Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Mustabid sovet davrida bor-yo‘g‘i 1 ta madrasa, 1 ta Islom oliy o‘quv yurti bo‘lgan bo‘lsa, istiqlol sharofati va muhtaram prezidentimiz rahnamoliklarida
- “Diniy adabiyotlar, tarqatma vositalari, diniy gazet-jo‘rnol chiqib turibdi!”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 290
2. “Besh vaqt namoz, juma va hayit namozlari barcha machitda emin-erkin o‘qilyapti!” degan minnatga javob: Agar diniy erkinlik faqat namoz o‘qish, ro‘za tutish, hajga borish bilangina belgilansa, hatto xudosiz sovet davrida ham oz bo‘lsa-da machitlar bor edi va o‘sha qattol zamonda machitlaru uylarda namoz o‘qilgan, ro‘zalar tutilgan, iftorliklar, Qur’on xatmlari qilingan, chekli miqdorda bo‘lsa-da hajga borilgan, nikohlar, janozalar to‘xtamagan, bitta-ikkita istisno, diniy marosimlar asosan ommaviy ado etilgan. Keksalar aytsin: qishloqlarda hayit hozirgidan ancha fayzli o‘tardi. O‘zim guvohman. Ikkinchidan, “Namozlar emin-erkin o‘qilyapti”, deyish o‘zini o‘zi aldashdan boshqa narsa emas. Sovet payti diniy hayot maxsus tashkilotlar orqali qattiq kuzatib-boshqarib turilganidek, bugun ham ayni shunday. Usullari hatto battardir. Namoz o‘qish imkoniyatlari ham, sharoitlar ham borgan sari siqishtirib tashlandi. Siyosat namoz o‘qiydiganlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solish, sonini ozaytirish, iloji bo‘lsa, namoz o‘qitmaslikka erishishga qaratilgan. Namoz o‘qiydiganlar yoshga, ijtimoiy toifaga qarab har xil ro‘yxatlarga kiritiladi. O‘rganiladi. “Profilaktik suhbatlar” qilinadi. Haftada bir keladigan juma namozi tugul, yilda bir marta keladigan hayit namoziga ham voyaga yetgan, namoz o‘qishi farz bo‘lgan yoshlar qo‘yilmaydi. Melisalar, maktab-kollej o‘qituvchilari machitni aylanasiga qurshab olib, o‘quvchilarni ochiqdan-ochiq ovlab o‘tiradi... Bu kabi “tadbir”lar, albatta, natija bermay qo‘ymadi: umuman namozxonlar, xossatan machitga qatnaydiganlar soni yildan-yilga sezilarli darajada ozaydi va ozayib bormoqda
193 . Juma – mo‘minning bayrami. Ammo bayramligi his ettirilmaydi. Tevarak melisalar bilan qurshab olinganidan, juma shu qadar xavotirli kunmi, musulmonlardan doimo tahlika kutiladimi, deb o‘ylab qolasiz. Ikki hayitni-ku, qo‘yavering. Nasroniylarning “Rojdestvo”si davlat boshchiligida, ”Yangi yil” niqobi ostida, O‘zbekistonday musulmon mamlakatda, shaharlarning gavjum-gavjum joylarida xalq sayillari uyushtirib, ko‘ngilxush tadbirlar, turli-tuman o‘yinlar tashkil etib, ayniqsa bolalarga sovg‘a-salomlar ulashib, savdo bo‘limchalari ochib, katta tantanalar bilan haftalab nishonlangani holda, mo‘min-musulmonning ikki buyuk bayrami – Ramazon va Qurbon hayiti xuddi mo‘min-musulmonning o‘zi kabi g‘arib, xo‘rlangan holda nishonlatiladi.
193 Albatta, besh-o‘n yil oldingi holat bilan bu yilgi holatni solishtirib ko‘rsatish uchun qo‘limizda aniq raqam yo‘q. Har kuni ichida bo‘lganimizdan ko‘zimiz bilan ko‘rganlarimizga suyanib aytyapmiz bu gapni. Besh-o‘n yil burungi juma, tarovih va hayit namozlarini eslaydiganlar hozir machitlarda odam anchagina ozayganiga iqror bo‘ladi. Mahalla machitlari deyarli hammasi yopilgan, bordiyu ramazonda tarovih namozi o‘qilsa, tegishli idoralarga chaqirilib, so‘roq-savol, do‘q- po‘pisa qilinadi, eng oson qutulgani – jarimaga tortiladi. Tug‘ilgan qishlog‘imda yuz bergan bir voqea: machit ro‘yxatdan o‘tmagan degan bahonada besh-olti yil burun yopilgan edi. Yaqinda (2013 yili) organ xodimlari birdan tekshiruvga kelib ochtirishibdi va ichkarida yozig‘liq sholchani va tokchada eski bir joynamozni ko‘rib: “Nimaga yo‘qotmadilaring?! Demak namoz o‘qigansanlar!” deb jarimaga tortishibdi. Shu ishni qilayotganlar ham musulmon bolasi! Teskari siyosat odamni birpasda aynitadi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 291
Hayit namozini “biron mashmashasiz, tinch-omon o‘qitib olish” niyatida qo‘shimcha melisa kuchlari tashlanadi. Odamlar (18 yoshdan kattalar) shu melisalarni oralab machitga kiradi va yana shularni oralab machitdan chiqadi. Hadik-xavotir vaziyati vujudga keltiriladi. Ichkarida imom-domlalar har gal: “Namozlarimizni eminlikda-erkinlikda o‘qishimizga sharoit yaratib bergan muhtaram prezidentimizga shukronalar aytamiz! Juma va hayit namozlarimiz tinch kechishi uchun jon kuydirayotgan ichki ishlar xodimlariga tashakkurlar bildiramiz!” deb duolariga qavmni ham “Omin!” degizdirishadi. Tashqarida esa, melisaning ko‘zlari olazarak: 1) tig‘iz olomon ichidan yosh bolalarni ajratib, iziga qaytarish bilan ovora; 2) ayni choqda, olomonning qo‘liga, qo‘ltig‘iga, cho‘ntagiga xavotir bilan qaraydi – ishqilib, biron portlovchi modda yo‘qmi? Xuddi machitga keladiganlar jamiyat tinchligiga tahdid soladigan, manglayiga “xatarli” deb yozilgan qandaydir olabo‘ji kuchday 194
. Hatto xudosiz sovet paytlari hayit kunlari hayitday o‘tar, namozxonlar machitdan chiqiboq uyiga, bola-chaqasiga sovg‘a-salom olar edi. Ayniqsa, bolalar yayrardi: qishloq guzari har xil milliy shirinliklarga, o‘yinchoqlarga to‘lib ketardi, hayitliklarimizga ularni sotib olardik, pulimiz tugab qolsa, qavm-qarindoshlarnikini bittama-bitta aylanib hayitliklar to‘plardik. Qani ular hozir?! Shaharlardagi ayrim katta machitlarni istisno etganda, atrofda sayil yo‘q, bayram shukuhi yo‘q. Pana-pasqamlarda an’anaviy xo‘rozqandu surnaychalar sotilishini demaganda, boshqa katta shod-xurramlik yo‘q. Odamlar machitga melisa kuzatuvi ostida kelganidek, yana melisa kuzatuvi ostida uy-uyiga tarqaladi. To‘g‘rirog‘i, tarqalishga shoshiladi. Bu “tadbir”lardan maqsad hayitni hech kim (ayniqsa bolalar) bayram deb his qilmasin! Ta’ziyaxonalardagi yig‘i-sig‘ini ko‘rib, motam kuni deb o‘ylayversin. To‘g‘ri, har hayit arafasida hukumat miqyosida alohida yig‘ilish qilinib, hayitni “tantanali o‘tkazish” bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi, topshiriqlar beriladi, ammo hayotda, ya’ni amalda “tantana” qismi ko‘rinmaydi- sezilmaydi, “vahima” qismi yashaydi, xolos. Aslida, xalqqa bunaqa minnatli “maxsus” qarorlar kerak emas, unga hayitni o‘z ko‘nglidagiday bayram qilishiga to‘sqinlik qilinmasa bo‘ldi. 3. “Mustabid sovet davrida bor-yo‘g‘i 1 ta madrasa, 1 ta Islom oliy o‘quv yurti bo‘lgan bo‘lsa, istiqlol sharofati va muhtaram prezidentimiz rahnamoliklarida bugun respublikamizda yoshlarning diniy ta’lim olishlari uchun to‘qqizta madrasa, bitta Islom instituti ochib qo‘yilibdi!” degan minnatga javob:
194 Bir hayit namozi arafasi Xorazm viloyatida yuzini “hijob” bilan to‘sib olgan maxsus xizmat xodimlari imom-xatiblarni eshik tagiga qorovul qilib qo‘yib, o‘rgatilgan iskovuch itlarini machitlarga olib kirib, mehroblarni iskalatib-bulg‘ab chiqdi. Bu ishlarini “xavfsizlik chorasi” deb tushuntirdi. Maqsad xavfsizlik chorasimi yoki odamlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib tahoratlarini ketkazishmi edi ‒ bilolmay qoldik.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 292
Birinchidan, sovet davrida madrasa va Islom oliy o‘quv yurti bittadan bo‘lsa ham bor edi. Yetmaganiga uylarda, hujralarda o‘qitilardi. Ta’qib va tazyiqlar ham hujra tizimini butkul tugata olmagan. Ikkinchidan, hozirda ishlab turgan madrasalar ko‘pi, boya aytganimizdek, qayta qurish siyosati tufayli asosan sovet davrida, bir-ikkitasi “mustaqillik”ning ilk pallalari ochilgan. Chunki bu ilk pallalarda o‘sha qayta qurish siyosatining oqavasi o‘laroq birmuncha erkinlik davom etgan edi. Hamda madrasa hozirgidan ancha ko‘p edi. So‘ngra... “Mustaqillik” mustahkamlangan sari davlat 20 yil ichida uch-to‘rt ming machitni yopganidek, madrasalarni ham bitta-bitta yopdi va hozir bor-yo‘g‘i 9 (to‘qqiz)tagina qoldirdi. Ilk yopilgani Qo‘qondagi madrasa bo‘lsa, oxirgisi Samarqandda ishlab turgan Imom Buxoriy nomidagi “Hadis markazi”dir. Marg‘ilonda Burhoniddin Marg‘inoniy nomida “Fiqh markazi”ga deb mo‘ljallab qurilgan tayyor bino tortib olinib tayinsiz bir kollejga aylantirildi. Xususiy diniy ta’lim tizimi (“hujra” usuli) haqida-ku, aytmasa ham bo‘ladi: ular yot unsur sifatida yo‘q qilib yuborildi go‘yo. Hujra egalari va hujrada ta’lim ko‘rganlar qamab bitirildi. Hujra ta’limini olganlar hozirgacha “ijtimoiy xavfli shaxslar” o‘laroq ko‘riladi. 4. “Diniy adabiyotlar, tarqatma vositalari, diniy gazet-jo‘rnol chiqib turibdi!” degan minnatga javob: Diniy adabiyot kam bo‘lsa-da chiqib turgani to‘g‘ri, ammo bu adabiyot siyosat tarozisiga solinib, ko‘rinmas chig‘iriqlardan o‘tkazib, qattiq tekshiruv va tozalovlardan keyingina Diniy qo‘mita ruxsati bilan chop etiladi. Ruxsat esa ko‘pincha respublikada olib borilayotgan diniy siyosatni targ‘ib-tashviq etuvchi kitobchalarga tegadi 195
. Diniy adabiyotlarni nazorat (senzura) elagidan o‘tkazib taqdim etish an’anasi bizga Chor O‘rusiyasi tutimidan meros bo‘lib qolgan. Turkistonni Chor O‘rusiyasi bosib olganidan keyin mahalliy musulmon xalqlarni boshqarish uchun o‘ziga xos yo‘l tutgan. Masalan, keyinchalik hokimiyatga kelgan kommunistlardan farqli o‘laroq, bid’atu xurofotga qorishib ketgan bo‘lsa ham, hayotda din hukmlari yurib turishiga ruxsat bergan. Mahalliy aholi ko‘zini allalab turish uchun, albatta. Sallalar boshda, chakmonlar eginda, obro‘-martabalar joy-joyida qolgan. Shariat idoralari, qozilar ishlab turgan. Vaqf tashkilotlarini yopmagan. Diniy adabiyot yangicha usullarda ‒ toshbosmalarda ko‘plab adadlarda bosilishiga ijozat bergan. Albatta, bu ishlar hammasi uzoq zamonlar davomida din dushmanlari ishlab chiqqan tavsiyalarga tayanib belgilangan cheklovlar doirasida va davlatning qattiq kuzatuvi ostida yuritilgan.
195 Kamina “Movarounnahr” nashriyotiga mudir etib tayinlanganimda aqida, tarix, tafsir, fiqhga oid eng mashhur asos manbalarni nashriyot rejasiga kiritib, ro‘yxatini O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etdim. Ammo bular o‘rniga boshimizga yuqorining topshirig’i bilan imomlar yozgan “dolzarb” mavzulardagi ijtimoiy kitobchalar yog’ilib ketdi, o’shalar bilan band qilib tashlandik.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 293
Jumladan, diniy adabiyot nashri masalasida Chor O‘rusiyasi hukumati ayniqsa ikki nuqtaga diqqat qilgan: 1. Sankt Peterburg senzura tashkiloti nazoratini kuchaytirib, chopga uning ruxsati bo‘lishini majburiy qilib qo‘ygan. To Lelin boshliq bolshavoylarning O‘ktabir to‘ntarishigacha oraliqda toshbosmalarda chop etilgan kitoblarning ichki muqovasiga boqsangiz, “Razresheno tsenzuroyu Sankt-Peterburga” yozuvli muhrni albatta ko‘rasiz. 2. Musulmonlarni asl e’tiqodidan burish va bu yo‘l bilan dinga zimdan zarba berish maqsadida Sankt Peterburg senzurasi orada bid’iy va xurofiy e’tiqodlar aralashib ketgan kitob va kitobchalarga ham “ruxsat berardi”. U kitoblar basmala, hamd va salovatlar bilan boshlangani xalqimizni aldab qo‘yardi. Ayniqsa, duoxonlik, maqbaralarga sig‘inish, tushlarni ta’bir etish, aziz-avliyolar shaxsini ulug‘lash... kabi shubhali, hatto harom ishlar ijobiy qilib ko‘rsatilgan kitoblarga keng yo‘l edi. Ko‘zlangan maqsad ham shu edi aslida. Shundoq ham keyingi asrlar davomida asl dinidan uzoqlasha-uzoqlasha, zulmatga bota-bota oxiri kofirlar qo‘lida qul bo‘lishday tubanlikka ingan musulmonlar bu kabi “adabiyot”lar ta’sirida battar zulmatga va botqoqqa botdi. Bugungi ko‘p tortishuv va janjallar sababi va ildizi chorizmning aniq reja asosida olib borgan o‘sha siyosatiga taqaladi. Sovet kommunistlari esa dinni afyun dedi, so‘sializm va kommunizmga faqat dinsiz erishish mumkin dedi, butun mafkurasi bilan dinga qarshi kurashdi. Dinsiz “yangi sovet kishisi”ni yaratish maqsadida qaram musulmon o‘lkalar xalqlarining diniy e’tiqodlarini yuraklaridan zo‘rlab chiqara boshladi, diniy xotirani onglaridan o‘chirishga kirishdi. Faqat, Ikkinchi Jahon urushi chog‘i (1943 yili): 1) jabhada do‘ppi tor kelib qolganida; 2) dindorlarning ham ma’naviy, ham moddiy ko‘maklariga muhtoj bo‘lib va ham 3) dunyo hamjamiyatining tazyiqi ostida dinga bir oz yengillik berishga, diniy tashkilotlar tuzishga majbur qoldi. Lekin o‘shanda ham dinni va u diniy tashkilotlarni to‘lasicha davlat siyosatiga bo‘yin sundirgan holda. Ya’ni, SSSR Ministrlar soveti qoshida Din ishlari bo‘yicha maxsus kengash (“Sovet po delam religii” ‒ bugungi “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita”ning otasi) tuzib dinni to‘rt buklab tagiga bosib oldi va faqat o‘zi ruxsat bergan darajada qimirlab turishiga, o‘lib qolmaguday miqdorda nafas olishiga “ijozat” berdi. Sovet dinga ochiq dushman edi, shuning uchun diniy adabiyotni yoqib-ko‘mib yer yuzidan izini o‘chirmoqchi bo‘ldi. Shu bois u davrni bir chetga qo‘yaturaylik-da, Chor O‘rusiyasiga qaramlik davrimiz bilan hozirgi “mustaqil” davrimiz orasida diniy adabiyotga munosabatni solishtiraylik. Insof bilan aytganda, qaram holimizdagi vaziyat “mustaqil” holimizdagi vaziyatdan ancha erkin va hur edi. Mana, bir qiyos. Sankt Peterburg senzurasi diniy adabiyot nashrini nazorat etar ekan, din gapidan taxminan 20-25 foizcha qismi olib tashlar, 80-75 foiziga ruxsat berar edi. Bunga o‘sha davrda bosilgan adabiyotlarni kutubxonalardan topib o‘rganib ishonch hosil qilasiz. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 294
Ammo hozir tom teskarisi ‒ “mustaqil davlat”imiz din gapining taxminan 25-30 foiziga ruxsat beradi, qolgan 70-75 foiz qismini aytish yo yozishni “maqsadga muvofiq emas” deydi! Raqamda 10-15 foizga adashgan bo‘lsak, uzr so‘raymiz, 10-15 foiz bilan mohiyat o‘zgarib ham qolmaydi: ruxsat va taqiq nisbati shunga yaqin 196
. Xo‘p, ana, 70-75 foiz emas, dindan bor-yo‘g‘i 1 (bir) foiz qismini aytish- yozish man etildi, o‘zgartirildi yo kitoblardan olib tashlandi, bor-yo‘g‘i 1 (bir) foiz hukmiga amal qilish taqiqlandi, deylik. Mumkinmi shu?! Diniy ulamolarimiz aytsin, mayli, diniy idora “ulamolar kengashi” aytsin: mumkinmi shu?! Agar imon yutilmagan bo‘lsa, agar Ollohdan qo‘rqilsa, javob bitta bo‘ladi: ASLO! Chunki dinning 99 (to‘qson to‘qqiz) foiz gapi aytilmadi nima,1(bir) foiz gapi aytilmadi nima ‒ ikkalasining hukmi bir ekanini, birday xiyonat sanalishini hamma biladi.
Din nozikdir, aqidasi yo hukmidan bittasi buzilsa, butun din buziladi. Kishi bitta ochiq hukmga ishonmasa, mas., halolni harom, haromni halol desa yoki, misol uchun, barcha payg‘ambarga ishonsa-yu, bittasiga ishonmasa... dindan chiqadi. Bu ma’noda buyuk alloma Shibliyning (Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin): “Har narsadan hammasi olinsa, bir qismi qoladi (mas., suv to‘kib tashlansa, idishda yuqi qoladi. ‒ N.M.R.), ammo dindan bir qism olinsa, hech narsa qolmaydi”, degan gapi mashhur. Shunday ekan, diniy adabiyotni G‘arb sharqshunosligi ruhi va uslubida ta’lim- tarbiya olgan kishilar tekshirishi va istagan yerini o‘chirib, istagan yerini o‘zgartirib chiqarishi yoki umuman bosishga ruxsat bermasligi, tabiiy, umuman dinga qarshi siyosatning bir bo‘lagi deb tushuniladi. Qayta-qayta aytayotgan bir gapimizni shu o‘rinda yana takrorlaymiz: gap O‘zbekiston musulmonlari idorasida yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada emas, bu joylarda ishlaydigan kishilarda ham emas, gap tizimda va tuzumdadir! Davlatning dinga munosabati tubdan o‘zgarmas ekan, u tizimlarda kim ishlashidan qat’i nazar vaziyat o‘zgarmaydi. Chor O‘rusiyasi din boshqaruvini Olloh va Uning elchisi qo‘lidan, Qur’on va sunnat hidoyatidan olib Sankt Peterburg senzurasi ixtiyoriga bergan bo‘lsa, Sovet davlati bu vazifani SSSR Ministrlar soveti qoshidagi Din ishlari bo‘yicha kengash qo‘liga berdi, “mustaqil” O‘zbekiston esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qo‘liga topshirdi. Har uch holda ham bu tashkilotlar orqasida maxfiy tashkilotlar ‒ O‘rusiya davrida chor oxrankasi, Sovet davrida Davlat xavfsizlik komiteti (DXK ‒ KGB) turdi, “mustaqillik”ka erishganimizdan beri Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) turibdi.
196 “Ikkinchi ko‘chat”da dinimiz aqidasi va fiqhi bilan “bo‘tqa dini” aqidasi va fiqhi solishtirilganida kinoya uslubida bu masala kengroq aytildi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 295
Demak, tuzumlar o‘zgardi, dinga munosabat o‘zgarmadi ‒ bu uch xil tuzumda bir xil davom etyapti. Hatto har tuzum o‘zgarganida keyingisi oldingisidan battar bo‘lib bordi. Dinning so‘zini din ulamosi aytmas ekan, din masalasi davlat siyosatiga qarab emas, Qur’on va hadisga tayanib hal etilmas ekan, bundan keyin ham ahvol yaxshi tomonga o‘zgarmaydi. So‘zimiz quruq bo‘lmasin, nashrga tayyorlangan adabiyotlardan bugun qaysi gaplar olib tashlanayotganiga, davlat dinning qaysi aqidayu hukmlaridan qo‘rqayotganiga besh-olti misol keltiramiz:
boshlangan xatboshidan 11-betdagi “dinsiz, imonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, munofiqsan” deb tugallangan jumlagacha qisqartirish; – 43-50 betlardagi “Namozni qasddan tark etish” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 51-56 betlardagi “Uzrsiz jamoat namozini tark etish” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 56-57 betlardagi “Juma namozini tark etishga odatlanish” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 86-87 betlardagi “Qodir bo‘la turib haj qilmaslik” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 189-198 betlardagi “Xamr (mast qiluvchi ichimlik) ichish” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish lozim. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlik guruhi “Gunohi kabiralar” nomli kitob qo‘lyozmasida ko‘rsatilgan holatlarni bartaraf etish sharti bilan uning mazmuniga diniy nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi” (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita(DIQ)ning 2013 yil 31 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi(O‘MI)ga yo‘llagan 2038 raqamli ruxsat xatidan). “Diniy nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi”, deydi-yu, ammo katta gunoh (gunohi kabira)lardan besh-oltitasini sanashni, odamlarga eslatishni man etadi, bunday kitobda din qoladimi? Ayrim ishlarni kufr deb bo‘lmasa, namozni qasddan tark etish, uzrsiz jamoat namozini tark etish, juma namozini tark etishga odatlanish, qodir bo‘laturib hajga bormaslik, mast qiluvchi ichkilik ichish hukmlarini bayon qilish mumkin bo‘lmasa, dinga berilayotgan erkinlikmi shu?!
berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 121-126 betlardagi “Zolimlarga yordam berishning mazammat qilingani haqida” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; – 159-162 betlardagi “Namozni tark qiluvchilar bayoni” nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish lozim. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlik guruhi “Durrat an-nosihin” nomli kitob qo‘lyozmasida ko‘rsatilgan holatlarni bartaraf etish sharti bilan uning mazmuniga diniy Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 296
nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi” (DIQning 2013 yil 31 iyul kuni O‘MIga yo‘llagan 2040 raqamli ruxsat xatidan). Diqqat qiling: demak, araq ichuvchini ham, zolimlarni ham, zolimga yordam beruvchini ham, namozni tark qilganlarni ham ayblab bo‘lmaydi bugun! Jamiyat ichuvchi bo‘lgani uchun araq ichganlarni ayblash taqiqlangandir balki. Namoz o‘qishni tashlab yuborganlarni ham so‘kma deyishdan maqsadi – o‘zi davlatning niyati odamlarni namozdan chiqarish-u, senlar nima qilyapsanlar, deyishdir. Ammo zolimni nimaga zolim deb bo‘lmaydi? Zolim o‘z nomi bilan zolim bo‘lsa, bu so‘z har zamon va har makonda salbiy ma’no tashisa, nimaga O‘zbekistonda zolimni ham, unga yordam qiluvchilarni ham ayblab bo‘lmaydi? Demak, mantiqan qaraganda, fikrni elakdan o‘tkazuvchi mutasaddilar o‘zlari bilmagan holda davlatni ham, davlatning boshlig‘ini ham zolim deb tan oladilar! O‘zlari bu ishlari bilan zolimga yordam berayotganlarini ham bilib turibdilar! Agar boshliqlarini zolim, o‘zlarini zolimga yordam beruvchilar deb o‘ylashmaganida edi, kitoblardan, diniy gazet-jo‘rnollardan, juma nasihatlaridan bu mavzuni o‘chirtirib yurmagan bo‘lishardi.
yozilgan jumlani olib tashlash; “Ayollarni sochlariga boshqa sochni, sun’iy bo‘lsa ham, ulashlari haromdir” deb boshlangan xatboshidan “...sochiga boshqa sochni ulab qo‘yishni so‘ragan ayolni Alloh taolo la’natlaydi” deb yozilgan jumlagacha qisqartirish... lozim” (2013.24.01. 181-raqam); “Zolimlar va ularning yordamchilari do‘zaxiydirlar”; “Mast qiluvchi narsani doim ichishga odat qilgan kishi butga ibodat etgan kishi kabidir”; “Kim uch marta juma namozini sababsiz qoldirsa, munofiqlardan deb yoziladi” jumlalarini qisqartirish; “Shahidlarga atalgan xos ne’matingni so‘rayman” deb yozilgan jumlani, “Bunda cho‘chqa go‘shti harom bo‘lgani uchun narda o‘ynaganning qo‘li ham haromga tekkaniga ishora bor” jumlasigacha qisqartirish. Hatto cho‘chqa go‘shtini harom deb bo‘lmasa! Mast qiluvchi ichkilikni harom deb bo‘lmasa! Yo davlat bu masalalarni mayda-chuyda deb o‘ylaydimi?! Dinda mayda-chuyda bo‘lmaydi, eng mayda tuyulgani ham g‘oyat ahamiyatli bo‘lib chiqadi. Bu hukmlar kitoblardan, gazet-jo‘rnollardan, juma mav’izalaridan osongina qaychilab tashlanaversa, din qoladimi?! Dinga to‘la hurlik berilgan degani shumi yo?!
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling