Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

352 


Eng muhimi – sovet davrida siquv ostida bo‘lgan tilimiz erkka erishdi, huquq 

qozondi, hurriyatga chiqdi va... qonun qabul qilingan kun “Til bayrami” o‘laroq 

qutlanadigan bo‘ldi (keyingi zamonlarda bu “bayram” ham rasmiyatchilik uchun 

o‘tkazilayotgani boshqa masala). Axir, o‘zbek tili ham bir mustaqil til sifatida 

yashashga haqli, deyishning o‘zi ilgari o‘ta millatchilik deb baholanardi. Shu bois 

tilimiz haqida xos qonun (ilk talqindagisi)ning vujudga kelishi ijobiy hodisa bo‘lganini 

tan olishimiz kerak. 

Bular bugun shirin xotiralardir.  

So‘ngra qarshimizda asosiy masala – qonunni amalga kiritish, qo‘llash, hayotga 

tatbiq etish masalasi turdi (hamon turibdi).  Bugungi natijaga qarab baho bersak, bu 

borada yildan-yilga orqaga ketsa ketilyapti, aslo olg‘a siljish yo‘q! Siljiyotgandek 

ko‘rinsa ham, bir qadam olg‘a, ikki qadam orqaga! 

Bugun til deyarli egasiz, erta yetim qolgan qo‘ziday diydirab turibdi: radio-

televideniye tili borgan sari buzilib bo‘ldi; ommaviy axborot vositalari kim nimani 

qanday yozsa, yozib yotibdi; ko‘cha abgor: odamlar o‘zbekcha gapiryaptimi yo 

o‘rischaga o‘zbekcha so‘zlar qo‘shib gapiryaptimi – bilib bo‘lmay qoldi! 

Yuz ellik yillik o‘ris asorati davrida, hatto ochiqdan-ochiq tilimizni o‘rislashtirish 

siyosati yuritilgan sovet davrida ancha-muncha saqlana olgan til keyingi yigirma yil 

ichida keskin buzilishga uchradi. 

Tag‘in ham adabiyot bor, tag‘in ham yozuvchi-shoirlar bor ‒ o‘zbekchada tozaroq 

yozib turishibdi (Kundalik muomalada hatto adabiyotchi ham tilini ehtiyot qilmayapti, 

aralash tilda gapiradi). 

Til qonuni qabul qilingan ilk yillari o‘zbek tili hayotning hamma sohalariga faol kira 

boshladi. Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil  bo‘ldi. Yozuvchilar uyushmasida har kuni 

qizg‘in muhokamalar kechardi. Fanlar Akademiyasida katta ishlar qilindi. 

Yozuvchi-shoirlar shaxsiy tashabbus bilan asarlarida, o‘ris-sovet bosqini davrida 

unutilgan va yo unuttirilgan so‘zlarni topib-ishlatib, yangi-yangi ifodalarni muomalaga 

kiritdi. Xullas, tilning qadrini va qaddini tiklash bo‘yicha ommaviy bir harakat yuzaga 

keldi. 

Yuzaga keldi-yu... afsus, bu tashabbus, bu g‘ayrat yil o‘tgan sayin so‘nib, til 



uyg‘onishi to‘lqini tobora orqaga kaytdi. Mana, hozir o‘sha ilk qonun qabul qilinganiga 

21 yil bo‘lgan bo‘lsa, kundalik hayotda bu qonunga rioya faqat orqaga ketyapti. Bu hol 

nimalarda ko‘rinadi?   

Til mavhum bir narsa emas. O‘z holicha bor bo‘lmaydi. Til asosan odamlarning 

og‘zida va yozuvlarda yashaydi, og‘iz va yozuvlarda hayotini davom ettiradi. Agar 

millat turli sabablar bilan ayrim so‘zlarini unutayotgan bo‘lsa, asta-sekin tilidan tushib 

qolaversa, o‘rnini “zamonaviy”mi, “madaniy”mi niqoblari ostida begona so‘zlar 

egallayversa, bu til oldiniga qashshoqlashib boradi, keyin, tarixda kuzatilganidek, 

o‘lishga qarab ketadi. 

Tillarning o‘lish hodisasi bor narsa. Ayrim tillarning nomini bilamiz, ayrim so‘zlari 

atama o‘laroq yo boshqa biron ko‘rinishda o‘zga millatlar tilida saqlanib qolgan, lekin 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

353 


hozir u tilda gapiruvchilar yo‘q. Bir paytlar u tilda gapirgan xalq (mas., lotin, ayrim 

sibir va shimoliy-janubiy Amrika mahalliy xalqlari) yo‘qolib, boshqa millatlarga 

singib-eyilib ketgan. 

Bunaqangi natijadan Olloh qo‘risin. 

Boshqa tillar zug‘umi ostidagi kuchsiz, kichik tillar boshida shunday xavf hamisha 

turadi. Shu bois xavf ostidagi tilning yashab qolish uchun qarshilik harakati ayniqsa 

kuchliroq bo‘lishi kerak. Ozgina parvosizlik, tilni o‘z holiga tashlab qo‘yish natijasi 

ayanchli bo‘lishi tayin. 

Ollohga shukr, uzoq-yaqin davlatlarda ham yashayotgan tildoshlarimizni qo‘shsak, 

nufusi qirq milyon nari-berisidagi katta millatmiz. Balki bundan ko‘pdirmiz ham. Bu 

tilda yozilib, o‘tmishdan qolgan va hamon sevib o‘qilayotgan juda ulkan madaniy-

tarixiy-adabiy meros egalarimiz biz. Ma’naviy poydevorimiz juda chuqur va kuchli. 

Tilimiz yo‘qolib ketmaydi, inshaolloh, ammo buzilib ketayotgani ko‘ngillarda xavotir 

uyg‘otadi.  

Biz o‘zbekistonlikmiz, mamlakatimizning oti “O‘zbekiston”, millatimizning oti 

“o‘zbek”, tilimizning oti “o‘zbek tili”. Shu til bor ekan, “o‘zbek xalqi”, “o‘zbek 

adabiyoti”, “o‘zbek madaniyati”, “o‘zbek urf-odatlari” haqida gap bo‘lishi mumkin. 

Demak, til masalasi shunchaki gap orasida aytib ketaveriladigan yoki yilda bir marta 

“Til bayrami”dagina eslanadigan kichik, mayda masala emas, davlat ahamiyatiga ega 

ulkan masaladir. 

Tilning ikki qirrasi bor: nazariy va amaliy. Boshqacha aytganda, tilshunoslik ilmi va 

tilning kundalik hayotda ishlatilishi. 

Biz atay nazariy qirrani – ilmni oldga o‘tkazdik. Aslida, hodisa sifatida tilning o‘zi 

til ilmidan oldinda turadi, chunki har qanday ilm-nazariya bor narsa asosida tug‘iladi. 

Bu yerda oldga ilmni chiqarganimiz boisi – bugun globallashuv zamonida ilm 

(nazariya) qattiq turmasa, tilni o‘z holiga tashlab qo‘ysa, ertaga bu til buzilib, tanib 

bo‘lmas holga kelsa, til ilmidan nima foyda?! Olloh ko‘rsatmasin, til yo‘qolsa, nazariya 

kimga kerak?! 

Shularni hisobga olib ilmni to‘riga o‘tkazyapmiz. To asosiy ommaning tildan 

foydalanish ahvoli o‘ta nochor holga tushib qolgan ayniqsa bugungi sharoitimizda 

tilshunoslik ilmi maydonga otilib kirsin, qaltis vaziyatga tez aralashsin, turli vositalarni 

qo‘llab, tilimizning boyligini, go‘zalligini, qobiliyatini saqlab qolishga bel bog‘lasin. 

Aks holda bizdan  bolalarimizga boy va go‘zal til emas, o‘ta qashshoq, buzuq, 

qanaqadir qorma-qorishiq, bo‘tqa bir til qoladi. 

Bugun o‘zbek tilimiz chuqur ilmga, to‘g‘ri nazariyaga, va nihoyat, davlat 

himoyasiga juda-juda muhtoj! 

Mustamlakaga uchragan tagli-tugli, madaniy xalqlar o‘zligini asrab qolish uchun 

din, til va urf-odatlar atrofida oldingidan ham qattiqroq uyushgan bo‘ladi. Jumladan, 

tilini yotning yomon ta’siridan toza saqlab qolishga qattiq intiladi. O‘z-o‘zidan fitriy 

himoya vositalari ishga tushib ketadi. Bosqinchi tilning zug‘umidan saqlaydigan kuchli 

qobiliyat uyg‘onadi, yedirilib-emirilib ketmaslikning chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

354 


Sovet davlati imkonidagi bor vositani ishga solib, milliy madaniyatimizni “eskilik 

sarqiti” deb e’lon etib, barcha sohada o‘rislashtirish siyosatini yuritgan bo‘lsa-da, xavf 

darajasiga teng darajada uyg‘ongan fitriy himoya qobiliyati ishga tushib, millat tilini va 

urf-odatini harholda saqlab qolishga erishdi. Tilning tovush qismida va lug‘atda ancha 

yutqiziqlar bo‘ldi, ammo, umuman olib qaraganda, o‘ziga xosligini va boyligini asrab 

qolishga jon-jahdi bilan tirishdi. Natijada tilni xalqimiz ajdarho tillarga yem qilmasdan 

bu zamonlargacha olib o‘ta oldi. 

Ayniqsa, millat taqdiriga kuyunchak adiblarimiz, shoiru yozuvchilarimiz, 

muharrirlarimiz ijobiy ma’nodagi qaysarlik bilan tilimizning rango–rangliklarini, 

boyliklarini ko‘rsatib yozaverishdi.  Mafkurasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, tilni 

asrab qolish harakatida adabiyotchilar orasida qandaydir bir fikrdoshlik, uyushqoqlik 

bor edi. Asarlarida turfa o‘zbekona-turkona so‘z va iboralarni qo‘llab, iloji boricha 

chekkadan so‘z kiritmay, kirganini ham juda kam ishlatib, tilimizni muqarrar 

halokatdan asrab qolishga erishishdi. 

Bugun nima bo‘lyapti? 

Bugun “mustaqil”miz, dunyo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga kirishdik, mamlakat 

darvozalari dunyoga ochildi. Ayni choqda, achinarli tomoni – tilimizning darvozasi 

ham katta ochib yuborildi. 

Holatga boqsangiz, millatda o‘z tiliga e’tibor borgan sayin pasayib ketayotganini 

ko‘rasiz. Ayniqsa, ko‘chada, kundalik turmushda, bozorda, maktablarda, 

universitetlarda, oilada, mahkamada, devonda... 

 

Ko‘chada  

Til nazariyasida bunday bir haqiqat bor: kuchli tillar qarshisida kuchsiz tillarning 

ayniqsa ot, sifat turkumidagi so‘zlari himoyasizdir. Ya’ni, kuchsiz tilning ot yo sifat 

so‘zlari birinchi galda o‘zgarishga yuz tutadi. O‘rnini darrov kuchli tilning ot va 

sifatlariga bo‘shatib beraqoladi. 

Bugun o‘zbek tilida ayni hol juda tezlashgan ravishda ko‘rinyapti. Bu tezlik va 

palapartishlik odamni qattiq xavotirga soladi. 

Ot bilan sifat bir chetda qolib, begona so‘zlardan hatto fe’llarimiz ham osongina 

yengilyapti! Bundan o‘n yillar burun jamoat ulovida bir xotin yosh bolasiga: 

“Yubkamdan derjatsa (derjatsya) qilgin!” deb “mehribonchilik” ko‘rsatayotganini 

eshitib, to‘g‘risi, tushkunliklarga tushib ketganman. Oddiygina qilib: “Etagimdan 

ushla!” demadi. 

Desa, yosh bolasi tushunmasmidi? Tushunmasa, uni o‘z tilini tushunmaydigan qilib 

qo‘ygan kim?! 

Holbuki, bugun ko‘chada bunaqa “til”da so‘zlash kundalik hol bo‘lib ketgan. 

Kattalar bugun bolasiga: “Shapkangni ol”, deyapti, “Telpagingni yoki qalpog‘ingni 

ol”, demayapti. Bola esa, boshidagi narsa tumoqmi, do‘ppimi, qalpoqmi yo telpakmi 

ekanini bilmay o‘syapti. To‘rtta o‘zbekcha so‘zni o‘rischa bitta “shapka” so‘zi yengdi! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

355 


Boshqacha aytganda, o‘zbek tili bittagina yot so‘z “g‘alabasi” bilan naq to‘rt barobarga 

kambag‘allashdi. 

Tilshunos olimlar til tozaligi uchun jon kuydirmaydi, davlat tilni qarovsiz, butkul o‘z 

holiga tashlab qo‘ygan, natijada odamlarning tili, xuddi egasiz qolgan poda kabi, 

yovvoyi olamga yoyilib, boshi oqqan tomonga o‘tlab ketgan: 

 “shippak” allaqachon “tapichka”ga, “hayinchalak” (yoki “halinchalak”) 

“kachelya”ga aylangan, yoshlar so‘z boyligida endi “shippak”, “hayinchalak” yo‘q;  

bugun bir quruvchi usta bemalol, xuddi o‘z enasining tilidek, suvoqni “shtukaturka”, 

shayinni “uroven”, chaspakni “plintus”, shipni “potolok”... deb yotibdi, ya’ni, qurilish 

atamalarining deyarli hammasi o‘rischa; 

sport sharhlovchisi hakamni “referi”, birinchilik uchun o‘yinlarni “chempionat”, 

“mundiyal”, keyingi bosqich o‘yinlarni “pley-off” deyishga to‘la o‘tib oldi. 

O‘nbirmetrlik jarimani “penalti”, o‘yindan tashqari holatni “offsayt”, “maydondan 

tashqari”ni “aut”, birinchilikdagi qoloqni “autsayder”, “o‘yin boshlandi”ni, “o‘yinga 

start berildi” yoki “o‘yin start oldi”... demoqda; bu so‘z va iboralarning o‘zbekcha 

muqobillarini izlab ham ko‘rmayapti, esiga kelsa, qo‘llagisi ham yo‘q (o‘zbekcha 

so‘zlar bilan o‘rischa ifodada gapirishlar-ku oddiy hol bo‘lib qoldi); 

qassob son go‘shtini “lyashka”, dandanani “pirzola”, kurakni “lopata”, biqinni 

“koreyka” v.h. deya boshladi, go‘yo qassobchilik bizda ilgaridan bo‘lmagan, atamasi ila 

o‘rischadan yaqindagina kirib kelganday; 

kosib terini “koja” desa, sotuvchi ishtonni “short”, kaltasini “shortik” deydi; 

bog‘lar “park”, etiklar “sapog”, ko‘prik “most”, ombor “xraniliщa”, qoshiq “lojka”, 

ota “paxan”, ona “maxan”... bo‘lib ketganiga ancha bo‘ldi; 

bugun hech kim “burilish” (“muyulish”) demaydi, “povorot” deydi; bekatni 

“ostanovka”, dovonni “pereval”, pakkani “pyatak” (“pitak”)... deydi; 

shaharda yo‘l yo‘qotgan kishi duch kelgan kimsadan “Xirurgicheskiyga” yoki 

“Parkentskiyga qanday boradi?” deb so‘raydi. 

Yo‘l bilgan kishi ham: “Hov mostdan keyin o‘ngga povorot keladi, o‘shettan 17-



marshrutkaga o‘tirsangiz, pryamo Parkentskiyga oboradi”, deb javob qiladi. 

Bunaqa qorishiq til ko‘cha uchun oddiy hol bo‘lib qolgan. 

Aytuvchi bilan eshituvchining tili bir xil, bir-birining gapini oson tushunadi. Bordiyu 

adashib ketib siz yo‘liqib qolsangiz va millatparvarligingiz tutib ketib: “Hov ko‘prikdan 

keyin o‘ngga muyulish keladi, o‘sha yerdan 17-yo‘nalishli aravaga o‘tirsangiz, to‘ppa-

to‘g‘ri Parket bozoriga eltadi”, desangiz, eshituvchi bir dovdirab oladi. Yarim 

gapingizni tushunmaydi, hatto qaytadan so‘rashi mumkin. 

Nimaga shunaqa bo‘lib qoldi? 

Chunki tug‘ilganida chaqalog‘ini ona “ninni”, “jiji” yoki “jujuq” deb suymagan, 

“lya-lya” deb suygan. “Lya-lya”lar katta bo‘lganidan keyin biz bugun eshitib turgan 

bo‘tqa tilda gapiradi-da! 

Afsus, ahvolimiz shu. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

356 


Tilimiz hovlisiga birdan begona “sekuriti” degan olifta so‘z kirib keldi. Ruxsat 

so‘ramasdan. Devor oshib. Qorovullarning maxsus kiyimi orqasiga “sekuriti” deb 

yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Lotincha imloda bundan ham “zamonaviy”, “chiroyli”, 

“ovrupacha” bo‘lib ko‘rinadi: SECURITY! 

“Qorovul” qayoqqa ketdi? Qaridimi? Munkillab qoldimi? Ko‘zimizga xunuk 

ko‘rindimi? “Qorovul” so‘zining gunohi nima? Nimasi xunuk? Qari bo‘lsa ham, u 

o‘zimizning so‘z-ku! 

Aslida, hech ham xunuk emas. O‘zbekona-turkona “qorovul” nihoyatda chiroyli 

so‘z. Shunday chiroyli so‘z turganida kimlar va nimaga “qorovul”ni siqib chiqardi, 

o‘rniga “sekuriti”ni singdiryapti? 

Shu ma’noni beradigan o‘z so‘zimiz bo‘lmasa ekan, begonasi tilimizga 

chorasizlikdan olib kirilsa! So‘zimiz bor va biz bu kasbni o‘rni bilan “qorovul”, o‘rni 

bilan “qo‘riqchi” yo “qo‘rima” deymiz! 

Xuddi shuningdek, “yig‘ilish raisi” bir yumalab “moderator”ga, “spiker”ga aylandi! 

Yaqin-yaqinlargacha yig‘ilish orasida o‘zbekona “bir piyola choy” tashkil etilardi, endi 

“bir piyola choy” qoloqlik bo‘lib ko‘rindimi, “kofe breyk” bo‘lib qoldi! Taraqqiy 

qilgan millatlarga qoloq bo‘lib ko‘rinmaylik-da! 

Har sohada G‘arbga taqlid! 

Tilni g‘arblashtirish – g‘ariblashtirishdir! 

 

 



Ilmda 

Ko‘cha ko‘cha-da, ko‘chaning og‘zini boshqarib bo‘lmaydi, desak, tuppa-tuzuk 

ziyolilar ham tiliga parvosiz. 

Bugun adabiyotshunos olim “ilmi”ni rangli ko‘rsatish uchunmi (aslida, ilmsizligini 

niqoblash uchun) ikki gapning birida, masalan, “estetik-emotsional pafos” kabi 

birnimalarni yozib ensalarni qotiradi. 

Tilshunos “olim”ning ilmiy ishi yo maqolasini esa umuman o‘qib bo‘lmaydi: har 

satrida bir “lingvistik analiz”, har betida o‘nlab “nokategorial”, “funksiya”, 



“morfema”, “affiks”, “suffiks”, “prefiks”... 

Mana bu ”ilmiy” jumlalarni o‘qib ko‘ring: 

“Bugungi kunda predikativlikni predikatning sub’ekt bilan munosabati sifatida 

emas, balki predikatdan anglashilgan mazmunning ob’ektiv voqelikka munosabati 

sifatida tushunish...”; 

Sub’ekt ega orqali, predikat esa kesim orqali ifodalanadi. Sub’ekt-predikat 



strukturani ifoda etgan ega bilan kesim gapning struktur asosi...”

245


“Hozirgi o‘zbek tilida ayrim lingvistik birliklar borki, ular polufunksional 

xususiyatga ega. Polufunksionallik tilning barcha sathiga xos universal hodisa. 

Lingvistik birliklarning polufunksionalligi qator tilshunoslar tomonidan olg‘a surilgan 

birlamchi va ikkilamchi funksiya tushunchasi bilan uzviy bog‘liq”

246



                                                



245

 “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2009 yil 2-son 37-betidan. 

246

 Shu manba, 67-bet. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

357 


Bu xil “ilm”dan nimani tushunib bo‘ladi? 

Hech nimani! 

“Tilshunos olim” asli til tozaligi va boyligi uchun qayg‘uradigan odammi yo tilni 

buzish yo‘llarini o‘rgatadigan buzg‘unchimi? 

Qattiq tegib ketsa ham aytamiz: o‘zbek tilini eng ko‘p tilshunos “olim”lar 

buzyapti! Sinchiklab o‘rganilsa, o‘zbek tilida eng no‘noq yozadiganlar ayrim 

adabiyotshunosu o‘zini “tilshunos olim” hisoblab kekkayib yuradigan “olimcha”lar 

bo‘lib chiqadi! 

Bor holatga qarab yana ham ochiqroq aytsak, bugungi o‘zbek tilshunosligining tili 

o‘zbekcha emas! Nafaqat tili, fikrlash tarzi ham, nazariyasi ham, usuli va uslubi ham, 

yondashish yo‘riqlari ham o‘zbekcha emas! O‘zbek tilshunoslari o‘zbek tilini yetti yot 

begona qoliplarga solib o‘rganishning natijasi bu! 

To milliy tilshunoslik ilmi yaratilmas ekan, holimiz ayanchli bo‘lib qolaveradi. 

O‘zbek tilshunosligi G‘arb va o‘ris tilshunosligi mustamlakasi ostidan chiqa olmayapti, 

bu qulligi (bog‘liqligi) kundan-kunga, yildan-yilga kuchayib bormoqda! 

Tilshunos va adabiyotshunoslarimizning “ilmiy” maqola va kitoblarini erinmay 

varaqlab chiqing – bu da’vomizga istagancha dalil-isbot topiladi. Tilni eng sevuvchi va 

til qorovuli bo‘lishi lozim bo‘lganlar o‘zi birinchilardan bo‘lib tilni buzib tursa, 

mashhur maqoldagi hol kabi, dodimizni kimga aytamiz?! 

Misollarni atay “O‘zbek tili va adabiyoti” jo‘rnolidan oldim, shunchalik. Agar 

texnikaga yo tibbiyotga tegishli yoki aniq fanlarga oid adabiyotni titkilaganimizda qay 

holga duch kelardik – tasavvur qilib olaveringlar!  

Ixtiyorsiz, qo‘l yoqaga boradi. Yo tavba, xuddi begona so‘zlarda qanaqadir 

boshqacha ma’no, boshqacha go‘zallik borday yopishamiz ularga! 

Hech qanaqa qo‘shimcha ma’no yo sir yo chiroy yo‘q bu so‘zlarda! Faqat, 

millatimiz ajnabiy (ayniqsa Ovrupa) millatlari qarshisida o‘zini kichik 

ko‘rayotganidek, tilimiz ham ajnabiy (ayniqsa Ovrupa) tillari qarshisida o‘zini juda 

kichik ko‘ryapti, jodulanib qolgan go‘yo. O‘z tilimizga ishonchsizlik tuyg‘usi shundan 

tug‘ilgan. 

Demak, umumiy ahvolimiz yaxshi emas. Tilning o‘zini o‘zi saqlash qobiliyati tobora 

pasayib ketyapti. Bu qobiliyat kuchli bo‘lganida edi, millat tilini boshqalardan 

qizg‘anardi, chetdan kiradigan so‘zlarga eng birinchi galda o‘zi to‘siq qo‘yardi, tili 

taqdirini aslo o‘z holiga tashlamas edi. 

Biz uncha-muncha emas, dunyodagi millatdoshlarimizni ham qo‘shib hisoblaganda, 

nufusi qirq milyon atrofidagi katta xalqmiz va o‘zbek tili shu katta xalqning tili. 

Tilimizga qayg‘ursak, tozaligini, qadrini va yuksalishini o‘ylasak, milliy sha’nimizni, 

g‘ururimizni o‘ylagan bo‘lamiz. Til, adabiyot qorovulsiz yo egasiz qolsa, milliy 

madaniyat va ma’naviyatimiz o‘zakdan chiriy boshlashi hech gap emas, Olloh asrasin. 

Ya’ni, tilimiz palapartish va surbetlarcha bostirib kirib kelayotgan yot so‘zlar 

hisobiga aynib-qashshoqlashib ketaversa, bolalarimizga bizdan qanaqa til qoladi va 

ular o‘zlarini qaysi til egasi deb bilishadi? 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

358 


 

 

Ichkarida 

Biz “ichkari” deganda eng quyi boshqaruv idorasidan tortib to Devongacha bo‘lgan 

rasmiy doiralarni nazarda tutyapmiz. 

Til to‘g‘risidagi ilk qonunda hamma soha to‘lasicha o‘zbekchaga o‘tishi, hatto 

o‘ristilli xalqlar ham (ayniqsa boshliqlar) sakkiz yil ichida o‘zbekchani o‘rganib olishi 

lozimligi belgilab qo‘yilgan edi. Ular o‘zbekchani o‘rganishlari tugul, o‘zimiznikilar 

o‘rischaga qaytib ketishdi. Davlat hujjatlari, qonunlar, ko‘rsatmalar, kodekslar... lardan 

tortib mamlakatdagi ishxonalararo shartnomayu xatlargacha hamon o‘ris tilida 

yozilmoqda, tuzilmoqda. 

Muhim hujjatlar hammasi oldin o‘ris tilida yaratiladi, keyin o‘zbekchaga tarjima 

qilinadi. Xuddi sovet davridagidek. O‘zbekcha nusxasining tagiga yo tepasiga “Agar 

tushunilishda qarama-qarshilik yo ikkilanish yuzaga kelsa, o‘rischasi ustuvor” deb 

qayd etib qo‘yiladi! 

Hatto Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiya birinchi betiga ilk 1992 yil 8 dekabir 

nusxasidan to eng oxirgi 2011 yil 18 aprel nusxasigacha hammasining tepasiga oq 

qog‘ozga qora harflar bilan “Hujjatning rus tilidagi matniga qarang” deb qo‘yilgan. 

Bu nima degani? 

O‘zbek tilining qadri, qiymati, obro‘yi, qobiliyati o‘ris tilidan past deyilmoqchi. 

Demak, O‘zbekistonda hamon o‘ris tili asosiy til ekan! 

Shundan keyin ham o‘zbek tilini mustaqil til deb, “Davlat tili” deb bo‘ladimi?! 

Baliq – boshidan... Tilga Bosh bunaqa munosabatda bo‘lib turganidan keyin 

ko‘chaning nimasidan xafa bo‘lamiz?! 

O‘zbekistonda “bosh” tomonlarda tilga e’tibor susayib ketganini ilg‘agan “ko‘cha” 

tiliga erk berib yubordi – og‘ziga kelganini qaytarmay, deganini deb yotibdi. Milliy 

g‘urur, tilga kuyunchaklik qolmadi hisob. 

Bir gavjum ko‘chaga kiring-da, erinmasdan narigi boshigacha boring. Ikki 

chekkasidagi yozuvlarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Tilga kuyunchak odam bo‘lsangiz, 

yuragingizni g‘ijimlab qolasiz: ajab, O‘zbekistondamanmi yoki bironta Ovrupa 

mamlakatiga borib qoldimmi deb o‘ylashingiz tayin. Chunki deyarli hammasi inglizcha 

va yo o‘rischa so‘zlar! 

Toshkentning yangi shahar qismini-ku qo‘yavering, hatto eski shahar qismida ham 

70 – 80 foiz peshtoq yozuvi o‘zbekcha emas. “Nega?! – deb yuborasiz vijdoningiz 

bo‘lsa. – O‘zbek tilimizning kuchi yo‘qmi?! Til to‘g‘risidagi qonun qani, nimaga u 

ishlamayapti?! Qonun himoyachilari nimaga bu holga parvo qilishmayapti?! 

Tilshunoslar qayoqqa qarayapti?! Davlat-chi?!.” 

Tilni odamlar buzsa, davlatmi aybli, deydiganlar ham chiqib qoladi. 

Nimaga aybli bo‘lmasin: biri do‘konning, biri firmaning, boshqa biri yana qanaqadir 

muassasaning oti bo‘lgan u yozuvlarni ro‘yxatdan kim o‘tkazdi? 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

359 


Albatta, davlat! Davlat ro‘yxatidan o‘tayotganida, ularga guvohnoma 

berilayotganida o‘zbek tilimiz “Davlat tili” maqomida ekanini hisobga olgan holda 

rasmiylashtirilishi kerak edi. Parvosiz bo‘lindimi, demak, qonun ishlamayapti – 

qog‘ozda qolib ketgan va bir yilda bir marta bayram o‘tkazishda eslanyapti, xolos! 

Qolaversa, tele-radiolarda jumladan tilning jiddiy muammolari haqida gapirilmaydi-

gapirtirilmaydi, chinakam ilmiy munozaralar yo‘q hisobi, ilm-ma’rifat orqaga surib 

tashlangan, oldinda faqat o‘yin-kulgi, shilta kliplar javlon uryapti. Xalqqa sportchi 

bilan o‘yinchining hayoti ibrat qilib ko‘rsatilyapti, yoshlar faqat sportgayu 

ashulachilikka targ‘ib etib yotilibdi. 

Bu hollar kimdan so‘raladi? Albatta, mafkurani to‘la tizginida ushlab turgan 

davlatdan!  

Ism-familiyalar o‘ris-sovet zamonida qanday yozilgan bo‘lsa, shundayicha saqlab 

qolindi. Ilk pasport almashtirish chog‘i ham, yaqinda biopasport joriy etilganida ham 

familiyalardagi “...ov”, “...ev”larni o‘chirib tashlab, toza o‘zbekchaga qaytish haqida 

lom-mim deyilmadi. 

O‘zbekchalashtirish tugul, o‘ris-sovet zamonida o‘zbekcha ifodani buzib, o‘rischa 

talaffuzga moslab yozilgan ism-familiyalar ham o‘zgartirilmadi, imlo xatolari 

tuzatilmadi

247

. “Ibrohim” “Ibragim” bo‘lib ketganicha yotibdi, “Xo‘jayev”ni o‘rislar 



“Xodjayev” deb, “Oripov”ni “Aripov”, “Yo‘ldosh”ni “Yuldash”, “Hojimuhammad”ni 

“Xodjimuxamed” deb yozar edi, “mustaqil” O‘zbekiston ham bu xatoni, xato ne, 

haqoratni shundayicha qabul qildi! 

Achinarlisi, ismlari buzuq yozilgan kimsalarning o‘zlari ham to‘g‘rilab yozishga 

intilmaydi. “Aslida bunday bo‘ladi”, deb to‘g‘rilab qo‘ysangiz, “Pasportimda shunaqa 

yozilgan”, deb yana xatolab oladi... 

 

Bozorda 

Nashriyot sohasida ishlaganim uchun bu soha “tili”dan bir-ikki misol keltiray. 

Bitta xususiy bosmaxona ochilsa, qarang, bugun nima deb atalyapti: “Poligraf print”, 

“Ofset print”, “Yurida print” va hokazo... 

Nega endi “poligraf” va nega “print” bo‘lishi kerak? “Print” bor-yo‘g‘i “bosma” 

degani. Nega o‘zimizning tilda, masalan, “Toshbosma” yoki “Nilufar bosmaxonasi” 

deyolmaymiz? Ajnabiychasi chiroyli-yu, o‘zbekcha otlar shu qadar xunuk ko‘rinib 

qoldimi?!  

 “Mustaqillik”dan keyin do‘konlar birdaniga “market”, “supermarket” bo‘lib ketdi. 

Nega endi “market”? Nimaga “supermarket”? “Super” degani qaysidir tilda “katta” 

degani, u tilning qoshi qorami, mening sho‘rlik tilimning aybi nima, nimaga men 

“katta do‘kon” deyolmayman?! Tarjima qilganday “katta do‘kon” deyishim ham shart 

emas, bironta o‘zbekona ot qo‘ya olmaymanmi?! 

                                                

247

 Sovetning oxirgi damlari va “mustaqillik”ning ilk yillari tug‘ilgan bolalarimga o‘rischa “...ov”, ...ova”lardan qochib, 



otlarini “Falonchi Pismadonchi qizi” (yoki: o‘g‘li) deb o‘zbekona shaklda yozdirgan edim, yaqinda biopasportga 

almashtirish chog‘i o‘rischa shaklini tiklattirishdi (2013-2014). 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling