Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 331
o‘qiydiganlar sonini besh-olti yil nariga qaraganda ancha-muncha ozaytirishga erishildi. Bu “g‘aroyib” ishlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, imom-domlalar hamda butun millat ko‘zi o‘ngida ochiqchasiga davom etarkan, machit minbarlarida, ulamolar kengashlarida, oliy hay’atlarda “Biz mo‘min-musulmonlarga ibodatlarimizni emin- erkin ado etishga imkon yaratib bergan davlatimizga, muhtaram Yurtboshimizga, u kishi boshchiliklaridagi barcha boshliqlarimizga shukronalar keltiramiz!” kabi hamdu sanolar yangrashi... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum 230 .
Ular bunaqa “murosa” qilmadilar-ku! Murosa qilsalar, begonagamas, dini tayinsiz kimsagamas, musulmonga, mo‘minlar hokimiga, xalifaga murosa qilardi-ku! Hozirgilar osongina borayotgan “murosa”ga shariatdan yo‘l topsa, shu buyuk mazhabboshilar topardi-ku! Ular bunday qilmadilar. Butun jabr-sitamni yelkalariga olib, so‘zlaridan qaytmay turaverdilar! Nimaga? Nima ularni bosh egishga qo‘ymadi? Ular bosh egsalar edi, ilmning boshi egilardi, dinning boshi egilardi, ummatning boshi egilardi. Shuning uchun ular qattiq turdilar. Va shu tariqa dinni, ilmni, or- nomusni asrab qoldilar. Chinakam yetakchilik namunasini ko‘rsatdilar. Ummatning ko‘ksini ko‘tarib qo‘ydilar. Tik qomatlar va aziz boshlar aslida nimaga va kimga egilishi kerakligidan ta’lim berdilar. Abu Hanifa bilan Ahmad ibn Hanbal hayotlaridan bu misollar ko‘p kitoblarda keltiriladi. Minbarlarda aytiladi. Nimaga? O‘rnak uchun, albatta. Unda nega o‘rnak olmayapmiz? Nimaga bemalol ularga teskari ish qilaveramiz? Dunyo tarixi, insoniyat tarixi imon bilan kufr kurashidan iborat ekan, eng achinarlisi – bugun kufr bir chetda qolib, mo‘min (imon keltirgan)lar bir-biriga qarshi kurashmoqda. Bir-birining yuziga loy chaplash, bir-birining etagini ochish, bir-birining oyog‘idan chalish bilan ovora. Bir-birini har xil oqimu har xil maslak va turli mazhabda ayblab (ayblasa, o‘zining xato ishi to‘g‘ri bo‘lib qoladigandek), shayton bu xunuk ishini unga chiroyli ko‘rsatayotganidan xabarsiz, bir-biriga qarshi qon va jon jangiga kirishgan. Ajab... Ajab... Ajab... Haq biz mo‘minlar qo‘lida bo‘laturib nimaga ishimiz nuqul haqsizlik, degan so‘rov kishini o‘ylantiradi, qiynaydi, alamlarga botiradi.
230 “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”, “Diniy qo‘mita”, “machitlar”, “imom-domlalar” der ekanmiz, bunda aslo shaxslar nazarda tutilmayotganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Ko‘plari yaxshi, samimiy musulmondir. O‘ziga qolsa, hech kim dinning tersiga ishlamaydi (dinni shaxsiy manfaat quroliga aylantirib olgan vijdonsizlar mustasno). Ya’ni, gap alohida shaxslarda emas. Bugungi vaziyatda din boshiga kim kelsa ham ahvol o‘zgarmaydi – xuddi shu yo‘sinda, balki battar bir tarzda davom etaveradi. Chunki asosiy gap tuzumda! Shunday bir tuzum yaratildi, hamma bu tuzumning quliga aylandi. Bunday sharoitda “falonchilar xoin” deyavergan bilan ahvol yaxshi bo‘lib qolmaydi. Ko‘ngildagidek natijaga erishish uchun birgalikda buzuq tuzumni tuzatishimiz, xato boshqaruv tizimini tagi-tubi bilan almashtirishimiz kerak bo‘ladi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 332
Albatta, bunday ayanchli holga tushishimiz sabablari, ildizlari juda chuqur va ko‘p. Har qaysi zamon olimlari bu masalani kuyunchaklik bilan o‘rganishgan, kasallik illatini aniqlab, davolash yo‘llarini ham ko‘rsatib berishgan. Eng katta sabablardan bittasi menga ta’lim uslubimizdagi bir xatolik bo‘lib tuyuladi. “Ustoz ‒ shogird” munosabati xato tushunilishi, xato talqin etilishidir. To‘g‘rirog‘i ‒ bu munosabatning haqiqati unutilganidir. Dinda chinakam ustoz deb kimni aytsa bo‘ladi? Menimcha, dinda chinakam ustoz shogirdini Ollohga va Uning elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) bog‘laydi, o‘ziga emas. Ollohni va Uning elchisini (sollallohu alayhi va sallam) sevdiradi, o‘zini emas. Shogirdining yuragini Ollohga va elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) muhabbat bilan to‘ldirib tashlaydi, u yurakdan o‘ziga muhabbat uchun joy qoldirmaydi. Olloh elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) chinakam voris bo‘lishdek sharafga erishaman degan ustoz o‘rtada o‘zi bo‘lmasligi kerak, shogirdi yuragida Ollohga va elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) tom ixlosni tarbiyalashi-qozontirishi lozim. Buning uchun birinchi galda ustoz o‘zi tom ixlosli bo‘lsin. Men kim bo‘libman, hech kimman, nari borsa, gunohlarga botgan, qiyomatdagi holidan xavotirda titrab- qaqshab turgan bir ojiz kimsaman ‒ o‘zimning holim bu ekan, qaysi yuz bilan Payg‘ambarga (sollallohu alayhi va sallam) vorislik da’vo qilaman, degan his uni doim muhokama qilib tursin, shogirdi yuragiga ham shu tuyg‘uni singdirsin. Olimning boshqalardan farqi ‒ Olloh nasib etgan ozgina bilimi bor, vazifasi shu bilimini qo‘lidan kelganicha, Olloh qodir etganicha ommaga yetkazishdir. To‘g‘ri yetkazishdir. Xolos. Bizda nima bo‘lyapti? Ustozlar shogirdini, pirlar muridini ko‘proq o‘zlariga bog‘layaptilar, o‘zlarini sevdiryaptilar, o‘zlarining so‘zlarini hammaning so‘zidan ustun qo‘ydiryaptilar. Hozirgi ta’lim-tarbiya uslubi natijasi o‘laroq shogird yoki murid o‘zining ustozi yo piridan boshqasini tanimay, tan olmay yetishyapti. O‘rtada din qayg‘usidan ko‘ra ko‘proq ustoz va pir qayg‘usi bo‘lib qoldi. Har bir shogird yoki murid o‘zining ustozi yoki pirini maqtash, ko‘klarga ko‘tarish bilan ovora. Bu degani Ollohdan qo‘rquv va ixlos o‘rniga tarafkashlik o‘rtaga chiqdi deganidir. Tajribadan bilamiz: tarafkash shogird yoki murid jon jahdi bilan tarafdor to‘plashga kirishib ketadi. Bu ishini ustozi yo piriga muhabbat deb o‘ylaydi. Odamni jalb etish uchun ustozi yoki pirini ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshlaydi, ulardagi bor xislatlar yetarli tuyulmasa, yo‘q xislatlardan lof uraketadi. Ayrim ustoz yo pirlarni shunday shishirib maqtaydilar, orqasida Olloh ham, Uning sevgili payg‘ambari (sollallohu alayhi va sallam) ham ko‘rinmay ketadi. Davralarida Olloh va Uning elchisidan (sollallohu alayhi va sallam) ko‘ra ustozlari yo pirlarining oti ko‘proq yangraydi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 333
Bu holat o‘tmishda ko‘p bora kuzatilganidek, bugun ham davom etib kelyapti ‒ ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz 231 .
Hukmi vahiydan bo‘lmasa hatto payg‘ambarga e’tiroz bildirish mumkin bo‘lgani holda hamma gapi insoniy-nafsiy bo‘lgan ustoz yo pirning so‘zini mutlaq haqiqat deb bilish, e’tiroz bildira olmaslik; dinimizda hatto gunohsiz payg‘ambarga sig‘inish qattiq taqiqlangani holda yurgan yo‘lida gunohlarga botib yurguvchi ustoz yo pir shaxsiga sig‘ingudek itoat etish illatlarning boshi va asosiysi bo‘lib tuyuladi menga. To‘g‘ri tushunilsin, ustozni hurmat qilish lozimligi shubha ostiga olinmayapti bu yerda. So‘zsiz, har qanday ustoz hurmat-e’zozga loyiq zotdir. Ammo hurmat boshqa, muhabbatda chegaradan oshish boshqa. Hurmat qilsangiz, izzat topasiz. Bu yerda gap ustozni hurmat, ustozga muhabbat chegarasida turish haqidadir. Chunki muhabbatda chegaradan oshsangiz, o‘zingiz ham to‘g‘ri yo‘ldan chiqasiz, boshqalarni ham chalg‘itasiz. Shialar ayni shu ‒ muhabbatda va nafratda chegaradan oshishlari (ifrot va tafrit) tufayli haqdan toydi. Hazrati Alini (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) yaxshi ko‘rishda chegaradan oshdi, bor holicha sevmay, u kishida yo‘q sifatlarni to‘qib chiqarib “seva” boshladi va bora-bora oralaridan Hazrati Alini payg‘ambar deydigan, hatto iloh deydigan toifalar chiqdi! Muhabbatda chegaradan oshish oxir-oqibatda mana shunaqa natija beradi. Buning aksi ‒ nafratda chegaradan oshish ham xavflidir. Shialar Hazrati Aliga (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) to‘g‘ri yo‘ldagi boshqa xalifalarni qarshi qo‘yib, boshqalarini yomonlay boshladi. Bora-bora chegaradan oshib, siyosiy qarama-qarshilik diniy nafratga aylandi va yomonlashdagi jazava ko‘zlarini ko‘r qildi. Olloh, O‘zing saqla bunday natijadan. Ustozga yoki pirga muhabbatda chegaradan oshish hayotda qanday yuz beradi? Biz bu kamchilikni ta’lim-tarbiya uslubida ko‘rdik. Tasavvur etaylik: o‘rtada katta, keng maydon, tevaragi aylanasiga uy. O‘xshatish joiz bo‘lsa, u maydonni Islom jamiyati desak, tevaragidagi uylar har biri bir ustozning ilm dargohidir. Shogirdlar xilma-xil bu uylarga kirib o‘qiyapti, tarbiyalanyapti. Har bir ustoz o‘zi bilgan narsani shogirdiga yetkazyapti, ta’lim-tarbiya beryapti. Lekin yetishtirilgan u shogirdlarni keng-katta Islom maydoniga chiqazish o‘rniga o‘ziga, o‘zining tor hujrasiga bog‘lab olyapti. Kamchilikli bo‘lish ehtimoli kuchli bo‘lgan yo‘lini eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘rgatyapti. O‘rtadagi maydon bo‘m-bo‘sh qolyapti. Natija esa ayanchli. Qobiliyatiga yarasha ilm hosil qilgan talaba nihoyat bir kuni u hujradan o‘ziga mos tuynuk ochib maydonga mo‘ralaydi. Qarasa, boshqa hujralardan ham maydon tomonga tuynuk ochilibdi: har bir tuynukdan boshqa-boshqa ustozlarning shogirdlari bosh chiqarib turibdi.
231 Albatta, bu xulosamiz ko‘proq O‘zbekistonga tegishli. Hududni bir oz kengroq olsak, qo‘ni-qo‘shnilarimiz ahvoliga ham tegishli bo‘lar. Dunyoni ko‘p bilmaymiz, ularda ahvol boshqacha bo‘lishi mumkin. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 334
Asta-sekin bir-birlari bilan muloqotga kirishishadi. Har qaysisi o‘z ustozidan olgan ilmini ko‘rsatgisi keladi. Tabiiy, bilimlarida ozmi-ko‘pmi farq ko‘rinadi. Chunki shogird o‘rtadagi keng-katta maydonga ‒ Islom maydoniga ustozi yo piri ochib bergan tuynukdan boqayotgan edi. U keng maydonni bor bo‘yicha ko‘rmas, ko‘rolmas, tuynugi katta-kichikligi miqyosidagina ko‘rar-qamrar edi. Natijada tortishuv boshlanadi. Tortishuv kuchaygani sayin tarafkashlik yuzaga chiqadi. Har bir shogird yoki murid o‘z ustozini maqtay ketadi. Hech biri yon bosgisi, narigi tuynukdagining bilimiga tan bergisi kelmaydi. Masala talashishlar o‘z ilm dargohi va ustozi sha’ni uchun kurashishga aylanib, oxiri shogirdlar bir-birining etini yeyish darajasiga yetadi!
Xayriyat, O‘zbekistonimizda hozircha tuynuk tortishuvlari og‘izaki ketyapti, xayriyat shunday tor dunyoqarash va tarafkashlik fe’li bilan shogirdlar qo‘liga biron qurol olmay turibdi. Maydonga birodarlik tuyg‘usi bilan emas, qurol bilan tushsa bormi, o‘rtada qon to‘kilishi hech gap emas. Bunda holni o‘tmishda ko‘p marta uchratganmiz, o‘xshashlari yaqinlarda o‘zimizda ham ko‘rindi, hozirgi kunlarda dunyoda-da ko‘rib turibmiz. Hol bu ki, ustoz o‘ziga sadoqatli shogirdni emas, diniga sadoqatli ummatni tarbiyalashi kerak! Har bir ustoz uyini shogirdga to‘ldirmasin, o‘rtadagi keng-katta Islom maydonini ummat bilan to‘ldirib tashlasin! Bilim berarkan, markazga o‘z shaxsini qo‘ymasin, balki keng-katta Islom ma’naviy shaxsini qo‘ysin! Shogird muhabbatini o‘ziga va o‘zining tor hujrasiga yo‘naltirmasin, balki Ollohga va Uning sevikli elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) yo‘naltirsin! Ey shogird yo murid! Behuda tortishuv va janjallarni to‘xtating! Tarafkashlik tuynugingizni tark eting, o‘rtadagi katta birodarlik maydoniga tushing! Shogird edingiz, endi ummatga aylaning! Bir-biringizga dushman deb emas, birodar deb boqing! Bir-biringizga qo‘l uzating, jilmaying! Masala talashishga, ustoz talashishga sovurayotgan kuch-g‘ayratingizni ummat uchun foydali ishlarga yo‘naltiring! Biringiz uchoq, ikkinchingiz kema, uchinchingiz Mirrihga uchadigan raketa, boshqangiz jamiyat og‘irini yengil qiladigan yana boshqa narsa kashf etishga kirishing. G‘ayridin yoki dinsiz dunyo eng oddiy uy-ro‘zg‘or buyumidan tortib yadro quroligacha yaratayotgan bir paytda biz mo‘min-musulmonlar umrimizni arzimagan masalalar ustida bir-birimiz bilan talashib-tortishib o‘tkazayotganimiz nihoyatda achinarlidir. Buyuk kashfiyotlar yo‘lida sarflashimiz lozim bo‘lgan butun ongu shuurimiz va kuch-g‘ayratimizni dinda o‘zimizni haq ko‘rsatishga band qilib qo‘yganimiz kechirilmas xatodir. Mo‘min-musulmonlarning birikishiga, katta kuchga aylanishiga to‘siqlardan yana biri mazhab harxilligini tabiiy hol deb qabul etmaslikdir. Har kim o‘zining mazhabini Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 335
yoqlashi, himoya qilishi va ilgari surishiga birov qarshi emas, ammo buning natijasida qaysar taassub paydo bo‘lishi yomon. Mazhabni ushlashda bir xatolik yo‘q, har kim o‘zining mazhabini yoqlashi va ilgari surishida qo‘llayotgan uslubi xato. “Sunniy ‒ shia” tortishuvini qo‘yaturaylik, chunki u tortishuvning asosli diniy- siyosiy, ijtimoiy-tarixiy sabablari bor, ammo to‘g‘ri yo‘ldagi sunnat va jamoat ahli ichida ham mazhablararo munozara-tortishuv kuchayib borayotgani o‘sha xato uslub oqibatidir. Olloh taoloning “Dinda zo‘rlash yo‘q...” 232 hukmini qabul qilamiz, tan olamiz, juda olijanoblik ila rioya etamiz, ammo mazhab harxilligiga chidamaymiz ‒ qavmni bir mazhabni ushlashga zo‘rlaymiz, bordiyu o‘zimizning kuchimiz yetmay qolsa, davlatni yordamga chaqiramiz. Harholda O‘zbekiston sharoitida bir necha yillik tajriba shuni ko‘rsatadi. Hatto dinda zo‘rlash bo‘lmagani holda mazhabda zo‘rlash avjga mingandan-minib bormoqda. Dinning o‘zi harxillikni tabiiy hol deb turganida xayolimizda olijanob bo‘lib tuyulgan niyatda hammani birxillikka solishga tirishib yotibmiz. Ammo xayolda olijanob tuyulgan niyat aslida xato bo‘lishi, din hukmiga ters kelib qolishi mumkin. Ya’ni, har qanday olijanob niyat dinning hukmini o‘zgartirishga sabab bo‘la olmaydi. Hazrati Umar (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) ayollar mahr so‘rashda haddilaridan oshib ketmasinlar, mo‘‘tadil bo‘lsinlar degan olijanob niyatda mahr miqdorini cheklashga uringanida nima bo‘ldi? Olloh taolo bitta kampir tili bilan xalifasiga tanbeh berdi va mahr masalasida Ollohning hukmi o‘zgarmay qoldi! Hamma bir xil yursin deb talab etish, majburlash teskari natija berishini kundalik hayotimizda ko‘rib turibmiz. Oldingi boblardan birida jamiyatda fikrlar xilma-xilligi bo‘lishini lozim deyayotib, “Muvatto” egasi Imom Molik bilan xalifa Abu Ja’far al-Mansur (Olloh, ikkalasiga ham rahm qil) o‘rtasida kechgan voqeani tilga olgan edik. Islom dini dunyoga yoyilib, turli mazhablar paydo bo‘lib, har yerning odami dinga har xil amal qila boshlagach, buni ko‘rgan xalifa butun ummatni “Muvatto” tevaragida birlashtirish g‘oyasini o‘rtaga tashlagan, ammo uning bu qaroriga Imom Molik qarshi chiqib mazhablar harxilligini himoya etgan edi. Xalifa ‒ siyosat, Imom Molik ‒ ilm. Siyosat birlashtiraylik dedi, ilm haqiqatni ‒ harxillikni himoya qildi va siyosatni ummat orasida fitnaga olib kelishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchi fikrdan qaytardi. Chunki “birlashtirish” g‘oyasi har qancha jozibali tuyulmasin, unda zo‘rlik bor edi. Zo‘rlik qarshi harakatni paydo qiladi, isyonga olib keladi.
232 Baqara surasi 256-oyatdan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 336
Sunniylik to‘g‘ri yo‘l, sunnat va jamoat yo‘li unga ergashganlarni jannatga eltadi, ammo dinparastlik qolib mazhabparastlikka 233 berilganlarning xatti-harakatini, tortishuv uslublarini ko‘rib turib, qolgan uch mazhab boshqa dinmi deb o‘ylab qolasiz. Bir mazhabga taassub bizda yuksak cho‘qqisiga chiqdi, hatto mazhabga zo‘rlash mafkurasini davlat diniy siyosatiga qurol qilib oldi. Siyosat “mazhabparastlar”ning gij-gijlashi bilanmi yo o‘z tashabbusi bilanmi, xalqni bir mazhabni ushlashga zo‘rlayotgan ekan, bu ish samarasiz yoki teskari samara beradigan ekanini aytib siyosatni xatarli yo‘ldan qaytaradigan ILM qani?! “Dinda zo‘rlash yo‘q!” oyati karimasini tushuntirar ekan, mazhabga zo‘rlash umuman yo‘qligini uqtiradigan OLIM bormi?! Albatta, biz hanafiymiz, ammo shofiiy ham, hanbaliy ham, molikiy ham sunnat va jamoat ahli bo‘lgan birodarlarimiz emasmi?! Ichimizda kimdir bu mazhablardan biriga amal qilsa, o‘shani to‘g‘ri deb o‘ylasa, xuddi u dindan chiqib ketganday dod-voy solishlarimiz nechun? Kimdir namozda oyog‘ini keribroq tursa, har takbirda qo‘lini ko‘tarsa, Fotiha surasidan keyin tovush chiqarib “Omin!” desa, uni machitdan quvib solishlarimiz yetmaganiday davlatga tutib berayotganlarimiz uchun qiyomatda javob bermasmikanmiz ishqilib?! Bir kishining 1) mo‘min ekani, 2) namoz o‘qishi, 3) namozini yigirma yetti baravar savob umidida machitda o‘qiyotgani... kabi fazilatlari turgani holda ahli sunna ichidagi mazhablararo farqdan keladigan arzimas harxillik uchun uni naq dushmanga chiqarib qo‘yishlarimiz to‘g‘ri emas deb o‘ylayman. Bu masaladagi tortishuv va janjallarimiz bilan bilib-bilmay kufr olamini sevintirib, Islom dushmanlari tegirmoniga suv quyib kelyapmiz. Mazhab harxilligi bizni bir-birimizga dushman qilmasin. Chunki to‘rtala mazhab ham najotga eltuvchi yo‘ldir, mo‘minlarning o‘zaro do‘st-birodarligi farzdir! Mazhab harxilligini tugatib bo‘lmaydi, tugatishga, Imom Molik aytganlaridek, hojat ham yo‘q, demak, dinimizning mo‘minlar bir-birlari bilan birodar ekanlari to‘g‘risidagi ilohiy yo‘riqni mahkam ushlagan holda har kim o‘z mazhabiga rioya etishi eng to‘g‘ri uslubdir. Ustozparastlik qilib yoki mazhab talashib janjal chiqaruvchilar asosan o‘rtacha olimlar yoki chalamullalar bo‘ladi. Bularni, ha, mayli, darajasi past-da, desak, yirikroq olimlarimiz ham shogirdlarini bu illatdan shiddat bilan qaytarmayapti. Ummatni ham, davlatni ham to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ymayapti. Yo bizda chinakam ma’noda ILM, chinakam ma’noda OLIM yo‘qmi?! Bu mamlakatda o‘ttiz milyonli yirik xalqmiz. Katta ummatmiz. Shunga qaramay, dinni bilgich olimlarimiz barmoq bilan sanarli. Ammo, afsus, shu uch-to‘rt nafar ilmli ham bir-biri bilan inoq emas.
233
“Mazhabparast” deganda bir mazhabni qattiq ushlagan odamlarni nazarda tutmayapmiz (mas., o‘zim ham hanafiy mazhabiga ergashaman), balki mazhabini yagona to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylaydigan, boshqa mazhabga ergashuvchilarni bo‘lar- bo‘lmas so‘zlar bilan kamsitadigan kishilarni nazarda tutyapmiz.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 337
Bir zamonlar Mavlono Rumiy hazratlari musulmon bag‘irlarini dunyoga keng ochib: “Nasroniy bo‘lsang ham kel! Yahudiy bo‘lsang ham kel! Dinsiz bo‘lsang ham kel!” deya huzuriga hammani chorlab, o‘zi ham nihoyatda ustun mavqeda turgan holda Islomning naqadar buyukligini ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi olimlarimiz bag‘ri hatto bir- birini sig‘dirmayapti. Ilmlar musobaqasi emas, nafslar raqobati ustun. Shu uchun bir mo‘min olim ikkinchi mo‘min olimni pisand qilmaydi, o‘zidan nari suradi, hatto orqadan bir-birini yoqtirmaydi. Boshqacha aytganda, bugungi mo‘min bag‘irlar hatto nasroniyni, yahudiyni va yo dinsizni sig‘diryapti, ammo ikkinchi bir mo‘minni sig‘dirmayapti 234
. Shu ma’noda, bugun agar davlat Islomga va musulmonlarga bag‘rikenglik ko‘rsatmayotgan, aksincha, past yoki dushmancha nazar bilan boqayotgan bo‘lsa, davlatning o‘zidangina o‘pkalab bo‘lmaydi, kattaroq ayb mo‘min-musulmonning, ayniqsa, din olimlarining ‒ ustoz yoki pirlarning bo‘yniga tushadi. O‘zimiz shunaqa past munosabatga loyiq ekanimiz bilinib qoldi. Ikki ustoz-olim bir-birini bag‘riga tortmaydi, ikki musulmon shogird bir-biriga Olloh buyurganiday do‘st-birodar bo‘lolmaydi-yu, davlat musulmonga bag‘rikeng va do‘st bo‘lsinmi?! Ayniqsa, o‘tgan asr to‘qsoninchi yillari voqealarini eslasam, davlatning dinga qattiqqo‘lligi qaytaga rahmatmikan deb ham o‘ylab qolaman goho. Andijonda, Namanganda, Qo‘qonda kechgan sharmandali ishlarni eslang. Yonma- yon ikki machit bir-biriga shunaqa dushman bo‘ldi, boshqa dushmanning keragi bo‘lmay qoldi. Bir juma bir machit qavmi pichog‘u tayoqlar bilan qurollanib narigi machit qavmi ustiga bostirib borsa, yanagi juma endi narigi machit qavmi bu yoqqa qurol ko‘tarib keldi. Na Olloh So‘zi ularni qaytara oldi va na hadis! Nihoyat, davlat oraga kirdi. Qamadi, zindonga otdi. Va... hamma tinchidi! Bu nimani ko‘rsatadi? Imonimizning samimiy emasligini, naqadar yuzaki ekanini ko‘rsatadi. Qur’onga quloq solmadik, hadisga quloq solmadik, ichki ishimizga davlat aralashishiga to‘g‘ri keldi. Shunga majbur qildik! Ollohdan qo‘rqmadik, oxirat savol-javoblaridan qo‘rqmadik, davlatdan qo‘rqdik! Davlatning so‘roq-savoli va qamoqlari bizlarni mo‘mingina-qobilgina qilib qo‘ydi! Shu ma’noda, ikki mo‘min orasiga davlat kirgani va o‘rtani birmuncha tinchitgani davlatga sharaf bo‘lsa ham, mo‘minga sharmandalikdir. Davlat bo‘lmaganida mo‘min- musulmonlar bir-birimizni yeb bitirar ekanmiz-da!.. 235
Bu turishda bordiyu bugun yana ozgina erkinlik berilsa, chamamda, endi qavmlar bir-biriga pichoq o‘qtalib o‘tirmaydi, birato‘la avtomatlar tilga kiradi 236
.
234 Albatta, dinda bor-yo‘g‘i ergashuvchiman. Ushbu mulohazalarim dinimizni qattiq sevganimdan, bugungi holiga xolis Olloh uchun kuyunganimdandir. Bilib yo bilmay xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, Yaratgan Egamdan kechirim so‘rayman. Olloh rahmli va kechiruvchi Zotdir. Bilag‘onlarimiz ham kamchiliklarimdan o‘tib bag‘rikenglik ko‘rsatadilar deb umid qilaman. 235
Bir musulmon bag‘riga ikkinchi musulmon sig‘mayotganiga misol: haqsiz qamalgan bir imom 11 (o‘n bir) yillik muddati tugab, ozodlikka chiqish vaqti kelganida ochiqdagi imom o‘zidan maslahat so‘ragan “davlat”ga: “Chiqsin-e bola- chaqasining oldiga!” demadi. “U chiqsa yaxshi bo‘lmaydi”, dedi. O‘shandan beri qamoqdagi imomning muddati ketma- ket uzaytirilib, umri qafasda o‘tyapti. “Ochiqdagi imom” ochiqda bemalol yuribdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling