Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
machitga ayollar namoz o‘qish uchun kelishi mumkin emas ekan, ashula aytish
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Kapitalizm
- Kapitalizm – cho‘ntaklardagi yoki ko‘rpacha qatlaridagi birovning pulini nima qilib bo‘lmasin qo‘lga kiritish.
machitga ayollar namoz o‘qish uchun kelishi mumkin emas ekan, ashula aytish uchun kirsa joiz ekan. Namozga adashib kelib qolsa, betiga darvozani yopamiz, ashula uchun esa, marhamat, eshigiyu tuynugini ham ochib beramiz. Xonaqohi ham, sahni ham, ayvoni ham, tomi ham ashulaga va ashulachiga halol. Hatto namozga chaqiriladigan minorasiga chiqib inglizcha shilta ashula aytsa ham bo‘ladi! Machitga o‘ranib, dinimiz talab qilgan kiyimda kirish taqiqlangan, ashulachi Gugusha xonim kabi sochlaringizni sharshara qilib kiring, so‘lqildoq ko‘kraklaringizni olamga ko‘z- ko‘zlab kiring ‒ bunaqasiga ruxsat!
130 Albatta, bu masala bir oz tortishuvli, hatto hanafiy mazhabimiz ichida ham qarashlar har xil ‒ ruxsat bilan bir yonda har zamonning turli holatlarini hisobga olib chiqarilgan taqiq fatvolari ham bor.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 184
Masala kitoblari: “Machit Ollohning uyi, bu yerga Ollohga qullikni bildirish (ibodat) uchun kelinadi. Machitda hatto dunyoviy gaplar gapirilmaydi”, deydi. Bo‘larkan-ku, gaplashish tugul, ashula aytsa ham bo‘larkan-ku! Eski olimlar og‘ziga kelganini yozavergan ekan-da, mana, bugungi olimlar Masjidi Kalonda aytilgan “Ashulai Kalon”ga indashmayapti-ku! Demak, mumkin ekan. Bugun – ashula, ertaga... shu bilan ke-et-ti!.. Yana bir gap: ayol kishi machitga boshqa payt kira olsa ham, uzrli (hayz, nifos) holatlarda kirolmaydi – harom. Mabodo klip suratga olingan kunlari... Ko‘ngil kir bo‘lgani qoldi. Bilmadim, “shayx”larimiz masala kitoblaridan ruxsat topib berishgan bo‘lsa, biz omilar nima ham deya olardik. Bir men emas, sezishimcha, butun mamlakat hayron: ulamo-sulamomiz bilan qo‘shib hisoblaganda birortamiz g‘ing deya olmadik! Shunisi odamga alam qilar ekan. O‘shandan beri bu klip navbatma-navbat O‘zbekiston telekanallarida har kuni o‘n martalab ko‘rsatiladi, lekin birnima deyishga tillarimiz kalimaga kelmaydi. Tushovlab tashlanganday go‘yo. “Muqaddas yerlar”, “muqaddas tuyg‘ular”, “muqaddas qadriyatlar” haqidagi balandparvoz gaplarimiz, otashin nutqlarimiz eslarimizdan chiqdi. U tuyg‘ular toptaldi. Piypalandi. O‘zimizni chorasiz, yetimcha, ko‘chada qolgan his etdik... Bundan keyin ashulachi Gugusha xonim yana bitta klip qildi. Balki yana o‘sha rejissurdir, balki Buxoroda “shayton” ro‘lini o‘ynagan yana o‘sha epchil yigitdir. Balki ular emasdir, boshqalaridir. Ammo makkorlikda oldingilaridan sira qolishmaydi. Bunisida tuppa-tuzuk o‘zbek o‘yinchi (aktirisa)si ham qatnashibdi; shu klipda ishtiroki bilan yuziga loy chaplabdi. Lip etkazib bir ko‘rsatib qo‘yilganidan, taxminimizcha , voqea Toshkentda – eski va tashlandiq “Chorsu” (yana ham eski oti “Moskva”) mehmonxonasining tashlandiq bir qavatida kechadi 131 . Ashulachi Gugusha xonim buzilgan-to‘zg‘igan beton bo‘ldaklari o‘rtasida oldiniga o‘tirib, keyin tikka turib olib, hamma ashulachi ayolga xos muqomlar ila qo‘shiqlarini kuylaydilar, anov “shayton” yigit qayerlardandir pisandsizlarcha yurib kelaveradi. U yoq-bu yoqqa nafratli qarashlarini yo‘llab qo‘yadi. Og‘zini karrakdek ochib, juda xunuk birnimani ifodalaydi. Ora-orada belidan tepasi yalang‘och holda tashlandiq mehmonxona ichida paydo bo‘lib qoladi. Shu onlarda bir yoqimtoygina o‘zbek ayoli ham ko‘rinadi. Qulog‘ida va bo‘ynida xoch tasviri tushirilgan taqinchoqlar... Klipda bu ayolning vazifasi nima bo‘lganini ochiq bilish qiyin, lekin u nuqul haligi yigit tomon yuradi, unga talpinadi. O‘rtada yigit yana og‘zini karrak qiladi... bir bosqon bilan bu tashlandiq binoning tashlandiq ustunini urib sindiradi... yigitning har bir ma’nisiz qilig‘ini yoqimtoy o‘zbek ayoli cheksiz quvonchli jilmayish bilan qarshilab-qo‘llab turadi... yana “shayton”ni nazarda tutibmi, endi qo‘rqinchli bir qop-qora bashara ham paydo bo‘ladi... u “shayton-bashara” oppoq so‘yloq tishlarini ko‘rsatib ikki marta tirjayadi ham...
131 Harholda o‘sha yerga o‘xshadi. Balki boshqa bir tashlandiq binomizdir. Farqi nima? Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 185
nimalardir deb g‘o‘ldiraydi... keyingi gal katta-katta, oppoq tishlarning o‘zini ko‘rasiz... Ashulachi Gugusha xonim uzun qomatini xuddi ertakdagi ilonday to‘lg‘antirib, berilib inglizcha qo‘shiqni kuylashda, Amrikalik “shayton”-yigit esa buzg‘unchiligida davom etadi. Oldiniga katta bir deraza oynasini parchalab tashlaydi... o‘zbek ayoli zavqlanadi! So‘ngra tashqarida qanaqadir bir televizorni ko‘tarib yerga uradi... o‘zbek ayoli shavqlanib ketadi! Ma’nosini anglash qiyin. G‘arb(lik yigit) O‘zbekistonda “Moskva”ning qoldiqlarini buzyapti, deb ramz qilingan desangiz, yuziga “shayton” niqobini tortib olib tirjayishlarida qanday ramz bor ekan? “Moskva” oti, mayli, O‘rusiyani bildirsin, televizor, mayli, eski mafkurani bildirsin, “Chorsu” oti g‘irt O‘zbekiston-ku! O‘zbekistonning ham eski ustunlari buziladimi endi?! Yoki, bundan bu yog‘iga O‘rusiya ham, O‘zbekiston ham yo‘q, bularning mafkurasi eskirdi, qadriyatlarini (televizor) ko‘chaga chiqarib pachaqlab tashlash payti keldi, endi yangizamon – shaytonparast (satanist)lar zamoni keldi, demoqchimi?! Yoqimtoy ayol timsolidagi O‘zbekiston “shayton”-yigit timsolidagi G‘arb bilan yo‘lning o‘rtasida birlashdi – bundan keyin endi mana shunaqa bo‘ladi, demoqchimi?! “Shayton”-yigit (G‘arb)ning hamma qilg‘ilig‘ini o‘zbek ayoli (O‘zbekiston) yoqimtoygina qarash va kuldirgichli jilmayishlar ila olqishlab turishi xuddi taxminimizni tasdiqlayotganday. Oxirrog‘ida bu yoqimtoy o‘zbek ayoli anov “shayton”-yigitning yelkasiga ohista qo‘lini qo‘yib, buzdi-buzaloqlar va nariyog‘i ko‘rinmaydigan qorong‘iliklar ichra qayoqlargadir baxtiyor ko‘z tashlaydi. Shunday qilib ikki yosh murod-maqsadiga yet... ...yo‘q, bu ertak-klip hali tugamadi. Oxiri juda qiziq. Ramzlarning eng kuchlisi ham shu sahna bo‘lsa kerak. G‘arblik buzg‘unchi nihoyat ichkaridagi katta bir toshoynaga (bunisini nimagadir sindirmagan!) yetib keladi. Unga g‘olibona boqib tursa, oynakda u “shayton” qiyofasi o‘rnida sekin Gugusha xonim aksi balqib chiqadi. Klip shu sahna bilan tugaydi. Ana ma’no! Mana g‘oya! “Buxoro” klipi “shayton”-yigit va ashulachi Gugushaning madrasa zardevori ustida topishishi bilan tugagan edi, “Toshkent” klipi ham oxirida g‘arblik “shayton”-yigit bilan ashulachi Gugushaning oyna qarshisida topishishi bilan yakun topadi!.. Xullas, xalqimiz tuyg‘ularini, ruhoniyatini, Vatanimiz timsollarini haqoratlashda “Toshkent” klipi “Buxoro” klipidan qolishmaydi! Taxminimizcha, u kelgindi rejissur bilan u o‘yinchi yigit cho‘ntagini rosa qappaytirib, ammo ustimizdan armonsiz kulib ketgan bo‘lsa kerak. Bu ikki syujetday ahmoqona syujet bironta vatandosh klipchimizning xayoliga ham kelmasligi aniq. Miyasini qurt yeb qo‘ygan bo‘lsa ham, bironta o‘zbek bunaqa haqoratomuz klip yarata olmas edi. Chunki ular baribir o‘zligiga borardi. Shu bois ham klipchilarni chetdan yollashga to‘g‘ri kelgani ko‘rinib turibdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 186
Eng kamida, oxirgi mana shu ikki hodisa Gugusha-Gulnora Karimovaning millatga ham, Vatanga ham, qadriyatlarimizgayu dinimizga ham, bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston deb atalmish aziz bir muqaddasotga hech qanday bog‘liqligi yo‘qligini ochiq-oydin ko‘rsatdi. “Ashillachi” Opachamizning ijod buloqlari ochilib ketdimi, bir klipiga munosabat bildirib ulgurmasimizdan ikkinchisi, ikkinchisini xazm qilmasimizdan uchinchisi chiqib ketyapti. Uchinchisiga endi mashhur farang qochoq o‘yinchisi Deparde ham yollanibdi. Butun qo‘shiq davomida u Gugushaga hamdardlik bildirib turadi. O‘zining tilida (ekzotika!) g‘o‘ldirab, yangi “shogirdi”ga nimalarnidir doim o‘rgatadi. Ashulachi Gugusha esa, ona tilida o‘rischalab, taqdirini tushunmayotganidan noliydi. “Nimaga axir?” (“No pochemu-u?”) deb xo‘rsinib-xo‘rsinib qo‘yadi. Deparde farangchada birnimalar deb uning ko‘nglini ko‘tarishga urinadi: “Qo‘yaver, Malikam, xafa bo‘lma, sen bu olamning ayoli emassan! Bu olamga sig‘mayapsan, bu olam senga torlik qilyapti. Sen G‘arb madaniyati ruhida tarbiya topgan zamonaviy ayolsan! Milliy qobiqlar seni sig‘dirmasa, sen unga kirishga harakat qilma, aksincha, milliy qoliplarni buz, yorib chiq va o‘zingga moslashtir, so‘ngra hamma sening qolipingga kirsin!” deb maslahat berdi shekilli, Opachaning yuziga mayin tabassum yoyildi, erka qarash qilib qo‘ydi. Deparde ham oxirida kursisida o‘tira olmay qoldi, turib Gugushaning qo‘lini tutdi: “Mana, menkim farang Deparde, qo‘lingni o‘pib tasdiqlayman: sen farang ayolidan-da farangroqsan!” Lekin shuncha tirishayotganiga, milyonlab muxlisi qurshab olganiga qaramay, Sharqning bu “farang” ayoli tevaragida o‘zini tushunadigan bir kimsa yo‘qligi (“...pustota”), nimagadir osmon ham indamayotganidan hayron edi. Har ikki gap birida “Nebo molchit... Nebo molchit...” deb shikoyat etishlari bekorga emas, axir. “Nebo molchit”ni yana boshqa ma’noga yo‘ysa ham bo‘larkan: “Bu atrofda bitta menman! Mendan boshqa kimsa yo‘q! Taqdir meni shunday tanladi (“Eto sudba-a”)! Boshqalar buni tushunmaydi (“Ne otgada-at”)! Nima qilsam ham, birov mushugimni pisht deyolmaydi, xohlaganimni qilaman, ko‘nglim tusagan ko‘chaga kirib chiqaveraman, osmon (Olloh) ham mening yo‘limni to‘solmaydi” (“Nebo molchit”)!.. Birinchidan, ey Opacha, “Nebo” molchit qilayotgani yo‘q – hammasini ko‘rib turibdi, hammasi u chizgan chiziqdan ketyapti! Sizning nazaringizda agar hozircha “molchit” qilib turgan bo‘lsa ham, “molchaniya”si “Nebo”ning loqaydligidan emas, sabridandir, sabri kengligidandir. Aldanib qolmang tag‘in, Opacha. “Nebo”ning odati shunaqa – gunohiga toza botib olsin deb biron muddat “molchit” qilib turadi. Turadi-turadi-da, bir kuni bir o‘kiradi! Bir uradi! Hech kutmagan kuningiz dahshatli “groza”lari, “molniya”lari, “buran”lari, “tornado”lari bilan bir tutib qoladi,
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 187
albatta! O‘shanda, kalta aqli bilan, hech narsa bo‘lmayapti-ku, deya chuchvarani xom sanab yurganlar qochgani joy topa olmay qoladi!.. 132
Eslatma: Biz “shayton” so‘zini, asli emasligiga ishora o‘laroq, atay qo‘shtirnoq ichiga oldik. Chunki asl shayton: “Men bunaqa ahmoqona ishlar qilmayman. Men Rabbimning izni-la faqat odamlar bilan shug‘ullanaman, machitlar, madrasalar bilan ishim yo‘q – ichiga ham kirmayman, tomiga ham chiqmayman. Men qing‘irlikka chorlayman, xolos, majburlamayman. Odamlar o‘z ixtiyori bilan qiladi bunaqa razil ishni! Qolaversa, men hech qachon niqoblanmayman, asl yuzimni yashirmayman – boshda shayton edim, qiyomatgacha ham shayton bo‘lib qolaman, odamlar u – mening orqamga o‘tib, men bilan niqoblanib ish qiladi! Menga tuhmat qilma!” deb ustimizdan da’vo ochib qolishi ham mumkin. Shu ma’noda asl shaytonni yasamasining qilmishlaridan qo‘shtirnoqlar ila qo‘rishimizga to‘g‘ri keldi.
Ilgari yashab ko‘rmaganimizgami, kapitalizmning fe’l-atvoriga hech tushunib bo‘lmayapti. O‘z vaqtida so‘sializmni ham tuzuk-quruq anglab yetmagan edik. Ko‘pga bormay tugab qoldi. Davlatda so‘sializm hukm surganiga qaramay, uyimizda musulmonchilik yashar edi. Har ishni bismilloh bilan boshla... o‘ng qo‘ling bilan ushla... uni qilma – gunoh... buni yema – harom... birovning haqidan qo‘rq... namoz... jannat... do‘zax... haqlarida gapirilardi. So‘sializm ko‘chada, maktabda, ishxonada, maydonlarda yashardi. Ko‘chaga chiqishimiz yo maktabga borishimiz bilan: “Uyda aytilgan gaplarga ishonmanglar, ular bari eskilik sarqiti”, deyilardi. “Olloh yo‘q, jannat yo‘q, do‘zax yo‘q, hammasi ertak. So‘sializmda birovning haqi yo‘q, faqat davlat va umumxalq mulki bor”, deb o‘qitilar- uqtirilar edi. Bugun endi ko‘chada, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida, maydonlarda va minbarlarda “kapitalizm”, “bozor” degan so‘zlar aylanib qoldi. Musulmonchilik yana uylarga kirib ketdi. “Har ishni bismilloh bilan boshla... o‘ng qo‘ling bilan ushla... uni qilma – gunoh... buni yema – harom... birovning haqidan qo‘rq... namoz... jannat... do‘zax...” kabi gap-so‘z yana qaytib uylarga kirib ketdi. Hatto machitlarda bu gaplar ehtiyot bo‘lib aytiladi. Ko‘chada esa, asosan kapitalizm hukmron. Bu “kapitalizm” deganlarining asosiy maqsadi nima o‘zi? Marks nima deb tushuntirgani esimda yo‘q, qoralagani aniq. Kapitalizm tarafdorlari uni o‘lib-tirilib oqlagani va haligacha oqlab kelayotgani ham aniq. Bizga bu kapitalizm hozircha bor
132
Uzoq kuttirmadi. Urdi ham. Lekin hozircha juda ayab, sekin urdi. Tavba qilmasa, hali boshqacha urishlari ham bor (2013 yil kuzi). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 188
yuzini ochib ulgurmagani uchun tiniq tanib bo‘lmayapti. Lekin ilk ko‘ringan alomatlaridan ham unga qisqa va lo‘nda ta’rif bersak bo‘ladi. Ya’ni: Kapitalizm – cho‘ntaklardagi yoki ko‘rpacha qatlaridagi birovning pulini nima qilib bo‘lmasin qo‘lga kiritish. Ammo pul bitta cho‘ntakda, unga tikilgan ko‘z va olaman deb cho‘zilgan qo‘l sonmingta. Nima qilish kerak? Olishning yovvoyi usuli – masalan, bozorlarda, vokzallarda, uchoq qo‘nalg‘alarida maxsus kiyim kiyib turvolib, cho‘ntagida puli bor yoki uzoqlarga borib pul ishlab qaytgan sho‘rlik vatandoshdan bironta “ayb” topib, cho‘ntagidagi bor pulini shilib olish. Shunday olinsin, tuyaning ustida it qopgan u manglayi sho‘r bor pulidan ayrilsa ham, sog‘-omon qutulganiga shukr qilib ketsin! Bu usul sal xunuk bo‘lsa-da, O‘zbekistonda keng tarqalgan va hamma o‘rganib ham qoldi. Birovning cho‘ntagidagi pulni olishning madaniy usuli – tungi klublar, qimorxonalar, kamputir o‘yinxonalari, uqalash xizmatlari... ochib sug‘urib olish. Lekin pul ishlashning eng katta yo‘li bozor qurish ekan. Uyingni sot, molingni sot – bozor och! Hech ish qilmasdan, zahmat chekmasdan, boshni ham qotirmasdan, birovning pulini olishning ham yovvoyi, ham madaniy usulini qo‘llab, birdan milyonchi boyga aylanasan! Toshkentda eng birinchi bo‘lib “Otchopar” (oddiy xalq tilida: “Ippodrom”) bozori ochildi. Boshida rosa erkin qo‘yib berildi: hamma o‘zi uchun ishladi va rosa boyib oldi. Keyinroq bozor havosini olib, oq bilan qorani ajrata boshlaganlar ko‘p ter to‘kmasdan ham pul ishlash mumkinligini bilib qolishdi. O‘zi uchun ishlab kelganlar endi boshqalar uchun ham ishlay boshladi. Birin-ketin yangi bozorlar ochildi. Birgina poytaxtning o‘zida “O‘rikzor”, “Abu Saxiy”, “Jomiy” (“Qorasaroy”), “Parkent”, “Qo‘yliq”, “Bek baraka”, “Bekto‘pi”, “Korzinka”... bozorlari ochildi. Bu bozorlardan tadbirkorlarga ijaraga joylar berildi. Berilmadi, pullandi. Ya’ni, ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. Oralatib, yangi tartib joriy etiladi deb u yer- bu yeri ozgina o‘zgartirildi, yangi chiziq-chegaralar tortildi va shu joyning ijarachilariga ikkinchi marta pullandi. Ya’ni, ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. Keyinroq yana buzdi-buzaloq boshlandi, o‘rniga oq do‘konchalar qurib chiqildi va... necha yildan beri shu joyda savdo qilib kelgan tijoratchiga... uchinchi marta pullandi! Ya’ni, ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. Nihoyat, oxirida “Endi do‘konlarni xususiylashtirib olinglar!” deb tadbirkor to‘rtinchi marta shilindi! Xususiylashtirishga esa ikki xil baho belgilandi: davlatga so‘mda va ozroq, bozor egalariga AQSH do‘llarida va... u yog‘i tushunarli! Bu narsa kapitalizm bo‘lmay, nima?! Masalan, “Abu Saxiy” savdo do‘konlari ma’muriyati bu xil “tadbirkorlik”da hammadan o‘zib ketdi. Topqirlikda ham unga gap yo‘q ekan lekin! Bu yerda birovning cho‘ntagidagi pul nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, asta-sekin, bosqichma-bosqich, pul egasini cho‘chitmasdan, rozi-rizolik bilan, egasi “o‘zi istab” ixtiyoriy berayotganday ko‘rinishda, silliqlab olinadi. Buning tartibi bunday:
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 189
Oldin 25-30 kv.m.li zamonaviy do‘konchalar quriladi. Shartnoma asosida ijaraga beriladi deb rosa targ‘ib qilinadi. Ijara puli oyiga 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m (oshib-oshib hozir 1000000 (bir milyon) so‘mga chiqqan. – N.M.R.) qilib belgilanadi. Tijoratchi tadbirkor ishqiboz bo‘lib keladi. Ishqibozning qulog‘iga sekin: “To‘g‘ri, ijara puli shuncha, lekin ijaraga olish imkoniga ega bo‘lish uchun ozgina chiqimi bor. Bo‘lmasa, talabgor ko‘p...” deyiladi. Tijoratchi qachondan beri bozorda ishlaydi, pishib ketgan, to‘g‘ri tushunadi. “Qancha?” deydi. Joylashgan yeriga qarab bitta do‘kon yigirma ming do‘llardan tortib yigirma besh ming do‘llargacha (bu narx 2009 yillardagi gap, hozir qanchaga oshganini bilmayman. – N.M.R.) ekanini bilib oladi. Chamalaydi. Do‘kon tezda chiqimini oqlashini bilganidan, rozi bo‘ladi. Shunday qilib, ijara haqi davlat ko‘ziga 150000 so‘m qilib belgilangan do‘kon uchun bir tijoratchi oldin naq 25000 (yigirma besh ming) do‘llarni tavakkaliga “havoga berib” (nimaga deganda, u pulni berganini bildiradigan hujjat olmaydi, kimning cho‘ntagiga qarab ketishini ham bilmaydi!) “ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritishi” kerak!
Nihoyat, do‘konga erishdi. Ishni boshladi. Qo‘liga pul kirib, do‘kon olishda sarflagan “ustama pulini” (bergan porasini) endi chiqarib, yuzi kulib, ovozini ko‘tarib dangal-dangal gapira boshlagan bir paytda... do‘konlarni xususiylashtirish kerakligi haqida yangi gap chiqadi. To‘g‘ri, bitta do‘konni xususiylashtirishga davlat uchun belgilangan narx do‘konning katta-kichikligiga qarab besh yo olti milyon so‘m (o‘sha kunlari 2500 do‘llar tevaragida. – N.M.R.), lekin u yog‘i... o‘zingizdan qolar gap yo‘q... Uning ustiga, sizning “narusheniya”ngiz ko‘p, xususiylashtira olmay qolishingiz ham mumkin. Xo‘p, qancha? Ustiga 15000 (o‘n besh ming) do‘llar berasiz! Har bir do‘kon uchun xususiylashtirish narxining “do‘ppichasi” (porasi) shuncha! Tijoratchilar dod deb yuborsa kerak, deb o‘ylagan edim. Kimsa g‘iq etmadi! Talab qilingan pulni o‘z ixtiyori bilan yana “havoga berdi”, do‘konini xususiylashtirdi. Davlat bilib qolsa, bu qiliqchilarning kunini ko‘rsatvorsa kerak deb kutgan edim. Ko‘rib, bilib turibdi. Davlat ham g‘ing demadi! Bitta “Abu Saxiy” tarmog‘ining o‘zida nechta do‘kon bor-u!!! Shunchani shunchaga ko‘paytiring. Aqlingiz shoshadi. Birpasda-ya! Imi-jimida-ya! Shuncha pul! Yuzta do‘kon bo‘lsa, 1500000 (bir milyon besh yuz ming), ikki yuzta do‘kon bo‘lsa, naq 3000000 (uch milyon) do‘llar! AQSH do‘llari! Tijoratchi pul topishi kerak, bola-chaqasini boqishi kerak, uning ustiga boy bo‘lmoqchi, bozordan boshqa yerda ish ham yo‘q, ishlayolmaydi ham, shu uchun orqasi kirligini bilib tursa-da shuncha chiqimni bo‘yniga olib, “mutasaddilar” talab qilgan porani berishga ixtiyoriy majbur. Va berdi. Va ishini davom ettirib yuribdi. Yana qachon qanaqa “yangilik” chiqib qolarkan, degan xavotirda, har ehtimolga qarshi, “qora kunga” deb to‘plab ham boryapti. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 190
Men sira tushunmayotgan, aqlim yetmayotgan tomoni – bu ishlar kuppa-kunduzi, minglab odam ko‘zi o‘ngida, bozorning qoq markazida, hatto “Abu Saxiy”ning bosh idorasida qilinyapti; do‘llarlar bemalol sanab olinyapti. Ammo... yer tagida ilon qimirlasa biladigan, hatto qop-qorong‘i uyga yashiringan tim-qora mushukni ham ko‘ra oladigan maxsus tashkilotlar bu ishlarni “ko‘rmayapti”, “bilmayapti”!!! Bir dindorning hatto ko‘nglida yashirin imonini ko‘rib oborib qamayapti, dinini-imonini yutgan jinoyatchilarning ochiq jinoyatini esa, “ko‘rmay” bemalol qo‘yib beryapti! Biladi – nima qipti?!. Ko‘rib turibdi – nima qipti?!. Baribir hech narsa qila olmaydi. Chunki ko‘cha-ko‘yda yurgan gaplarga qaraganda, “Abu Saxiy” savdo to‘plami to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kichik Xonim Malikaga (aytishlaricha, “etimparvar” Lolaxon Karimovaga) qaraydi. O‘shaning tomorqasi hisoblanadi. U “Zoti Musharrafa” bu bozor loyihasini bir zamonlar Birlashgan Arab amirligidagi sheriklari bilan birgalikda “chizgan” va quruvchisi bo‘ladi (“Abu Saxiy” deb arabcha nomlanishi ham balki shundandir. O‘zbekchada “Saxiyning otasi” ma’nosini beruvchi bu birikma Amirlikdagi sherikning laqabidan olingan bo‘lsa ehtimol. Mayli, u yog‘i bizning ishimiz emas. Diqqatimizni tortgani – pul topib imlo topmagan ucharlar kirilchada nimagadir ikki so‘z o‘rtasiga chiziqcha qo‘yib, “Abu-Saxiy” deb yozishyapti). Endi tushunarli bo‘lgandir? “Abu Saxiy”ga hozircha hech qanaqa tashkilotning kuchi yetmasligiga yana bir dalil 2012 yil ramazonida o‘rtaga chiqdi. “Abu Saxiy”ga yaqin yerda, halqa yo‘lning shundoq narigi tomonida joylashgan idish-tovoq bozori mutasaddilari ham qo‘shnilarining tadbirkorligiga havasdanmi, yutuqlaridan ruhlanib ketibmi, xuddi shu kabi “xususiylashtirish tadbiri”ni o‘tkazishdi. Rosa pul ishlashdi. Lekin uzoqqa borisholmadi. Kimdir sotib qo‘ydi shekilli, ularni davlat bosdi. Jinoyatlarini ochib tashladi. Televizorda ko‘rsatdi. Bo‘ron turdi. Dovul turdi. Odamlar, ana adolat, dedi. Lekin halqa yo‘lning bu tomonidagi “Abu Saxiy”ga bu to‘s-to‘palangning changi ham urmadi. Bir-birda o‘ylab qolaman: balki bu ishlar oddiy holdir, balki men bekorga jig‘ibiyron bo‘layotgandirman, kapitalizm deganlari o‘zi aslida shudir, deyman. Bilmadim tag‘in. Bunaqa ...izmni hech tanib bo‘lmayapti.
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling