Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


 O‘zbekiston “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (O‘zFMDP)


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56

3. O‘zbekiston “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (O‘zFMDP). 1998 yil 

28 dekabirda tashkil topgan. Markaziy nashri “Fidokor” gazeti. Bu partiya chala 

tug‘ilganidanmi, mustaqil o‘laroq uzoq yashamadi: partiyalarning qo‘shma 

Qurultoyida O‘zFMDP “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bilan bir yostiqqa bosh qo‘yishga 

majbur qilindi. Partiya dasturiga prezidentning “Elim deb, yurtim deb deb yonib 

yashash kerak!” degan so‘zi mayoq qilib olingan. Bu partiya aslida kimning partiyasi 

ekanini shundan ham bilib olsa bo‘ladi. Kimning partiyasi bo‘lsa bo‘lsin, chala baribir 

chala bo‘larkan. Jonsiz tomirlariga yangi qon quyish (“Vatan taraqqiyoti” partiyasini 

qo‘shish) bilan yashatib qolishga ming urinilmasin, oradan hech qancha o‘tmay yana 

ikki partiyaning qo‘shma qurultoyi chaqirilib, unda endi “Fidokor” yetti yot begona 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

248 


boshqa partiyaga – “Milliy tiklanish” partiyasiga qo‘shib yuborildi va... aslidan nom 

ham, nishon ham qolmadi. 

 

4. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP). 1995 yil 3 

iyunida tashkil etilgan. “Millatning ma’naviy birligi; Vatan – yagona oila; Kuchli 

demokratik davlat; Milliy qadriyatlar; Ilm-texnikaviy taraqqiyot va integratsiya; 

Zamon kishisi; Milliy istiqbol” kabi chuchmal va aldamchi g‘oyalarni harakatining 

asosiy yo‘nalishlari deb e’lon qilgan. E’tibor bering: bu masalalar alohida partiya 

bo‘lib uyushishga arziydigan g‘oyalar emas. Bularni nari borsa bironta nodavlat jamoat 

tashkiloti yoki jamg‘armasi o‘ziga shior qilib olsa bo‘ladi. Partiya siyosiy maqsadni 

ko‘zlamas ekan, u aslo siyosiy partiya bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham turli toifadagi 

“partiya”lar osongina bir-biridan ajrab yoki bir-biriga qo‘shilib ketmoqda. Markaziy 

nashri haftalik “Milliy tiklanish” gazeti. Hozir ham ish boshida. Shiori: “Vatan 

tuyg‘usi har narsadan ustun”. Oddiylikka ham tortolmaydigan jo‘n bir gap. “Har 

narsadan ustun” degani qolgan barcha tuyg‘ular undan ostda deganidir. Hol bu ki, 

bizda tez-tez boshqa ko‘p tuyg‘ular ham “har narsadan ustun” deb e’lon qilib turiladi. 

Masalan: “Mustaqillik tuyg‘usi har narsadan ustun”. Duch kelgan tug‘ruqxonaga 

kiring, devoriga: “Onalik tuyg‘usi har narsadan ustun!” deb yozib qo‘yilgan. Va 

hokazo... 

 

5. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (O‘zASDP). 1995 yil 18 

aprelida tashkil etilgan. Fikr tarqatuvchisi haftalik “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazeti. 

Shiori: “Inson manfaatlari – oliy qadriyat”. Diqqat qiling: hech jahonda inson 

manfaatlari oliy qadriyat bo‘la oladimi? “Inson manfaatlari – oliy maqsad” deyilganida 

ham harna edi. 

 

6. O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP). 2003 yil 15 

no‘yabirida “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik 

partiyasi”ning Ta’sis qurultoyida tashkil qilingan. Markaziy nashri “XXI asr” ijtimoiy-

siyosiy gazeti. Haftada bir marta chiqadi. Shiori: “Ishbilarmon, mardlik va shijoat 

sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd 

kishilardan yaxshidir!” Diqqat qiling: Bu shior Amir Temurning “Tajribamda 

ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, 

loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan so‘zidan qo‘pollarcha tahrir qilib olingan. Ayrim 

so‘zlari boshqacha bo‘lsa ham, shiorning egasi Amir Temur ekani qat’iy. Ammo 

hayronman: liberal-demokratik yo‘lga Amir Temurning yoki Amir Temurga 

O‘zLiDepning nima aloqasi bor?! Ya’ni, hech qanday aloqasi yo‘q! 

 

Demokratiyaning bitta talabi ko‘ppartiyaviylik bo‘lsa, ko‘rilganidek, 



O‘zbekistonda unaqa partiyalardan birato‘la 6 (olti) tasi tuzib tashlandi. Bu borada 

demokratiyaning namunasi bo‘lmish Amrikani ham ortda qoldirib ketdik. Amrikada 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

249 


chuli-chulilarini demaganda, hokimiyat talashadigan bor-yo‘g‘i ikkita – 

Respublikachilar partiyasi bilan Demokratlar partiyasi bo‘lsa, O‘zbekistonda naq 

oltita! 

Albatta, ikkitasi bir partiyaga, undan keyin yana ikkitasi bittaga birlashib, endilikda 

to‘rt partiya qoldi, lekin baribir ikkita emas-da! 

Bitta-ikkita mayda-chuyda farqimiz bor. Masalan, Amrikada partiyalar o‘rtasidagi 

raqobat bir kunga ham to‘xtamaydi – iqtidordagi partiya doim qarshi partiyaning 

tanqidiy nazorati ostida bo‘ladi. Ayniqsa, saylov yaqinlashganida Amrikaning tinchi 

butkul buziladi: har ikkala partiya butun kuch-qudrati, salohiyati, mol-dunyosi, hatto 

hiylayu nayrangini ishga solib, hokimiyat uchun hayot yo o‘lim jangiga kiradi. 

Bizda esa, aksincha, hech bir partiya hokimiyat talashmaydi

173


. Hammasi ahil-inoq. 

O‘zbekistonda hammayoq tinch. To‘rtala partiya bir yoqadan bosh chiqarib, to‘rtta 

og‘iz bir og‘izga aylanib, har gal eski prezidentning nomzodini qo‘llaydi. Saylovdan 

keyin ham prezident siyosatini tanqid qilmaydi, aksincha, yaxshiyu yomon barcha 

ishini olqishlaydi, u belgilab bergan yo‘ldan borib, tinimsiz va  yana tinimsiz ravishda, 

u kishi buyurgan ishlarni, olib borayotgan “tub va izchil islohotlar”ni hayotga tatbiq 

etish bilan shug‘ullanadi. 

Amrikada muxolif partiyalar prezidentlikka nomzodni oldin o‘z ichlaridan saylab 

oladilar. Bu palla ham juda qizg‘in kechadi. Bizda Muhtaram Prezident hamma 

partiyaning faxriy a’zosi! Faxriy a’zo ne, Bosh kotibi! Demak, prezidentlikka hamma 

partiyadan birinchi no‘mirali nomzod! Boshqa nomzod ko‘rsataman deb xomtama 

bo‘lmang, tortishmang ham! 

To‘rttala partiyaning ham “Rais”i to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona boshliqqa – shu “Bosh 

kotib”ga bo‘yin sunadi. O‘zining mustaqil g‘oyasi, mustaqil yo‘li, mustaqil mafkurasi 

bo‘lmagani uchun “Bosh kotib”ning yo‘l-yo‘rig‘idan zig‘ircha chiqmaydi, siyosatini 

to‘lasicha qo‘llab-quvvatlaydi! 



“O‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘l” deganimiz shu! Gazetlarni o‘qing, radio-

televideniyega quloq soling: butun dunyoni hayratga solayotgan, tajribasini o‘rganish 

ilinjida butun dunyo navbatda turgan O‘zbekistonning taraqqiyot modeli – “o‘zbek 

modeli” deganlari shu! 

 

I. Endi bu umumiy fikrlarimizni misollar bilan isbotlashga harakat qilamiz. Gapni 



oliftaroq nomli “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” va uning fikr tarqatuvchisi, 

yanayam olifta nomlangan “XXI asr” gazetidan boshlaymiz. 

                                                

173


 Partiya tuzishdan maqsad madaniy yo‘l bilan hokimiyat talashish bo‘lgani holda O‘zbekistonda bironta partiya 

hokimiyatga ko‘z tikmaydi, tikolmaydi ham. Bordiyu chetellarning ko‘zini bo‘yash uchun prezidentlikka nomzod 

ko‘rsatgan taqdirida u partiya a’zolaridan tortib o‘sha nomzodning o‘zigacha bir ovozdan Islom Karimovga ovoz beradi 

va buni uyalmay-netmay teledan butun xalqqa aytaveradi (1999 yilgi prezidentlik saylovida XDPdan nomzod etib 

ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov shunday degan. 2014 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod, huquqshunos Akmal 

Saidov ham o‘zining saylovchilariga “Prezidentga (ya’ni, Islom Karimovga) ovoz beringlar!” degan). Bu turishda 

hokimiyat talashish madaniy, ochiq usuldan yopiq va yovvoyi usulga ko‘chadi. Ya’ni, bugun O‘zbekistonda hokimiyat 

uchun tepada sanalgan ochiq partiyalar emas, hech qaysi partiyada nomi uchramaydigan shaxslar ‒ Islom Karimov, 

Gulnora Karimova, Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov v.b. zimdan kurashib yotishibdi.  


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

250 


Gazetning 2011 yil 21 yanvar sonini qo‘lga oling. 1-betga ko‘z yugurtiring. Muxbir 

Qahramon Saydaliyevning “Munosabat” ruknida e’lon qilingan “Izchil islohotlarning 



amaldagi samarasi” maqolasini o‘qing

174


. Unda O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya 

qo‘mitasi raisi Muhammadyusuf Teshaboyevning mana bunday so‘zlari keltirilgan: 



“Yurtboshimizning 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 

yakunlari va 2012 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan ma’ruzasi har birimizni yangi marralar sari ruhlantirganini alohida 

ta’kidlash lozim. Ma’ruzada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘ri tanlangan 

yo‘lning tarixan qisqa muddatlardagi amaliy natijalaridan dalolatdir. Bu ayni paytda 

olib borilayotgan tub islohotlar samarasining amaldagi yorqin namunasi ham bo‘ldi. 

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ma’ruzani kelgusi o‘nyilliklarga mo‘ljallangan va aniq 

maqsadlarga qaratilgan konseptual dasturlarning uzviy davomi, deyish mumkin”

Yana shu sonning 1 – 2-betlarida “Parlament faoliyatini Konsepsiya talablariga 



moslashtirmoqda” sarlavhali maqola berilgan. Parlament ko‘ppartiyaviylik asosida 

tashkil bo‘lganini hisobga olsak, bundan, demak, hamma partiyalar faoliyatini 

Prezidentning Konsepsiyasi talablariga moslashtirayotgani anglashiladi. Agar gap 

O‘zLiDeP fraksiyasi faoliyatigagina tegishli bo‘lsa, unda ham qiziq: Prezident taklif 

qilgan Konsepsiyani jiddiy tahlil qilish, xatolari bo‘lsa, unga qarshi o‘zlarining 

konsepsiyalarini ilgari surish o‘rniga, “so‘zsiz qabul qilib”, “to‘la ma’qullab”, “butun 

faoliyatini Prezident talablariga moslashtirib” olyapti! Prezidentning ma’ruzasi ko‘p, 

yillik hisobotlariyu ilgari surgan g‘oyasi ko‘p, mantiqan bir-biriga raqib bo‘ladigan 

partiyalar o‘z faoliyatlarini har gal ularga moslashtiraversa, bundan boshqa ish ham 

qiladimi bu partiyalar, degan savol tug‘iladi. O‘zining yo‘lidan yurishga vaqti 

qoladimi? O‘zi, umuman, bu partiyalarning o‘z yo‘li bormi? 

Shu sonning 5-betida O‘zLiDeP Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 

Toshkent, Namangan, Qashqadryo va Xorazmda partiyaning shahar-viloyat 

kengashlaridagi yig‘ilishlar Prezident taklif etgan Konsepsiyani muhokama qiladi. 

Hammasi bir ovozdan ma’qullaydi, “ma’ruzadan kelib chiqadigan vazifalari”ni 

belgilab oladi. 

10 fevral sonining 1-betida gazet muxbiri Nosir Toshevning “Ustuvor 

maqsadlarimiz ijobat bo‘lg‘usidir” maqolasi chop etilgan, unda: “Yurtboshimiz 

rahnamoligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yangilanishlar... 

o‘z samarasini bermoqda...” deyiladi. 

3-betda, partiya hayoti yoritilgan “Mas’ullik shahodati” maqolasida: 



“Fraksiyaning navbatdagi (bundan keyingi, demoqchi. – N.M.R.) faoliyati 

Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan Konsepsiyada ilgari surilgan asosiy 

yo‘nalishlardan kelib chiqib tashkil etilmoqda”, deyilgan. 

                                                

174

 Jiddiy eskartish: misolda keltirilgan ism va sarlavhalardan, faqat shular shunaqa ekan, deb chalg‘ib qolinmasin. Aslida, 



butun OAVmizning va jurnalistlarimizning ahvoli bir. Bu yerda so‘zimizning isbotiga va umumiy holatni baholash uchun 

bir-ikki misol keltiryapmiz, xolos. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

251 


Bu misollardan xulosa: demak, O‘zLiDePning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z 

konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident 

yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u prezident  partiyasidir. 

 

II. Endi O‘zbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasining “g‘oya-



maqsadlari”ni o‘rganib chiqamiz. 

Partiyaning fikr tarqatuvchisi “Adolat” gazeti 2011 yil 21 fevral sonida 

“Munosabat” ruknida “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Anvar Sulaymonovning so‘zini 

bergan. U ko‘rga hassaday qilib: “Konsepsiya – taraqqiyotimiz dasturi” deb yozadi. 

2-betda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat taraqqiyotining 

garovi” nomida davra suhbati berilgan. Unda: “Prezidentimiz rahnamoligida xotin-

qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirish, huquq va manfaatlarini 

ta’minlash, salomatligini mustahkamlash, intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, 

oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida keng 

ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi. 

E’tibor berilsa, “tashabbuslari bilan...”, “rahnamoliklarida...” amalga oshirilayotgan 

ishlar va cheksiz g‘amxo‘rliklar haqida gap borganida, odatda, jumlalar uzun tuziladi,  

bitta gapda hamma yaxshilikni sanab o‘tishga tirishiladi va, natijada, deyarli 

hammasida “mustahkamlash”, “yanada demokratlashtirish”, “yuksaltirish”, 

“ta’minlash”, “keng ko‘lamli”, “tub islohotlar”, “izchil islohotlar”, “amalga 

oshirilmoqda”, “ustuvor yo‘nalishlar” kabi jujur so‘z va iboralar qayta-qayta 

takrorlanadi. Bu so‘zlar ko‘p chaynalgani va o‘rinli-o‘rinsiz ishlataverilganidan ayrim 

hollarda ma’no mutlaqo anglashilmay qoladi. Bunaqa matnlarni o‘qiyversangiz, 

mualliflari ma’noga ko‘p ham urg‘u bermayotganini anglab qolasiz. Chindan ham, 

ma’no o‘zi nimaga kerak?!. 

Bu misollardan xulosa: demak, “Adolat” SDPning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z 

konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident 

yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u Prezident  partiyasidir. 

 

III. “Adolat”da hol bu bo‘lsa, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik 



partiyasida nima gap ekan, deymizu partiyaning ko‘zgusi – “Milliy tiklanish” gazetiga 

boqamiz. 

2011 yil 5 yanvar 1-soni 3-betida “O‘z-o‘zini tanqid” ruknida “Quyi bo‘g‘in 

kuchli bo‘lsa, elektorat bilan aloqa yanada mustahkamlanadi” sarlavhali maqola 

bosilgan. Unda jumladan bunday deyilgan: “Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari 



surilgan g‘oya va maqsadlarni keng aholi ongiga singdirish, targ‘ibot-tashviqot 

ishlarini jonlantirishda partiya tashkilotlarining o‘rni katta...” 

Iye, bu partiya ham boshqa partiyalar singari bir xil sayrayapti-ku. Demak, “Milliy 

tiklanish” DP joylardagi tashkilotlarining asosiy ishi, xuddi boshqa partiya 

tashkilotlarining vazifasi singari, o‘z partiyasining g‘oya va maqsadlarini emas, 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

252 


Muhtaram Prezidentning g‘oya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish, keng ko‘lamda 

targ‘ib-tashviq qilish ekan! 

Gazetning 19 yanvar soni “O‘zMTDP hayoti” ruknida chop etilgan “Taraqqiyot 

konsepsiyasi. O‘zMTDP hududiy tashkilotlari mazkur hujjatdan kelib chiqadigan 

vazifalarni belgilab  olishdi” degan xabar-maqolada o‘rtaga quyuq harflar bilan 

ushbular ajratib yozilgan: “Plenumda Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruzasida (Oliy 

Majlis qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 no‘yabir qo‘shma majlisida 

prezident qilgan ma’ruza haqida gap ketyapti. – N.M.R.) belgilangan vazifalarni 



amalga oshirish yuzasidan O‘zMTDP viloyat partiya tashkilotlarining Harakat dasturi 

tasdiqlandi”

2 fevral. “Hamkorlik” rukni. “MAHALLA O‘zMTDPning eng yaqin hamkori” 

maqolasidan ko‘chirma: “Bunga, ayniqsa, istiqlol yillarida Yurtboshimiz 

rahnamoligida mahalla instituti yildan-yilga takomillashib va rivojlanib borayotgani 

yorqin dalil bo‘la oladi...” 

Hamma ish Yurtboshi rahnamoligida qilinayotgan va to‘g‘ri qilinayotgan bo‘lsa, 

oyoq tagida sen nimaga o‘ralashib yuribsan, ey O‘zMTDP? 

2011 yil 10 avgust kungi 31-sonida yuridik fanlari doktori, professor Shuhrat 

Ro‘zinazarov “MILLIY QADRIYATLAR. Uni e’zozlash va huquqiy madaniyatni 

yuksaltirish – demokratik taraqqiyot garovi” maqolasi bilan chiqadi. Maqolaning 

kamida olti joyida Prezidentdan iqtibos keltiradi, unga suyanadi, to‘lasicha Prezident 

so‘zlari ruhida fikrlaydi. Undan tashqarida na shaxsiy va na partiyasining fikri bor. Bir 

zamonlar bu kabi lektor-professorlar Kompartiyaning har bir qarorini sharhlab shu xil 

ma’qullov maqolalar yozib turardi. O‘shalardan hech farqi yo‘q... 

Bu misollardan xulosa: demak, O‘zMTDPning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z 

konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident 

yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u Prezident  partiyasidir. 

 

IV. Kichiklardan nihoyat kattaga keldik. Endi so‘z O‘zbekiston XDPsi haqida. 



Muxoliflik darajasi masalasida boshqalarining holini ko‘rdik, qani, boqaylik-chi, 

kommunistlikdan demokratlikka do‘ngan partiya nichik ekan? 

Burun “Sovet O‘zbekistoni” jurnalistlar davrasida “otaxon gazet” deb tilga olinardi. 

Uning egasi Kompartiya tugatilib kommunistlar eski choponlarini XDPga yangilagach, 

gazet ham bir yumalab oldiyu kechagacha kuylab kelgan g‘oyalaridan tondi. “Sovet” 

so‘zi “ovoz”ga aylanib gazetning “bosh”i sal o‘zgardi, ammo kuychi jurnalistlarning 

boshlari almashmadi, eski bo‘yicha qolaverdi. Boshlari o‘zgarmagani bilan sayrashlari 

o‘zgardi ‒ endi ular tushunarsiz bir ovozda tushunarsiz bir nag‘mani olib yotishibdi. 

 Misollar: 

“O‘zbekiston ovozi”ning 2011 yilgi ayrim sonlarini ko‘zdan kechiramiz. 

18 yanvar sonida gazeta “Qog‘ozdagi rejalar qachon bajariladi?” deya sal 

ilgariroq – 2010 yil 2 dekabir kuni berilgan tanqidiy material orqasidan tekshiruv 

o‘tkazadi. Unda Bo‘ka tuman partiya kengashi ishi tanqid qilingan ekan. “Shuningdek, 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

253 


qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari ijrosi ustidan deputatlik va 

jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi... zarur edi”, deyilgan. Bundan, demak, xalq 

deputatlari tuman kengashidagi deputatlik (XDPdan, albatta) guruhi rahbari 

Abdurashid Rasulovning asosiy vazifasi o‘z partiyasining g‘oya va maqsadlariga 

xizmat qilish emas, “qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari ijrosi 



ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘rnatish...”dir, degan xulosa chiqadi. 

3 fevral sonining bosh maqolasi “Inson hayoti va salomatligi hamma narsadan 



ustun” deb ataladi. Unda: “O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillar mobaynida 

aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Islom Karimov tashabbusi bilan yaratilgan favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va 

harakat qilish davlat tizimining (FVDT) kuchlari hamda vositalari tomonidan amalga 

oshirilmoqda”, degan kabi jumlalar bor. Butun diqqatingizni bir yerga to‘plang-da, bu 

jumlani eniga ham, bo‘yiga ham qayta-qayta o‘qib ko‘ring. Oldidan orqaga qarab 

o‘qisangiz ham, orqasidan oldiga qarab o‘qisangiz ham natija bir xil – hech narsa 

tushunmaysiz. Ortiqcha so‘zlarni olib tashlab, yetishmayotganlarini qo‘shib, o‘rin 

almashtirib, bir balo qilib ma’noni tushunib olishingiz mumkin, ammo... obunaga pul 

to‘lagan oddiy o‘quvchiga bu gaplar nimaga kerakligini anglamay qolaverasiz. 

“Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)” ham 

boshqalarning emas, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 

tashabbusi bilan yaratilganini bilib olasiz, xolos. Hol bu ki, buni har gazetda, har sonda 

uqtirishga sira hojat yo‘q. Chunki O‘zbekistonda prezident Islom Karimov 

tashabbusisiz bironta ish yo yaxshilik qilinmasligini xalqimiz yigirma yildan beri 

biladi! 


Yana shu son gazetning 2-betida “Fraksiya faoliyati” ruknida bitta surat berilgan, 

suratga tahririyat bunday so‘z yozgan: “Yurtboshimiz mamlakatimiz taraqqiyotini 



belgilab bergan Konsepsiyada: “Islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, 

mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo‘lidagi sa’y-

harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy 

va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o‘z-o‘zidan ayonki, birinchi navbatda 

siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O‘zbekistonimiz taqdiri va 

kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga qay 

darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liqdir”, deya ta’kidladi. 

Shundan kelib chiqib Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz o‘z 

pozitsiyasi va qonun ijodkorligi faoliyatining yo‘nalishlarini belgilab oldi”. 

Shu so‘zning shundoq ostida “O‘zXDP hayoti” ruknida “Konsepsiya – 



faoliyatimiz dasturilamali” sarlavhasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona 

va Surxondaryo viloyatlarida Konsepsiya muhokamasiga bag‘ishlangan partiya 

kengashlarining yig‘ilishlari haqida turkum xabarlar bosilgan. Unda jumladan: “Oliy 

Majlis palatalari qo‘shma majlisida Prezidentimiz ilgari surgan Konsepsiya partiya 

tashkilotlarida chuqur o‘rganilmoqda. Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

254 


vazifalarni amalga oshirishda partiya a’zolari ishtiroki va tashkilotlar o‘rni atroflicha 

tahlil qilinmoqda”, deyilgan. 

9 iyun kungi 69-sonida “Qaror va ijro” ruknida “Uy-joy shirkatlari: yuksak 



samaralar” nomli maqola chop etilgan. Unda: “Prezidentimiz Islom Karimov 

rahnamoligida kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, xizmatlar 

sifatini, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan”, deyilibdi. 

Shu sonning 2-betida “Burchga bo‘lgan munosabat yoki hokim deputatlardan, 



Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling