Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Pul chayqalanadigan bozorni davlat rasman tan olgan
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- O‘zimizning moshina!..
- Bunaqasi dunyoda yo‘q
- “Davlat + zovut + uddaburon”
Pul chayqalanadigan bozorni davlat rasman tan olgan bo‘lib chiqyapti. Bonkadan davlat bahosida valyuta chiqarib, bozorda biryarim baravar bahosiga sotish davlat himoyasiga olingan amaliyot ekanini isbotlaydi bu hodisa. Tushunishga harakat ham qila ko‘rmang, o‘rtoq. Shundoq ham kal boshingiz battar kal bo‘lgani, tirishgan peshonangiz battar tirishgani qoladi. Davlatdan bozor kuchlilik qilyapti! Bozor davlatni bir burchakka tiqib tashlagan! Bunga davlatning o‘zi aybli, albatta. Bozorcha muomalani hech o‘z holiga qo‘ymaganidan keyin, bozor ishiga hadeb burun suqaverganidan keyin shunaqa aylanma yo‘llar bilan enasini ko‘rsatvoradi-da! Yangi “mustaqil” bo‘lgan yillarimiz boshda Katta Iqtisodchi o‘laroq hamma iqtisodchilarimiz do‘llarning kir ishini oldindan ko‘rabilmagani orqasida mamlakatimiz o‘tirib qolishiga oz qolgan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 153
Do‘llarning davlat belgilagan qiymati bilan bozordagi chin qiymati orasidagi farq kattaligi holatidan dunyo ucharlari rosa foydalanib qoldi, cho‘ntaklarini davlat hisobiga (nega davlat hisobiga bo‘lar ekan, xalqimiz hisobiga!) rosa qappaytirdi: mamlakatga tovar emas, do‘llar olib kirib, uni bozorda oddiy xalqimizga chayqab, topgan vagon- vagon so‘mlarini bonkadagi hisob raqamlariga kiritib, so‘ngra davlat bahosida do‘llarga aylantirib (“konvertatsiya” 112 qilib!), uch-to‘rt yil ichida xazinamizni bo‘shatib qo‘yishlariga sal qoldi. O‘zbekistonning toza havosi (kislorod)ni yutib, o‘rnini o‘siriqqa (karbonad angidridga) to‘ldirib tashlashdi. To‘g‘riroq aytganda, no‘noq davlatimiz dunyo burniga kislorod oqizdirib, o‘zimizga orqadan chiqqani ham bo‘laveradi deganday ish qildi. Natijada jannatmakon yurtimizda huzur qilib nafas ololmay qoldik. Xazinamiz tagi ko‘rinib qolgachgina davlatning esi kirdi va erkin konvertatsiyani to‘xtatdi. Chet bilan aloqa bo‘lar ekan, konvertatsiya butkul to‘xtatilmaydi, buning iloji yo‘q. Mudom to‘xtatilmas ekan, uni o‘zimiznikilar aylantirgani yaxshi degan “vatanparvarona” bir fikrga kelindi va... ...bundan keyin konvertatsiya qilish huquqi tanlangan firma va davlat tashkilotlarigagina berildi. Lekin do‘llarning qiymati ikki xilligidan hamon kimlardir foydalanib yotgani aniq. Ichiga kirolmaganimiz uchun endi bu yog‘i qanday bo‘layotgani bizga qorong‘i. Bir ularning o‘zi va bir Olloh biladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan moshinalarga tegishli yana bitta gap. Bizda moshina nimaga buncha qimmat? Nahot zovutdan shuncha qimmatga chiqadi? Unaqa desak, chet ellarga xuddi shu moshina O‘zbekistondagidan ikki yo uch baravarcha arzonga sotiladi! Demak, zovutdan yanayam arzonga chiqarkan-da? Lekin ko‘chada asl tannarxni surishtirishning sira iloji yo‘q. Davlat siri bu. Davlat har bir moshina ustiga qancha ustama qo‘yib sotyapti – jonini sevgan bironta odam buni so‘ray ham, surishtira ham olmaydi. Moshin zovuti (aytishlaricha) naq Kottaning o‘ziga qaraydi-ya! Ammo olamga jar solamiz: “O‘zbekistonda bir necha xilda moshina ishlab chiqariladi! O‘zbekiston – avtomoshina ishlab chiqaradigan yigirma sakkiz davlatdan biri!”
Tevaragimizdagi qo‘shnilar, aksincha, mamlakatlarida moshina zovuti qurilmaganiga shukr qilishadi: “Xayriyat, bizda moshin zovuti yo‘q. Moshina ishlab chiqarilsa-yu, narxi O‘zbekistondagiday bo‘lsa, umuman zovut qurilmagani yaxshi. Chunki hozir biz dunyo moshinalarini O‘zbekistondagidan ancha arzonga sotib olyapmiz. Hatto
112 Bozorda bu amaliyot “pulni chayqash” deyiladi. Farqi – davlat madaniy usul bilan chayqaydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 154
O‘zbekistonning moshinalari ham bizda suv tekin. Shunday ekan, nimaga endi moshin zovuti qurishimiz kerak?! Buning nimasi maqtangulik?!” deyishadi. Mantiqan qaralsa, to‘g‘ri aytishadi. Lekin biz bu masalaga mantiqan ham, adolat yuzasidan ham qarayolmaymiz. Bu masalada aqlni ishlatishga o‘rin yo‘q. Bizda hayajon g‘olib. Biz o‘zimiz moshina ishlab chiqaramiz! O‘zbekiston avtomoshina ishlab chiqaradigan yigirma sakkiz davlatdan biri! Avtomoshina derjavasi!!! Qanday taraqqiyot, qanday ustunlik! Mening aqlim yetmaydigan yeri shu o‘zi. Hech yo‘q ozgina tushunishga urinib o‘ylayversam, miyam achib ketadi, lekin sira tagiga yetolmayman 113
.
O‘zimizning moshinaga tegishli yana bir tushunilmas hodisa: birinchidan, moshinaga ehtiyoj kundan-kunga, yildan-yilga ortib boryapti va necha yildan beri to‘xtovsiz ishlab yotgan Asaka zovuti moshinani ichki bozorga – naqd olaman deb turgan odamga yetarli yetkazib bera olmayapti; ikkinchidan, xalqimiz ko‘pi kambag‘al bo‘lishiga, moshinaning davlat narxi esa otning kallasiday ekaniga qaramay, ustiga yana “shapka”, “do‘ppi”, “chopon”, “dasturxon” kabi nomlarda pora berib bo‘lsa ham olyapti. Oshkoralik davri bo‘lganida-ku, qo‘lga qog‘oz-qalam olib chayqov alangasi gurillatilayotgan o‘choq boshiga shartta borilardi-da, o‘choqboshi-mutasaddilardan so‘rab-surishtirib, atroflicha o‘rganib, to‘g‘ri xulosa chiqarsa bo‘lardi. So‘z erkinligi yo‘q sharoitda ikki-uch baravar ko‘p kuch-g‘ayrat va ong sarflab, taxminlar qilib o‘tirishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bu masalada xalqimizning o‘ziga xos xususiyati oldga chiqqan ko‘rinadi. O‘zbek pul topsa, qishda bolasining oyog‘iga issiq patinka yo etik olib bermaydi, moshina mingisi keladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. O‘zbek pul topsa, uyi bir ahvolda, hatto muqim hojatxonasi yo‘q... bo‘lsa ham, tez moshina olgisi keladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. O‘zbek pul topsa, uni o‘lib-tirilib, kimlargadir qul bo‘lib, bolasi tengilardan otasidan eshitmagan haqoratlarni eshitib zo‘rg‘a topgani esidan chiqadi va... dabdabali to‘y qiladi, dasturxonga aroqni to‘kib tashlaydi, shilta bir ashulachiga rosa do‘llar qistiradi – hammasini bir kunda havoga sovuradi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. O‘zbek pul topsa, ma’rifatga sarflamaydi, men sendan kammi qabilida qo‘shnisidan o‘tgisi keladi: qo‘shni “Damas” olsa, bu “Neksiya” olishga, qo‘shni “Lasetti” minsa,
113 Shu kunlarda (2013 yil 15 avgust) internetda o‘qib qoldim: Twitterda opachamiz Gulnora Karimovadan O‘zbekiston moshinalari narxi haqida so‘rashgan ekan: “У нас цены на отечественные автомашины нереальны!” deb javob qilibdi. Biladi zang‘ar o‘zi ham! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 155
bu kamida “Epika” minishga harakat qiladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. O‘zbek pul topsa, ishi tezroq bitishini xohlab qoladi, navbatda turgisi kelmaydi va pora uzatib bo‘lsa-da, ikki-uch kun ichida moshinali bo‘lgisi keladi. “Ustiga ikki yumaloq ko‘kidan berdim, shu zahoti kalitni qo‘limga tutqazvordi!” deb maqtanib maza qiladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. Va... ...moshina savdosida yasama taxchillik hosil qilinib, yo‘q yerdan navbat yaratiladi! Talab katta bo‘lganidan keyin qaysi uddaburon foydalanib qolgisi kelmaydi?! Zovut talabga yarasha chiqarib ulgurmasa, tabiiy, navbat hosil bo‘ladi, talabga yarasha yo ortiqcha chiqarilgan taqdirda ham “o‘zbekistonchasiga” yasama navbat yasaladi. Moshina o‘zimizdan chiqadi, zovut to‘xtovsiz ishlab turibdi, navbat nima degani, deb hayron bo‘lsangiz, “O‘zingizni ovsarlikka solmang”, deb kulib qo‘yiladi. Masalan, o‘zbek “Damas”ni yoqtirdi. Uni ishlatib pul topsa bo‘larkan. Bu holdan birinchi galda davlatning o‘zi foydalandi – tani qancha narxga tushganiga qaramay, sotuvga otasining bahosini qo‘yib chiqardi. Shunda ham odamlar to‘xtamadi, “Damas”ga yopishaverdi. Endi davlatning orqasiga uddaburon ham mingashdi – darrov yasama navbat tashkil etib, shoshilganlarga “xolis xizmat” ko‘rsata boshladi. 2000 (ikki ming) do‘llar “do‘ppi”sini bersin – marhamat, moshina uniki! Hol bu ki, bilag‘on kishilar aytishicha, Asaka zovutining hovlisi ham, respublika bo‘yicha omborlar ham “Damas”ga to‘lib-toshib ketgan, faqat moshina do‘konida yo‘q. Borsangiz: “Pulini to‘lang, navbatga qo‘yamiz”, deyishadi. O‘zbek navbatga chidaydimi? Yo‘q. Demak, haligi ish bo‘ladi. O‘zbek “Spark”ni suydi – ko‘rinishi zamonaviy, ham benzinni kam ichadi. “Spark” moshinasini tezroq mingisi kelgan odam moshina do‘koni (xalq tilida: avtosalon) uddaburoniga kamida 2500 (ikki yarim ming) do‘llar “do‘ppisini kiygizadi”, do‘kondan shunday minib chiqib ketaveradi. “Do‘ppisi”ni qizg‘onganlarga qibla ko‘rsatib qo‘yiladi. Kutib ko‘zing qorayishini istasang, navbatga tur, deyiladi. Masalan, Toshkentdagi “Rohat” moshina do‘koni (xalq tilida: avtosaloni) uddaburonlari aytishicha, “Spark”ka 2012 yil dekabiridayoq 2013 yil uchun navbat to‘lib bo‘lgan. “Yanvardan boshlab 2014 yil uchun buyurtmalar qabul qilamiz”, deydi do‘konchi. Bu ahvoldan davlat xabarsizdir deb o‘ylamang. Xabari bor. Davlat odamlarning ruhiyatini biladi – qancha siqsa, qiziqish shuncha ortadi. Yashirgan saringiz, yopishadi. Shu bois “navbatni tashkil etuvchilar”dan biri sifatida davlatning o‘zi maydonga tushgan. Davlat moshina savdosiga aloqali uddaburonlarga sherik ekaniga dalillardan biri – soha vaziri o‘rinbosarining xati bilan do‘kondan navbatsiz va “do‘ppi”siz moshin chiqarilishidir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 156
Ya’ni, tepalarda ishlaydiganlar yoki tepalarda ishlaydiganlarning tanishlari vazirlikka bitta ariza yozadi, vazir o‘rinbosari imzo chekadi, do‘kondan xohlagan moshinasini minib chiqib ketaveradi 114
. Demak, davlatning navbatdan xabari bor. Navbat tufayli kiygazilayotgan “shapka”yu “do‘ppi”yu “chopon”lardan-chi? Bu ishlardan xabari yo‘q desak, davlatga tuhmat qilgan bo‘lamiz. Chunki yuqori doiralarda vizalangan arizalarning o‘zi yaqqol dalil-hujjatlardir. Va bu hujjatlar O‘zbekistonda tepalarga arizasiz va vazir o‘rinbosarining imzosisiz moshinani navbat kutmasdan hamda davlat belgilagan narxda olish imkonsiz ekanini, ya’ni, bu sohada ham ishlar pachava ekanini o‘ziga xos e’tirof qilishdir. “Navbat”dan yana bir maqsad ko‘zlangan. Hech diqqat qilganmisiz, “navbat” paydo bo‘ldiyu oylab kutiladigan moshina uchun oldindan pulini to‘lab qo‘yish odati kiritildi. Asta-asta kutish muddati bir yilga, goho undan ham uzoqqa cho‘zildi. Boshlarida umumiy narxning ellik foizi berilgan bo‘lsa, sun’iy ravishda taqchillik hosil qilish bilan bu miqdor sakson besh foyizga chiqazildi. Talamosh chog‘i odam hamma shartga rozi bo‘lvorishini o‘tkir ruhiyatshunos Davlat juda yaxshi biladi. Birov sezdi, birov sezmay ham qoldi: davlat Davlatligidan chiqib allaqachon ayyor uddaburon bo‘lib olgan. Hali ishlab chiqarilmagan mahsulot uchun siz bilan men kabi ahmoqdan oldindan pul olvolyapti! Olgan miqdori moshina tannarxidan ancha baland! Demak, hali yo‘q moshinani sotib oluvchining puliga ishlab chiqaryapti va foydasini ham ancha oldindan cho‘ntagiga tiqyapti! Bunda ko‘ptomonlama foyda ko‘ryapti: 1. Moshina ishlab chiqarishga o‘z cho‘ntagidan bir tiyin ham sarflamayapti. 2. Sotib oluvchi puliga ishlab chiqarilgan moshinani sotib oluvchining o‘ziga ikki- uch baravar qimmatiga pullab, katta foyda ko‘ryapti. 3. O‘zi ishlatgan pul ustidan emas, sotib oluvchi puli ustidan foyda ko‘ryapti. 4. Hali yo‘q tovarga oldindan yig‘ib olgan pulni yil davomida yoki undan ham ko‘proq vaqt xohlaganicha aylantirib foydalanyapti. 5. Sizning pulingizni bir yil burun olyapti, bir yil davomida siz u pulning o‘zini ham, foydasini ham ko‘rmaysiz, aksincha, uning huzurini uddaburon davlat ko‘ryapti! 6. Mantiqan qaralsa, sotib oluvchi bir yil oldindan katta pul berib qo‘ygani va “Davlat + zovut + uddaburon” qo‘shma korxonasi bu puldan armonsiz foyda ko‘rib olgani evaziga moshina narxini tushirib berishi kerak edi. Zotan, esli dunyoda hatto kapitalist shunday qiladi. Chunki uning esli xalqi shunday bo‘lishini talab etadi.
114
Tepalarda ishlaydigan bir yaqin tanishim xuddi shu usul bilan moshinali bo‘lganini aytib qoldi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 157
O‘zbekiston bundan mustasno – narxni tushirib berish o‘rniga, o‘rtadagi shartnomaga: “Bordiyu moshina qo‘lga tekkunicha narxlar o‘zgarsa, farqni sotib oluvchi to‘laydi!” degan ma’nodagi moddani tirkab, davlat cho‘ntaklarimizni to‘rtinchi marta shilyapti. Xalqimizni esi yo‘q demaymiz, ammo o‘z haqini talab qilmasdan esi yo‘qning ishini qilayotgani aniq! 7. Butun mamlakat bo‘ylab moshinaga navbatda turganlar sonini har bir kishi oldindan berayotgan pul miqdoriga ko‘paytirsak, “xirmon”da juda katta mablag‘ to‘plangani ko‘rinadi. Davlatning va davlat himoyasidagi uddaburonlarning mug‘ombirlik darajasi ham shunaqa ulkan. Nihoyatda pishiq-puxta o‘ylab topilgan bu qalloblik g‘ildiragini to‘xtatish o‘rniga tuppa-tuzuk odamlar ham, orqada qolgan – moxov, qabilida shu g‘ildirakning bir chekkasiga ilashib qolishga, talamosh orasida o‘ziga rizq chiqarishga tirishib yotibdi. Bular avtodo‘konlardan navbatsiz moshina olib chiqib beruvchi “xolis kishilar”dir. “Shapka”, “do‘ppi”, “chopon”, “dasturxon”lar mana shu qatlam qo‘li bilan u yoqdan bu yoqqa o‘tadi. Xullas, moshina savdosidagi ish rasvo, lekin mojaro bular bilan tugamaydi. Biz bilmaganlari yana qanchadir. Savol tug‘iladi: ayb kimda? Ayb menda, sizda, hammamizda. Va hammamizni shunaqa holga tushirib qo‘ygan Davlatda! Tushunmayman, nimaga moshinaga buncha hirs bilan talpinamiz? Xo‘p, kerak. Xo‘p, hamma yaxshi yashagisi keladi. Xo‘p, moshina taqchil. Lekin odam jichcha o‘zini bossa, navbatini ozgina kutsa bo‘ladi-ku? Nimaga buncha talamosh qilamiz? Kimlardir bizning sabrsizligimizdan foydalanib qolishiga imkon yaratamiz? Uning o‘rniga, hovliqmasdan, oldin bolamizning oyog‘iga patinka kiydirib qo‘yib, bitmay yotgan uyimizni bitirib olib, odamga o‘xshagan bir hojatxona va hammom qurib, ana undan keyin, o‘shanda ham qo‘shnining moshinasiga hasad qilmasdan, zarurat yuzasidangina moshinaga harakat qilsak bo‘lmaydimi?! Shoshilmasak, pora yo‘li kesilar va davlat ham, uddaburon ham to‘g‘ri ishlashga, hatto moshinasini yalinib sotishga majbur bo‘lardi! Chunki kirim yo‘li kesilishiga kapitalist chidamaydi, ertasigayoq shu savil moshinasini reklam qilishga tushadi. Shunda ham olavermasak, do‘konlar moshinaga to‘lib ketib (axir zovut to‘xtovsiz ishlab turibdi!), yarim nasiyaga, balki hatto to‘lasicha nasiyaga berish boshlanardi. Davlatni... kechirasizlar, kambag‘alni urmay, so‘kmay ishtonini yirtish kerak!
qanday insof chegarasidan chiqib ketdimi, demak, uning tegirmonini yurg‘izib turgan suvning yo‘lini to‘sish kerak.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 158
Misol uchun ertadan boshlab bir yil, bor-yo‘g‘i bir yilgina siz, men ‒ hammamiz birdaniga moshina olmay qo‘ysak, ajnabiylar tili bilan aytganda, boyqo‘t e’lon qilsak, o‘sha zahoti esi kirib qolardi. Chunki davlat ham, zovut ham, uddaburon ham moshina sotilsin deydi. Shundan foyda ko‘radi. Sotilmasa, cho‘ntagiga pul kirmaydi. Cho‘ntagiga pul kirmasa: uddaburonning uyqusi qochadi, zovut o‘tiradi, davlat yuragi yoriladi. Shunda u manfaatdor tomonlar bir ovozdan: “Marhamat, xohlagan moshinalaringni xohlagancha shart qo‘yib olinglar!” deb yalina boshlamasa, mana, biz kafil. Butun dunyoda shunday. Bitta O‘zbekiston bilan bitta Kot De Uvarda boshqacha 115
. Kot De Uvardan ham orqada qolmaslik uchun xalqimizdan ozgina ong, ozgina to‘zim, ozgina g‘ayrat talab etiladi, xolos.
Hozir bir gap aytaman, bunga endi bitta mening emas, yalpi dunyo afkor ommasining aqli yetmasa kerak: O‘zbekistonning bir harbiy uchog‘i... 6 (olti) to‘nnami, 24 (yigirma to‘rt) to‘nnami O‘zbekistonning toza oltinini... hech qanaqa hujjatsiz... hech qanaqa tekshiruvsiz... davlat chegarasidan bemalol olib chiqib ketadi... “Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga uchta so‘roq belgisini bosib. “Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra undov bilan ifodalab. Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan tugallaymiz gapimizni. Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. Yana davom etamiz: haligi o‘g‘ri uchoq O‘rusiyaga borib qo‘nadi... qo‘lga olinadi... “Egasi kim?” deb so‘raladi... O‘zbekistondan sas-sado (harholda, odamlarga eshitiladigan bir tovush) ham chiqmaydi... “Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga uchta so‘roq belgisini bosib.
115
Kuni kecha Kot de Uvardan rasmiy muhr bosilgan xat oldim. Unda: “Bizning mamlakatimizga tuhmat qilibsiz. Bizda siz aytgandaqa ishlar qilinmaydi! Bizning davlatimizni O‘zbekiston bilan tenglashtirmang!” deyilibdi. Ol-a! Hatto Kot de Uvarda ham bizdagiday nayranglar yo‘q ekan! Uzr...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 159
“Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra undov bilan ifodalab. Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan tugallaymiz gapimizni. Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. Yana davom etamiz: olamga yoygulik bu xabarni eshitib xalq uch-to‘rt kun hafsalasizlik bilan gapirib yurdi... biri, olti to‘nna edi, dedi, boshqasi e’tiroz bildirib, yigirma to‘rt to‘nna edi, dedi... biri, qiziniki ekan, dedi, boshqasi kulimsirab, o‘ziniki ekan, dedi... – bahs bu o‘zanda kechdi... va hamma unutdi... Hech kim bosh ko‘tarib: “Hoy vatandoshlar, bu oltinlar O‘zbekistonniki edi, qayoqdan O‘zining yo Qizining qo‘liga o‘tib qoladi?! Qayerdan to‘plangan va qayerga yuborilgan edi u sho‘rlik, egasiz, vatansiz oltinlar?! Nimaga hujjatsiz edi?! U harbiy uchoq qaysi harbiy qismga tegishli?! Uning uchuvchisi kim?! Qaysi chegaradan qaysi chegarachi uni o‘tkazib yubordi?! Kimlar bu xazinani qo‘riqlab ketayotuvdi?! Bu ishga aloqador kishilarning va u harbiy uchoqning keyingi taqdiri nima bo‘ldi?! Bitta mayda ishbilarmonni bitta mayda kamchilik bilan ushlab, televizorlarda ko‘rsatib olamga shov-shuv qilishni vazifasi deb biladigan “hushyor tashkilotlar” qani, nimaga oltin mojarosiga hech qaysisi g‘ing deya olmadi?! Davlat va millat xavfsizligining posboni – Milliy xavfsizlik xizmati qani?! Qonun himoyachisi – respublika purkurorligi qani?! Qolaversa, u oltinlarning egasi qani?! Nimaga hech kimsa panadan chiqib, qaroqchi O‘rusiyaga: “Qaytar u oltinlarni! Mana men uning egasiman! Mana hujjatim, mana yana falonim!” deb O‘zbekistonning mustaqilligini ko‘rsatib qo‘ymadi?! Agar u oltinlar aslida o‘g‘rilik bo‘lsa, shuning uchun o‘g‘rincha olib chiqib ketishga urinilgan bo‘lsa, ichkarida nimaga katta jinoiy ish ochilmadi, nimaga tekshirilmadi?! U oltinlarni qaytarish haqida nimaga O‘rusiyaga talab qo‘yilmadi?! Yoki u oltinlar mamlakatdan o‘g‘rincha olib chiqib ketilganidek, O‘rusiya bilan ham o‘g‘rincha “muzokara” olib borib 116 , allaqachon o‘g‘rincha qaytarib olib kelindimi?!
116 Ko‘chaning gapicha, oltinlarni kerakli manzilga omon-eson yetkazish vazifasi Ismoil Jo‘rabekovga topshirilgan ekan. Ish chappa ketgach, shu arzimas ishni ham eplayolmadingmi, deb podsho uni ishdan olibdi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 160
Bo‘lsa bordir, chunki biznikilardan bu narsaniyam bemalol kutsa bo‘ladi! Xo‘p, agar u oltinlar O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan bo‘lsa, nimaga bu haqda g‘iring deyilmadi, xalqqa bildirilmadi?!. Shuncha oltin izsiz yo‘qolib ketishi mumkin emas-ku?! ...kabi o‘jar savollarni o‘rtaga tashlamadi! Ya’ni, shuncha oltin bor edi, bir kunda yo‘q bo‘ldi, butun dunyo gapirdi, ulardan eshitib xalqimiz ham uch-to‘rt kun ming‘irlab yurdi, qandaydir ochiqlama bo‘lsa kerak, qaytarishni kimdir talab qilsa kerak deb hamma kutdi, butun dunyo kutdi, ammo bizda odatiy ish bo‘ldi: o‘zi ham indamadi... qizi ham ham indamadi... tegishli idoralar ham indamadi... u oltinlarga eng haqdor xalq ham indamadi... O‘zbekiston indamadi!.. “Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga uchta so‘roq belgisini bosib. “Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra undov bilan ifodalab. Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan tugallaymiz gapimizni. Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. Ajab, shuncha to‘nna oltin... kecha bor edi, bugun yo‘q. Xuddi ertaklardagidek: “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. O‘tmishda emas, shu kunlarimizda, olisdamas, shundoq burnimiz tagida... u bo‘libdi-bu bo‘libdi, o‘rtada shuncha oltin yo‘q bo‘libdi... shunday qilib, oltin o‘g‘rilari ham, o‘g‘rini urgan qaroqchilar ham murod-maqsadlariga yetibdi...” Bu ertakni tushunishga, to‘g‘risi, bitta mening aqlim kamlik qilyapti. Kelinglar, tushunishga birgalashib urinib ko‘raylik. Biron xulosaga kelishimiz kerak-ku axir!
Men sirayam tushunmayman, boshim shishib ketadi: nimaga o‘z uyimni o‘zim asrashim kerak? Boshqa ishim yo‘qmi?
|
ma'muriyatiga murojaat qiling