Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “bir ramziy ma’no”
- Begonaga o‘zni bir chetga surish bilan yaqinlashilmaydi.
- Bu voqea Samarqandda bo‘lgan
- Xalq (Maslahat) kengashi
- Xatolar millat yo davlat sha’nini bulg‘amaydi. Xatolarni o‘nglamaslik, xatoligini bilaturib ularni yana takrorlash aybdir.
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 105
Ayniqsa, Turkiya bilan munosabatlarimiz hech qachon bugungi darajada yomonlashmagan. Siyosiy birdamlik yo‘q, harbiy hamkorlik yo‘q, iqtisodiy aloqalar mayda tijorat darajasiga tushib qolgan. Turk ish odamlari turli-tuman bahonalar ila O‘zbekistondan siqib chiqarildi, qo‘shma korxonalar yopildi, ustlaridan jinoiy ishlar ochilib, maqsad siyosat bo‘lgani uchun, televideniye orqali teskari tashviqot yurgizilib, qardoshlarimiz xalqimizga yomon qilib ko‘rsatildi. Turkiya bilan aloqa qilgan juda ko‘p vatandoshimiz eng kamida “ishlari yurishmay qoldi”, qolganlari bo‘lar-bo‘lmas ayblar bilan qamoqlarga tashlandi, mamlakatdan qochib ketishga majbur qilindi. Turk litseylarida ta’lim olgan iqtidorli yoshlarimiz bittama-bitta ro‘yxatga olindi, ishlardan quvildi, ochgan firmalari yoki shaxsiy tijoratlari yopildi, namozxonlari zindonlarga tashlandi, eng insof qilingani qora ro‘yxatlarga kiritildi. Hol bu ki, ular juda umidli, kelajakda Vatanga eng ko‘p foyda keltiradigan, g‘oyat iqtidorli bolalar edi. Turk litseylarida pora, tanish-bilish bo‘lmaganidan u yerlarga o‘qishga millatimizning eng a’lochi, eng iqtidorli bolalari o‘z kuchlari bilan kirgan, o‘qituvchilarining fidokorona ta’lim-tarbiyalari natijasida ulkan yutuqlarga erisha boshlagan edi. Ularning ta’limga munosabati qarshisida bizning ahvolimiz chorasizligi ochilib- bilinib qoldi. Bunday paytda darhol kamchiliklarimizni tuzatishimiz, qardoshlarimizdan ijobiy an’analarini o‘zlashtirishimiz lozim edi. Mantiq, aql shuni taqozo etadi. Ammo biz, odatdagidek, aqlga va mantiqqa teskari yo‘lni tanladik – hartomonlama ilg‘or u litseylarni 74 yopib qo‘yaqoldik. Va, mana, kunimiz yana o‘zimizning eski kommunistlarga qolib, maktablarga “sinf fondi”, “maktab fondi”, “maktab ta’miriga”, “sinf ta’miriga”, “sinf pardasiga”, “qo‘shimcha dars uchun”, “farroshga”, “o‘qituvchisini paxtadan olib qolishga” kabi turli nomlardagi yangicha-yangicha soliq to‘plashdan qo‘limiz bo‘shamay qoldi. Bolalarimiz maktablarga ilm olish uchun emas, har xil munosabatlar ila pul to‘plab berish uchun borayotganday taassurot tug‘iladi. Ota-onalar yig‘ilishlarida ilm haqida bir og‘iz gap bo‘lmay qoldi, faqat pul haqida gap aylanadi. Bo‘larkan-ku! G‘iq etmay ko‘nib yuribmiz. Mayli, turk litseylari nechog‘li olijanob ishlar qilmasin, tag maqsadi bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmasdi, shuning uchun yopildi, deylik. Unda G‘arb mamlakatlari ochgan va ochayotgan maktablar, institutlar, universitetlarda berilayotgan ta’lim va tarbiya bizning manfaatlarimizga tom uyg‘unmi? Nimaga bularga keng yo‘l- u, qardoshlarimiz quvg‘in etildi?!
74
jamoatiga tegishli ekanini bilmagan. Turk litseylari deb o‘yladi va orqasida Turkiya davlati turibdi deb ishondi. Zotan davlatimiz ham shunday o‘ylaganidan mamlakatimizga kirishiga ruxsat bergan edi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 106
Bundan tashqari, odamni o‘ylantiradigan holat yuzaga keldi: turk litseylariga ilm istab o‘qishga kirgan va yaxshi ta’lim olishdan boshqa maqsadi bo‘lmagan bolalarimiz yoppasiga aybli deb e’lon qilindi, qora ro‘yxatlarga kiritildi, qamoqlarga tiqildi, ammo bu litseylarni o‘z vaqtida ochishga rozi bo‘lib ruxsat bergan va qo‘llab turgan davlat (ya’ni, Prezident) hech qanday javobgarlikka tortilmadi! Agar davlat (ya’ni, Prezident) “mustaqillik”ning Turkiya bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘lib turgan ilk pallalarida “Bu litseylarning jinoyatchi tayyorlovchi uya ekanini bilmagan ekanmiz” deb o‘zini oqlamoqchi bo‘lsa, unda bu litseylarga ilm istab kirgan va yaxshi ta’lim olib bitirgan bolalarimizni nimaga yoppasiga qoralaymiz? Jamiyat ishlaridan uzishga harakat qilamiz? Axir, davlat (Prezident) bilmagan narsani oddiy ota-ona, yosh bola qayoqdan bilsin?! U bechoralar davlat ruxsat bergan, adliyadan ro‘yxatdan o‘tgan rasmiy litseylarga o‘qishga kirdik deb o‘ylagan edi, xolos. Va ta’limning juda baland saviyasini ko‘rdi. Xalq ham ko‘rdi. O‘zbekiston kelajagi iqtidorli va fidoyi bolalar hisobiga porloq bo‘lishidan umid qildi. Lekin afsus, afsus. Kelajagimiz mafkurasini, davlatimiz mustaqilligini asrash uchun shunday qilindi desak, unda bolalarimizni turklardan yo arablardan uzib inglizlar, amrikaliklar, nemislar, juhudlar, faransuzlar, itoliyonlar... qo‘liga topshirib qo‘yayotganimizni qanday tushunamiz?! Ular mamlakatimizda maktablarini, oliy o‘quv yurtlarini ocharkanlar, bolalarimiz ongiga bizga butkul yot bo‘lgan mafkuralarini va axloqlarini singdirmayaptimi? Bu ham kelajagimizga xavf emasmi? Unday emas, albatta. Eng to‘g‘ri munosabat “Ilm mo‘minning yo‘qotgan narsasi, qayerda topsa oladi” degan hikmatda. Bugun biz ilmni yo‘qotgan holatdamiz. U Amrikada bo‘ladimi, Olmonda bo‘ladimi, olishimiz lozim. Jumladan, tijoriy ishlarda ham millat ajratmay, davlat ajratmay, o‘zaro hamkorlik doirasida, o‘zaro foyda ma’nosida hamma bilan yaxshi munosabat qurishimiz kerak. Mening tepadagi so‘roqlarimda begonalarni siqib chiqarib O‘zbekistonda faqat turklar va arablar qoldirilsin degan ma’no yo‘q. Aslo bunday demoqchimasman! O‘zbekistondan faqat turklar bilan arablar siqib chiqarilayotganini hazm qilib bo‘lmaydi. Boshqalarga keng yo‘l berilyaptimi, qardoshlarimizga ham birday munosabat ko‘rsatilsin deyapman, xolos. Yoki davlatimizning maqsadi xalqimizni o‘zimizga, o‘zligimizga, tariximizga, tilimizga, dinimizga yaqin mafkura va axloqlardan ayirib, yetti yot begona mafkura va axloq izmiga topshirishmi?! Maqsadi shundayga o‘xshab qolayotgani 75 o‘ylantiradi meni. O‘zbekiston o‘zini Turkiyaga qarshi bunday tutishi, tabiiy, sezilmay qolmadi. Ketma-ket salbiy harakatlar, O‘zbekistondan Turkiyani to‘la siqib chiqarishga qaratilgan kaltao‘y siyosat xalqlarimiz orasiga sovuqchilik tushirdi, o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirdi, “mustaqillik”ning ilk pallalarida kuzatilgan bir-biriga qarab
75 Ko‘chada bu ahvol, uyda televizor: qachon qo‘ysangiz, yetti yot begona mamlakat kinosi qo‘yilayotgan bo‘ladi. Millat ruhini buzib “tarbiya”lab yotibdi. Butun xalq bola tarbiyasini shu kinolarga ishonib topshirib qo‘ygan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 107
talpinish harakati bora-bora bir-biridan qochish harakatiga aylandi. Ikki davlat o‘rtasida yaqindagina katta tantanalar bilan tuzilgan “Abadiy do‘stlik” haqidagi bitimning bir chaqalik qiymati qolmadi... Demak, dushman yana niyatiga yetdi: turklarning ikki katta va madaniy bo‘g‘ini bir-biridan uzib qo‘yildi. O‘zbekistonsiz turk davlatlarining, o‘zbeklarsiz turk xalqlarining bag‘ri to‘larmidi? O‘zini kamida Amir Temurday ko‘rib g‘ururga ketgan prezident timsolida o‘zini Amir Temur tuzgan buyuk saltanatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi his qiladigan “O‘zbekiston xonligi” buyuk Amir Temurning xatosiga ham munosib voris ekanini ko‘rsatyapti: Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga kelganiga roppa-rosa 600 yil to‘lgan bir paytda prezident Islom Karimov olis Ispaniyaga bag‘rini ochyapti, lekin bu yoqda qardosh Turkiyaga orqasini o‘giryapti. Albatta, bu hodisada “ezgu” bo‘lmasa-da, chindan ham “bir ramziy ma’no” borga o‘xshaydi 76 .
Kichik xulosa Siyosat ayrim pallalarda mustaqillikning qaysidir tomonlaridan chekinib turishga majbur etadi. Biz bir oz chekinmasak, narigi tomon ham chekinmaydi va natijada maqsadga erishish qiyin bo‘ladi. Narigi tomonning manfaatini ham hisobga olishga majbursiz siyosatda. Ammo bu chekinish “bir oz”dan oshmasligi, xiyonat darajasiga bormasligi kerak. Begonaga o‘zni bir chetga surish bilan yaqinlashilmaydi. Aka-ukasidan tongan, qo‘ni-qo‘shnisi bilan urishgan kishi begona mahallalarda ham obro‘ qozonmaydi, qadr topmaydi. Aksincha, u begonalar bu yakkamoxovdan bir oz muddat o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi-da, kun kelib betiga tuflab ketadi. O‘shanday paytda hassakashimiz, tobut ko‘taruvchimiz bo‘lgan qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ asqotadi. Agar ular ham tepamizga kelmasa, ichi achimasa, qardoshlik qo‘lini uzatmasa, holimizga voy. Mana shunday ayanchli ertani hisobga olmagan biz nodonlar qarindoshu qardoshlarga munosabatda bir-birimizga talpinish, bir-birimizni asrab-avaylash o‘rniga o‘zimizdan bezdirish siyosatini yuritib kelyapmiz! Uzoqdagi bug‘doydan yaqindagi somon yaxshi, deydi xalqimiz. Ota-bobomizning yordami (aslida, xatosi) bilan Oltin O‘rda “mustamlakasi”dan qutulib “mustaqil knyazliklar” tashkil qilib o‘zini tiklab olgan uzoqdagi bitta bug‘doy – O‘rusiya nima
76 Ayrim soddalar O‘zbekistonning Turkiya bilan orasi buzilishiga asosiy aybni Turkiya tomoniga va muxolifat yetakchisi Muhammad Solihga qo‘yadi. “Turkiya Muhammad Solih boshliq muxolifatchilarga boshpana bermaganida yoki uni Islom Karimovga taslim qilganida ikki davlat orasi buzilmas edi, bitta shuni deb shunaqa bo‘ldi” tarzida fikrlaydi. Aslida, Turkiya O‘zbekistonga Muhammad Solihni qaytarib bermay uning shaxsinigina himoyaga olmadi, balki O‘zbekiston xalqining ozod, hur, erkin yashash huquqini diktaturaga taslim qilmadi – bu katta masala va har qanday mayda-chuyda yo‘qotishlarga arziydi. Ora buzilishiga esa ko‘proq prezidentning shaxsiy xususiyatlari ‒ ginachiligi, kechirimli emasligi, boshqacha fikrga va boshqacha fikrlovchilarga toqatsizligi... sababdir. Bir kishining fe’l-ho‘yi orqasidan bugun ikki davlat orasi buzuq, xalq sarson.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 108
qildi? Biz bilan abadiy do‘st bo‘ldimi? Qarshimizda o‘zini necha asrlardan beri minnatdor his etyaptimi? Bu “minnatdorligi” izhorini bir yuz yigirma besh yillik asorat payti ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Lekin hamon saboq chiqarmadik. Yoki yana ham uzoqroqdagi “bug‘doy”ni – Ovrupani olaylik... “Turk sultonligi tahdidi”dan qutqarganimiz evaziga Amir Temurga oltindan bitta haykalcha quyishdan (eshitishimcha, bu ham hali quruq gapga o‘xshaydi!) boshqa nima karomat ko‘rsatdi?! Aksincha, necha yuzyillar ichida dunyo bo‘ylab mustamlaka siyosatini yuritgan och Ovrupa, ayniqsa Angliya timsolida, Amir Temurning evarasi Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda tuzgan ulug‘ saltanatga va buyuk Turkistonga tinimsiz ko‘z olaytirib keldi! Va tarixda uch yuz yil hukm surgan temuriyzoda boburiylar sulolasini “Amir Temur Ovrupani turklar tahlikasidan ozod etgani” evaziga tag-tubi bilan tugatib berdi! So‘ngra u yerdan Markaziy Osiyo sari siljib, Amir Temurdan qolgan diyorni O‘rusiya bilan talashib uzoq yil jang qildi! Bugun qo‘shnimiz Afg‘onistonda – Amir Temur tuzgan saltanatning bir bo‘ldagida qanday vahshiyliklar qilayotganini ko‘r ko‘z ham ko‘rib turibdi. Ana sizga minnatdorlik, ana sizga do‘stlik! Olimlarimiz, jurnalistlarimiz, tarix kitoblarimiz bularni aytmaydi-da, ikki gapning birida “arab bosqinchilari yurtimizni bosib oldi”, “talon-toroj qildi”, falon-pismadon, deb boshlarni qotiradi. O‘ris yo inglizning qo‘shin tortib kelishi bilan arablarning kelishi boshqa-boshqa ravish, boshqa-boshqa hol ekanini ko‘rmaydi, ko‘rsatmaydi. Chunki bilmaydi. Mustamlakachilar tarix ilmimizni haqiqat o‘zanidan chiqarib, o‘zlarining manfaatlariga xizmat qiladigan tom teskari o‘zanga solib yuborgani uchun onglar yetti yot so‘qmoqlarda uloqib yuribdi. Haqiqatni bilishga harakat ham qilmaydi. Tushunchalarimiz buzilgan. Arablar diyorimizga qo‘shin tortib kelgan bo‘lsa, yerlarimizni talash niyatida emas, Olloh taoloning “Dinni yoyinglar!” degan buyrug‘iga ko‘ra, birxudolik diniga chaqiriq niyatida kelgan. Tarix kitoblaridan bilamiz: chaqirig‘iga ijobiy javob bergan o‘lkalar bilan urushmagan, dinning yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirgan-da, yer yuzida Ollohning So‘zini oliy qilish vazifasini ado etish sari yana nari o‘tib ketavergan. Qolaversa, ular faqat Movarounnahrga qarab emas, butun dunyo bo‘ylab birxudolik dinini yoyish uchun tarqalgan. Bunda borgan yerida eng oldin og‘zaki yo yozma chaqiriq kabi xilma-xil usullarni ishlatgan. Agar urushishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, urush to‘g‘risida Islom dini belgilagan chegaradan chiqmagan holda urushgan 77 . (O‘lja olish 77 Urushda shariat belgilagan chegaradan chiqilganida dinimiz hukmi qanaqa bo‘lishini ko‘rsatadigan bir maqola: Muallif: doktor Ashraf Najm Bu voqea Samarqandda bo‘lgan Aytsam, bugun ba’zilar ishonmaydi. Lekin bu voqea haqiqatda Samarqandda sodir bo‘lgan. Ibn Kasir, Tabariy, Balozuriy kabi tafsirchi va tarixchilar kitoblarida yozmaslaridan oldin g‘ayrimuslimlar o‘zlari yozib ketishgan (Ya’ni, tarixiy fakt ekaniga shubha yo‘q, demoqchi. – N.M.R.). Samarqand fath etilganidan keyin ikki voqea yuz beradi:
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 109
masalasi boshqa masala. Bu narsa har qanday urushning tarkibiy qismidir va faqat urush holatidagina o‘lja olingan. Kimning qo‘li baland kelsa, o‘lja olgan, albatta. Boylikni talash, odamlarni qul qilish uchun bo‘lgan urushlarni keyin ko‘rdik, yaqin- yaqingacha jabrini tortib ham keldik.) Musulmonlarning maqsadi din bo‘lgani uchun raqib tomon dinni yoki zimmiylikni qabul qilgan zahoti urush to‘xtatilgan. Maqsad boylik bo‘lganida raqib tomon dinni qabul qilgan-qilmaganiga qarab o‘tirilmas edi. Yoki, masalan, maqsad boshqa xalqlar ustidan hukmronlik o‘rnatish bo‘lganida arabdan boshqa millatdan podshoh yo xalifa chiqmagan bo‘lardi. Maqsad dinni yoyish bo‘lgani uchun Islom yetib borgan o‘lkalarda g‘olib arablar mahalliy millat podsholariga bo‘yin sunib yashab ketaverishgan. Hatto oxirgi bir necha asr davomida butun arab diyorlari huzur ila turk xalifaligiga itoatda yashadi! Endi turklarga kelsak... Tarix varaqlarini titkilab ko‘raylik: men bilishimcha, Onado‘li turklari o‘zlarining ota yurtlari Turkiston tuproqlariga biron marta qo‘shin tortib kelmagan! Hatto Turkiston yo Turon mayda xonliklarga bo‘linib, bir-biri bilan qirpichoq bo‘lib, markaziy xalifalikka siyosiy itoat susaygan yo itoat etmay qo‘yilgan paytlari ham Otayurtga lashkar yuborilmagan! Qadim Turon deyarli mustaqil boshqarilgan. Hurmatni saqlash bu qadar!
1. Bir kuni bozorda yosh samarqandlik bilan musulmon askar o‘rtasida qattiq janjal ko‘tariladi. Odamlar qo‘rqinch va hadik bilan yig‘ilishadi. Hozir musulmon qo‘shini har tomondan yetib kelib, g‘oziylarga qarshi chiqadigan senmisan hali, deb yigitchaning rosa adabini bersa kerak deb o‘ylashadi. Chindan darrov bir necha askar yetib keladi. Lekin musulmonga qo‘l ko‘targan yigitni nimagadir do‘pposlab ketmaydi. Aksincha, ikkala to‘palonchini va ularga qo‘shib guvohlarni olib qozi huzuriga yetaklaydi. Qozi musulmon askarni butparast yigit yoniga turg‘izib qo‘yib, hodisani yaxshilab so‘rab- surishtirib, xolis o‘rganadi. Va... musulmon askar zarariga hukm chiqaradi! Adolatli hukm ovozasi shaharga duv yoyiladi. 2. Samarqandga musulmonlar kirganida toqqa qochib ketgan shahar a’yonlaridan biri qozining butparast yigit foydasiga chiqargan hukmini eshitgach, demak, bularda adolat bor ekan, degan qarorga keladi va elchilikka bir yigitni yollab, Islom lashkarboshisi ustidan mo‘minlar amiriga shikoyat yozib jo‘natadi. Elchi yigit arizani poytaxt Dimashqqa yetkazganida xalifa Umar ibn Abdulaziz shaharning oddiy mahallalaridan biridagi o‘zi yashaydigan uyi devorini tuzatayotgan edi. Qo‘llari loy. Dunyoni titratib turgan musulmon davlati boshlig‘i bunaqa uyda yashashini elchi sira kutmagan edi, buning ustiga, o‘zi loy changallab devorini sozlayotgani uni hayratga soladi... Xullas, yigit jur’at etib xalifa Umarga yaqin keladi va: “Ey amir, Samarqand ahlining haqqini so‘rab, sizga Samarqandga yuborgan lashkarboshingiz ustidan shikoyat ariza olib keldim. Biz sizning adolatingizni eshitganmiz, insof qilishingizdan umidvormiz. Lashkarboshi bizni ogohlantirmay to‘satdan hujum qildi. Biz sizlarning dushmanga uch kun muhlat berishingizni, yo islom, yo jizya yoki urushdan birini tanlash ixtiyorini berish odatingiz borligini bilardik”, dedi. Umar ibn Abdulaziz: “Bu bizning odatimiz emas, Ollohning amri va rasulining (s.a.v) sunnatidir”, dedi. So‘ng kotibni chaqirib bir nimalarni yozdirdi va muhr qo‘yib yigitga uzatdi: “Buni Samarqand voliyiga ber, Olloh xohlasa, u ustingizdan zulmni ko‘taradi”, dedi. Yana devorini tuzatishga kirishdi. ...Samarqand voliyi mo‘minlar amirining xatini olgan zahoti ahvolni sinchiklab o‘rgandi-da, lashkarboshiga uch kun ichida shaharda bitta ham askar qoldirmay chiqib ketishni, shaharni o‘z ahliga qaytarishni buyurdi! “Samarqand ahli ogohlantirilsin ‒ islom, jizya yo urushdan birini tanlash ixtiyori ularga qo‘yilsin. Urushni tanlashsa, keyin urush bo‘ladi, o‘shanda ham urushga hozirlanishga fursat berilsin. Olloh taolo shariatining va payg‘ambari (s.a.v.) sunnatining tatbiqi shunday bo‘ladi”, deb hukm o‘qidi. Qo‘shin zudlik bilan shaharni tashlab chiqa boshladi va uch kun o‘tmay bu yerda bitta ham musulmon qolmadi. Samarqand ahlini hayrat chulg‘ab oldi. Kattayu kichik shahar markaziga to‘plandi. Ular ko‘rganlariga ishonmayotgan edilar. Bunday xulqli qavm insonlarning eng yaxshisi, qozisi chiqargan hukm mutlaq adolat, ergashuvchilariga bunday ishlarni buyuradigan din haq din, degan qarorga keldi va Samarqand ahli ishni cho‘zib o‘tirmay yoppasiga Islomni qabul qildi”.
Yana qarang: 1. Ahmad ibn Yahyo Balozuriy. “Futuhi buldon” (ar. “Shaharlar fathlari”) 1-juz 411-bet. Bayrut 1430 (m.2009) yil. 2. Imom Tabariy. “Tarixi rusuli val muluk” (ar.) 4-juz 81-bet. Bayrut 1407 (m.1986) yil.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 110
Hol bu ki, Islom tuproqlarining boshqa har qanday yerida ozgina itoatsizlik sezilsa, xalifalik davlati zudlik bilan o‘sha yoqqa qo‘shin tashlagan, kerakli tartibni o‘rnatgan! Tarixga xolis va insof bilan qaramas ekanmiz, chalkashliklar bo‘laveradi, xalqimiz do‘st bilan dushmanni ajratolmay garang bo‘lib qolaveradi. Mana alamli natijalardan biri: Amir Temur bilan Yildirim Boyazid o‘rtasida kechgan urushni bahona qilib ichimizda haligacha turk qardoshlarimizga ola qaraydiganlar bor. Aslida, biz ularga emas, ular bizga gina saqlasa arziydi. Chunki Boyazid Turonga kelmagan, Amir Temur Onado‘liga qo‘shin tortib borgan! Bu tushunmovchiliklar hammasi hozircha O‘zbekistonda chinakam mustaqil milliy
manfaatlarimizni ifodalaydigan milliy ham, harbiy ham doktrina ishlab chiqilmaganidandir. (To‘g‘ri, bir tomondan qaralsa, hozirgi arosat holatimizda – olimlarimiz ham, siyosatchilarimiz ham manqurtlarcha fikrlayotgan pallada milliy doktrina ishlab chiqishga kirishilmagani ham ma’qul.) Bugun O‘zbekiston chinakam mustaqil fikrlaydigan, mulohazalarini ochiq ifodalay oladigan, davlati, yurti, millati uchun chin yurakdan qayg‘uradigan va shu asoslarda jaamiyat va davlat qiyofasini yangidan shakllantirishni maqsad qilib olgan, din va dunyo ishlarini puxta biladigan, adolatli va xush xulqli kishilardan iborat Xalq
donolik bilan tinglay oladigan bir Davlat boshqaruviga juda-juda muhtoj. Milliy mafkura ana shu Kengashda aytilgan xilma-xil fikrlar asosida shakllanishi, so‘ngra milliy va harbiy doktrinalar ishlab chiqilishi kerak. Bilmadim, bu g‘oya yaqin orada amalga oshadimi-yo‘qmi, ammo qachon bo‘lsa ham bu ishni qilmasak, tom ma’nodagi mustaqillik faqat orzu bo‘lib qolaveradi. Dunyodagi eski va yangi voqea-hodisalarga, bugun yuritilayotgan siyosatlarga
xuddi bugun kuzatilayotganidek, siyosat borasida ham, tarix borasida ham, ma’naviyat borasida ham insofsiz dunyo nima desa, hazm qilishga urinmayoq, hatto o‘ylab ham ko‘rmayoq ularning “gap”larini to‘tiqushday takrorlab yuraveramiz. Ya’ni, davlat agar dunyoda kuchli bo‘lishni hamda oyoqda uzoq qolishni istasa, o‘zgacha fikrlardan hadeb hadiksirayvermay, hayiqavermay, nari tur-beri tur deb hadeb turtkilayvermay, bu o‘zgacha fikrlardan davlat va millat manfaatlari yo‘lida foydalanishga o‘zida layoqat va jasorat topa bilishi kerak. Xatolar millat yo davlat sha’nini bulg‘amaydi. Xatolarni o‘nglamaslik, xatoligini bilaturib ularni yana takrorlash aybdir. O‘z vaqtida tan olinsa va to‘g‘rilansa, xatolar tabiiy hol deb qabul qilinadi. Balki saboq o‘laroq, kelgusida takrorlamaslik uchun ulug‘ bir ibrat bo‘ladi. Shu ma’noda buyuk Amir Temurning xatosi ham, xuddi Napoleon Bonapart, makedonli Iskandar, Yildirim Boyazid... kabi buyuk zotlarning xatolari singari buyukdir! Va bu xatosi uning yutuqlarini chippakka chiqarmaydi. Aksincha, yutuqlari yonidan joy olib, Amir |
ma'muriyatiga murojaat qiling