Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovetchasiga...
- Bu kunlar
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 161
Tasavvur qiling: mamlakatda o‘ttiz milyonli xalq ertayu kech faqat o‘zining uyini asrash bilan band! Bu qanaqa hayot? Tirikchilikni kim qiladi? Men davlatga meni asrash vakolatini bergan bo‘lsam, tinim bilmasdan ishlab, topgan pulimning katta bo‘lagini meni asrashni bo‘yniga olgan davlatni boqishga ajratayotgan bo‘lsam, tag‘in bu nomard davlat mendan nima istaydi?! Erkakmi o‘zi bu?! Nimaga bo‘ynidagi vazifasini bezbetlarcha mening yelkamga oshirib yuboryapti – shu narsaga hech tushunmayman. Mening, sizning, hammamizning uyimizni, molimizni, jonimizni asrashga qasam ichib so‘z bergan davlatim shu qadar kuchsiz, uquvsiz bo‘lib qoldimi deb iztirob ham chekib qo‘yaman. Necha yuzminglik melisam qani? Necha o‘nminglik lashkarim, xavfsizlik xizmatim qani? Purkurorlar, tergovchilar, hakamlar qani? Ular mamlakatni asramasa, boshqa nima ish qiladi, deb boshim qotadi. Aytganday, ko‘chalar bo‘ylab katta-katta ogohlantirish lavhalari tobora ko‘payib boryapti. “O‘z uyingni o‘zing asra!”; “Ogoh bo‘ling!”; “Qullikdan asraning!”; “Tadbirkorlar! Sizlar uchun ishonch telefonlari: falon, falon...”; “O‘ta xavfli jinoyatchilar qidirilyapti (rasmlari bilan)!” va hokazo... Toshkent metrosida-ku, ogohlikka da’vatlarga allaqachon quloq o‘rganib bo‘ldi. Metroning u boshidan bu boshiga yetguncha bunaqa “Ogoh bo‘ling!”lar necha marta takrorlanishini erinmagan odam sanab chiqsin. Uzoq-yaqindan kelgan mehmon har qadamda “Ogoh bo‘ling!”larni o‘qiyverib-eshitaverib: “Nima balo, O‘zbekiston urush holatidami?” degan xayolga borsa ham ajab emas. O‘tgan asrda Ikkinchi jahon urushi payti qamalda qolgan Lelingradda uch yil davomida shunaqa vaziyat bo‘lgandir. Tag‘in ham Ollohga shukr, Lelingraddagi kabi kunda bir necha bor ogohlikka chaqiruvchi sirenalar yangramayapti Toshkent osmonlarida. Davlatimiz uyalmay-netmay “Bizga ishonmanglar!” degani-da bu. Bu ahmoqona shioriga qaraganda, ha, davlatga ishonib bo‘lmaydi. Jonimiz ham, molimiz ham o‘zimizga kerak. Shuning uchun, azizlar, “sening vazifang-mening vazifam” deb hadeb sensolar qilavermay, o‘zimizni o‘zimiz asrashga o‘taqolaylik. Lekin qo‘lda qurolimiz yo‘q. “Har xonadonga bittadan Kalashnikov avtomati!” degan shiorni o‘rtaga tashlaylikmikan? Unaqada, qurol to‘playapti, deb... bu yog‘i ham chatoq. Xullas, o‘z uyimizni o‘zimiz quruq qo‘l bilan asrashimizga to‘g‘ri keladi. Rozi bo‘lasizlar.
Maqsud Shayxzoda Lelin o‘limiga bag‘ishlab yozgan marsiyasida: “Lelin o‘ldi... O‘ldimikan? Yo‘q, o‘lgan emas!” degan satr bor. O‘shani ozgina o‘zgartirsak, “Sovet o‘ldi... O‘ldimikan? Yo‘q, o‘lgan emas!” bo‘ladi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 162
Yana: “Lelin o‘ldi, lekin uning ishi abadiy yashaydi!” degan shiorlar ham bo‘lardi. Bunga ham ijodiy yondashib ko‘ramiz: “Sovet o‘ldi, lekin uning boshqaruv usuli hamon yashayapti!” Hech bo‘lmasa, alohida olingan bir mamlakatda! Chindan ham, minbarga quloq solsak, sovet tugagan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan, ammo hayotga boqsak, ishlar sovetchasiga davom etyapti. Davlat sovetcha, boshqaruv sovetcha, nutqlar sovetcha, tadbirlar sovetcha, ma’ruzalardan ruhlanib ketishlar sovetcha... Oliy Majlisni Oliy Sovetdan, prezidentni Birinchi sekretardan, Davlat maslahatchilarini Siyosiy buyro a’zolaridan ajratolmaysiz, tim o‘zi. Pastdan to tepagacha hamma Bir Kishining og‘ziga, qosh-qovog‘iga qaraydi – u nima desa, o‘sha bo‘ladi... Bir kuni sovetcha farmon chiqdi: shaharlar ta’mirlansin, ko‘chalar kengaytirilsin, har bir shaharning markaziy ko‘chalarida kamida ikki qavatli uylar qurilsin! Ish ham sovetchasiga boshlandi. Birinchi bo‘lib Andijon yeng shimardi. Bitta katta ko‘chasini namunaga butunlay buzib, qayta qurdi. Tartib bunday: ilgaridan yashab kelganlar kuchi yetsa, ikki-uch qavatli qilib o‘zi qursin, kuchi yetmasa, uyini bironta boyga sotsin, eski holatda qolishiga chidab o‘tirilmaydi! Qurganlar qurdi, sotganlar sotdi. Yarmini sotib, puliga qolgan qismini qurganlar ham bo‘ldi. Odamlar foydalanib qoldi, deyishdi biladiganlar. Namangan qo‘shnisi Andijondan orqada qolarmidi? Otni qamchilab, uloqqa kirdi. Buzho-buz, qurho-qur!.. Haliyam davom etyapti. Keyin Samarqandda zo‘r qurilishlar boshlandi. Shaharni to‘rt-besh yil oldin ko‘rganlar bugun tanimay qoladi, deyishadi mezbonlar. Ayrim ko‘chalari Andijonnikidan ham o‘tib ketdi. “Qo‘qon ham bir vaqtlar davlat so‘ragan shahar, qachongacha mana shu hollaringga chidab yurasizlar?!” deb prezident qo‘qonliklarning g‘ururini qo‘zg‘ab yuborgan edi, 2010 ‒ 2011 yil qishi eshik qoqib turganiga qaralmadi, odamlar qiynalib qolar, deb o‘ylab ko‘rilmadi, ko‘chib borib yashab turishga joyi bormi-yo‘qmi ekani ham surishtirib o‘tirilmadi va... kech kuzakda birdan buzdi-buzaloq boshlanib ketdi. Elektr, gaz taqchilligidan shundoq ham ahvoli tang qo‘qonliklar o‘sha qish ichi birato‘la ko‘chada qoldi hisob. Hammayoqni dod-voy, qiy-chuv tutdi, ammo dodxoh topilmadi... Hartugul, vaqt alamlarni ketkazarkan. Bir zamonlar davlat so‘ragan shahrimiz songa kirib qolarkan-ku deb odamlar amallab qishni ham chiqardi. Ko‘chalar... ko‘chalarga qo‘shilib yaralar bita boshladi. Farg‘onani aytmaysizmi! Farg‘ona shu damgacha mehmonlarga shinam, soya- salqin ko‘chalari bilan yoqardi. “Asr qurilishi” boshlangach, ko‘chalar kengayadi degan bahonada yuz ellik yillik chinorlar ham qulatildi. Yoshullilardan ko‘pi labini Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 163
tishlab, boshini sarak-sarak qilganini ham ko‘rdik, ko‘zidan yosh dumalatganlarini ham ko‘rdik. Nachora, chidash kerak. Ko‘pga kelgan to‘y. Sovet bir ish qilmoqchi bo‘lsa, rosa dabdaba bilan boshlar, butun dunyoga nog‘ora qoqar edi: “Turksib”, kolxozlashtirish, industrlashtirish, elektrlashtirish (GOElRO), makkajo‘xorilashtirish, qo‘riq ochish, “BAM”, “KamAZ”, Butunittifoq komsomol qurilishlari... va hokazo. Lekin, tan berish kerak, bu ishlarning hammasini ulkan rejalar asosida davlatning
milyonlab yosh yigit-qiz ish bilan ta’minlanardi. “Mustaqil” O‘zbekistonda esa, prezident (davlat) tashabbus qiladi, maqtovlar ham unga yo‘naltiriladi, ammo mablag‘ tadbirkor va... oddiy xalq cho‘ntagidan bo‘ladi, butun og‘irchilik xalqning bo‘yniga tushadi. Odatdagidek, ishxonalarga, ayniqsa maktablarga odam solig‘i solindi, uzoq-yaqin demay majburiy hasharchilar cho‘ntaklaridan pul chiqim qilib, navbatma-navbat Farg‘onaga borib ishlab berdi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham qurilish xuddi shu yo‘sinda bo‘ldi... Ushbularni o‘qib turib, toriqmang: “Muncha kinoya? Shaharlar obod bo‘lsa, yaxshi emasmi?” deyishga shoshilmang. Biz ham obodlik tarafdorimiz. Qaniydi, shaharu qishloqlarimiz rivojlangan mamlakatlarning shahar-qishloqlari kabi chiroyli, ko‘rkam, odamning ko‘nglini yashnatib yuboradigan darajada obod bo‘lsa, uning ustiga, ular har
Buni biz ham chin yurakdan orzu qilamiz. G‘ashligimiz obodlik yo‘lidagi ishlarga emas, bunaqa katta ishlarni sovetchasiga boshlab, sovetchasiga olib borib, sovetchasiga tugatishlargadir 117 . Ulkan ishlarga bir og‘iz gap bilan, pishiq o‘ylanmasdan kirishib ketishlar yoqmaydi odamga. Ma’muriy- buyruqbozlik bilan boshlangan ishlar ko‘pincha birxilliklarga, qoliplarga olib keladi. Xuddi bugungi “namunaviy loyihalar asosida qurilgan qishloq uylari” kabi – butun mamlakatda hammasi bir xil uslubda, bir xil qolipda. Ko‘pning taqdirini belgilovchi qarorlar aslo kengashsiz qabul qilinmasligi kerak. Masalan, imloni o‘zgartirish masalasi juda tor doirada, xalqning xohish-irodasiga ters ravishda hal etib yuborildi. O‘tgan asr 90-yillari ulusimizning asosiy ko‘pchiligi arab imlosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini istagan va ilk Til qonunida bu iroda o‘z ifodasini topgan edi. Keyin nima bo‘ldi? Ko‘zlarga ko‘rinmas “torgina doira” bizga mutlaqo yot lotin imlosini tanladi va qonunni ham tez o‘zgartirdi. Ming yillik tariximizni, ilmiy-adabiy merosimizni endigina mozorlardan kavlab chiqara boshlagan edik, bu keyingi qonun bilan uni yana qaytadan go‘rga tiqdik. Alam qiladigani ‒ u bahosiz ma’naviy boyligimizni oldin o‘ris-
117
“Sovet” so‘zi o‘zbekchasiga “kengash” deganidir. O‘ylab qarasam, bizning kinoyamiz sovetga tuhmat bo‘lib qolishi ham mumkin ekan. Chunki yirik ishlarni sovet bir kalla bilan emas, uzoq kengashib, puxta reja asosida amalga oshirardi. Biz bu yerda “sovetchasiga” deganda ma’muriy-buyruqbozlik ish uslubini nazarda tutyapmiz.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 164
sovet bosqinchilari tarix go‘riga ko‘mib tashlagan bo‘lsa, endi bir hovuch “o‘zimiz” ko‘mdik. Xuddi shuningdek, shahar-qishloq qiyofasi masalasiga ham yengil-elpi, biryoqlama qaralyapti. Shahar yillar, balki asrlar davomida o‘ziga xos ko‘rinish oladi. Chet ellikni qo‘ying, o‘zimiz bir shahardan ikkinchi shaharga borsak, birinchi galda uning boshqachaligiga diqqat qaratamiz. Har bir makon o‘sha yerliklarning uzoq yillik yasham tarzi va tajribasi mevasi o‘laroq o‘zigagina xos ko‘rinishda bo‘lmasa, bir- biriga o‘xshayversa, qizig‘i qoladimi? Albatta, buzish oson, pul bo‘lsa qurish ham qiyin emas, ammo ayni yurtga xos muhitni va qiyofani shakllantirish... Bunga sovetcha bitta buyruq bilan erishib bo‘lmaydi 118
. Ollohning elchisi (s.a.v.): “Shoshqaloqlikda yaxshilik yo‘q”, deb bejiz aytmaganlar, axir. Sovetchasiga buzdi-buzaloqda odamlarning uzoq zamonlardan shakllanib kelgan ruhiyati, o‘zaro munosabatlari ham buzilib ketish tahlikasi bor. Yomon gumon qilmaymiz-u, ammo-lekin ayrim ishlarga qarab turib: “O‘zi siyosat ayni shu qalblarimizni, ruhlarimizni o‘zgartirish yo‘lidan ketmayaptimi?” degan xayolga ham borib qoladi odam. Mana, o‘zingiz bir o‘ylang: ming yildan beri “dehqon” bo‘lib kelgan dehqon nimaga birdan “fermer”, dehqon xo‘jaligi “fermer xo‘jaligi” bo‘lib qoldi?! Yoki, masalan, “qishloq” so‘zi nima gunoh qilgan edi, uni o‘chirib o‘rniga “fuqarolar yig‘ini” joriy etildi?! “Qishloq” toza o‘zbekcha va o‘zimizniki edi, o‘rniga qorishiq bir tilda, ham aytilishga qiyin iboralar to‘qib chiqarishdan maqsad nima?! “Kutubxona” so‘zi-chi? Bugun “axborot-resurs markazi” deb atalyapti. Kimdan chiqdi bunaqa ahmoqona taklif?! Butun dunyoda til murakkablikdan soddalikka qarab intiladi, bizda aksincha bo‘ldi – bitta so‘z ifodalab kelgan atamalarni qo‘yib, o‘rniga ikkita, uchta, hatto to‘rtta so‘zli birikmalar amalga kiritildi! Maqsad nima o‘zi?! Tildagi bu kabi buzdi-buzaloqlar bilan shaharlardagi buzdi-buzaloqlar orasida ko‘rinmas, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir bog‘liqlik seziladi. Uzoq zamonlar ichra aymoqlashgan, har bir millatni kuchli qilib turadigan, faqat o‘sha millatgagina xos bo‘lgan o‘zlik (mentalitet) kimlargadir qattiq xalaqit qilayotganga o‘xshaydi...
118
Quruvchilarga, me’morlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni yaxshi ko‘radigan prezident yaqin kunlardan birida tevaragiga shahar “faollari”ni to‘plab olib: “Bizda kunlar issiq bo‘ladi, shu uchun uylarni quyoshga teskari qaratib qurish kerak. Shunda yoz oylari uy salqin bo‘ladi!” deb maslahat berib yubordi. Bunaqada quyoshning bir marta yilt etishiga zor bo‘linadigan qahraton qish kunlari nima qilamiz? Ota-bobolarimiz ming yillardan beri uylarni kungay qurib kelgan, chunki qish, bahor va kuz fasllaridagi zaxlikdan quyosh tafti saqlab turgan. Bu an’ana ham bekor bo‘ladimi endi?! Dodaning og‘zidan chiqqan har bir “dono” fikrini tik turganicha boshini likkillatib konspekt qilib borayotgan mutasaddilar ertadan yeng shimarib quyoshga teskari uylar qurilishini boshlab yuborsa, ana unda ko‘rasiz: odamlar qish, bahor va kuz oylari muttasil zax bosib yotadigan beton uylarida o‘pka kasaliga chalinib, ajalidan besh kun burun o‘lib ketadigan bo‘ladi. Xo‘jako‘rsinga uyushtirilgan bu uchrashuv maddoh telekanallar orqali qayta-qayta namoyish etilishiga qaraganda, bu ma’nisiz ko‘rsatma joylarda to‘xtovsiz amalga oshirilsa ham kerak. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 165
Mustamlakachilik “ilmi”da maxsus bir yo‘nalish bor: necha zamonlardan beri mahalliy aholining ko‘zi ko‘nikib, o‘rganib, ruhan bog‘lanib, har bir holati haqida bilimga ega bo‘lib, adabiyotlarida kuylab, urf-odatlarida bir unsur tariqasida qo‘llab kelgan muhitni keskin o‘zgartirish bilan mahalliy xalqlarni o‘tmish bilan bog‘lab turgan ildizlar kesiladi; ong va ruhiga egalik qila boshlanadi. Bunday ishlarga “milliy- mahalliy” daraxtlarni yo‘qotib o‘rniga ajnabiylarini ekish, yer tuzilishi (relyef)ni o‘zgartirish, shahar va qishloqlarning qadrdon qiyofasini buzish... kabi ishlar kiradi. Ya’ni, yengilgan xalqlarni o‘zligidan chiqarish va to qaytadan o‘ziga kelib olgunicha uzoq zamonlar ularning ongi va ruhiga egalik qilish uchun asrlar davomida millatni Vatanga, Vatanni millatga bog‘lab kelgan ko‘rinmas iplar bitta-bitta uziladi. Masalan, Katta dunyo fitnasi ila Falastin tuproqlarida yasama ravishda 1948 yili “Isroil” degan davlat tashkil qilinganidan beri sahyuniylik (sionist) siyosati yerli falastinlikka tegishlilikni bildiradigan har bir narsani o‘zgartirdi ‒ egasini haydab chiqargach, uylarini buzdi, daraxtlarini qo‘pordi, ko‘chalarni boshqa yoqdan soldi, juhudcha nomlar qo‘ydi, hatto joy ko‘rinishi (makon relyefi)ni ham o‘zgartirdi. Obod qilish emas, tarixiy xotirani o‘chirish deyiladi bu! 1991 yili o‘ris-sovet mustamlakasidan qutulib endi kimning istilosiga uchradik ekan, yigirma yildan beri miyalarimiz yuvilib, tarixiy xotiralarimiz ketma-ket o‘chirib tashlanyapti?! Xuddi milliy muhit (kolorit)ning o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan tol, terak kabi daraxtlarimizni “qirib”, o‘rniga yoppasiga archayu boshqa ajnabiy daraxtlar qalashtirib ekib tashlanayotgani kabi. Hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan xalq ruhiyati va milliy xotirani o‘zgartirish. Eskidan uzib, yangicha manqurt odam yaratish. Bir xil qolipda. Xuddi sovet kabi. Ha, sovet ham o‘z qo‘li ostidagi xalqlar tarixini buzib, o‘tmishini tamoman o‘chirib, millatlarning o‘z qiyofasini o‘zgartirib “yangi sovet kishisi”ni yaratmoqchi bo‘lgan edi. U mash’um tajribadan endi qutuldik deganimizda boshimizda yana qanday tajriba o‘tkazila boshladi?! Bu ishlar balki biz o‘ylaganimizchalik atay yomon niyatda qilinmayotgandir, lekin natija e’tibori-la tahlikali ekani aniq. Endi ikki og‘iz so‘z “namunaviy loyihalar asosida” qurilayotgan qishloq uylari haqida. Xalq tilida “Prezident uylari” deb ataladi. Bu “loyiha”ga boshda balki ezgu niyatlarda qo‘l urilgandir. Qishloqlarimiz obod bo‘lsa, madaniylashsa, zamonaviylashsa, yashash tobora qulaylashsa, yaxshi-da. Lekin bu yaxshi niyat ham darrov kampaniyavozlikka, asta-sekin yirik bozorga aylantirib yuborildi va butun mamlakatni bir xil loyihadagi uch xonali, to‘rt xonali, besh xonali qolip uylar bosib ketdi. Ko‘chalar bir xil, archalar bir xil, darvozalar bir xil, tomlar bir xil, xonalar bir xil, devorlar bir xil, ranglar bir xil...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 166
Sirdaryo bir xil, Qashqadaryo bir xil, Qoraqalpog‘iston bir xil, Xorazm bir xil, Toshkent bir xil, Navoiy bir xil... Bunday birxillik odamning ruhiyatini buzadi, rang-baranglik boyligidan birxillik qashshoqligiga olib keladi. Qolip uylarda qolip ruhiyatlar shakllanadi. Agar odamlar o‘zlari hovlilarini o‘zgartirib, o‘zlariga moslab olmasalar, bu birxillik borib-borib odamni manqurt qilib qo‘yadi ‒ fikrlarni ham bir qolipga soladi. Mana shunisi chatoq. Sovetcha uslub yaxshi niyatlardan ham yomon natijalar keltirib chiqarishiga bir misol bu. “Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylar” tevaragidagi o‘yinlarni ko‘rib turib: “Bu loyihani kim o‘ylab topgan bo‘lsa ham, oma-lekin rosa zo‘r o‘ylab topgan!” deb yuboradi kishi. “Loyihalar” orqasiga prezidentni qo‘yib (prezident o‘zi ham jon-jon deb rozi bo‘ldi!), uning orqasida katta pul ishlab olsa bo‘lishini sezgan uddaburon darrov davlat bilan qorong‘ida topishishdi. Xuddi moshina savdosida bo‘lganidek, shoshilinch “Davlat + uddaburon” qo‘shma korxonasini tuzishdi. Oldiniga ko‘klarga ko‘tarib maqtay-maqtay “loyihalar”ga siyosiy to‘n kiydirishdi, so‘ngra ochiqdan-ochiq “chayqov bozori”ga aylantirib yuborishdi. Mana, endi necha yildan beri birovlar hisobidan cho‘ntaklarini qappaytirib yotishibdi. “Siyosiy to‘n kiydirib”, “birovlarning hisobidan” deganimizning izohi bunday: “Biznes”ning birinchi bosqichida “namunali uylar” uchun qurilish xomashyolari ‒ semun, g‘isht, yog‘och-taxta tadbirkorlardan zug‘um bilan, majburan arzonga “sotib olinadi”! 119 Tadbirkor bordiyu bilmasdan g‘ingshib qo‘ysa, darrov: “Nima, sen prezidentimiz tashabbusi bilan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylarga qarshimisan?!” deb bir pishqiriladi. Chorasiz tadbirkor ham nima qilsin? Alamini ichiga yutadiyu... “namunali loyiha”ga xom-xatala g‘ishtlarini, serbutoq taxtalarini o‘tkazvoradi. Ikkinchi bosqichida qurilishga qishloqlarda ishsiz yurgan arzon ishchi kuchi tortiladi. Ular vaqtinchalik bo‘lsa-da ish topganiga xursand, eng oz ish haqiga ham majbur ishlaydi. Qarabsiz, bu ikki sabab bilan usti yaltiroq ichi qaltiroq “namunali” uylar ancha arzonga bitkaziladi. So‘ng “biznes”ning uchinchi bosqichiga o‘tiladi: xom-xatala g‘ishtiyu serbutoq taxtasini o‘tkazgan tadbirkor, fermer, savdogar, umuman qishloq pultoparlari bir kuni gilamga chaqiriladi. “Namunali uylar”dan bitta-bitta sotib olish “taklif etiladi”. Tabiiy, tannarxidan ikki-uch baravar qimmat baho aytiladi. Qishloq aholisi uchun bu narx juda balandligidan tashqari, uylar sifati qanaqaligini ham bilgan tadbirkor, fermer, savdogar, umuman qishloq pultoparlari birdaniga ko‘nmaydi, oldiniga o‘zini sal orqaga tashlab ko‘radi.
119
G‘isht quyuvchi bir sex boshlig‘i shaxsan o‘zi aytib bergan (hamma biladigan sababga ko‘ra, u sex qayerdaligini ham, boshlig‘i kimligini ham aytolmayman). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 167
Shu zahoti qarshi tomon siyosiy hujumga o‘tadi: “Nima, sen prezidentimiz tashabbusi bilan namunaviy loyihalar asosida qurilgan bu shinam uylar huvillab yotishini xohlaysanmi?!” Xullas, uy aytilgan bahoga pullanadi! Uyga majburan ega bo‘lib qolgan tadbirkor yo uning xotini xijolatli iljayib telemuxbirga suhbat beradi: “Muhtaram prezidentimizga rahmat, bizga mana shunday shinam uylar qurib berdilar...” deydi. Xuddi bu uyni prezident unga tekin qurib berganday. Shuncha qimmatga hamda majburan sotib olgan uyim uchun nimaga prezidentga rahmat aytishim kerak, deb o‘ylab ko‘rmaydi, uni shunday deyishga undagan muxbirdan ham so‘ramaydi. Nimaga? Chunki ikkalasi ham siyosiy ziyrak ‒ bu ishlarning orqasini yaqqol ko‘rib turadi. Shuning uchun telesuhbatdan oldin bir-biriga ko‘z qisib, imo qilib, jilmayib qo‘ygan bo‘ladi. Tushunarli... Kameralar o‘chirilganidan keyin esa... bir piyola choy va bir cho‘qim osh ustida... turmushning tobora og‘irlashib ketayotgani haqida uzoq gangir-gungurlashib o‘tirishadi. Telemuxbir ikki piyoladan keyin og‘zi bo‘shalib ketib: “Bitta maoshga kun kechirib bo‘lmay qoldi, qalamhaqi ham bir marta qorin to‘yg‘azishga yetmaydi...” deb noliydi. “Namunali uy” egasi-tadbirkor muxbirning ishorasini anglaydi, albatta. Ammo ishtahasini sal kesish uchun o‘zi ham yig‘i boshlab yuboradi: “Ishlagani qo‘ymaydi... shilgani shilgan... hali bu uyni odam qilishim uchun yana shuncha sarflashim kerak...” Poytaxtda Ommaviy axborot vositalari tashviqot karnayini quloqlarni qomatga keltirgudek varanglatib, o‘rtada dallollik qilib, bu sariq uylarning qiymatini battar oshirib turadi! “Namunali uylar” biznesining yordamchi to‘rtinchi bosqichi ham bor. U ko‘proq maishiy bo‘lib, siyosiy po‘pisaning yoniga tirkab qo‘llanadi. “Bu uylarda gaz qishin- yozin bo‘ladi, chiroq hech qachon o‘chmaydi!” deb sirli shama qilib qo‘yiladi. Gaz-chiroq masalasini davlat hal etmasa, boshqa birov qila olmasligini bilasizlar. Demak, “namunali uylar” savdosida qing‘irlik borligini, “qishloqlar obodligi” shiori orqasida katta pul o‘ynayotganini davlat tan oladi bu bilan. Chindan, “namunali uylar”da doim chiroq bor, gaz ham berib turilibdi. Bir necha yillardan beri gaz va chiroq taxchil bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida “namunali uylar” tashviqining jon joyi shu ‒ gaz, chiroq... Siyosatga ham bo‘y bermay, og‘rinib turgan ziqna boy gaz-chiroqni eshitib cho‘ntagidan qanday pul chiqarvorganini bilmay qoladi. Yana qaytaraman, bu “loyiha”ni boshda kim o‘ylab topgan bo‘lsa ham, oma-lekin zo‘r o‘ylab topgan!.. Xullas, ko‘r ko‘zga ham ko‘rinib turgan haqiqat bu: qishloqda ham, shaharda ham qurilishlar tabiiy yo‘l bilan, ehtiyojdan va har kimning dididan kelib chiqqan holda boshlanmagani, o‘rtada shaxsiy tashabbus yo‘qligi, sovetchasiga va kompaniyavozlik
|
ma'muriyatiga murojaat qiling