotibdi. 

Oldin ham bir-ikki eshitganim bor. Odatda repda: “Unday qildim-bunday qildim... 

nega kelmading? Matematikadan ikki olib yuribsanmi?.. Axir men seni to‘yga 

obormoqchi edim-ku?! Kuz keldi-kuz keldi, kuzdan keyin qish keldi...” kabi poyintar-

soyintar gaplar bo‘ladi. Umuman ma’no bo‘lmaydi. Ashula ham emas, faqat shovqin 

va shu shovqin ichida jinnicha oldi-qochdi gaplar... 

Birdan xayol qochdi, ulug‘ minbarlardan tez-tez yangrab qoladigan, rep so‘zlarini 

eslatuvchi poyintar-soyintar, ma’nosiz nutqlar esimga tushdi: “kerak bo‘lsa...”; 

“nimaga deganda...”; “rivojlanib osmonlarga chiqib ketishimizga kim bizga halaqit 

qilyapti?!”; “to‘g‘ri aytyapmanmi-yo‘qmi?!”; “nimaga qarsak chalmayapsizlar?!” 

U yog‘iga o‘ta olmayman... u yog‘iga chuqur ketmagan yaxshi... Olloh kechirsin... 

Darrov xayolimni chalg‘itdim. Chalg‘ishga chalg‘idi-yu, o‘rniga... endi nimagadir 

ashulachi Gugusha xonimning ovozi keldi. 

To‘g‘ri, u rep aytmaydi, o‘zicha “baland saviya”dagi qo‘shiqlar kuylaydi. Hatto 

ko‘rik-tanlovlarga qo‘yila oladigan! Oliy mukofotlarga loyiq! Ayniqsa, Amrikadanmi 

yo boshqa bir go‘rdanmi rejissur bilan chaqqon “shayton-o‘yinchi” opkelib, klip 

yasalsa bormi!.. Buxoro jinko‘chalarida... Machit hovlisida... Minora zinasida... Yo 

madrasa tomida (“Boshqa yerlar qurib ketgan!”)... Milyon-milyon do‘llar sarflab... 

Astag‘firulloh, o‘zimning gaplarim ham rep singari poyintar-soyintar bo‘lib 

qolyapti ‒ bog‘dan boshlab, toqqa o‘tlab ketib qolyapman. 

Xullas, gap Buxoroi sharifda, Toshkenti azimda va yana allaqayoqlarda suratga 

olingan kliplar haqidadir. Oldin so‘zni Buxoro klipidan boshlaymiz. 

Rejissur katta pulga qaysi ochiq mozordan yollab kelingan bo‘lsa, o‘yinchi-

“shayton” ham o‘sha mozordan. Klipni ko‘rib, ashulaning “shayton”ga, “shayton”ning 

Gugusha xonimga, Buxoroi sharifning palid rejissurga, palid rejissurning Masjidi 

Kalon, Minorai Kalon yo Arkka... bular hammasining o‘zbek xalqiga nima tegishlisi 

bor, deb rosa o‘yladim. O‘lay agar, topolmadim. “Zamondan orqada qoldimmi? 

San’atni, madaniyatni tushunmayapmanmi?” deb ham xavotirlanaman. Unday desam, 

klipni ko‘rgan deyarli hamma shunday deyapti. Bironta maqtov eshitmadim. 

Klipda bor-yo‘q narsa ma’nosiz mayingina tovush, turfa ochiq-sochiq kiyimli 

xonim, eskidan qolgan qimmatbaho moshin va anavi “shayton”ning chopa-chopi, 

xolos. Boshqa hech narsa yo‘q. Notiqning repidan nimanidir anglasa bo‘ladi, u 

harholda o‘zbekcha gapiradi, “ashillachi Malika”nikini umuman tushunmaysiz. 

Xonishlari, yonishlari, nolishlari o‘zbekcha tugul, o‘rischayammas. G‘oyasi ham, ruhi 

ham, senariyi ham, shaklu shamoili ham turgan-bitgani bizga begona! 

Yarimyalang‘och badanga uzun ko‘ylak... to‘nqaytirilgan go‘dak dumbalari kabi 

(Abdulla Qahhor o‘xshatishi) yalang‘och mamma... xo‘rlangan Katta Machitning 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

183 


xo‘mraygan ustuni va devorlari... oyoqosti qilingan machit ayvoni... zo‘rlangan Katta 

Minoraning aylanma zinalari... necha asrlar ilm-fan o‘chog‘i bo‘lgan Mir Arab 

madrasasining tepkilangan tomi... va Buxoroning qadim tarixiga guvoh Arkning 

hayronu lol jinko‘chalari... 

Ammo-lekin tuyg‘ularga erk berib yuborish ham xavfli! Ichimdan o‘ksinaman. 

Manavi la’nati “shayton” klipga tushaman deb “Masjidi Kalon”imni, “Minorai 

Kalon”imni, “Mir Arab” madrasamni, “Ark”imni rosa oyoqosti qiptashlabdi-ku, deb 

yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiyaman. Axir, klip yurt egasining qiziga tegishli-ya! Naq 

boshim ketadi! Bir iloj qilib, illat emas, hikmat axtarishga urinaman: 

“Masjidi Kalon tomidan yugurgilab borib, Minorai Kalonning qorniga bir tepib, 

shataloq otib yerga sakrashlarini qarang! Madrasa tomidagi qubbalar uzra o‘mbaloq 

oshib chopishlari-chi!” deyman chapak chalib. 

Bu “shayton”i qurmag‘ur o‘ziyam rosa yayradi-e! 

Yurtimizga cho‘ntagidan pul chiqarib oddiy sayyoh bo‘lib kelsa va, orqamga qizil 

dum osib tomlaringda shataloq otmoqchiman desa, nima bo‘lardi? Hamiyatli 

musulmon elim ikki dunyoda ham rozi bo‘lmasdi! “Har bir yurtning muqaddas yerlari, 

tuyg‘ulari, qadriyatlari bor, bu aytgan joylaring bizning ma’naviy ildizlarimizdir, 

senday bir yuvuqsiz-g‘uslsizga uni toptashiga yo‘l qo‘ymaymiz!” degan bo‘lardi.  

Ammo u chetellik “shayton” rosa ayyor ekan, “Islom dinining quvvati” bo‘lmish 

sharafli Buxoromizga oddiy sayyoh bo‘lib emas, naq Xonim Malika Gulnora 

Karimova (ashulachi Gugusha)ning qo‘ltig‘i ostida, pul sarflash naryoqda tursin, 

aksincha, katta pulga yollanib kirib keldi! Va... “shayton” qiyofasiga kirib, 

muqaddasotlarimizni harom oyoqlari bilan bir-bir tepkilab chiqdi! Ko‘rinib turibdi, 

hech qaysi kinoda bunaqa yayrab o‘ynab bermagan bo‘lsa kerak o‘ziyam! 

Musulmonlarning diniy tuyg‘ulari ustidan kulishga, ota-bobolarimiz merosini ayamay 

toptashga, shundoq ham arosatda qolgan xalqni battar xo‘rlashga, diniy-milliy ruhini 

sindirishga bundan qulay imkonni topib bo‘ladimi?! Buning uchun Xonim Malika 

Gulnora-Gugushadan bir umr minnatdor bo‘lib o‘tsa kerak bu la’nati “shayton”! 

Yana bir gap. O‘zbekistonda ayollar machitga borishi taqiqlangan

130


. Har-har 

zamonda mehroblardan “Ayollar machitga kelmasin!” deb turiladi. Lekin endi bilsak, 



Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling