Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Aka-uka urushida albatta begona yutadi. Do‘stlar urushida albatta dushman yutadi.
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 91
Qanday yaxshi! Hayotning nurli tomonlari bo‘lganidek, soyali qismi ham bor. Soya borligidan nurni, nur borligidan soyani ko‘ramiz. Boshqacha aytganda, nur soyani bo‘rttirib ko‘rsatadi, soya nurning qadrini oshiradi. Nurni (yaxshilikni) ko‘paytirgan saringiz soyaning (yomonlikning) chegarasi kichrayib boraveradi. Somonyo‘li turkum yulduzlari kabi birikkan ziyolilar tevaraklaridagi zulmatni burchak-burchaklarga qisib tashlaydi, inshaolloh. Tarbiyaning muhim vositalaridan biri o‘laroq dunyoga kelgan adabiyotimiz aslida millatning vijdoni edi, Olloh irodasi va yordami-la bundan keyin ham shunday bo‘lib qolajak. Vijdonlarimiz uyg‘onsin, g‘aflatda yotgan ong va yuraklarimizga tinchlik bermasin, ya’ni onglarimizni kul-changlardan tozalasin, yuraklarimizni adolat tuyg‘ulari bilan kuchlantirsin, hammamiz va har birimiz har doim Haq So‘zimizni aytaylik! Mamlakatda kechayotgan salbiy ishlarga ziyolilar parvosiz emasligini bildirib qo‘yaylik! Hammamizning maqsadimiz bir – Vatanimiz gullab-yashnasin, barcha qing‘ir ishlar to‘xtasin, O‘zbekiston xalqlari bir tan-bir jon bo‘lib diyorimizning hur, erkin, chinakam mustaqil bo‘lishi yo‘lida xizmat qilsinlar.
61
1. 2.
3. 4.
5. 6.
7. ...
61 O‘zbekistondagi ahvol yuzasidan ziyolilarga murojaat g‘oyasi ilk bor mashhur Andijon qirg‘ini (2005 yil 13 may)dan picha keyin tug‘ilgan. Ikki buyuk shoirimizning bir zamonlar yuraklarni titratgan ikki mashhur she’riga yillar o‘tib, mamlakatda davomli tarzda yuz berib kelayotgan zulm va tazyiqlar manzarasida boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qolgan edim. So‘ngra bu ikki xat va xulosasi bitildi. Boshda u O‘zbekiston ziyolilariga xitoban yozilgan, mulohazalarimizga qo‘shilganlardan qo‘l qo‘yish so‘ralgan edi. Hech bo‘lmaganda o‘n besh ziyolidan imzo to‘play olsam, shundan keyin bugungi hokimiyatga va butun xalqimizga “Ochiq xat” tarzida e’lon qilish niyatim bor edi. Bir kishidan ko‘ra o‘n yo o‘n besh kishining so‘zi va imzosi keskirroq, ta’siri kuchliroq bo‘ladi, hokimiyat ham ko‘pchilikka to‘satdan ziyon yetkaza olmaydi deb o‘ylagan edim. Xomroq o‘ylagan ekanman...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 92
Beshinchi ko‘chat Ikki buyukning bir buyuk xatosi
Amir Temur shubhasiz buyuk shaxs. Yildirim Boyazid ham shubhasiz buyuk shaxs. Jahon o‘lchovi bilan o‘lchaganda kishilik tarixida amirlar va sarkardalar orasida bularga hartomonlama teng keladigan shaxslar barmoq bilan sanarli darajada oz. O‘sha ozning ikkitasi turk millatiga tegishli ekani, bittasi hatto bizning tarixiy diyorimizdan ekani, albatta, kishiga g‘urur beradi. Ammo lavhaboshi kishini sergaklantiradi. “Xato” so‘zi xuddi buyuklarning buyukligiga soya tushirayotganday. Lekin xavotirga o‘rin yo‘q. Buyuklarning buyukligi xatosi ham buyukligidadir 62 .
ular. Keyingi avlod bobolarining yutuqlari qatorida xatolarini ham o‘rgansa, tarixdan saboq chiqarish, u kabi xatolarni qaytarmaslik, yutuqlariga yutuq qo‘shish maqsadlarida o‘rganadi. Ammo asrlar o‘tib yana o‘sha kabi xatolar takrorlansa, endi bu hol kechirilmasdir, keyingi avlod bobolarining u xatosidan to‘g‘ri saboq chiqara olmaganidandir. Ushbu bobimiz shu haqda. So‘zni Amir Temurdan boshlaymiz. Xo‘sh, uning buyuk xatosi nima edi? Shubhasiz, Amir Temur davri juda muhtasham bir davrdir. Tarixi ham shunga yarasha muhtasham va qiziqarlidir. Ammo, afsus, sovet davrida mustamlakachilik siyosati va kompartiya mafkurasi tazyiqida bu davr butun haqiqati va tafsiloti bilan o‘rganilmadi; o‘rganishga yo‘l ham berilmadi. “Mustaqillik”ka erishganimizdan keyin esa, jiddiy ilmiy o‘rganishga shart-sharoit yetilganiga qaramay, biryoqlama talqin etishga kirishib ketildi. Nazarimda, u davr tarixi ilm o‘laroq emas, yana tag‘in siyosatga, endi kelib bugungi siyosatga uyg‘un mafkuraviy qurol o‘laroq o‘rganilyapti. Faqat ayrim tomonlari ko‘pirtirilayotgani holda, u davr hodisalariga xolis, bor bo‘yicha nazar solinmayapti. Masalan, men Amir Temur urushlarining hammasini ham oqilona deya olmayman. Quchgan zafarlari ayrimlari chinakamiga ko‘ksimni tog‘ qilib yuborsa, ayrimlari hazin tuyg‘ular uyg‘otadi, alam qo‘ziydi. Shunday alamli yurishlaridan biri Sulton Yildirim Boyazidga qarshi jangidir.
62 Albatta, insonlarning eng buyugi payg‘ambarlardir. Bu yerda ulardan boshqa shaxslar nazarda tutilgan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 93
Bir adabiyotchi inson o‘laroq bu urush haqida ko‘p o‘yga tolaman, “Eh, qaniydi shu urush bo‘lmaganida!” deyman afsuslar ichida. Uning tafsilotiga kirishmay, yuzaki baholaganda ham, menimcha, mana shu urush Amir Temurning-da, Yildirim Boyazidning-da buyuk xatosidir. Avlodlarni xafa qiladigan, yuraklarni ezadigan xato! Albatta, kuchli davlatlar kuchsiz davlatlarni bosib olishi va hukmiga yurgizishi, insof yuzasidan va yumshoq aytilganda, maqtaladigan ish emas. Lekin xohlaymizmi- yo‘qmi, butun kishilik tarixi shunaqa urushlardan iborat. Qaysi tomondan qaralishiga qarab, baho ham turli xil: kuchlining g‘alabasi shu kuchli tomonni quvontirsa, kuchsizning yutqazishi shu kuchsiz tomonni ezadi va g‘olibni “bosqinchi” deb ataydi. Odamning istagi bilan, dunyo uchun qilingan har qanday urushda mana shu qarama- qarshilik bo‘laveradi va oxiratda ham qattiq savol-javobga tortiladi. Hayotda ikki kishining mushtlashib qolishini qanchalik tabiiy, ya’ni bo‘lishi mumkin ish desak, xalqlar va davlatlar orasida katta urushlar bo‘lib turishini ham shunchalik tabiiy deyishga majburmiz. Bundan tashqari, urush va uning natijasi ham tomonlarni birday qondirmaydi. Bo‘lib o‘tgan urushlarning bahosi shunga ko‘ra turlichadir. Hamma tomonni qondiradigan eng to‘g‘ri bahoni inson zoti bera olmas ekan, bu yoqimsiz hodisa qanaqa taroziga, qaysi o‘lchovga solib baholansa to‘g‘ri bo‘ladi? Olamlarni, odamlarni va hodisalarni hikmat ila yaratgan Zot urushlarning ham qat’iy o‘lchovi va chegarasini belgilab qo‘ygan. Bu o‘lchovga ko‘ra, urushlar ikkiga – adolatli va adolatsizga ajratildi. Olloh taolo belgilagan chegara ichidagi urush adolatli, bu chegaradan tashqarida – nafs, dimoq va dunyo uchun qilingan urush adolatsizdir. Ammo shunda ham rozimaslar topiladi. Ollohning o‘lchoviga ko‘nmaydiganlar doim bor. Bunaqa vaziyatda nima bo‘ladi? O‘lchovni Olloh taolo qo‘yganidan keyin boshqasining “mulohazasi” ko‘p ham muhim emas. Ollohning bo‘lak hukmlariga bo‘yin sunmaganlar bu o‘lchovini ham qabul etmasligi tabiiy. Shu ilohiy qirradan qaraganda Amir Temur bilan Yildirim Boyazid o‘rtasida Onado‘lida yuz bergan urushni sira oqlab bo‘lmaydi. Ildizi, tili, dini bir bo‘lgan buyuk xalqning ikki buyuk sarkardasi bor kuchi va maqsadini birlashtirib, Olloh taoloning adolatli o‘lchovlariga rioya etgan holda, bir yo‘nalishda yoki, ikki yo‘nalishda bo‘lsa ham bir maqsadga – imonni yoyish va Ollohning So‘zini oliy qilishga sarflaganida, bugun dunyoning rangi bo‘lakcha bo‘lar edi! Chunki o‘sha asrlarda jaholat botqog‘iga botgan “majusiy” 63 G‘arb ham, jaholat botqog‘iga botgan butparast Sharq ham imonga muhtoj edi! “Majusiy” G‘arb buyuk sarkarda Yildirim Boyazid boshchiligidagi musulmon lashkar qarshisida u yoqda, butparast Sharq buyuk sarkarda Amir Temur boshchiligidagi musulmon lashkar qarshisida bu yoqda zir titrab-qaqshab turgan bir damda xom sut emgan bu ikki qul qarshisida zir titrab turgan umumiy dushmanni –
63 Biz o‘zini nasroniy hisoblovchi Ovrupaga nisbatan “majusiy” so‘zini atay qo‘lladik. Chunki ular boshdayoq nasroniylikni toza holda olmaganlar, majusiylikka tortib ketadigan juda ko‘p buzuq aqidalarga qorishtirib qabul qilganlar. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 94
kufr va jaholatni o‘z holiga tashlab, o‘z holiga tashlash ne, ularni sevintirib va kuchlantirib, mo‘min mo‘minga qarshi qilich ko‘tardi! Do‘st bilan dushmanni ajratmadi, do‘stga (imonga) dushman, dushmanga (kufrga) do‘st bo‘ldi. Ollohning adolatli chegarasidan chiqilganida hamisha shunaqa bo‘ladi! Buning nimasi maqtanarli, nimasi faxrlanarli?! Nima qilayotganlarini ularning o‘zlari bilmasmidi? Urush boshlanmasidan oldingi bir-biriga yozishmalarini o‘qisangiz, qanoat hosil qilasiz: bilar edi! Bilib turib musulmon musulmonga qarshi qilich ko‘tardi. Kibr, maqtanchoqlik, shaxsiy alam imondan kuchlilik qildi. Shunday katta urush aslida arzimas, mayda-chuyda gaplardan boshlangan. Amir Temur o‘zi bilan jangda yengilib qochib turk sultoniga sig‘inib borgan Bag‘dod sultoni Ahmad Jaloyir bilan Qora Yusufni “Oilasi bilan birga yo menga taslim qil, yo o‘ldir, yoki mamlakatingdan chiqarib yubor!” degan talab bilan Yildirim Boyazidga xat yo‘llaydi 64 .
ham u zamonlar tarozisiga solib o‘lchaganda oddiy bir xat edi. Ammo ohangi qo‘pol edi. Shu boismi, Yildirim Boyazid qochoqlarni qaytarib bermaydi. Bu qarorni ham tushunsa bo‘ladi. Chunki Bag‘dod turk sultonligiga qaragan mamlakat edi. Agar o‘ziga qarashli yurtlar boshlig‘ini boshiga tashvish tushgan bir paytda dushmaniga taslim qilsa, sultonlikka tobe boshqa o‘lkalar podshohlari ham “E, turk sultonligi uchun bizning qadrimiz yo‘q ekan-da!” deyishlari turgan gap edi. Lekin, afsus, shu mulohazani yotig‘i bilan tushuntirmay, Yildirim Boyazid ham osmondan kelib, qo‘poldan-qo‘pol javob xati yozadi. Hatto “Ey qari ko‘ppak!..” kabi qattiq ifodalarni qo‘llaydi. To‘g‘ri, keyingi xatlarida ikkalasi ham ancha yumshaydi. Hatto bir-biriga sizlab, bir-birini ulug‘lab murojaat etadi. Ammo g‘isht qolipdan ko‘chgan, ikkala buyuk ham ilk onlarda o‘zini osmonda ko‘rishi, kibr, Islom olamining eng ulug‘i menman, degan manmansirashi qilar ishini qilib bo‘lgan edi. Bu urushga kirish bilan qanday xatoga yo‘l qo‘yayotganlarini ikkala buyuk ham bilar edi, dedik. Chindan, ikkinchi xatidayoq Amir Temur: “Biz bilan kelishish yo‘liga qaytsang va uzr tilash ifodalari ila javob yozsang, o‘rtamizda (qaytadan) do‘stlik va sevgi bo‘ladi. Shu tariqa farang 65 kofiriga (sevinishiga yo kuchayishiga) fursat bermagan bo‘lamiz va Sivasdan chekinib qaytib ketamiz. Bizning niyatimiz sizni kuchsizlantirib kofirlar diniga yordam berish emas”, deb yozadi. Ikki qardosh urushga kirsa, farang kofirlariga yordam berish bo‘lishiga alohida diqqat qaratadi.
64 Tarixning takrorlanishini ko‘ring: O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ham o‘tgan asr 90-yillar o‘rtalaridan beri Turkiyadan “Yo dushmanim Muhammad Solihni menga qaytarib ber, yo o‘ldir, yoki mamlakatingdan chiqarib yubor!” deb talab qilib keladi. 65 “Farang” deganda umuman g‘arb kishisi tushuniladi, “Farangiston” esa umuman g‘arb yurtlaridir. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 95
Amir Temurning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatlariga Yildirim Boyazidning javobi oldingi qo‘pollikdan elchilik odobi doirasidagi bahs uslubiga tushgan bo‘lsa-da, egardan tushgisi kelmayotgani bilinib turardi 66 . Xullas, ikki turk saltanati bir-biriga qarshi qilich yalang‘ochlaydi. Urushning shariat belgilab qo‘ygan shartlari buziladi. Ikki tomondan ham qanchadan-qancha mo‘min- musulmon... din yo‘lida emas, nafs va dimoq yo‘lida qurbon bo‘lib ketadi. Urush din, imon, vatan himoyasi uchun bo‘lsa, boshqa shartlariga ham rioya etilsa, lozimligidan tashqari, Olloh taolo bunday urushni mo‘minlar uchun ibodat darajasiga ko‘tardi, natijani esa kofirlarga jahannam, mo‘minlarga jannat qildi. Ammo nafs, dimoq va dunyo uchun bo‘lgan urushlar haromdir. Dinimizning: “Ikki musulmon bir-biriga qilich ko‘tarsa va birini o‘ldirsa, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxidir” degan hukmi shu ma’nodadir. “Nega axir? O‘ldirgani tushunarli, o‘lgani nimaga do‘zaxga tushadi?” degan savolga Payg‘ambarimiz (alayhissalom): “U ham birodarini o‘ldiraman deb turgan edi” (ya’ni, unisi bunisini o‘ldirmaganida bunisi unisini o‘ldirar edi), deb javob qaytarganlari eng adolatli va o‘zgarmas o‘lchovdir! Anqara ostonasida kechgan urush esa nafs uchun, dimoq uchun bo‘lgani bilan ham adolatsizdir, yuraklarni ezuvchidir, uyatdir. Men tarixchi emasman, orzu-havasli bir adabiyotchiman, xolos. Bu kitobning uslubi tarixchi olimlar uslubiga o‘xshamasligi tabiiy. Natijada mulohazalarim ham tarixchi olimlarnikidan bo‘lakcha. Zotan, mening ushbu yozuvlarim tarixning o‘zi emas, mafkurasi haqidadir. Shu bois, agar ayrim muhim masalalarda nazarimdan chetda qolgan ilmiy dalillar, xulosalar bor bo‘lsa, jon-jon deb qabul qilaman. Muhimi, men tarix ilmini yaxshi ko‘raman. Tarixiy kitoblarni sevib o‘qiyman. Bahra olaman. O‘zimizning tariximiz, dunyo xalqlari tarixi juda qiziqarlidir menga. Ayniqsa, qachondir aqalli bir marta taqdirlarimiz kesishgan bo‘lsa. Onado‘li turklari bilan Turkiston turklari tarixi nafaqat kesishgan, balki asli birdir, bu ikki xalq bir ulkan daraxtning shoxlari, barglari, mevalari kabidir. Bizlarni bir- birimizdan ayirish uchun begonalar, bosqinchilar yuzyillar davomida ongimizga o‘zining dunyoqarashini singdirgan bo‘lsa-da, aslida biz boshqa-boshqa xalqlar emasmiz, balki turk nomida birlashadigan ildizimiz bir millat, o‘zagimiz bir xalqmiz! Tarixlarimiz bir bo‘lganidek, yutug‘u kamchiliklarimiz ham, shon-shavkatimiz va ulug‘ insonlarimiz ham umumiydir. Bo‘lginchi, bosqinchi, mustamlakachi millatlarning qutqulariga uchmaylik, ular bitgan yolg‘on tarixlar boshlarimizni gangitmasin. Dunyo xalqlari tarixi, xossatan turk xalqlari tarixiga boqqanda o‘z ko‘zqarashlarimiz bilan boqaylik. Har qanday tarixiy hodisaga baho berganda qo‘limizda o‘zimizning mustaqil musulmon-turk o‘lchovimiz bo‘lsin, barchamizga
66 Ushbu xatlar keyinchalik ijtimoiy tarmoqning
ÖZBEKİSTAN VE TÜRKİYE KARDEŞLİĞİ sahifasida chop etildi: https://www.facebook.com/pages/%c3%96zbek%c4%b0stan-ve-t%c3%9crk%c4%b0ye- karde%c5%9tl%c4%b0%c4%9c%c4%b0/19059442000992834?fref=nf
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 96
umumiy bo‘lgan voqea-hodisalarni milliy-diniy qarashlarimizdan chiqib kelib baholaylik. Mustaqil o‘lchovimiz bo‘lmas ekan, mushtarak tariximizni (masalan, yetmish yillik, yuz yillik o‘ris-turk urushlarini) hali ham o‘ris yo Ovrupa tarozisiga solib o‘rganar ekanmiz, bizni to‘la va uzil-kesil mustaqillikka erishgan deb bo‘lmaydi. Yot tushuncha va qarashlar ta’siridan qutulib keta olmaganimiz uchun ham, deylik, qadim turk xoqoni Attilaga munosabatda; dunyoda Islom dinining paydo bo‘lishi, yoyilishi va diyorlarimizga kirib kelishi talqinida; Chingizxon va uning yurishlari va Amir Temurning Oltin O‘rda yo Onado‘liga qarshi yurishiga qarashda va... to yaqin tarixlarimizga kelib, Turkistonning o‘ris qo‘li ostiga tushib qolishiyu xalqimizning ozodlik uchun boshlagan undan keyingi kurashlarini baholashda hamon ochiq-oydin, mustaqil ilmiy xulosalarga kela olmayapmiz. Biz kimmiz, ular kim, bizning manfaatlarimiz qanday, ularning manfaatlari qanday ekanini uzil-kesil ajratib olmaganimiz uchun haligacha: “Amir Temur nafaqat o‘z vatanini chingiziy mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi, ayni paytda, u mo‘g‘ullar istibdodining qudratli tayanchi bo‘lgan Oltin O‘rdani tor-mor etib, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, Rossiya va Ukrainaning chingiziy mo‘g‘ullar iskanjasidan qutulib chiqishi uchun qulay sharoit yaratdi. Shuningdek, Amir Temur 1402 yilda Anqara yonida Boyazid I Yeldirim (?) ustidan zafarga erishgach, butun Yevropa turk sultoniga qaramlikdan qutulib, keyingi ellik yil mobaynida emin-erkinlikda yashadi. Shu sababli, o‘z davrida yevropaliklar tomonidan Amir Temur “Yevropa xaloskori”, deb e’tirof etilgan edi. Hatto, minnatdorchilik ramzi sifatida, yevropaliklar uning ot ustida mag‘rur turgan holatdagi oltin haykalchasini yaratishganligi tarixdan ma’lum...” 67 deya o‘zlikdan yiroq mulohazalar bildirib yotibmiz. Odatda xato bilan maqtanilmaydi, xijolat chekiladi. Biz esa, buyuk Amir Temurning buyuk xatosini olijanoblik deb taqdim etmoqdamiz. Bu holatimiz Oltin O‘rda hukmronligi tarixini bilmasligimizdan, bu qudratli davlatning ijobiy tomonlarini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislaridan biri ekanimizni mutlaqo his etmasligimizdandir. Natijada “Bizning bobomiz sening ustingdagi istibdodni ag‘darib, senga xizmat qilgan!” deya boshda O‘rusiya o‘laroq butun Sharqiy Ovrupa mamlakatlariga yaltoqilik qilamiz. Bunday qarash ildizda xatodir. Chunki u eng birinchi galda millat o‘zini tanimasligidan, o‘zni past, o‘zgalarni ustun ko‘rishidan suv ichadi. Ikkinchidan, bu xil mulohazalar bizning boshqalarga hanuz fikriy qaram ekanimizni bildiradi, teskarini o‘ng, xatoni to‘g‘ri deb o‘ylatadi. Qolaversa, xo‘sh, O‘rusiya bu yaxshilikni bildimi? Minnatdor bo‘ldimi? Va qanday izhor etdi minnatdorligini?
67 Mixli Safarov. Boqiylikka hamnafas asar. Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403 – 1406 yillar)” kitobi o‘zbekcha nashriga so‘zboshi. T., “O‘zbekiston” NMIU, 2010. 2 – 3-betlar. (G‘alizliklar, imlo va jumla xatolari asliyatdagidek qoldirildi. – N.M.R.) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 97
“Xaloskori” Amir Temurni unutish, ustidan mazax qilib kulish, undan qolgan yurtni bosib olish, boyliklarini talash va Oltin O‘rdani yengib berganlarning avlodlarini qo‘yday so‘yish yo qul qilish bilan! Ha, Oltin O‘rda hukmronligi tugatilib, O‘rusiya asta-sekin kuch to‘plab borarkan, shu asnoda necha yuz yillar Turkistonni bosib olish va boyliklarini talash rejasini tuzib yashadi. Hatto o‘risning eng mashhur ziyolilari ham askarlarini Turkiston sari yurishga chaqirdi. Yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning kundaliklarini va general Iskobilga yo‘llagan maktubini 68 hamda akademik Bartoldning imperatorga hisobotini (1910 y.) o‘qib ko‘ringlar. Nihoyat 19-asrning ikkinchi yarmi o‘rtalarida to‘la-to‘kis bosib oldi! Va bir yuz yigirma yil ustimizda hukm yuritib, bizni – madaniyatda 69 o‘zidan ko‘ra bir necha barobar ustun bo‘lgan xalqni 70 qo‘lidan hech ish kelmaydigan, savodsiz, qora xalq o‘laroq ko‘rdi va shunga yarasha muomala qildi. Biz bo‘lsak, o‘ris zulmini boshimizdan kechirib turib ham, mashhur “Toshbaqa bilan chayon” ertagidagi voqea singari suvga shartta sho‘ng‘ib ustimizdagi chayonni bo‘ktirib yuborish o‘rniga, hamon unga yelkamizni tutamiz, kayfiyatini o‘zimizga moyil qilmoqchi bo‘lamiz. Yoki G‘arbiy Ovrupani oling. Qaysi bir davlati bizning do‘stimiz? Qadimda yo hozir bizni ularga, ularni bizga bog‘lagan nima bor? Buyuk ipak yo‘li, dersiz. Buyuk ipak yo‘li shu yo‘lda uchragan hamma xalqlarni iqtisodiy tomondan bog‘lagan, buning oqibatida o‘zaro madaniy ta’sirlar ham bo‘lgan, albatta. Bu yerda gap boshqacha – qarindoshlik, dindoshlik bog‘i haqida ketyapti. Bizga bir narsa bo‘lsa, qaysi Ovrupaning ichi achiydi va ichi achiganmi hech – gap shunaqa bog‘ haqida.
Aka-uka bir-biri bilan urushib, biri ikkinchisini yengsa-da, begona qarshisida yaltoqilanib: “Men seni akamning (yoki: ukamning) bo‘lg‘usi yomonliklaridan qutqarib qoldim!” deb maqtansa, achinarli emasmi?! Bunda kim yutadi, kim yutqazadi? Aka-uka urushida albatta begona yutadi. Do‘stlar urushida albatta dushman yutadi.
68 Ф.М.Достоевский. Полное собрание сочинений в тридцати томах. Изд-ва “Наука” Ленинградское отделение, Ленинград, 1984. Т. 27, стр. 290. (Shu yerda u kundalikdagi bitiklarga ishora bor.) Bundan tashqari, Фёдор Достоевский “Геок-тепе. Что такое для нас Азия?” (shu jild 32–40-betlariga qarang) maqolasida Turkistonga zafarli yurish O‘rusiyaga nima uchun kerakligini o‘zicha shafqatsizlarcha “isbotlagan”. 69 Lekin millat o‘laroq ichki birdamlikni ham, harbiy qudratni ham yo‘qotganimiz boshqa masala va uzoq mavzu. 70 Chor O‘rusiyasining bosqinchi generali Iskobil (Skobelev) imperatoriga yozgan murojaat xatida o‘zi ham bunga iqror bo‘lgan edi: “Местный народ оказался более культурным, чем мы думали. Мы никак не можем их поработить... Лишь только стерев с лица земли все созданное в древности памятники старины, мечети-медресе, религиозные книги, погасив их духовность, мы сможем подчинить их себе...” (И. А. Каримов. “Беседа с учеными-историками и журналистами”. Журнал “Мулокот”, 1998, № 5.) |
ma'muriyatiga murojaat qiling