Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

125 


Albatta, dunyoviy niyatli hech bir mustamlakachi qoloq bir o‘lkani o‘stiraman, 

rivojlantiraman, ilg‘orlar qatoriga olib chiqaman, boy qilaman, olim qilaman deb 

kelmaydi boshqa o‘lkaga. Qul qilaman, boyligini talayman, arzon ishchi kuchi hisobiga 

farovon yashayman, chegaramni kengaytiraman, bora-bora dunyoga egalik qilaman 

deb keladi. 

Shunday ekan, mahalliy xalqning o‘zligini tanishga bo‘lgan har qanday harakatini 

dushmanlik deb baholaydi, shunga yarasha muomala qiladi. Turkistondagi milliy 

ma’rifatchilik harakati ham shu ma’noda o‘ris-sovet mustamlakachilariga sira 

yoqmadi, qo‘rqitib yubordi va yangi bolshavoylar hukumati bu harakatchilarni uch 

bo‘lib (22-, 29-, 37-yillar) bitta-bittalab terib oldi yoki yoppasiga yo‘qotishga kirishdi – 

qamadi, surgun qildi, o‘ldirib yubordi. 

1929 yili qamoqqa olinganlarning eng ko‘zga ko‘ringanlari to‘plam 82 kishidan 

iborat Munavvar qori va boshqalar

84

 edi. Shu “Ish”ning, adashmasam, ilk jildida 

Munavvar qori Abdurashidxonovning yozma ko‘rgazmasi tikilgan. O‘sha ko‘rgazmada 

hozirgi mavzumizni yoritishda yordamchi bo‘ladigan bir nuqta bor. 

Chor podshohligi o‘rniga hokimiyat proletar diktaturasi qo‘liga o‘tgach va uning 

mavqei kuchayavergach, boshda katta bir maqsad bilan maydonga chiqqan jadidlar uch 

toifaga bo‘linib ketgani haqida yozarkan, Munavvar qori bunday deydi (ko‘chirma 

aynan emas, esimda qolganicha keltirishga harakat qilaman): 

“1. Bir toifa sovetga to‘la o‘tib ketdi. 

2. Ikkinchi toifa: sovet endi kuchaydi, unga qarshi bir ish qilishga kuchimiz 

yetmaydi, shuning uchun o‘zimizni go‘yo uni tan olgan ko‘rsatib, hatto partiyasi safiga 

kirib, endi millatni asrab qolishga harakat qilish, vatan manfaatini ichkarida turib 

himoya etish kerak, deganlardir (Munavvar qori o‘zini shu toifaga kiritadi. – N.M.R.)

3. Sovetni butkul qabul qilmagan, qo‘lga qurol olib unga qarshi kurashish kerak, 

deganlar uchinchi toifadir. Ular ayrimlari xalq orasiga singib, ayrimlari tog‘larga 

chiqib ketdi, milliy ozodlik harakatlarini tuzdi va bu kurashning ma’naviy 

yo‘lboshchilariga aylandi”,  

(Tarix kelajakda u sharafli otalarimizning xizmatlarini ham, kamchiliklarini ham 

xolis o‘rganadi, xolis bahosini beradi, nasib etsa. Olloh taolo gunohlarini kechsin, 

niyatlariga va harakatlariga yarasha ajrini bersin.) 

Bizni qiziqtirgan tomoni – hozir ham mamlakatdagi muxolifat (rasmiy fikrdan 

boshqacha fikrdagilar), xuddi Munavvar qori zamonida ajralgani kabi, bir necha 

toifaga ajraladi: 

1. Davlat (prezident) siyosatini to‘la inkor etuvchilar. Bundaylar mamlakatda bor, 

hatto ko‘p ham. Lekin boshi uzra hamisha qamoq va qilich xavfi turganidan kamdan-

kam holda, o‘shanda ham o‘zi ishongan davralardagina fikrini ochiq aytadi. Dardini 

                                                

84

 Sovet davrida Davlat xavfsizlik komiteti arxivida saqlangan bir necha jildlik tergov-surishtiruv ishi umumiy 



“Мунаввар кары и другие » deb atalgan. Kamina bu Ish bilan sovetning o‘limoldi payti – qayta qurish va oshkoralik 

damlarida tanishganman va “Munavvar qori va boshqalar” degan maqola ham yozganman. (“O‘zbegim” to‘plami, 166-

bet. Toshkent – 1992. “Vatan” silsilasi 1-kitob. “Zvezda Vostoka” jurnali kutubxonasi.) 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

126 


ichiga yutib yurishga majbur bo‘lganidan, ularning miqdorini aniq bilish qiyin, 

mamlakat ichida yashayotganlar bunday muxolifat borligini va ancha-muncha ekanini 

ko‘ngli sezib turadi, xolos. 

To‘la inkorchilar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 

a) diniy e’tiqodi yuzasidan yoki boshqa bir sabab bilan davlat siyosatini sira qabul 

qilmaydi, o‘zini chetga olib yuradi – ya’ni, jisman ham, fikran ham “uzlat”ga 

chekinganlar; 

b) siyosatni to‘la qabul qilmasa-da, iloji boricha indamaydi yoki eng 

yaqinlarigagina dardini ochadi, ammo sohasi bo‘yichami, hatto kichikroq amaldor 

bo‘libmi ishlayveradi – ya’ni, “qo‘li ishda, tashvishi ko‘nglida”. 

2. Yurt tashidagi muxolif tashkilotlarning yurt ichidagi qarindosh-urug‘lari va 

a’zolari, a’zo bo‘lmasa ham, fikrdoshlari. Bularning tash bilan aloqalari nechog‘li 

ekanini bilmaymiz, ammo ichkarida fikrini ochiq aytishga yo‘l qo‘yilmaganidan, 

omma orasida ta’siri tugul, hatto borligi ham sezilmaydi. 

3. Alamlilar. Bular boshqaruv haqida, mamlakat ravnaqi to‘g‘risida mustaqil 

dunyoqarashlari borligidan yo xalq qayg‘usidan emas, o‘zlariga yo biron yaqinlariga 

yetkazilgan nohaq jabr-sitam yuzasidan siyosatni va siyosatboshini yomon ko‘radi.  

Ular ham shartli ravishda uch xil bo‘ladi: 

Birinchi xili “amal alami”dir. Oshig‘i olchi kelib turganida shu siyosat 

childirmasiga  chin ko‘nglidan o‘ynab, ammo biron sabab bilan yuqori mansabidan 

haydalishini haqsizlik bilib ichiga alam tushganlar. 

Bu tur alam muqim dunyoqarashga suyanmaganidan o‘ta shaxsiy bo‘lib, el-yurtga 

foydasi kam. Ammo ayrim hollarda ijobiy natija berib qolishi ham mumkin. 

Ikkinchi xilini “tabiiy alam” desa bo‘ladi. 

O‘ziga yo biron yaqiniga yetkazilgan haqsiz jabr-sitam har qanday odamda alam 

uyg‘otishi tabiiy. Bunday alam umuman adolatsizlikka, zolim tuzumga va zulmga 

qarshi emas, balki bir hodisa munosabati bilan o‘zi va yaqinlari manfaatida alam 

yetkazgan shaxsga qarshi tug‘iladi. 

Lekin o‘zi kabi alamlilar holiga achinish tuyg‘usi borligidan, vaziyat taqozo 

etganida gohida jiddiy muxoliflikka aylanishi ham mumkin. Shu bois jamiyat 

o‘zgarishlarida sezilarli ta’siri bo‘ladi.  

Uchinchi xili endi “salbiy alam”dir. 

Bunday alam egasi ko‘zini ko‘r qiladi. Alamini kimdan olishni bilmaydi. Ayrimlari 

hatto zolim bir chetda qolib, mazlumning boshiga mag‘zava to‘ka boshlaydi. Endi o‘zi 

boshqalarga ma’naviy zulm qilishdan ham toymaydi. 

Hamma narsadan kir qidiradigan bunday (badbin) kimsalar hamma zamonlarda, 

hamma tuzumlarda bo‘lgan. Hatto eng odil podshoh eng adolatli siyosat yuritgan 

taqdirda ham ularni rozi qilib bo‘lmaydi. 

Aslida bundaylarning ishi ko‘proq g‘alamislikka tortib ketadi. Ularda ijobiy 

muxoliflikdan – qarashlar xilma-xilligidan asar ham yo‘q. Ularda xalqning og‘irini 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

127 


yengil qila oladigan fikr yo‘q. Amaldagi tuzumga yo boshliqqa noroziliklari faqat 

shaxsiy alamdandir. 

Ammo ular ham o‘ziga suyanchiq axtarib doim qarshi tomonlardan biriga qo‘shilib 

olishga harakat qiladi. Qarshi tomon kim va qanday ekani ularni qiziqtirmaydi. Shaxsiy 

manfaatiga va o‘zining fe’liga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. Bunday tuban kimsalar oddiy 

odamlar orasida bo‘lganidek, afsus, ziyolilar orasida ham uchraydi. 

4. Chinakam (ongli va e’tiqodli) muxolifat. 

Muxolifatning eng kuchli va eng fidoyi bu qismi “muxolifat” so‘zining boshda 

alohida ta’kidlaganimiz eng ijobiy va to‘g‘ri ma’nosi talablariga javob beradigan 

yo‘ldadir. 

Bular Vatanni chin yurakdan, xolis sevadi. Hatto bu sevgisi orqasidan zulm ko‘rsa 

ham, hatto tushunmovchilik yo teskari tashviqot natijasida xalqi undan yuz o‘girsa 

ham, toza e’tiqodidan qaytmaydi, millati va vatani manfaatini shaxsiy manfaatlaridan 

ustun qo‘yadi. 

Bundaylar o‘zi uchun yashamaydi. Haq yo‘li, haqparastlik yo‘li e’tiqodiga aylanib 

ketganidan butun borlig‘ini shu yo‘lga tikadi. Shaxsiy dushmanlik ular uchun 

nihoyatda pastlik, maydalikdir. “Sevsang, Olloh uchun sev, yomon ko‘rsang, Olloh 

uchun yomon ko‘r”, degan eng to‘g‘ri o‘lchovni ushlaganidan, shaxsini eng orqa 

qatorga qo‘yadi. 

Qayg‘usi o‘zi emas. O‘zini o‘ylasa, oxiriga qo‘yib o‘ylaydi. Chunki maqsad-g‘oyasi 

oliy – din, millat, Vatan, xalqdir, shaxsiy manfaat hissasi yo‘q hisobi. 

Ular ijobiy ishlarni dushmani qilsa ham tan oladi, salbiy ishni do‘sti yo tarafdori 

qilsa ham unday ishdan yuz o‘giradi. 

Bunday shaxslar oz bo‘ladi, ammo ko‘pga tatiydi. Shular hisobiga vatan Vatandir, 

millat Millatdir. 

Bundaylar ayrimlari Vataniga sig‘may tashqariga chiqib ketdi, ayrimlari ichkarida 

qolib ham vataniga sig‘may yuribdi. Tashqariga chiqqani Vatanini ham shundayicha 

yuragida olib chiqib ketgan, ichkarida qolgani Vatanini shundayicha yuragiga joylab-

asrab olib yuribdi. 

Bir ulug‘ shoir sovet zamonida vatanparvarlikning soxta shiorlariga qarshi: 

“Hamma vatan uchun o‘lib ketaversa, Vatan uchun kimlar yashaydi?!” deb savol 

qo‘ygan edi. Yurt ichida qolgan xolis muxoliflar ham: “Hamma vatan uchun tashga 

chiqib ketaversa, vatan uchun ichda kimlar qoladi?!” degan yupanch bilan yashayapti,  

Ollohga tavakkalni tom qilib, xizmatda davom etyapti. Yurt tashiga chiqib ketgan 

fidoyi zotlar erkin sharoitda qancha harakat qilsa, yurt ichida qolgan bu fidoyi zotlar 

mutlaqo erksiz holda shuncha, balki ulardan ortiqroq ishlarni qilyapti. Bundaylarga 

birov buyurishi shart emas, ular topshiriq berilmasa-da, yurak buyurig‘i bilan ishini 

bilib qilaveradi. Va qilmoqda. 

Bundaylar Vatanni oylik ishhaqi olib yoki biron mansabda o‘tirgani uchun 

sevmaydi, boshi kundada tursa ham Vatan qayg‘usida nafas olaveradi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

128 


Lekin bundaylar mamlakat ichida sochilib ketgan. Har biri bir orolcha kabi ayrim-

ayrimdir. Jamiyat yopiq, jon xavfi kuchli bo‘lgani uchun hatto biri ikkinchisini 

bilmaydi. Ko‘rsa, tanimaydi. Ammo ular bor va imkon darajasida bildirib-bildirmay 

yaxshi ishlar qilib yurishibdi. 

Olloh, hammalaridan rozi bo‘l, O‘zing ularga ko‘mak ber! 

 

Yurt tashi 

Endi bilganimiz qadar tashqaridagi muxolifatning ahvoliga boqib ko‘ramiz. 

Tashqari ichkarining xuddi o‘zi. Zotan, bor narsa oynada ko‘rinadi, cho‘michga 

qozonda bori chiqadi. Shim ichidagi cho‘ntak tashga chiqarsangiz ham cho‘ntakdir. 

Ya’ni, yurt tashidagi muxoliflarning oralarida ham ongli, e’tiqodli kishilardan tortib 

alamlilarigacha bor. Tarqoqligi ham ayni, balki ichkaridagilardan battardir. Ichki 

muxolifat tuzum ko‘z ochirmayotgani, birikishga imkon bermayotgani uchun sochilib 

yotgan  bo‘lsa, tashqi muxolifat bu tuzumdan olisda, to‘la erkinlik sharoitida, 

birikishga katta imkon bo‘laturib tarqoqdir. Adolatsizlikka, zulmga qarshi kurash qolib 

bir-biriga qarshi jabha ochgan. Qo‘yib bersa bir-birini go‘rga tiqmaguncha qo‘ymaydi, 

g‘ishtini ham zavq-la qalaydi. 

Albatta, bunday ayanchli holga shaxsiy g‘araz, mayda gina-kudurat, siyosiy 

savodsizlik sabab. Ayni choqda, orqadan O‘zbekiston maxsus xizmatlari yuborgan 

josuslarning “xolis xizmatlari” ham o‘z ishini qilgan.  

Tashqi muxolifatni hartomonlama o‘rganib chiqishga, birinchidan, bu bob juda 

kichiklik qiladi, ikkinchidan, ancha yillardan beri to‘rt devor ichida, yopiq jamiyatda 

yashayotganimizdan, chetdagi ishlarni sinchiklab o‘rganishga imkonimiz, to‘g‘ri 

xulosalar chiqarishga yetarli bilimimiz yo‘q. 

Biz ayrim muxolif saytlarda o‘g‘rincha ko‘zimiz tushgan, o‘zbekcha beriladigan 

chet radiolardan bir-ikki eshitib qolib diqqatimizni tortgan masalalargagina, bu 

kichkina bobga sig‘ar darajada to‘xtalamiz. Shaxslarga qaramaymiz, birovni to‘g‘ri, 

birovni xato yo‘lda deb ajratmaymiz, umumiy hol haqida umumiy fikrimizni hamda 

o‘zimizcha to‘g‘ri yo xato deb bilgan ishlarni aytamiz, har kim o‘zi xulosa qilib 

olaveradi. 

1. Eng birinchi galda diqqatimizni tortgan narsa – tashqaridagi muxolifatning 

ichkariga boqishidir. 

Uch xil boqilyapti: a) yuzaki; b) shaxsiy g‘araz ko‘zi bilan; v) xolis ko‘z bilan. 



Yuzaki qarashlar ichkaridagi holat o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshlaridagi 

holatdan ancha-muncha boshqacha bo‘lib qolganini his etmaslikdan tug‘iladi 

ko‘pincha. 

Muxolifatning asosiy bo‘lagi tashqariga chiqib ketganidan beri oradan yigirma 

yilcha vaqt o‘tdi. Bu orada butun boshli yangi bir nasl paydo bo‘ldi. Ular muxolifat 

g‘oyalarini-da, boshliqlarini-da, ular jon kuydirgan masalalarni-da yaxshi bilmaydi 

yoki umuman bilmaydi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

129 


Bugun vaziyat 90-yillardagidan boshqacha bo‘lgani uchun eski muxolifatni 

taniydiganlar ham, hatto ular bilan birga, yonma-yon turib kurashganlar ham bugun 

kayfiyatlari, dunyoqarashlari, faolliklari ilgarigiday emas. Yangicha shart-sharoit 

dunyoqarashlarga qo‘shib kurash usullarini-da ancha-muncha o‘zgartib yuborgan. Bu 

holni albatta hisobga olish kerak. 

Shaxsiy g‘araz deganda faqat salbiy ma’no ko‘zda tutilmayapti. Chunki eng xolis 

munosabat tagida ham shaxsiy g‘araz ulushi bo‘ladi, albatta – busiz iloj yo‘q. Lekin bu 

yerda xolislikdan shaxsiy g‘araz ulushi ortib ketganidagi holat nazarda tutilyapti. 

Kirishda aytganimizdek, shaxsga dushmanlik mulohaza ko‘zini ko‘r qiladi, 

raqibning ijobiy ishlarini ham tan olgisi kelmaydi, hamma ishidan kir qidiradigan 

bo‘lib qoladi. Natijada bunday muxolif o‘zi sezmagan holda kurashni salbiy holatga 

qarshi emas, shaxsga qarshi burib yuboradi. Shaxslararo kurashda, nasib etib, 

dushmani ustidan g‘olib kelgan taqdirda ham, u xalqiga orzudagi baxtni bera olmaydi. 

Aksincha, tez orada o‘zi xato qila boshlaydi va endi... o‘ziga qarshi chiqqan toifaga 

qarshi kurash boshlab yuboradi. Bunda o‘zidan oldingi yomon tuzum asoschisidan 

farqi qolmaydi. 

Nima demoqchimiz? 

O‘zbekistonda prezident Islom Karimov o‘rnatgan g‘ayriinsoniy tuzum bir 

chekkada qolib, Islom Karimovning shaxsiga qarshi kurashishda foyda kam, 

demoqchimiz. Hadeb bir kishining shaxsiy kamchiliklariga urg‘u berilaversa 

(hammaning ham o‘ziga yarasha kamchiligi yetarli), odamlar bunaqa tashviqotdan 

tezda bezadi. Bunaqa tanqid hatto teskari natija berib yuborishi mumkin.  

Buning o‘rniga, u qurgan iflos tuzum, u o‘rnatgan chirkin boshqaruv usuli butun 

iflosligiyu chirkinligi bilan ochib tashlanishi lozim. Har bir sohani shu sohaning 

bilag‘onlari ipidan ignasigacha o‘rganib, tuzum kirdikorlarining sabab-oqibatlarini 

isbotli-dalilli shaklda xalqqa yetkazishi kerak. 

Buning o‘zi yetarli emas. Hozirgi tuzum va boshqaruv usuli yomon bo‘lsa, o‘rniga 

qanaqa tuzum taklif etilyapti, mo‘ljaldagi tuzum va boshqaruv usulining eskisidan 

qanaqa ustunligi bor ‒ asosiy kurash mana shu yo‘nalishda olib borilsa, samaraliroq 

bo‘ladi. 

Xolis ko‘z bilan boqish degani iloji boricha nafsning hissasini kamaytirish 

deganidir. Kamchilikni haqiqati bilan anglash, tahlil etganda xolis turish, dushmanning 

bo‘lsa-da yutug‘ini e’tirof etish, shaxsiy manfaatni vatan manfatiga bo‘yin sundirish... 

kabi oliy xislatlar kiradi bunga. 

Tushunarli bo‘lgan sababga ko‘ra bu uch toifaga misol keltirmadik. 

2. Tashqi muxolifatning umuman dinga, xossatan mo‘min-musulmonlarga boqishi 

ham olaquroq. 

Umuman, tashqarida din nomidan va demokratiya nomidan harakat qiladigan ikki 

toifa muxolifat bor. Din nomidan muxolifatning dinga munosabati tushunarli: ular 

millatni din qutqaradi degan umumiy fikrda birlashadi, ammo ular ham Islom 

asoslaridan bilish darajasiga hamda hozirda yashab turgan makon sharoitiga qarab, 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

130 


siyosat uchun dindan foydalanish usullarida

85

 hatto keskin qarama-qarshi qutblarga 



ajrashadi. Maqsadga da’vat yo‘li bilan asta-sekin erishiladi, deydiganlardan tortib, 

qurolli kurash (jihod) yo‘li bilangina Islomni iqtidorga keltirib bo‘ladi, 

deydiganlargacha bor. 

Ammo o‘zlarini “demokratik muxolifat” deb ataydiganlar orasida dinimizga 

moyilona mo‘‘tadil qarovchilar qatorida keyingi davrlarda Islom dinini, musulmonlarni 

yomon ko‘radigan millatchi va hatto so‘lchi kayfiyatdagi vatandoshlar ham ko‘paya 

boshladi. 

Yana, Sharqqa hijrat qilganlar bilan G‘arbga hijrat qilgan mo‘min-musulmonlar 

dunyoqarashlari va kurash usullarida bir-biridan uzoq ikki qutbga ajralish sezilyapti. 

G‘arbga hijrat qilgan dindor muxolifat ichida hatto, din boshqa – siyosat boshqa, tuzum 

demokratik bo‘laversin, diniy erkinliklarni tortib olib qo‘ymasa bo‘ldi, deydiganlar 

salmog‘i ortib boryapti. 

Bu alohida katta mavzu. Biz hozir demokrat muxoliflardan ayrimlarining dinga 

munosabatini alohida ko‘rib chiqmoqchimiz. Chunki bu narsa bizning musulmon 

diyorimizda muhim va hal qiluvchi masalalardan biridir. 

Yana qaytarib aytamiz: ichkarida tashqarini kuzatish imkoniyati rosa cheklangan, 

shuning uchun xulosalarimizda bir oz kemtiklik bo‘lishi tabiiy, oldindan uzr so‘raymiz. 

Onda-sonda qulog‘imizga chalingan, ko‘zimiz tushib qolgan ma’lumotlarga 

qaraganimizda ham ahvol tashvishlanarlidir. Masalan, “Ozodlik” radiosi o‘zbek 

bo‘limi saytidagi munozaralarda, “Yangi dunyo” sayti ayrim mualliflarining maqola va 

bahslarida hamda “Birlik” harakati rahbarlarining o‘z internet gazetlarida dinning 

ijtimoiy ahamiyati, inson hayoti, jamiyat va siyosatda tutgan o‘rni to‘g‘risida 

bildirilayotgan mulohazalar ohangi kishini cho‘chitadi, sergaklantiradi. Dinni yerga 

urish, sha’niga u loyiq bo‘lmagan salbiy sifatlarni aytish, dindorning ustidan kulish, 

umuman dinni tushunmaslikdan keladigan har xil tuhmatu bo‘htonlar urchib boryapti. 

Fikri dinga qarshi bo‘lgan “muxolif”lar unutgan bo‘lsa, eslatamiz: xalqimizning 

katta qismi Ollohga va elchisiga qattiq ishonadigan va ergashadigan mo‘min-

musulmondir. Mamlakatimizda bundan keyingi hech bir katta ish mo‘min-

musulmonning talab-istagini hisobga olmasdan, u bilan til topishmasdan turib amalga 

oshmaydi! Amalga oshganday ko‘rinsa-da, katta kemtik qolaveradi. 

Shunday ekan, dindorni xo‘rlaydigan, uning ko‘ngliga quloq solmaydigan, 

aksincha, uni yomon ko‘radigan, unga yashash haqqini bermayotgan, jamiyat va davlat 

ishlaridan bir chetga surib qo‘yib, bir musulmon yurtni, bir musulmon xalqni o‘z 

bilgicha (xalqning xohish-irodasiga, e’tiqodiga, hayot tarziga ters ravishda) 

boshqarayotgan bir ZOLIMni ag‘darib o‘rniga o‘tirmoqchi bo‘layotganlar ham din 

masalasida o‘zidan oldingidan hech farq qilmasa, necha pullik qimmati bo‘ladi?!  

                                                

85

 



Aslida siyosat dinning quroli bo‘lishi mumkin, ammo din siyosatga qurol bo‘lolmaydi. Chunki din oliy, siyosat undan 

tubanda turadi. Qanday qilib oliy narsa tubandagi narsaga qurol bo‘ladi?!

 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

131 


Bir zolim o‘rniga yana bir zolim kelar ekan, nega endi musulmon xalq unga 

ergashsin, nega qo‘llasin?! 

Oldingisiga qarab hafsalasi pir bo‘lganiday, endi keladiganiga qarab ham (ikki og‘iz 

so‘zidan kimligini tanib va kelajakda nima qilmoqchi ekanini bilib) hafsalasi pir bo‘lib 

tursa, nega uning chiroyli so‘zlariga uchsin?!

86

  



Bunday “muxolif” bilan hatto zolimga qarshi ittifoq tuzmaydi mening musulmon 

xalqim. Chunki unaqa “muxolif” bugundanoq ertangi zolimdir. 

Bo‘lg‘usi siyosati asosiga Islom diniga qarshi kurashni qo‘yishini oldindan e’lon 

etib turgan ey muxolif! Dinsiz sen kimsan?! Kimga yo‘lboshchi bo‘lmoqchisan?! 

Siyosiy maqsadingni amalga oshirishda kimga suyanmoqchisan?! Kim senga ergashadi 

va itoat etadi?! 

Hech bir mo‘min bugun Islom dinini yoqtirmaydigan muxolifchini, hatto u o‘n 

karra g‘ayrat bilan yeng shimarib “zulmga qarshi kurash”ga kirishgan bo‘lsa ham, 

qo‘llamaydi. Bordiyu ertaga hokimiyatga kelsa, imkon tug‘ildi deguncha, boshidan 

uloqtirib tashlashga harakat qiladi. 

O‘rni kelib qoldi, bir vaqtlar orqasidan butun xalqni ergashtira olgan, mamlakatdan 

muxolifat o‘laroq chiqib, endilikda mayda gaplar botqog‘iga botib borayotgan bir 

harakat haqidagi mulohazalarimni ham bildirsam. 

Gap “Birlik” xalq harakati haqidadir. 

“Birlik” o‘z zamonida yelkasiga tushgan ishni imkoni yetgan qadar qildi. Erishishi 

mumkin bo‘lgan natijalarga ham erishdi. O‘zbekistonga ozmi-ko‘pmi toza havo kirib 

kelishiga, millatning uyg‘onishiga hissa qo‘shdi. Faoliyatini shu yerda to‘xtatganida 

ham u hamisha yaxshi nom bilan eslanadigan bir harakat o‘laroq tarixda qolar edi. 

Zotan, uning tarixiy vazifasi shu bilan tugagan edi hisob. Uning bo‘linib ketgani 

ham tabiiydir. Uyg‘ongan millat dunyoqarashi kengaygani sari hayot kun tartibiga 

yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni yangicha tarzda qo‘yishga ehtiyoj sezadi. Maqsad 

sari ilgarilash uchun eski arava talabga javob bermay qo‘ysa, yangi zamon aravalariga 

o‘tadi. Buning hech qanday hayron bo‘ladigan yoki og‘ir oladigan joyi yo‘q. 

Saksoninchi yillar oxiri to‘qsoninchi yillar boshidagi “Birlik” eng kerakli pallada 

eng kerakli siyosiy kuch sifatida maydonga chiqib, bo‘yniga tushgan eng kerakli 

vazifani sharaf-la bajardi va shu ishi bilanoq u vatanimiz va xalqimiz tarixida 

unutilmas xotiralar, o‘chmas izlar qoldirdi. Endi o‘z vaqtida faoliyatini to‘xtatish ham 

katta natija bo‘ladi. 

“Birlik”ning ijobiy pallasi allaqachon o‘tgan. Qanchalik achchiq bo‘lmasin, buni 

ochiq tan olish kerak. 

Bugun “Birlik”da u eski olijanob g‘oya va u eski buyuk maqsadlardan asar ham 

qolmagan. Miyasi aynib qolgan yo‘lboshchisigina

87

 hamon o‘sha-o‘sha eski odam! 



                                                

86

 Yaqinda bir “milliyatchi-demokrat” ukamiz o‘zining Facebook sahifasida Misrda demokratik erkin saylov yo‘li bilan 



iqtidorga kelganlarni “yovvoyilar” deb atadi, harbiy to‘ntarishni oqladi. O‘sha “yovvoyilar” o‘zlariga qarshi namoyishga 

chiqqan biron kishining burnini qonatmagani holda, qonunga ters holda hokimiyatga kelgan harbiylar qonun himoyasi 

uchun maydonga chiqqanlarni qonga botirib yotibdi. Qay biri yovvoyi?! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling