Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

241 


3. Paxta qo‘yish. Birovga aytishga uyaladi odam, lekin aytmasa ham bo‘lmaydi. Bu 

voqea o‘tgan zamonlarda – podshohlar, xon va amirlar davrida emas, bugun – XXI 

asrda, prezidentlik tuzumi hukm surib turgan bir zamonda, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tdi! 

2011 yil kuzi... Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani... Paxta terim mavsumi 

o‘rtalaridan o‘tib, oxirlab qolgan pallalar... Muhtaram Prezident ko‘ngillari viloyatga 

marhamat qilishni tusab qoldi. “Qishloq mehnatkashlari” bilan uchrashmoqchi 

bo‘ldilar... Odatdagidek, u “mehnatkashlar” ming bir chig‘iriqdan o‘tkazilib, 

uchrashuvga tayyorlandi. Keng dalada, paxtazor qo‘ynida ko‘rishish maqsadga 

muvofiq topildi. Lekin bitta kamchilik sezildi ‒ aksiga olib, dalada lo‘ppi paxtazor 

qolmabdi... 

Qip-qizil xijolat! Prezident “jujur

169


 dehqonlar” bilan suhbatlashgisi kelsa-yu, 

dalada paxta bo‘lmasa! Hammayoqda bo‘m-bo‘sh qovochaqlar... xuddi dehqonning 

tepaga uzangan bo‘m-bo‘sh hovuchidek...  

Yo‘q, ketmaydi, tezda biron chora topish kerak. 



Qovochaqlarga qaytadan paxta qo‘yib chiqilsin! 

Bu g‘oya ilk kimdan chiqqani juda-juda qiziq. Bunaqa antiqa fikr qanaqa odamdan, 

qanaqa aqldan chiqadi?! 

Albatta, bir kuni u “qahramon” baribir yuzaga chiqadi, yuzlab guvoh ko‘zi o‘ngida 

bo‘lgan ish-ku bu! 

Yo Kottaning o‘zi o‘ylab topdimikan? 

Qaydam, bo‘lishiyam mumkin... 

Xullas, kechagina terib topshirib yuborilgan paxta azza-bazza qaytarib olib kelindi, 

yuzlab “hasharchi” jalb etildi (harholda bu davlat ahamiyatiga molik tadbir!) ‒ “paxta 

qo‘yish” amaliyoti boshlandi. Qo‘qon tomonlardan daydi shamol kelib qolib (bilib 

bo‘ladimi!), chanoqlariga qaytadan do‘ndirib chiqilgan paxtalarni uchirib yubormasin 

deb oppoq iplar bilan qovochaqlarga chandib chiqildi! Katta Farg‘ona kanolini hashar 

qilib qirq besh kunda bitkazgan xalqqa bitta qartadagi g‘o‘zalarga paxtani yopishtirib 

chiqish ish bo‘ptimi ‒ bir kun ichida qora dala qaytadan oppoq paxtazorga aylandi! 

Va... 

...ertasiga Muhtaram Yurtboshini butun mamlakat televizorda xuddi birinchi 



terimday lo‘ppi-lo‘ppi ochilib turgan Oltiariq paxta dalasi oldida ko‘rdi! 

Nafaqat respublika, balki butun dunyo bu manzaralarni ko‘rdi! Bironta qitmir sim 

qoqib yuborgan shekilli, zumda chet el radiolari “Oltiariqliklar Prezidentga paxta 

qo‘ydi!!!” degan baqiroq sarlavhalar bilan sayray boshladi. Ketidan izoh ham berdi: 

“Ko‘chma ma’noda emas, rosmanasiga paxta qo‘ydi!”

170

 

                                                

169

 O‘rischa “dejurniy” so‘zini farg‘onaliklar o‘zbekchaga moslab “jujur” deydi. Odatda, prezident bilan bo‘ladigan 



uchrashuv va suhbatlarga, “Axborot” ko‘rsatuvi muloqotlariga jujurlar ‒ tegishli idoralarda maxsus ishlovdan o‘tgan 

kishilar qo‘yiladi. Muxbir o‘rgatgan va davlati eshitishni istayotgan ohanglarda sayrab beradiganlarni farg‘onaliklar 

jaydarichasiga “jujur chol”, “jujur kampir”, “jujur dehqon”, “jujur bola” deb ataydi va... ma’noli kulib qo‘yadi. 

170


 Prezidentning Oltiariqqa safari haqida Xalq shoirlaridan biri “Xalq so‘zi” gazetasiga katta “paxta maqola” yozib 

chiqardi. Bir yozuvchi oshnam bilan u shoir akamiznikiga borganimizda, “Maqolangizni o‘qidik, lekin u yerda katta bir 

dalaning qovochaqlariga paxta qo‘yib chiqilgani haqida hech narsa yozilmabdi-ku?” dedim. Akamiz xijolat ham bo‘lmadi, 

“Men ham eshitdim, qistaloqlar shunaqa qilishibdi”, deb hi-hilab kulib qo‘yaqoldi. “Shu ish to‘g‘rimi, katta bir xalqning 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

242 


Ana shunaqa, Oltiariq nafaqat turpiyu bodiringi yo uzumi bilan, balki momiq-

momiq paxtasi bilan ham nom chiqardi! Lekin bir Oltiariqmi bu ishni qilgan va 

qilayotgan?!

 171


 Butun O‘zbekiston necha yildan beri bir kishiga paxta qo‘yib yotibdi-

ku!


 

 

 “Hamma uchun hurmatli” Birejnev va yo shaldir-shuldur makkajo‘xorichi 



Xurushcho‘v tugul, bilishimizcha, hatto “xalqlar otasi”, “otashin kommunist”, “hamma 

zamonlar dohiyi”, “generalissimus” Iosif Vissarion o‘g‘li o‘rtoq Istalinga ham bunaqa 

paxta qo‘yilmagan edi o‘z zamonida! Lekin “mustaqil” O‘zbekistonimizning 

almashmas Prezidentiga qo‘yildi! Qanday sharaf! 

O‘zlariga ham yoqdi chamasi, o‘sha kuni ham, undan keyin ham bu sharmandali 

ishning isini chiqarmadilar. Isi chiqqanida, xalqning dimog‘iga urilgan bo‘lardi. Yo‘q, 

dim-dim. 

Hol bu ki, kuz o‘rtalarida... diydirab yotgan dalada... hali bir marta ham qo‘l 

urilmagan paxta... turadimi?! Tursa, birinchi terimday lo‘ppi ochilib-sochilib yotgan, 

o‘z vaqtida terib davlatga topshirilmagan paxtani ko‘rsa, esi bor boshliq nima qilgan 

bo‘lardi sizningcha? Ha, to‘g‘ri. Jazavasi tutib ketardi! “Nimaga shuncha paxtani 

ushlab o‘tiribsanlar, enangdi emgurlar?!. Yo davlatga dushmanmisanlar?! Yomg‘ir 

yog‘ib yuborsa, nima bo‘ladi, so‘rti pasayib ketadi-ku?!” deb vahshat solardi. Jazava 

va vahshatidan tuyqus hosil bo‘lgan “Qo‘qon shamoli” hokimlar, purkurorlar, 

mexexechilar va fermerlarni turli yoqlarga uchirib yuborgan bo‘lardi! 

Bu palla dalada lo‘ppi paxtani emas, og‘izlarini osmonga lang ochgan bo‘m-bo‘sh 

qovochaqlarni ko‘rsa, shundan sevinishi kerak edi prezident! Paxtani uvol qilmay o‘z 

vaqtida terib topshirgan dehqonu boshliqlarni alqashi kerak edi! Sog‘lom aql va mantiq 

shuni deydi. Axir, bunaqa lo‘ppi paxta tez terib topshirilsa oliy navlarga qabul 

qilinishini qishloqi burnoq bola ham biladi! 

Va yana: sog‘lom aql va mantiqqa ko‘ra, bu qalbaki va nayrang “paxtazor”ni ko‘rib 

g‘azabi qo‘zishi, aldamchilarni bitta qo‘ymay ketiga tepishi kerak edi! 

Amalda unday bo‘lmadi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 

odatidagidek o‘zi yaratgan aldoqchi tuzum mantig‘iga ko‘ra ish tutdi: tanlab olingan 

bitta dalada, “shig‘il ochilgan” va “kuz o‘rtalarigacha terilmagan” lo‘ppi paxtalarni 

ko‘rib... ko‘zi quvondi! Bu ishi bilan buyuk bir yolg‘onga imzo otdi, yanayam katta 

yolg‘onlarga yo‘l ochdi, butun ishi mana shunaqa yolg‘on-yashig‘u 

ko‘zbo‘yamachilikdan iborat ekanini tepasida turib shaxsan tasdiqladi! 

                                                                                                                                                               

katta bir shoiri o‘laroq siz shu ishga rozimisiz?” deb qistalang qilavergan edim, “Kesatmang, men Prezidentimizni tamasiz 

yaxshi ko‘raman!” deb javob qildilar. Olloh-Olloh, men prezidentni yomon ko‘ring demayotgan edim, men bir kishining 

ko‘zini yolg‘ondakam quvontirish uchun shunaqa qalbaki ish qilish xalqimizga yarashadimi degan ma’noda so‘ragan 

edim. Kimnidir yaxshi ko‘rish yo yaxshi ko‘rmaslik, albatta, har kimning shaxsiy ishi, ammo meni bu darajadagi 

ahmoqlikka bir ziyolimizning munosabati qiziqtirayotgan edi, xolos. Esiz, hech bo‘lmaganda tor doiradagi suhbatda ham 

O‘zbekiston xalq shoiri u sharmandali ishga millatning vijdoniga yarashiqli munosabat bildira olmadi! Holbuki, men u 

akamizning iste’dodini hurmat qilaman. She’rlarini ham, nasriy asarlarini ham yaxshi ko‘raman! 

171


 Bir yili Sirdaryo viloyatida ham prezident kelishiga bo‘sh qovochaqlarga paxta qo‘yib chiqilganini sirdaryolik bir 

tadbirkor-fermer aytib qoldi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

243 


Odam o‘ziga o‘zi qilarkan-da. “Taqdirin qo‘l bilan yaratar odam!” derkan, o‘tgan 

asrning adashgan bir shoiri shunaqalarni nazarda tutgan shekilli. 

Rosa o‘ylab ko‘rilsa, “paxta qo‘yish” tashabbusi Kottaning o‘zidan chiqqanga 

o‘xshayapti. Chunki pastdagilar bunaqa qaltis o‘yinga o‘z boshlaricha qo‘l urmaydi, 

qo‘l urolmaydi. Nayrangimizni Doda bilib qolsalar, dumbalarimizga tepki yeb qolamiz 

deb qo‘rqadi. Aniq qo‘rqadi. Demak, tashabbus O‘zidan chiqqan! Bosh vazirdan yoki 

undan pastrog‘idan chiqqan taqdirda ham, Kottaning o‘zi “dobro” (rozilik) bergan! 

Shunisi mantiqli va g‘irt haqiqatdir. Chunki Kotta bu ishni oldindan bilmagan bo‘lsa, 

keyin ham eshitmadi, deya olmaymiz. Bu yoqda ustimizdan dunyo kulib turibdi, 

eshitmasligi mumkin emas. Eshitgan. Eshitib turib ham isini chiqarmadimi... 

...mamlakatning asl yuzini shu shilta voqeadan ham bilib olsa bo‘ladi, azizlar. 

 

Kichik xulosa 

 

Hamma gap, hamma masala aylanib-o‘girilib kelib yana-tag‘in O‘zbekistonda 



matbuot erkin emasligiga taqalyapti. Xalq har bir ishga ziyrak munosabatini bildirib 

tursa, boshqaruv ko‘zini ochar, iloji boricha qovun tushirmaslikka harakat qilar edi. 

Hokimiyatga nazoratsiz egalik, u Ega ming aqlli, ming bilimli, ming farosatli 

bo‘lmasin, baribir oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki ozchilik – ozchilik, 

ko‘pchilik – ko‘pchilik. Agar ozchilik ko‘pchilikka (xalqqa) suyanmasa, ko‘pchilik 

bilan kengashib turmasa, g‘oyaviy va axloqiy imkoniyati tezda so‘nishi va ayniy 

boshlashi tabiiy. Keyin boshi xatodan chiqmay qoladi. 

Matbuot erkin bo‘lsa, ozgina toyilishni ham ko‘rsatib tursa, illatlar bemalol urchib 

yotarmidi? “Nima qilib bo‘lsa ham bajarasan!” kabi topshiriqlar bemalol berilarmidi? 

G‘o‘zapoya chanoqlariga bitta-bittalab qaytadan paxta qo‘yib chiqish birovning 

xayoliga kelarmidi? Xayoliga kelgan taqdirda, uni birov ochiqdan-ochiq – el-yurt ko‘zi 

o‘ngida qovochaqlarga yopishtirib-bog‘lab chiqishga jur’at etarmidi?! 

Ha, xalqimiz odamlar gap qiladi deb ham o‘zini tiyib yurishga odatlangan. Qing‘iri 

yo buzuqisi bo‘lsa ham, qishlog‘i yo mahallasidan istihola qilib tek yuradi. Mahallasi 

gapidan hayiqqan kishi qing‘irligini erkin matbuot butun mamlakatga yoyib 

yuborishidan, albatta, cho‘chir edi. Olamga sharmanda bo‘lishdan uyalardi. Bu degani, 

oshkoralik uni to‘g‘ri yo‘lga solib turardi, deganidir. To‘g‘ri odamlar shundoq ham 

tuban ishlardan yiroq yuradi, oshkoralik sharoitida esa uncha-muncha boshibuzuqlar 

ham o‘zini ijtimoiy qolipga solib yurishga majbur bo‘lardi. 

Hozir-chi? Eshik-derazani zich yopib olib, tuynuk-tirqishlargacha latta-putta tiqib, 

toza havo yo‘li mutlaq kesilganidan keyin ichkarida kim nima qilsa qilib yotibdi. 

Mushugini pisht deydigan, deya oladigan kimsa yo nimsa yo‘q. 

Odamga alam qiladigani – nomussizlik, uyatsizlik tavqila’nati bitta prezident ustiga 

tushmaydi, dunyo butun boshli O‘zbekistonimizni, o‘ttiz milyonli xalqimizni uyatsiz, 

nomussiz deb o‘ylaydi. Vatanimiz ustidan kuladi. Va kulyapti ham. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

244 


Yigirma yil ichida sharmandali ishlardan qanchasi bo‘lib o‘tdi. Hammasini marjon 

kabi bir ipga tizib chiqilsa, shoda g‘oyat o‘xshovsiz va xunuk bo‘ladi. Tag‘in ham 

Odam bolasi unutuvchi qilib yaratilgan ekan. Bo‘lmasa, tevarakda bosh ko‘tarib yura 

olmay qolardi o‘zbek. Aslida, hozir ham boshimiz xam. O‘rusiyani qo‘ying, shunday 

biqinimizdagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda o‘zbeklar eshitmagan 

malomat qolmadi. 

Ahvolimiz achinarli bo‘lgani holda matbuotimiz butunlay teskarini yozyapti. 

Ahmoqona siyosat tovoni tagida chirpanarkan, ijod ahliga yaratilgan “misli 



ko‘rilmagan shart-sharoitlar”dan lof uryapti. Sovet davrida ham xuddi shunaqa loflar 

urilardi, lekin O‘zbekistonda matbuot sovet davridagidan battar ko‘yga tushdi! 

Chetning bosimi bilan senzura rasman tugatildi, natija esa xuddi ertaklardagidek bo‘ldi 

– bitta ajdar boshi olindi, o‘rniga o‘sha zahoti o‘n ikkita yangi bosh o‘sib chiqdi! Endi 

bu boshlarni olish o‘ta xavfli: bittasini olsangiz, har biri yana o‘n ikkitadanga ko‘payib 

ketaveradi! 

Ma’rifatsiz siyosatning bunaqa o‘yinlariga o‘ynamaydigan, nayranglariga 

uchmaydigan, nag‘masiga sayramaydigan vijdonli ijodkorlar ham bor, albatta, lekin 

ular ochiq miq etolmaydi. Miq etishga maydon qayda! Qo‘lidan keladigani ‒ ichida 

ming‘irlab qo‘yadi. Bunaqa ming‘irlashdan kimga foyda, yuragi zardobga to‘lgani 

qoladi, xolos. 

Davlat chindan ziyolining ko‘nglini olayin desa, unga “misli ko‘rilmagan sharoit” 

yaratmasin, mansab bermasin, boylikka ko‘mib tashlamasin, unga erkin gapirish va 

erkin yozish huquqini bersin. Ijod ahliga e’tibor va imtiyozning eng ulug‘i va eng 

keragi shu. 

Erkin fikrli ijodkor millatning va davlatning to‘g‘ri maslahatchisidir. Ma’naviyatli 

va ma’rifatli shaxslarni tarbiyalab-etishtirishda uning xizmatini boshqa hech narsa 

bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Bilimi doim to‘g‘ri yo‘lning mayog‘idir. Ish boshiga 

ma’naviyatli va ma’rifatli kishilar kelsa, ular ham ma’naviyatli va ma’rifatli xalqni 

boshqarsa, oxir-oqibatda davlat va jamiyat yutmay kim yutsin! 

Bular xayol emas. Bir zamonlar shunday bo‘lgan, tariximizda misol ko‘p, nasib 

qo‘shgan bo‘lsa bundan keyin ham bo‘ladi. 

 

 



O‘n ikkinchi ko‘chat 

Urchitma-chatishtirma partiyalar

 

 

G‘arb davlatlari bilan o‘rtoq bo‘lish juda og‘ir ham ishonchsiz. “Biz demokratik 



tuzumda yashaymiz, kim nima xohlaganini qiladi”, deb osmondan keladi. Battar bo‘l, 

ammo meni o‘z holimcha yashashga qo‘y, desangiz, darrov arazlab to‘nini teskari 

kiyib oladi. “Mamlakatingda demokratiya qurmasang, men sen bilan o‘ynamayman 

ham, gaplashmayman ham”, deb yosh boladay boshqa o‘rtoq izlab ketadi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

245 


Bo‘yni yo‘g‘on ablahning! Unga qolsa, har qanday shartini so‘zsiz qabul 

qilishingiz kerak, sizning shartingizni eshitishni ham xohlamaydi. Odam degan 

munday tushunishi ham kerak-ku: kechagina kommunist bo‘lgan jamiyat bugun 

birdaniga qanday demokrat bo‘lib qoladi, axir?! 

O‘zing ikki yuz yilda zo‘rg‘alatdan demokratiya o‘rnatding, bizgayam qo‘yib ber, 

besh-olti yuz yilda asta-sekin biz ham kelamiz shu aytganingga, desangiz, ko‘nmaydi. 

Oyoq tirab turib oladi. “Sen bilan o‘ynamayman, tamom-vassalom!”  

Yakkamoxov bo‘lib qolmayin tag‘in deb oxiri uning talabiga ko‘nishga ‒ 

“demokratiya qilish”ga majbur bo‘lasiz. Xo‘p, nima qilsam senga yoqaman, deysiz 

taslim bo‘lib. Shu zahoti qo‘lingizga bir yo‘riqnoma tutqazadi: 



1. Matbuot erkin bo‘lsin, senzura yo‘qotilsin. 

Shuginami? Keyin biz bilan o‘ynaysanmi? Juda katta ishmi deb o‘ylabmiz... 

Bir kunda senzura tugatildi, matbuot erkin deb e’lon etildi. Lekin oldindan 

qulog‘iga birnima deb qo‘yildi shekilli, faqat prezidentni va uning ishlarini maqtashda 

to‘la erkin bo‘ldi va sovet davridagi eski ashulalarini aytib yotibdi. Hech kim, hatto 

davlat ham matbuotning madhiyalarini to‘xtata olmayapti. “Erkin matbuot” ishiga 

aralasholmay ham qolarkansiz. 

2. Saylovlar muqobil nomzodlar ishtirokida, keskin kurashlar ostida o‘tsin. 

Shuyam ish bo‘ldi-yu... Bizda nomzodlikka odam qahatmi? 

Darrov muqobil nomzodlar topildi, kurashlar “qizdirib yuborildi”. Har gal bir kishi 

yutib chiqayotgan bo‘lsa, demokratiya yo‘qligidan emas, o‘sha Bir Kishi 

kuchliligidandir. 

3. Muxolif partiyalar bo‘lmasa, demokratiya bo‘lmaydi. 

Shu xolosmi? Yest qilamiz! 

Shoshilinch chora ko‘rildi: shonli Kommunistik partiya oxirgi jonlari chiqmasidan 

burun


172

 orqamiyasidanmi, yo‘g‘on ichagidanmi urug‘likka har ehtimolga qarshi olti-

ettitacha irs-hujayra olib qolingan ekan, uni Irsiyat ilmiy tekshirish instituti (IrIlTekIn) 

tajribaxonasida “mustaqillik” irs-hujayrasi bilan urchitish uchun jamiyat (“surrogat 

ona”)ning ijaraga olib turilgan bolaqorini (bachadoni)da yasama qochirildi. Amaliyot 

muvaffaqiyatli chiqib, bir-biriga tamoman yot-teskari ikki irs-hujayradan bir kunda 

bitta partiya – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) “yaratildi”. 

                                                

172

 O‘zbekistonda Kommunistik partiya tugatilganidan keyin odamlarning fikri bo‘lindi: ayrimlar halol o‘ldi dedi, 



ayrimlar harom o‘ldi dedi, yana boshqalar uvol ketdi dedi. Haligacha shu mavhumlik kasofatidan qutulolmayapmiz. 

Yetmish yilda qilarini qildi, achinishga arzimaydi-ku, ammo-lekin halol yo harom o‘lgani masalasi meni ham qiziqtirib 

qo‘ydi. 

Rosa o‘ylab qarasam, harom o‘lmagandek. Axir u ko‘cha-ko‘yda yo dala-dashtda sovuqdan yo mastlikdan tarrak qotib 

o‘lib qolmadi, uning bo‘g‘ziga kommunistlarning o‘zi vaqtida pichoq tortvorishdi. Hatto qoni bir qancha vaqtgacha 

tirqirab oqib yotdi. Uylarga, daraxtlarga, ko‘chalarga, o‘tgan-ketganning kiyimiga, yuziga sachrab, sal bo‘lmasa butun 

O‘zbekistonni qizilga bo‘yab qo‘ydi. Haligacha dog‘i ketmayapti. Oramizda u qizil dog‘larni sharaf bilib yuvmay 

yurganlar ham bor! 

Yo‘q, yanayam chuqurroq o‘ylab ko‘rsam, u baribir harom o‘lgan ekan. Birinchidan, yotqizilmasdan, oyoq-qo‘li 

turmaklanmasdan tikkalayiga bo‘g‘iziga pichoq tortib yuborildi. Ikkinchidan, u o‘zi tug‘ilishidan haromi edi, umrini ham 

harom yashadi va oxirida yana harom o‘ldi. U etiyu suyagiyu terisigacha harom bo‘lgan cho‘chqa kabi edi! 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

246 


Dunyoda bunaqa nodir tajriba o‘sha damgacha ko‘rilmagan edi! O‘zbekiston bir-

biriga yot jinslar irsini chatishtirib yangi partiya yaratishda “mustaqillik”ning ilk 

onlaridanoq dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi! 

Yutuqdan esankiramay, erishilgan marrada to‘xtab qolmay, “irs ‒ bolaqorin” 

amaliyoti tag‘in rivojlantirildi. Endi XDPning bolaqorini ijaraga qo‘yildi: har 

qochirilganida xatosiz homilador bo‘laverdi, har gal to‘qqiz oyga borib-bormay, biri 

ikkinchisiga quyib qo‘yganday o‘xshash beshta partiyani patir-putir tug‘ib berdi. 

Partiya soni hash-pash deguncha oltitaga yetdi. 

“Chaqaloq”lar yasama urchitib yetishtirilganiga qaramay, ota ularni xuddi o‘z 

pushtidan bo‘lgan bolalariday qabul qildi. Qo‘liga bir-bir olib suvga solib cho‘qintirdi, 

so‘ngra, garchi ular egizaklarday bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, har biriga boshqa-

boshqa ot qo‘ydi. Bu yasama “bolalar”, xuddi hayvon bolalari kabi, tug‘ilgan zahoti 

urinib-surinib oyoqqa turib oldi. Ota ularning manglayiga taqdirlarini “bitdi”-da, bosib 

tarbiya qildi ‒ izmidan chiqmaydigan qilib qo‘ydi. Bolalar otaga sadoqatda qasam 

ichgach, darrov ro‘zg‘orini boshqa qilib, moddiy ta’minotini o‘z bo‘yniga olib, katta 

hayotga oq fotiha berib yubordi. 

XDP (KPSS) kommunistlariga topshiriq tushdi: boshlabiga yuzta-ikki yuztadan 

a’zoingni (keyinchalik o‘ziniki qilib olish sharti bilan) yangi “tug‘ilgan” partiyalarga 

ber, deyildi. Yetmaganiga mardikor bozori ko‘rsatildi: ish axtargan bekorchilar tiqilib 

yotibdi, ko‘rkam-ko‘rkam, polvon-polvonlaridan ajratib olinib, “vazifa” tushuntirildi, 

xizmat haq kelishildi va opkelib kabinetlarga kiritib yuborildi – O‘zbekistonda yangi 

partiyalar shu tariqa dadil-dadil tuzib tashlandi.  

Yana qanday topshiriqlar bor, G‘arb aka? 

4. Parlament ko‘ppartiyaviylik asosida ishlasin. 

Albatta-da! “Muxolif partiyalar” bo‘lganidan keyin Oliy Majlisga ham har biridan 

vakil saylanadi. Vakil saylangach, parlament ichida ular o‘zlarining bo‘limchalarini 

ochishga haqlidirlar. Ayniqsa, bu bo‘limchalar xuddi ovrupachasiga “fraksiya” deb 

atalsa, g‘irt demokratiyaga o‘xshab qoladi. 

Shunday qilib, bir ishora bilan O‘zbekiston parlamenti ko‘ppartiyaviylik asosiga 

o‘tkazildi. Raqobatchi bo‘limchalar “tashkil etildi”. Xuddi demokratik chet 

ellardagidek! Oti ham “fraksiya”! O‘shandan beri o‘zlaricha birnimalarni “talashib-

tortishib”, “muhokama qilib” yotishibdi. 

Yana nima kerak? Shuncha aytganingni qildim, kelmaysanmi endi, birga 

o‘ynaylik! 

Yo‘q, anov bo‘yni yo‘g‘on demokratlar haliyam arazda: bular hammasi soxta 

emish... 

Ja-a xit qivordi o‘ziyam. He, bor-e, o‘ynamasang o‘ynama, dedik-da, irslarni 

urchitib “tug‘dirilgan” oltala partiyamizni oyoqqa turg‘izvolib, keyinroq ikkitasini 

bittaga, undan keyin yana ikkitasini bittaga chatishtirib-qo‘shib, oltitadan to‘rtta 

qoldirib (!), mana, nechchi yildan beri o‘zimiz bilan o‘zimiz o‘ynashib yotibmiz, bir 

yerimiz yiyilib qolgani yo‘q... 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

247 


Hazil hazil bilan, lekin bu gaplarning tagi chin. Bizdagi partiyalar bilan hazillashib 

bo‘lmaydi. Hammasi jiddiy. Ularni qisqacha tanishtirib o‘tamiz. 

 

1. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP). Sovet Ittifoqi (O‘zbekiston 

Sovet Sotsialistik Respublikasi) Kommunistik partiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi, 

uning negizida tug‘ilgan, SSSR parchalanib ketganidan keyin bir yumalab otini va 

tusini o‘zgartirib do‘ngan partiya. Otini “Xalq demokratik” demay, “Do‘nganlar 

partiyasi” desa ayni to‘g‘ri bo‘lardi. 1991 yil 1 no‘yabirda tashkil topgan. 

Kommunistligida oliy maqsadi alohida olingan bir mamlakatda kommunizm qurish 

edi, “xalq demokratlari”ga do‘nganidan keyin oliy maqsadi alohida olingan kichik bir 

mamlakatda buyuk kelajak qurish bo‘ldi! Markaziy nashri “O‘zbekiston ovozi” hamda 

“Golos Uzbekistana” gazetlari. O‘zbekchasining shiori: “Shu aziz VATAN – 

barchamizniki!” (Diqqat qiling: aslida muxolifatchi bo‘lishi kutilgan bu sho‘rlik 

siyosiy partiyaning o‘z so‘zi, o‘z shiori ham yo‘q, Yurtboshining jo‘n va chuchmal bir 

gapini peshanasiga bitib olgan!) Gazet ham partiyasi singari kommunistlarning “Sovet 

O‘zbekistoni” gazetidan otasiz tug‘ilgan. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida 

“...vich”i yo‘qligi shundan: eskisidagi “sovet” so‘zi o‘rniga yozilgan “ovozi” so‘zi 

otasidan “mustaqil” ajrab chiqqanini bildiradi. 

 

2. “Vatan taraqqiyoti” partiyasi. Oshkoralik yillari ko‘zi sal-pal ochilib qolgan 

ziyoli yoshlarning xumorini bosib turish hamda noroziliklarni ko‘chadan ichkariga olib 

kirib, so‘ngra bo‘g‘ib tashlash uchun tashkil qilingan partiya. Markaziy nashri haftalik 

“Vatan” gazeti edi. Kunlardan bir kun partiyasi yetti yot begona bir partiyaga – 

O‘zbekiston “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (O‘zFMDP)ga qo‘shib 

qo‘yildiyu gazeti ham chimildiq ortida o‘zidan o‘zi yopilib ketdi. Bu “zo‘raki 

nikoh”dan keyin “Vatan taraqqiyoti” partiyasining sobiq a’zolari “o‘zlariga xos va 

o‘zlariga mos” siyosiy ehtiyojlarini qayerda va qanday qondirib yurganini el bilmaydi. 

Taloq ne, rosmana o‘lgan desa ham bo‘ladi. Jasadi O‘zFMDPning shilta bag‘riga 

ko‘mildi. 

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling