Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 324
Oqposhsho va u “zoti sharif”ning oqbilak xotinchalari o‘rtadan viqor-la o‘tib boryapti... qadni ko‘tarishga, qomatni tik qilishga kimsa botinmaydi – jon shirin... Ummat yo‘lboshchilarining ta’zim-taslim holati aks etgan suratlarni gazet- jo‘rnollarda e’lon qilarkan, O‘rusiya dunyoga boshqa, Turkiston xalqiga boshqa ikki ta’sirni mo‘ljallagan edi. Dunyoga go‘yo bunday demoqchi bo‘ldi: “Bir zamonlar chingiziy bo‘lib, temuriy bo‘lib, boburiy bo‘lib dunyoning yetti iqlimida saltanat surib dovruq qozongan millatning ahvolini ko‘ring, tomosha qiling! Ingliz emas, o‘ris hammasini tiz cho‘ktirdi! Angliya emas, O‘rusiya Turkistonni egalladi! Buyuk Turonni qo‘lga kiritdi! Mana, ko‘rib qo‘yinglar, O‘rusiya qanday qudratli!” Turkiston xalqlariga ham bu surat ila o‘ziga xos bunday xabar yo‘llandi: “Mana, boshliqlaring, yetakchilaring, yo‘lboshchilaring ahvoli! Hammasi O‘rusiya qudrati qarshisida ta’zim qildi! O‘rusiya g‘alabasini tan oldi! Bundan keyin senlarning egalaring bizmiz! Qarshimizda boshingni ko‘tarishga, ko‘zimizga tik qarashga botinmagaysanlar! To senlarning turklik yovqur ruhing sinib, to‘la qulimizga aylanmaguningcha ta’zim qildiraveramiz! Taslim bo‘l, boshingni eg!” Ha, Buyuk Turon, Ulug‘ Turkiston necha asrdan beri Angliya bilan O‘rusiya o‘rtasida talash bo‘lib keldi. Oxiri O‘rusiya uloqni qo‘lga kiritdi. Angliya yutqazdi. Ammo O‘rusiya harbiy qudrati ila janglarda Turkistonni yenggani va tuproqlarini qo‘lga kiritgani bilan turkistonliklarning yovqur ruhi hali yengilmagan, hali Turkiston yuragi bo‘yin sunmagan edi! Barcha mustamlakachi singari O‘rusiya ham bu kamchilikni sezar, endi yuraklarga egalik qilishni mo‘ljallar edi. Buning uchun oldin millat ruhini sindirishi kerakligini bilardi. “Oqposhshoni kutib olish marosimi” bu yo‘ldagi eng ta’sirli, eng hashamatli birinchi qadam bo‘ldi! Chindan ham, Vatan uchun ayovsiz janglarda sinmagan ruh boshliqlarining – ishongan tog‘larining ahvolini ko‘rib-eshitib sindi. Bu suratlarda aks etgan holat endi yuraklarni ham butkul bo‘yin sundirdi. Oldiniga gazet-jo‘rnollarda bosilib, keyinchalik uzoq yillar sovet maktab darsliklarida qayta-qayta chop etilib, bu suratlar har tug‘ilgan naslning ko‘ziga suqildi, boshini egdirildi. Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin 1898 yil 23 avgust kuni Turkiston general-gubernatori S. M. Duxovskiy Andijonga kelgan, temiryo‘l bo‘yida uni kutib olish marosimida oqsoqollarimiz boshlari yana ayni shu tarz egdirilgan. Unda general-gubernator yig‘ilganlarga qarata: “Sizlarga katta qora dog‘ tushdi, endi uni yuvish qiyin. Nahot sizlar qum zarrasi buyuk toqqa qarshi urushmasligi kerakligini tushunmadilaring?!” degan edi 224
. Bosib olingan o‘lkada nima qilsa qanday natija berishini mustamlakachi o‘rislar oldindan hisobga olganini ko‘rsatuvchi ikki misol:
224 История Гражданской войны в СССР. "Колониальная политика царизма в Средней Азии. Приезд царских генералов", 1936 г. https://www.youtube.com/watch?v=aFHnIZEh4uE
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 325
1. “С победой Скобелева, пронесется гул по всей Азии, до самых отдаленных пределов ее: «Вот, дескать, и еще один свирепый и гордый правоверный народ белому царю поклонился». И пусть пронесется гул. Пусть в этих миллионах народов, до самой Индии, даже и в Индии, пожалуй, растет убеждение в непобедимости белого царя и в несокрушимости меча его. А ведь после неудачи генерала Ломакина непременно, должно быть, пронеслось по всей Азии сомнение в несокрушимости меча нашего – и русский престиж наверно был поколебен. Вот почему мы не можем остановиться на этой дороге. У этих народов могут быть свои ханы и эмиры, в уме и в вооброжении их может стоять грозой Англия, силе которой они удивляются, – но имя белого царя должно стоять превише ханов и эмиров, превыше индейской императрицы, превыше даже самого калифова имени. Пусть калиф, но белый царь есть царь и калифу. Вот такое убеждение надо чтобь утвердилось! И оно утверждается и нарастает ежегодно, и оно нам необходимо, ибо оно их приучает к грядущему” 225 .
Европе мы были татарами, а в Азии и мы европейцы. Миссия, миссия наша цивилизаторская в Азии подкупит наш дух и увлечет нас туда, только бы началось движение. Постройте только две железные дороги, начните с того, – одну в Сибирь, а другую в Среднюю Азию, и увидите тотчас последствия” 226 .
Ha, nihoyat xalq yengilganiga rozi bo‘ldi – qulga aylandi... Bugun nimalar bo‘lyapti?! Bugungi ma’naviy yo‘lboshchilarimiz o‘zlarini qanday tutishyapti? To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ngil bilan ishlaydigan din olimlari va ziyolilarning ko‘ksilari kerikmi? Qad-qomatlari tikmi? Qiblaga qarab, yolg‘iz Ollohgagina bukilishi ko‘zlangan bellar, yolg‘iz Ollohgagina sajda qilishi lozim bo‘lgan boshlar bugun qayoqlarga va kimlarga egilib-bukilyapti?! O‘ngga, chapga, oldga, orqaga, tepaga, pastga – birvarakayiga olti tomonga bukilaverib eshiliblar ketmadimi bu bellar?! Aylaniblar ketmadimi bu boshlar?! Sal narsaga egilar-bukilar ekanmiz, orqamizda xalq, millat, ummat, Vatan turganini, har bir harakatimiz, har bir gap-so‘zimiz o‘zimizgagina emas, millatga, ummatga va Vatanga ta’sir qilishini bilamizmi?! Kimligimizni tanimasak, qilayotgan ishlarimiz nima natija berishini bilmasak, bizdan nima yaxshilik kutiladi?! Bugun xalq kitob, gazet-jo‘rnol o‘qimay qo‘ygan bo‘lsa, xalqdan nolimaylik, o‘zimizdan ko‘raylik. Bugun xalq ziyolisidan hafsalasi pir bo‘lgan bo‘lsa, hafsalasini pir etgulik ish qilganimiz uchundir. Bugun xalq ziyoliga quloq solmay qo‘ygan, unga ergashmayotgan bo‘lsa, butun ayb ziyolining bo‘yniga tushadi. Chunki u duch kelgan tomonga egilib-bukilishi, haqiqatga va adolatga xiyonati bilan el ko‘zida yuzining suvini to‘kdi!
225
Ф.М.Достоевский. Полное собрание сочинений в тридцати томах. Изд-ва “Наука” Ленинградское отделение, Ленинград, 1984. Т. 27, стр. 32-33. 226 Ф.М.Достоевский. Полное собрание сочинений в тридцати томах. Изд-ва “Наука” Ленинградское отделение, Ленинград, 1984. Т. 27, стр. 36-37. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 326
Bugun xalqqa uni to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi samimiy, xolis fikr va kuch kerak. O‘shanday fikr va kuch paydo bo‘lishi bilan xalq buni sezadi, unga quloq soladi, ergashadi. Bir zamonlar “peshvo” boshlarning bir yuviqsizga egilishi bilan singan ruhini qaytadan tiklaydigan chinakam mag‘rur yetakchilar kerak unga. Chunki ruh o‘lmaydi – eziladi, sinadi, vaqtincha panaga o‘tadi, mudraydi, ammo butkul yo‘q bo‘lib ketmaydi. Ezilgan ruhni davolash, singanini butlash, panada yotganini yuzaga chiqarish, mudraganini uyg‘otish lozim. Shunda qadlar qaytadan ko‘tariladi, qomatlar tiklanadi, ko‘kslar ochiladi – odam o‘zini odam his eta boshlaydi. Shu o‘rinda mazhabimiz boshlig‘i, buyuk imomimiz No‘‘mon ibn Sobit Abu Hanifa (Olloh ustlariga mo‘l-mo‘l rahmatini yog‘dirsin) hayotlaridan ibratli bir voqeani eslasak: “Imom Abu Hanifa (rahimahulloh) doimo Qur’oni karim va sunnati nabaviya ta’limotiga rioya qilib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) olib kelgan haq va hidoyat yo‘lini mustahkam tutib o‘tdilar. Bu yo‘lda biron kishining malomatu ta’nasidan ham, zolimlarning zulmu g‘azabidan ham qo‘rqmadilar. Ibn Hubayra Ko‘fa shahriga hokim etib tayinlanganida Abu Hanifani qozilik mansabiga taklif etdi. Lekin Ollohdan qo‘rqqan, komil imonli, taqvoli alloma Abu Hanifa, bandalarga zulm qiladigan hukm chiqarishdan xavfsirab, Ollohning iqobidan qo‘rqib, bu taklifni rad etdilar. Shu bois ko‘p azoblarga giriftor bo‘lib, qiynoqlarga solinib, darralar urildi. Bu haqda Imom al-Muvaffaq rivoyat qilib aytadi: Bani Umayya xalifaligi vaqtida Umar ibn Hubayra Ko‘fa shahriga voliy (hokim) edi. Iroqda turli fitnalar bo‘lib turgan davr edi. Hokim Iroq fuqaholarini huzuriga to‘pladi, ular orasida Ibn Abu Laylo, Ibn Shibrima, Dovud ibn Abu Hind kabi ulamolar bor edi. Ularning hammasiga amal tayin qildi va Abu Hanifaga odam yuborib, uni qozi qilib tayinlamoqchi bo‘ldi. Abu Hanifa buni rad qildi, shunda Umar ibn Hubayra agarda Abu Hanifa shu mansabni qabul etmasa, uni kaltaklashga qasam ichdi. Buni eshitgan fuqaholar Abu Hanifa huzurlariga kelib: «Olloh haqqi, sizdan iltimos qilamiz, siz bizning birodarimizsiz, o‘zingizni halokatga qo‘ymang, bizlar ham noilojlikdan uning qo‘l ostida xizmat qilib yuribmiz, aslida biz ham bu hokimni yoqtirmaymiz, u aytgan mansabni qabul qiling», deb aytishdi. Abu Hanifa ularga: «Bu hokim odamlarning boshini olishga farmon yozdirib, bu farmonini men muhrlab tasdiqlab berishimni istaydimi? Ollohga qasamki, men bu ishni aslo qilmayman», deb ularning iltimosini rad etdilar. Shunda Ibn Abu Laylo: «Birodarlaringizni o‘z holiga qo‘yinglar, bu to‘g‘ri qilyapti», dedi. Ko‘p o‘tmay, Abu Hanifani qamoqqa tashlab, bir necha kunlar ketma-ket darra urdilar. O‘lim holiga kelib qolganlarini ko‘rgan hokim askarlari unga bu xabarni yetkazishdi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 327
Hokim atrofidagilarga, Abu Hanifaga borib nasihat qilinglar, agarda bir oz fursat berishimni so‘rasa, o‘ylab ko‘rishi uchun unga muhlat beraman, dedi. Abu Hanifaga bu so‘zni aytishgach, u kishi, mayli, men birodarlarim bilan maslahat qilayin, dedilar. Shundan so‘ng Ibn Hubayra uni qo‘yib yuborishga amr qildi. Abu Hanifa qamoqdan chiqishlari bilanoq ulovni minib Makkaga qochib ketdilar. Bu voqea 130-hijriy sanada bo‘lgan edi. Shundan so‘ng to abbosiylar xalifalikni olgunlariga qadar Makkada turdilar. Va Abu Ja’far Mansur davrida yana Ko‘faga qaytib keldilar. Abu Hanifa (rahimahulloh)ni yuz darra kaltaklashgan, ya’ni, o‘n kunga qadar har kuni o‘n darradan urishgan edi. Darra boshlariga, yuzlariga va tanalariga urilar edi. Barcha kaltaklarga sabr etib, Ollohdan ajr istab, haqiqatni tark qilmay chidadilar. Faqat kaltak zarbalarining asari yuzlarida iz qoldirganidan xafa bo‘ldilar, chunki onalari bu hollarini ko‘rib g‘amga botishidan o‘ksindilar. Haqiqatdan ham ona u kishidagi kaltak asarlarini ko‘rib, ko‘p xafa bo‘ldi va unga: «Seni ilming shu ahvolga solgan bo‘lsa, bunday ilmdan voz kechsang bo‘lmaydimi?» dedi.
Abu Hanifa onalariga: «Agarda bu ilmim bilan molu dunyo izlaganimda unga allaqachon erishgan bo‘lardim, lekin men ilmni saqlaganimni va o‘zimni ilm yo‘lida halokatga tashlamaganimni Olloh bilishini xohlayman», dedilar. Darhaqiqat, haqiqiy halokat ilmni zoye qilib, shariat ko‘rsatmasiga zid ish qilishdadir (ta’kid bizniki. – N.M.R.), bunday qilguvchilar oxiratda temir gurzilar bilan urilib, do‘zax azobida jazolanadilar. Chunki ular ilmni havoyu nafsga berilgan amaldoru hokimlar istagan yo‘lga ishlatadilar va ulardan molu dunyo orttiradilar. Ko‘pincha amaldorlar shariatga va haqiqatga zid ishlarni qiladilar. Ba’zi olimlar esa ularning bu qilmishlarini ma’qullab, hattoki ularning bu noshar’iy ishlari shariatga muvofiq deb fatvolar ham topib beradilar va shu sababli haqiqat halokatga uchraydi. Bunday olimlar har zamonda, har sharoitda va har qanday tuzumda ham mavjudligi barchaga ayon. Ular bu foniy dunyoda o‘z mansabidan yo amalidan ajrab qolishdan qo‘rqib, haqiqiy rizq berguvchi Ollohning o‘zi ekanini unutib, amaldorlarning buyrug‘ini bajarib, shariatga zid bo‘lsa ham, ularning istagi-xohishiga qarab gapirib, fatvolar beradilar. Bunday kimsalar oxiratda Odil Hokim Olloh huzurida javob berishlarini aslo unutmasliklari lozim. Abu Hanifa (rahimahulloh) oxiratini bu foniy dunyoga almashtirmagan haqiqiy taqvodor, Ollohdan qo‘rqqan buyuk faqih edilar. Shuning uchun ham u kishi bilan Ibn Hubayra orasida vositachi bo‘lib, uni qozilik mansabini olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan kishiga: «Bu dunyoda kaltaklanishim oxiratda temir gurzida jazolanishimdan ko‘ra yengilroq, Ollohga qasamki, meni o‘ldirsa ham qozilik qilmayman!» deb javob qilgan edilar”
227 .
227 Imom A’zam hayot yo‘llari va fiqh usullari. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro islom tadqiqot markazi. Musannif Qodirov Zohidxon Otaxon o‘g‘li. Toshkent, “Movarounnahr”, 1999, 81 – 83-betlar. Iqtibos bu asardan keltirildi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 328
E’tibor qiling: biron-bir kimsa bosh ko‘tarib “Fiqhul akbar” egasini “o‘zlaridan chiqqan boshliq”qa itoat etmaganlikda, bog‘iylikda ayblamadi. Aksincha, hatto Abu Hanifadan farqli o‘laroq hokim xizmatiga kirgan zamondosh ikkinchi olim Ibn Abu Laylo: “Birodarlaringizni o‘z holiga qo‘yinglar, bu to‘g‘ri qilyapti”, dedi! Bu voqeani har kim bugungi O‘zbekiston manzarasiga solishtirsin: burungi buyuk imomimiz Abu Hanifa qanday bo‘lganlar-u, “Hanafiymiz!” deb ko‘kragiga urayotgan bugungi “olim”lar va “imom”lar o‘zini qanday tutyapti?! Yana bir mazhabboshi, sunnat va jamoat ahli ulug‘ imomlaridan Ahmad ibn Hanbal boshlariga tushgan bir mushkul ham olimlarimizga o‘rnak bo‘larlidir. Ma’mun xalifaligi davrida mo‘‘taziliylar oqimi ta’siri kuchayib, ularning boshliqlaridan biri Ibn Abu Duad hatto xalifani ham qo‘lga olishga erishgan, birgalikda odamlarni majburlab: “Qur’on yaratilgan (maxluq)dir”, degizdirishar edi. Ma’munning o‘limidan keyin xalifa bo‘lgan ukasi Mo‘‘tasim ham akasining siyosatini davom ettirib, mo‘‘taziliylarning xato fikrlarini zo‘rlab yoyishga harakat qildi. Bu yo‘lga yurmagan Ahmad ibn Hanbal, boqing, qanday jabru jafolarni ko‘rdilar: “...Imom Ahmad ibn Hanbalni ikki yildan ortiq, aniqrog‘i, yigirma sakkiz oy qamoqda ushlab qiynashdi, ammo irodalarini buka olmadilar... Gap bilan yenga olmasliklariga ko‘zlari yetgandan so‘ng kaltaklashga o‘tdilar. ...Imomni (xalifa huzurida) hushidan ketib qolguncha darra bilan urishar, keyin esa, ko‘tarib qamoqqa olib ketishar, bu hol ertasiga yana yangidan boshlanar edi. Bir kuni kaltak zarbidan hushidan ketayozgan Imomning qulog‘iga fitnaboshi Ibn Abu Dovud: «Ey Ahmad, qulog‘imga “Qur’on maxluq” deb qo‘ygin, seni xalifaning qo‘lidan qutqarib olaman», dedi. Shunda Imom Ahmad boshlarini zo‘rg‘a ko‘tarib, «Ey ibn Dovud, qulog‘imga “Qur’on Ollohning kalomi, maxluq emas” deb qo‘ygin, seni Ollohning azobidan qutqarib olaman», dedilar. Bu voqea xalifaning tavba qilishi, fitnaboshi Ibn Abu Dovud va uning sherigi Bashir Musraysiyning boshi olinishi va Imom Ahmadning e’zozlanishi bilan tugadi. Shunday qilib, bu buyuk Imom musulmonlarning katta bir fitnadan qutulib qolishlariga sababchi bo‘ldilar” 228 .
Lekin bittasini aytmasak bo‘lmaydi: buyuk imomning e’tiqodda sobitliklari ummat to‘g‘ri aqidada qolishiga sabab bo‘lganidan tashqari yana xalifaning tavbasiga ham sabab bo‘ldi!
Qo‘shimcha qarang: Shayx Alouddin Mansur. Imomi A’zam buyuk imomimiz. Bishkek – 1998. 111-bet; Imomi A’zam. Asarlar. “Movarounnahr” nashriyoti, Toshkent – 2003. 10 – 11-betlar. 228 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. “Sharq” NMAK bosh tahririyati, Toshkent – 2011, 46 – 48-betlar. Qo‘lyozmani o‘qigan diniy olim yigitlarimizdan biri aytishicha, ko‘chirmada kelgan “Ibn Abu Dovud” ismi aslida Ibn Abu Duad ekan. “Bashir Musraysiy” deb yozilgan ism ham aslida “Bishr Marisiy” yoki (ikkinchi xil o‘qishda) “Bishr Mirrisiy” bo‘larkan. Bu ismlar matnda ikki-uch xil kelgani – ko‘chirma olingan o‘zbekcha kitobda qanday bo‘lsa, shundayicha keltirilganidandir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 329
Demak, teskarisi teskari natija beradi: olimning qo‘rqoqligi va xiyonati hukmdorning haddan oshishiga sabab bo‘ladi! Bugungi ulamolarimizga buyuk imomlar Abu Hanifa bilan Ahmad ibn Hanbalning jasoratlari, sobitqadamliklari yetishmayapti. Og‘izda hanafiymiz, sunnat va jamoat ahlidanmiz, deyishadi, ammo amalda Abu Hanifa nomlariga kir isnod keltirishadi. Agar hanafiylikda samimiy bo‘lsak, mazhabboshimiz tutimlaridan ham ibrat olishimiz lozim emasmidi?! Abu Hanifa zolim voliyning xohish-irodasiga muvofiq fatvo berishdan o‘zlarini qanday sabr-matonat bilan asragan bo‘lsalar, bugungi “ulamo”, aksincha, xuddi shunday jiddu jahd bilan qirolu prezidentlarning ra’yi va istagiga mos fatvolarni har kuni, har soatda oppa-osongina chiqarib yotibdi! Abu Hanifayu Imom Ahmadni haqorat, u zotlarning pok nomlarini xo‘rlashdir bu ishlari! Ollohning rahmati yog‘ilsin u ikkala Imomimizga! O‘rnida ishlatilsa, murosa juda kerakli omildir. Chunki jamiyatning xotirjamligi murosa bilandir. Lekin har qanday murosaning o‘lchovi, chegarasi bor. Chegaradan oshganidan keyin u xiyonatga aylanadi. Ayniqsa, din masalasida qirollaru prezidentlar 229
bilan murosaga borilar ekan, nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Din hukmron bo‘lmagan bir sharoitda yoki mo‘min-musulmonlar boshqa dindagilar (yoki dinsizlar) qo‘li ostida yashaydigan holatlarda, ijtimoiy masala o‘laroq, murosa kerak va to‘g‘ridir. Ammo shunda ham aqida, Islom ustunlari kabi o‘zgarmas asoslardan zarracha chekinmagan holda. Bu masaladagi murosa o‘zingizning aqidangizni boshqaga tiqishtirmaslik, fiqhingiz bilan ularga xalaqit qilmaslik ma’nosidagina bo‘ladi, bizningcha. Ya’ni, aqida va fiqh masalalarida din bor so‘zini boricha aytmasa yoki qirol va prezidentlar ruxsat bergan darajada gapirib, undan ortig‘ini go‘yo yo‘qday indamasa, haqiqatga xiyonat, dinga xiyonat, Haqqa xiyonat qilgan bo‘ladi. Xiyonatdan tashqari, yo‘lboshchilarimizning o‘ris “oqposhsho”siga egilgan boshlari kabi, orqalarida turgan xalqning ruhini sindiradi, millatning bo‘ynini egadi. Bunday sharoitda juda ozchilikkina e’tiqodida sobit qoladi, ko‘plar ichiga qamalib oladi, yana boshqalar domla-imomlardan, ayrimlari hatto dindan hafsalasi pir bo‘ladi. Mana shu holatga javobgarlikni bo‘yinga olib murosaga borish kerak. Qiyomat va oxirat savol-javobini hamisha esda tutib murosaga boriladi. Ibratni Ollohning elchisidan (u zotga salot va salom bo‘lsin) olaylik. Bu sharafli zot shaxslari haqorat qilinsa chidardilar – yumshoq muomala qilardilar, ammo dinlari haqorat qilinsa chidamasdilar – peshonalari qizarib, yuzlari bo‘g‘riqib, bo‘yin tomirlari bo‘rtib ketgulik darajada g‘azablanar edilar.
229 Abu Hanifa zamonlaridagi musulmon hokim bilan “mustaqillik” zamonidagi bugungi kommunist prezidentning qanaqa boshqacha tomoni bor? Misoldan ko‘rildi, judayam unaqa boshqacha emas; deyarli bir xil! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 330
Murosa chegarasi bugun butkul unutildi. “Mulohazalar” ko‘payib ketdi. Mulohazalar hamisha ham haqiqatga eltavermaydi. Ko‘pincha g‘aflatga, xiyonatga eltadi. Aksincha, qahramonlik onda yuz beradi. Ortiqcha mulohaza ayrim hollarda qahramonlikning yo‘lini kesadi. O‘zbekiston davlati o‘quvchilarni, talabalarni juma namoziga qo‘ymasa yoki juma namoziga borganlarni o‘qishlardan haydasa, o‘qituvchi va melisalarni yo‘llarga qo‘yib, jumaga kelgan o‘quvchilarni machit eshiklari tagidan tutib ketaversa, shu ishni ham o‘zi eplayolmay O‘zbekiston musulmonlari idorasidan, domla-imomlardan ko‘mak so‘rasa, so‘rovlariga javoban haq dinimizning: “Yoshu qariga, erkagu ayolga ilm olish ham farz, balog‘atga yetgan har bir mo‘min-musulmonga namoz o‘qish ham farz!” degan haq hukmini to‘g‘ri yetkazmasdan, shariatni oyoqosti qilib, haqiqatni bekitib, itoatkorona: “O‘quvchi va talabalar namozga kelmasa ham bo‘laveradi, ilm olish farz”, deb fatvolar chiqarib bersak... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum. O‘zbekiston davlati va hukumatiga ayollarning hijobi yoqmay qolib, o‘tgan asrning 30-yillarida xudosiz Sovet davlati boshlab bergan siyosatni davom ettirib, ikkinchi katta “Hujum” kampaniyasini ochsa, muslima ayollarni yechintirishga kuch-g‘ayrat bilan kirishsa va yechganini yechintirib, e’tiqodi kuchlilarga kuchi yetmay qolganida yana-tag‘in domla-imomlardan yordam so‘rab murojaat qilsa, murojaatlariga labbay deb javob berib: “Hijob arablarning milliy kiyimi... Ular ko‘proq sershamol sahrolarda yashagan, uchib yurgan qum zarralaridan asranish uchun yuzlarini ham o‘rab yurishgan... O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy kiyimlari bor. Ro‘mol ham jumladan milliy kiyimdir”, deb fatvolar chiqarib berilsa, uyat yerlarni yopishga buyurgan shariat “unutilsa”... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum. O‘zbekiston davlati bora-bora xalqning e’tiqodini susaytirish uchun necha yillardan beri namozga qarshi siyosat yuritadi. Bu qarshi siyosat ilk bor Namangan tumanlaridan birining hokimi haqida prezident ochiqchasiga: “Yo namoz o‘qisin, yo hokimlik qilsin!” degan hamda machit qurishga ko‘maklashgan boshliqlarni qattiq tanqid ostiga olgan paytlardan boshlangan edi. So‘ngra tobora jiddiy va keskin tus oldi. Sovetning oxirgi pallalari maktablarda, ishxonalarda, vokzal va qo‘nalg‘alarda, shifoxona va oshxonalarda ochilgan namozxonalar bitta-bitta yopildi. O‘qilsa, jarimalarga tortildi, namozxonasini yopmagan oshxonalar o‘zi yopildi. Keyin-keyin ishxonalarda yashirib namoz o‘qiydiganlar aniqlanib, yo namozni, yo ishni tashlash takliflari qilindi. Mahallalarda namozxonlar va o‘rangan ayollar ro‘yxatga olindi. Ularga tinimsiz “profilaktik ishlov”lar berildi. Machitlar har kuni va har juma maxsus ajratilgan “xolis odamlar” yordamida kuzatilib (bugun urf bo‘lgan til bilan aytganda: monitoring qilinib), besh vaqt namozga keladiganlari alohida, jumaga keladiganlari alohida, onda-sonda machitga qatnaydiganlar alohida, yoshlari alohida guruhlarga ajratilib ro‘yxatlar tuzildi, shaxslari o‘rganildi. Va nihoyat, shu kabi tadbirlar orqali machitga qatnaydigan va juma namozi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling