Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “В 1964 году Каримов женился на еврейке Наталье Петровне (Пинхусовне) Кучми, через два года у них родился сын Петр”
- “Fund Forum” madaniyati, “Fund Forum” mafkurasi
- “Fund Forum jugend”
- Oq paxtaning qora ishlari
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 227
Vatandosh biron-bir yot yurtda boshiga mushkul tushsayu ko‘zini javdiratib- mo‘ltiratib davlatiga qarasa (elchixonaga bosh urib borsa), davlati (elchixona) uni himoya qanoti ostiga olish o‘rniga, “Bu yoqqa kelayotganingda bizdan ruxsat olmagansan, qonunga xilof tarzda kelgansan, endi ham o‘zingga o‘zing egalik qilaver, davlatdan himoya kutma!” deyishi qanchalar ajablanarli eshitiladi. Himoyaga muhtoj vatandoshini taqdir ko‘chalarida o‘z boshiga yolg‘iz va qarovsiz tashlab qo‘yguvchi bunaqa “ota”ni, bunaqa davlatni keyin kim suyadi?! 154
Bir kuni bu “ota” ham, bu davlat ham himoyaga muhtoj bo‘lib qolishi mumkin. Vaqtida o‘zi himoya ko‘rmagan “bola” davlati boshiga tashvish tushganida otilib chiqib uni himoya qilarmikan?! Yo‘q. Chapak ikki qo‘ldan chiqadi – himoya qilsa, himoya ko‘radi. To‘g‘ri, davlatdan ruxsat olmagandir, uch-to‘rt tanga peshonaterini poraxo‘rdan asrab qolish uchun mamlakatdan rasmiy yo‘l bilan chiqmagandir, ammo og‘irligini sizga tushirmaslik uchun, hamma qiyinchilikni, hatto o‘lim ehtimolini ham bo‘yniga olib ishga ketibdimi, shukr qilmaysizmi, “Ota”?! Ko‘zini lo‘q etib: “Nima qilsang qil ‒ ish top! Bola-chaqamning qornini to‘yg‘az! Gaz ber, chiroqni yoq! Eplayolmasang, taxtni bo‘shat!” deb turib olganida nima qilardingiz?! Xayriyat,“bolalaringiz” betgachopar emas. Mamlakatni to‘ydirib, kiyintirib, isintirib o‘tirish birinchi galdagi vazifangiz bo‘lgani holda shuni ham yuzingizga solmaydi. Do‘ppingizni osmonga otsangiz arziydi, “Ota”! Chunki siz jirkanadigan shu yoshlar to‘rt tanga ilinjida dunyoga sochilgani bahonasida bu yoqda siz katta-katta tashvishlardan qutulib o‘tiribsiz: 1. Ish topib berish va boqish tashvishidan. Ishni yer tagidan bo‘lsa ham o‘zi topyapti. Ota-onasini, bola-chaqasini eplab-netib o‘zi boqyapti. 2. Mamlakat xazinasini to‘ldirish tashvishidan. “2012 yili o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga 2011 yilga solishtirganda deyarli 1,5 milliard dollarga yaqin ko‘proq mablag‘ yuborgan. Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra bank jo‘natmalari orqali O‘zbekistonga 2012 yilda 5 milliard 700 million dollarga yaqin pul yuborilgan” 155 .
“Rossiya Markaziy Bankining so‘nggi ma’lumotlari bo‘yicha o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari 2012 yili o‘z Vatanlariga 6 milliard dollarga yaqin pul yuborishgan. AQSH Markaziy Istihborot Agentligi hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2012 yilda 51 milliard dollardan sal ko‘proq bo‘lgan. Demak, birgina Rossiyadan mehnat muhojirlari yuborgan mablag‘ O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 10
154 O‘z uyi va qishlog’ida aziz bo‘lgan insonimiz chetlarda xor-zor yurgan, kamsitilayotgan, xo‘rlanayotgan, hatto o‘ldirib yuborilayotgan bo‘lsa, sababini u davlatlardagi adolatsizliklardan ko‘ryapmiz, nonko‘r o‘risni so‘kyapmiz. Ammo o‘zimizda-chi?! Viloyatlardan ish axtarib Toshkentga kelgan yoshlar o‘zlarining mamlakatlarida, o‘z poytaxtlarida chetdan battar xo‘rliklar ko‘rmayaptimi?! Sho‘rliklar ko‘cha-ko‘yda, bozorda, metroda bemalol yura olmaydi. Gavjum yerlarga maxsus zirhlangan avtobuslar qo‘yib melisalar “qishloqi”larni xuddi hayvon misol ovlab o‘tiradi. “Otdelga oboramiz!” deb qo‘rqitadi, bor pulini shiladi, ayrimlarini hatto qamab ham qo‘yadi. O‘zimizniki bunaqa qilib turganidan keyin bolalarimizni chet davlat hurmat qilsinmi?! 155
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 228
foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi va O‘zbekistonning paxta va gaz eksporti daromadidan ko‘proqdir” 156 .
yana mardikor lippasiga qistirib olib kirayotgan pul qancha! Endi buning ustiga Qozog‘iston, Janubiy Quriya, Turkiya, Amrika, Kanada va Ovrupa mamlakatlaridan kelayotganlarini qo‘shing-chi!.. “O‘h-ho‘!” deb yuborasiz. Shukr qiling, “ota”, o‘sha siz jirkanadigan dangasalar topib kelayotgan pul hisobiga mamlakat amal-taqal yashab turibdi. Aholida sotib olish qobiliyati o‘lmagan bo‘lsa, chetdan kirayotgan pul hisobigadir. Moshinalar, qurilish ashyolari sotib olyapti, uylar quryapti, to‘ylar qilyapti ‒ bozorlar aylanib turibdi. Ya’ni, siz jirkanadigan dangasa ‒ dunyoga yoyilgan sho‘rlik mardikor qulday ishlab, o‘zi bilib-bilmay davlatiga juda katta ko‘mak berib yotibdi! Olti (6) milyard do‘llar mamlakatga bir yil kirmay qolsin, nima bo‘larkin. Nima bo‘lardi, iqtisod o‘tiradi, g‘alayon boshlanadi... 3. Isyon ehtimolidan. Qiziqqon, ko‘chalarga otilishga doim tayyor qatlam asosan yoshlardir. Buni dunyo jamiyatshunoslari, siyosatchilari va iqtisodchilari – hamma biladi. Buni, albatta, siz ham bilasiz. O‘zbekistonda yoshlarning katta qismi chetellarga chiqib ketib, tirikchilik tashvishlari bilan ovora. Davlatning ham, boshliqlarining ham mushugini pisht deyayotgani yo‘q. Bu yoshlarning boshidan suv o‘girib ichsangiz arziydi. Ularning ko‘nglini olishingiz, iloji boricha chetga chiqib ishlashiga rag‘batlantirishingiz, orqalaridan qayg‘urishingiz, Vatanda qolgan yaqinlaridan xabar olib turishingiz lozim. Kerak bo‘lsa, maxsus qonun chiqarib, chetda ishlab pul topib kelayotganlarning kelajagini ham ta’minlab qo‘yishingiz, ya’ni, bu yoshlar qariganida yetarlicha nafaqa olishlariga sharoit yaratishingiz kerak. Axir, isyonga moyil yoshlar qancha uzoqda yursa, sizga shuncha yaxshi emasmi?! Ustoz Istalin bir vaqtlar: “Odam bor – tashvish bor. Odam yo‘q – tashvish ham yo‘q” (“Net cheloveka – net problem”) deb bekorga aytmagan. Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham qo‘lidan bir ish keladigan, yosh, g‘ayratli, ayniqsa, uncha-muncha tushunchali odamlar qancha kam qolsa, sizning boshingiz, davlatning qulog‘i shuncha tinch. Shunday ekan, bo‘lar-bo‘lmas xarxashalar ila miyangizni og‘ritmayotgan yoshlardan tonish tugul, bir umr minnatdor bo‘lishingiz kerak, “Ota”! “Ota”likning so‘raladigan bunaqa tomonlari ham bor! Topishiga sherik bo‘lsangiz- u, tashvishidan o‘zingizni olib qochsangiz, bunaqada sizni “ota” deb bo‘ladimi?! Otalik burchiga chidagan erkak chinakam ota bo‘ladi! 157
156
http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2013/06/130621_cy_uzbek_karimov_migrants 157
Prezident Islom Karimovning Tatyana “onamiz”dan oldin o‘risdan bir xotini bo‘lgan. Undan o‘g‘il ko‘rgan: Pyotr Karimov. “В 1964 году Каримов женился на еврейке Наталье Петровне (Пинхусовне) Кучми, через два года у них родился сын Петр” ( http://lenta.ru/lib/14160040/full.htm ). Hozir Maskov tomonlarda yashaydi deb eshitganmiz. Lekin nima uchundir u o‘g‘il “Ota”ning hech qaysi tarjimai holida ko‘rsatilmaydi! Gap shunda! Xuddi ilgari Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 229
Hartugul, prezidentning “ota”ligini elning katta bo‘lagi jiddiy qabul qilmadi, lekin ochiq qarshilik ham qilmadi. Har doimgi ashula-da, deb qo‘l siltab qo‘yaqoldi. Asabini buzgisi kelmadi. Nima o‘zgarardi, dedi. Bundan kattalar, hatto juda kattalar ham o‘z vaqtida xalqiga “ota” bo‘ldi, “bobo” bo‘ldi, bugun nima qoldi ulardan? Lelin bobo qani? Istalin bobo qani? Bittasi olamga sharmanda bo‘lib oyna ichida yotibdi, haligacha yer uni bag‘riga olmaydi, ikkinchisidan shapaloqdek qutichada kul qoldi. El mana shu narsadan xulosa qilib: “Ha, endi bu “ota”miz ham bir kun o‘tar-da ketar”, deb donishmandona bosh silkib qo‘ydi. To‘g‘ri, bitta shoir o‘rtog‘imiz yuragida qaynab-toshgan tuyg‘ularini “Islom bobo” deb she’r shaklida qog‘ozga to‘kuvdi, xayriyat, tezda unutildi. Lelin bobochalik mashhur bo‘lmadi... Musulmonchilikda nasl otadandir. Ya’ni, bola otaniki. Millatini, tilini, dinini otadan oladi. “Ota tili”, “ota yurt”, “ota bo‘g‘in”, “ota pusht” deyilishlari shundan. Aslida ham shunday deb atalishi kerak. Shu bois musulmon erkak juhud yoki nasroniy ayolga, hatto u o‘z dinida qolsa ham, uylanishiga ruxsat bor. Sababi – naslda xotin yordamchi, ota birlamchidir. Ota birlamchi bo‘lganidan keyin xotinning dini vaziyatni o‘zgartirmaydi. Muhimi ‒ otaning dini, naslning dini. Nasl musulmon etib tarbiyalansa, yetadi. Xotin Islomni qabul qilmay o‘z dinida qoladigan bo‘lsa, bolani musulmon qilib tarbiyalash to‘lasicha ota yelkasiga tushadi. Aksincha, musulmon ayolga boshqa dindagilarga erga tegish taqiqlanadi. Bunda ham niyat – dinni himoya qilish. Musulmon ayollar boshqa dindagi odamga boshqa dindagi bola tug‘ib berishidan qaytarilgan. O‘rtada sevgi bo‘lsa, marhamat, erkak eski dinini tashlab, Islomni qabul qilsin va nasl musulmon bo‘lsin. Juhudlik dinida buning teskarisi – nasl otadan emas, onadandir. Ya’ni, naslda ota yordamchi, ona birlamchidir. Ular shariatida bir juhud erkak boshqa din va boshqa millatdan xotin ololmaydi. Juhud urug‘idan boshqa millat tug‘ilib qolmasin, deydi. Juhud ayol esa, ularning e’tiqodida, kimdan tug‘sa ham, juhud tug‘adi. Shuning uchun ularga duch kelgan millatga tegishga ruxsat berilgan. Ruxsat tugul, juhud millatini ko‘paytirish uchun hatto boshqa millatlarga erga tegishga targ‘ib qilinadi. Nasl yetishtirishda juhudlarda birlamchi o‘rin onada bo‘lganidan, ularda “ona tili”, “ona yurt”, “ona vatan” deyiladi 158
. Umuman olganda, nasl qoldirish, uni juhud asilli qilib tarbiyalash, so‘ngra uni himoya qilish qobiliyatlari bobida juhudlarga qoyil qolish kerak. Nima demoqchimiz?
uylanmaganday! Xuddi bolasi yo‘qday! Shu hodisaga ishora qilib prezidentning sobiq qudasi Abdurauf Maqsudiy 2010 yilgi bir suhbatida: “Karimov oldingi xotinini qo‘yib yuborib bolalaridan kechgan... Bir inson o‘z bolasini bilmasa, boshqalarni qanday biladi?! Millatni qanday biladi?!” degan edi ( https://www.youtube.com/watch?v=O_3BN42pZeA ).
158 Balki yanglishayotgandirman, ammo bu kabi tushunchalar bizning musulmon-turkcha tushunchalarimizga teskari kelayotganday tuyulaveradi menga. Shu soha bilag‘onlariga o‘ylab ko‘rish uchun bir mavzu bu. Chindan men gumon qilayotganday bo‘lib chiqsa, bugun tilimiz va qulog‘imizga o‘rganish bo‘lib qolgan xato tushunchalarimizni bahonada o‘nglab olarmiz balki.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 230
O‘zbekiston xalqiga shu kungacha bir kishi “ota”lik da’vo qilib kelgan edi. Yaqinlardan beri otaga raqobatchi bo‘lib qizlari ham o‘rtaga suqildi. Gulnora Karimova ikki-uch yil narilarda panada turardi. Hozir paranji-chachvonni bir chetga otib to‘la ochiqlikka chiqdi, “parchalab kishanlarni o‘zligini namoyon qil”ib yuribdi. O‘zbekistonda biron-bir tadbir u kishisiz, u kishining “Fund Forum”isiz o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Kiyim ko‘rgazmalaridan tortib xalqaro kino ko‘riklarigacha, sunnat to‘ylaridan tortib yoshlarning uylanish to‘ylarigacha, madrasalardan tortib universitet talabalarigacha, sport homiyligidan tortib chet el mashhurlarini O‘zbekistonga chorlab qornini to‘yg‘azishgacha, ashula aytishdan tortib bir mamlakatda elchilikkacha, O‘zbekistonga dunyodan mashhur futbolchiyu aktyorni opkelishdan tortib Ispaniyadan tezyurar poyezd yetalab kelishgacha (sanalmagani qancha!) – hamma ish tepasida shu ayol turibdi! “Fund Forum” turibdi! Bu “Fund Forum” deganlarining moliyaviy manbasi shubhali, egasi Xonim Malika esa, axloqi ham, dunyoqarashi ham tayinsizligidan tashqari, xalqaro huquq tashkilotlari yo‘laklarida bir necha ish bo‘yicha jinoyatchi hisoblanadi. Lekin ota soyasida va ota sharofati bilan uning yo‘lini kesib o‘ta oladigan bironta mushuk tug‘ilmadi hali. Dunyoda qachonlardan beri aytilayotgan va ochib tashlanayotgan shuncha ayblarga O‘zbekistonda hech yo‘q irimiga tomoq qirib qo‘yilmaydi. Guldur gup! Go‘yo hech qanaqa gap bo‘lmayapti, go‘yo hammayoq tinch, go‘yo hammasi shunday bo‘lishi kerakday
159 . Bugunga kelib Xonim Malika ham, “Fund Forum” ham mamlakatda o‘ziga xos bir davlatga aylandi – uning qo‘li yetmagan yer yo‘q, u qila olmaydigan ish yo‘q! Uning nazariga tushishga, e’tiborini qozonishga intiluvchilar ko‘paydi. Bu “davlat” ayniqsa yoshlarga, ayniqsa iste’dodli yoshlarga dov tikkan. Bilimli, hartomonlama yetuk etib tarbiyalash uchun emas, albatta. Niyat ‒ yoshlar iloji boricha machitlardan chiqib Xonim Malika huzuriga borsin, “Fund Forum” panohiga sig‘insin. Kelajakda kerak bo‘lib qoladi... Xonim Malika bilan “Fund Forum”ning obro‘yi oshgandan-oshib yurtning chin egasi va xalqning “ota”si soyasidan asta-sekin chiqib, allaqachon mustaqil harakatlana boshlaganini prezident yo sezmayapti, yo hech narsa qila olmayapti. “Fund Forum” O‘zbekiston ichida bir O‘zbekistonga, davlat ichida bir davlatga aylanib bo‘ldi. Faqat yurtboshining tabiiy o‘limi kutilyapti go‘yo. Xayriyat, hozircha Xonim Malika o‘zbek xalqini “bolalarim” deb e’lon qilmadi, ammo xatti-harakatlaridan butun O‘zbekistonga... ja “ota” emas-u, hech bo‘lmasa “ona” deb ega chiqishga tayyorlanayotganga o‘xshaydi.
159
2013 yil kuzida hech qachon bo‘lmaydigandek tuyulgan ishlar bo‘lib ketdi: Gulnora Karimova saltanati quladi! “Fund Forum” tugul, Opachaga tegishli hamma tashkilot, muassasa, radio-tele kanallar, savdo... bir-ikki hafta ichida tag-tugi bilan quritildi. Opachaning o‘zi deyarli uyqamog‘ida saqlanyapti. Go‘yo adolat qaror topgandek. Aslo! Ijtimoiy tarmoqlar orqali Opacha tinimsiz o‘zini MXX qurboni qilib ko‘rsatishga ming urinmasin, o‘nyillardan beri mamlakatda u sodir etgan jinoyatlar hali-veri yuvilmaydi. MXX va prezident ham bu ishni mamlakatda tartib o‘rnatish uchungina qilmagani sezilib turibdi. Qani, tomoshaning oxirini kutaylik-chi... Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 231
Unday desak, “ona”lik o‘rni band! “Ota”miz Islom Karimov bo‘lgach “ona”miz o‘z-o‘zidan uning xotini Tatyana xola-da! Ustiga yana bitta “ona” nimaga kerak? Yo bunisi o‘gay ona bo‘larmikan? Obbo, ishqilib millat ona-bola o‘rtasida talash bo‘lmasin-da. Yo‘q, baribir kelishmayapti: ota “ota” bo‘lsa, qiz “ona” bo‘lolmaydi! Ip chigallashdi. Bu talamoshda xalq boshi qotgan: endi nasl kimdan hisoblanadi; biz “bolalar” qanaqa millat bo‘lamiz; tilimizni, dinimizni, yurtimizni qaysi biriga bog‘laymiz – “ota”mizgami, “ona”mizgami?! 160
Kinoyani yig‘ishtirib masalaga jiddiy yondashsak, ahvolimiz og‘ir. Shu damlargacha Xonim Malika boshliq “Fund Forum” qilib kelayotgan ishlar, ketma-ket tashkil etayotgan tadbirlar milliyligimizga deyarli aloqasi yo‘q. Shov-shuv ko‘p, yaltir- yultir hammasi joyida, tantana oliy maqomda, ammo mahalliy millatlarga bu narsalar nima beradi va kimga kerak deyilsa, arzirli javob topolmaysiz. Xalqning dardi nimayu Opachaning dardi nima? Mahalliy millatlarning ruhi qandayu “Fund Forum” o‘tkazayotgan tadbirlarning ruhi qanday? Chetdan sinchiklab kuzatilsa, mamlakatda mushtipar xalqimizning chin dardu g‘amlariga yot, didiga ham, ruhiga ham o‘tirmaydigan, lekin zo‘r berib tiqishtirilayotgan “Fund Forum” madaniyati, “Fund Forum” mafkurasi shakllanyapti. Bugun yurtimizga “ommaviy madaniyat” degan balo qutqu solayotgan bo‘lsa, uni ichkariga yopirilib kirishiga va ommalashishiga shu “Fund Forum” ham sababchidir. Opachaga tegishli telekanallarga boqing: nimalar targ‘ib etilyapti, qanaqa musiqalaru qanday kliplar berilyapti! Uning “maktabi”da ta’lim olib bitirib chiqayotganlar na Vatanini taniydi, na tarixini biladi, na hozirini o‘ylaydi va na Vatan kelajagiga qayg‘uradi. Qip-qizil manqurt. Ularga yengil-elpi hayot, diskoteka, pul, ashula, klip, kino, yigitga qiz, qizga yigit, shilta SMSlar, kamputir o‘yinlari... bo‘lsa, bo‘ldi.
Bir jumla bilan aytganda, ayrim yoshlar shundoq ko‘zimiz o‘ngida, loqayd nigohlarimiz ostida, bilib-bilmay “Fund Forum jugend”larga aylandi-qoldi.
“Hitler jugend”da, o‘ta salbiy irqchilik g‘oyasini istisno qilganda, harholda milliy mafkura bor edi, bu mafkura nemis millati asos qadriyatlariga tayanardi. “Fund Forum jugend”da nima bor? Nihoyatda sayoz madaniyat va millatga butkul yot mafkura bor, xolos. To‘g‘riroq aytganda, shir yalang‘och mafkurasizlik... Alohida ta’kidlaymiz: “Hitler bolalari”, “Islom Karimov bolalari” derkanmiz, birinchidan, aslo ikkala shaxsni tenglashtirayotganimiz yo‘q, ularni yonma-yon tilga
160 Ollohga shukr, Opacha o‘zini “ona” deb e’lon qilishga ulgurmay qoldi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 232
olganimiz fuqarolarini “bola qilib olish”da tutumlari o‘xshash bo‘lgani uchundir, xolos. “Nimaga meni fashistga tenglashtirding?” deb boshimizga to‘qmoq ko‘tarib kelib yurmasinlar. Ikkinchidan, bu iboralarni biz o‘ylab topmadik, har qaysisi o‘z tilida o‘zi suyib muomalaga kiritdi. Ablah Hitler jugendlariga otalik qilish bilan olmon xalqi uchun buyuk kelajakni qurmoqchi bo‘ldi va bu yo‘lda butun millatni boshini garang qilib orqasidan ergashtira oldi, lekin millatchiligi boshiga yetib niyatiga yeta olmadi. Bizning “ota”miz ham taxtga o‘tirgan zahotlari qanaqadir buyuk kelajakni qurmoqchi bo‘ldilar, yoshlar qo‘llaydi deb o‘ylab ularga qaynoq bag‘irlarini ochdilar, “ota”lik taklif etdilar, lekin bu nonko‘r yoshlar ko‘pi ishonchsiz chiqib qoldi; “ota”ga juda ozchilik ‒ sovet pionerlari kabi “doim tayyor” turadigan jujur yoshlar, jujur chollaru jujur kampirlargina ergashdi. Ko‘plar u boshlagan yo‘ldan yurishni xohlamadi: ayrimlari boshiga oqdo‘ppi kiyib machitlarga, xonaqolarga kirib ketdi, boshqalari demokratlarning etagidan tutdi, yanayam ko‘pi juldurvoqi kiyimini egniga ilib, qorin g‘amida, bir tanga pul topish ilinjida yer yuzi bo‘ylab yoyildi. Vatanda qarilar, xotinlar, talabalar va asosan o‘spirinlar qoldi, ularning ham ko‘pini asta-sekin “Fund Forum” xo‘rozqandlar ulashib o‘z qanoti ostiga tortdi. Natijada yil o‘tgan sayin “ota”ning o‘zida ham “buyuk kelajak”ka umid so‘ndi va bu dabdabali shiorini keyingi paytlar umuman eslamay qo‘ydi.
Oq paxtaning qora ishlari
Ushbu mavzuga kirishdan oldin sal ilgariroqqa – sovet davriga xayolan bir sayohat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘sha paytlari kechgan bir hodisani hech bo‘lmaganda yo‘lakay eslab olmasak, niyatimiz uncha anglashilmay qoladi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining Bosh sekretari lavozimiga Mixail Gorbachyov kelib SSSRday so‘laqmon davlatda “qayta qurish va oshkoralik” shiorini o‘rtaga tashladi. O‘zbekistonda bu payt Birinchi sekretar Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev 161
Uzoq yillar yurt so‘rab, Maskovga sidqidildan xizmat qilib kelgan Sharof Rashidov o‘lganidan keyin respublikada mashhur XVI Plenum bo‘lib o‘tdi. Odatdagidek, Inomjon Usmonxo‘jayev Plenumda katta ma’ruza qilishi lozim edi. Ma’ruzaga tayyorlangan matnni qo‘ltig‘iga qistirib, hech narsadan xabarsiz, minbarga chiqib
161
Bu odam hujjatlarida asl oti “Inomxo‘ja”, otasining oti “Buzrukxo‘ja” edi, lekin xudosiz sovet-kommunist mafkurasi “xo‘ja” qo‘shimchasini sira hazm qila olmasdi. Respublika kommunistlariga boshliq bo‘lishi bilan otini “Inomjon”, otasining otini “Buzruk” deb o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa rasmiy kommunistcha oti “Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev” bo‘ldi. Bitta “xo‘ja” qo‘shimchasi qolishiga partiya ham rozi bo‘ldi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 233
kelayotganida Respublika Kompartiyasi MKining ikkinchi (o‘ris) sekretari uning qo‘liga Markaz pishangi bilan tayyorlangan boshqa matnni tutqazib yuboradi va: “Shuni o‘qiysiz!” deydi. Sho‘rlik yangi sekretar gap nimadaligini ham bilmay, majbur oladi va shuni o‘qishga kirishadi. O‘qiyotgan narsasidan terlab-pishib ketadi. Chunki “ma’ruza” mazmunini o‘qiyotgan chog‘idagina, tinglayotganlar bilan birga biladi. Ammo endi kech, orqaga yo‘l yo‘q edi. Markazga va Kommunistik partiyaga shuncha sadoqati va xizmati evaziga Markaz Sharof Rashidovga Kremlda haykal qo‘yish o‘rniga o‘limidan keyin uning nomini bulg‘ash rejasini tuzgan, bahonada o‘zbek xalqining sha’nini ham yerga piypalab tashlaydigan bir ma’ruza yashirin ravishda tayyorlangan edi. Ana shundan keyin respublikada katta tomoshalar boshlanib ketadi: oldingi boshliq davrida “yo‘l qo‘yilgan” hamma kamchilik shafqatsizlarcha “ochib tashlandi”, ochib tashlanaverdi... Shum “XVI plenum” oqavasi bo‘lib ko‘p o‘tmay O‘zbekistonga Markazdan Gdlyan va Ivanov boshchiligida bir guruh tergovchilar desanti tushirildi. O‘zimizdan juda ko‘p huquqchi ularga yugurdak bo‘ldi. “Paxta ishi” ochildi. Dunyoga “O‘zbeklar ishi” nomida ham yoyildi. Qama-qama, ur-sur boshlandi. “Qo‘shib yozish”, qalloblik va poraxo‘rlik asosiy ayb o‘laroq tekshirildi. Ayrim rahbarlar o‘zini otdi, ayrimlari osdi, qolganlari uzoq yillarga qamaldi. Qamoqda ham sirli o‘lishlar ko‘paydi. Uylardan, ishxonalardan pullar, oltinlar chiqdi, hammasi yig‘ishtirib olindi, qayoqlargadir tashib ketildi. Kattadan tortib kichikkacha, Birinchi sekretardan tortib oddiy birgadirgacha hamma tizzasi qaltirab, Gdlyan bilan Ivanovning rahm- shafqatidan umidvor bo‘lib, ularning “tozalash ishlari”ni tomosha qilib turdi. Tomosha qilish ne, hammasi bir-bir qamoqqa kirdi. Hatto respublikaning birinchi shaxsi – Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev ham qatordan qolmadi! To‘y ko‘pga kelgan edi! Millat xo‘rlandi... Diqqatni tortadigan tomoni ‒ nimaga biri armani, ikkinchisi o‘ris? Hatto kattasi armani, orqadagisi o‘ris? Bu holat tarixdan bir narsalarni eslatib yubordi. Sovet davlati asoschisi Lelinning “Millatlar taqdirini o‘zlari belgilashi to‘g‘risida” chiqargan qaroriga suyanib 1917 yil dekabrida Qo‘qonda “Turkiston muxtoriyati davlati” qurildi. Lelin u gapni Chor Rusiyasiga qaram bo‘lib qolgan millatlarni o‘ziga moyil qilish uchun yo‘liga aytgan, bolshavoylar hech qachon ularga mustaqillik bermoqchi emasdi. Endi nima qiladi: xalq irodasi muxtoriyatga ketdi, uni to‘xtatib qolishga bolshavoylarning kuchi yetmaydi. Shunday paytda armanilarning turklarga doimiy dushman ekani eslandi. Turkiya turklarining alamini Turkiston turklaridan olsin, bahonada biz hokimiyatimizni mustahkamlab olamiz deb armani millatchilari bo‘lmish dashnoqlar bilan ittifoq tuzdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling