Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi
- Bu kunlar
- “- aholining spetsifik xususiyatlarga ega ijtimoiy qatlamlari, ya’ni, kichik va o‘rta biznesga mansub dindor tadbirkorlar (savdogarlar)... bilan tushuntirish va
- “Qishloq boyib ketmasin!”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 368
O‘n sakkizinchi ko‘chat Qanday kasb odami prezident bo‘la oladi?
Ushbu bobda qaysi kasbdagi kishi davlatni boshqarsa foydali bo‘lishi masalasini o‘rganmoqchimiz. Mulohazalar O‘zbekistongagina tegishli emas. Ammo misolni baribir o‘zimizdan olishimizga to‘g‘ri keladi. Tushunishga shunisi yengil. Uzoqdan olsangiz, muhiti ham, muammolari ham boshqacha bo‘lganidan, bizga uncha anglashilmaydi, anglashilsa-da, yurakka yetib bormaydi. Ilk yillari tashviqot uchun “Islom Karimov iqtisodchi! Mamlakatni boshqarishga ayni iqtisodchi kerak! Iqtisod yuksalsa, odamlar to‘q yashaydi! Shoir nima qilib bera olardi?” qabilida mulohazalar ko‘p aytildi. Bir kimsa otilib chiqib: “Prezident bo‘lish uchun kishi kasbining ahamiyati yo‘q. Qaysi kasbda bo‘lsa ham, davlat boshlig‘i aqlli, adolatli, dono, tarix bilan saboqlangan, vatanini va millatini sevadigan, halol, bag‘rikeng, qing‘irlikka qattiqqo‘l, to‘g‘rilikka muhabbatli, adashganga shafqatli, odam taniydigan, har soha mutaxassisini topib o‘z o‘rniga qo‘ya oladigan, o‘zi bilmaydigan ishga aralashmaydigan, xalqi va vatani manfaatini har narsadan ustun qo‘yadigan, mamlakat ravnaqi uchun hormay-tolmay ishlaydigan... olijanob bir INSON bo‘lishi kerak”, demadi. Xalq ham g‘aflatda qoldi – nomzodning ma’naviy-milliy ko‘rsatkichlariga emas, kasbiga ovoz berib yubordi. Davlat boshlig‘i iqtisodchi bo‘lishi shart emasligi u saylanganidan keyingi ishlardan bilindi-qoldi. Birinchi ish. Ilk qasamni eslaylik. “Men non narxi oshishiga yo‘l qo‘ymayman!” dedi iqtisodchi-prezident. Non narxi oshdi. Izoh berilmadi. So‘sialistik tuzumdan voz kechib, endi bu yog‘iga iqtisodda bozorcha muomalaga o‘tishni mo‘ljallab turgan davlat boshlig‘i aytadigan gapmidi shu? Bozor o‘z holiga qo‘yilsa, narx-navoni bozor belgilashini iqtisodchi bo‘lmaganlar ham biladi-ku, nimaga Bosh iqtisodchi bilmadi? Bilgan bo‘lsa, nimaga aldadi? Aldamagan bo‘lsa, nimaga so‘zini tutmadi? Lafz qilib qo‘ydim deb hech yo‘q sun’iy yo‘l bilan eski narxni ushlab turishi lozim emasmidi? Ikkinchi ish. Bosh iqtisodchi minbardan butun mamlakatga murojaat etib: “Menga avgustgacha muhlat beringlar, avgustdan boshlab ahvolimiz yaxshi bo‘ladi!” deb tantanali va’da berdi. Xalq kutdi. Bu va’da ham ilmiy asoslangan bir xulosa emas, chapak uchun aytilgan quruq gap edi. Avgust keldi... Keyingi yilning avgusti ham keldi... O‘shandan beri yigirma marta avgust keldi...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 369
Odamlar har yilgi avgustda: “Keyingi avgustni aytgan bo‘lsalar kerak... Hi-hi-hi...” deb askiya qiladi Uchinchi ish. “Mustaqillik”ning ilk yillari chet el valyutasini konvertatsiya qilish masalasida no‘noqlik qilganimiz natijasida respublika iqtisodi o‘tirishiga oz qolganini oldingi boblardan birida aytdik. Shunga o‘xshab, milliy pulimizni muomalaga kiritish muddati rosa orqaga surib yuborilgani ham katta xatolardandir. Boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar otni qamchilab qolgani orqasida SSSRning xazondek qadrsiz rubllari hamma joydan O‘zbekistonga oqib kirdi 248 va ulardan qutilgunimizcha mamlakat xazinasi ancha-muncha talon-toroj bo‘ldi. To‘rtinchi ish. O‘zbekiston so‘sializmdan voz kechib kapitalizm bosqichiga qadam qo‘ydi.Bozor o‘z ixtiyoriga erkin qo‘yib yuborildi. Chindan ham ilk yillari bozor rosa erkin ishladi. Tadbirkor ko‘paydi. Raqobat kuchaydi. Narxlar shunga ko‘ra arzon bo‘ldi. Odamlar bozorlardan ro‘zg‘or tovarlarini ancha arzonga qiynalmay ola boshladi. Oluvchi ham, sotuvchi ham foyda ko‘rdi. Buni ko‘rib davlat chidab turolmadi – shartta bozorga chiqdi va ichki ishlariga aralasha boshladi. Chekkadan yo tepadan turib aralashsa – haqqi. Ammo davlat bozorga bir raqobatchi-bozorchi maqomida kirib keldi. Teng raqobatchi bo‘lsa mayli edi, davlat zo‘ravon raqobatchi bo‘lib kirdi. Zo‘rniki tegirmon yurgizishi tabiiy. Choy, shakar, yog‘ singari ro‘zg‘orga eng kerakli sakkiz xil tovarni bozorchi qo‘lidan tortib olib, ular ustidan yakkahokim bo‘lib oldi. Zo‘ravonligini “mehnatkashlar manfaatini ko‘zlash” deb izohladi. Mehnatkashlar manfaat kutdi. Lekin birdan bu sakkiz xil tovarning narxi oshib ketdi. Oshgandan oshdi, oshaverdi, mehnatkashning cho‘ntagi yirtilib ketguday bo‘ldi. Olmayman deb ketolmaydi – bularsiz ro‘zg‘or o‘tmaydi. Xullas, keyin bilindi: maqsad – mehnatkashlar manfaati emas, kundalik ro‘zg‘or tovarlari savdosiga davlat o‘zi yagona ega bo‘lib olish va yirtiq cho‘ntagini xalq hisobiga qappaytirish bo‘lgan ekan.
O‘zbekistonda u siyosat maydoniga ham aylantirib yuborildi. Bozor xazinani mo‘l, dasturxonni to‘kin qilgani uchun kapitalistik olam unga suyanadi, ko‘proq daromad olgisi kelsa, bozorga yanada erkinliklar beradi. O‘zbekistonga ham kirim kerak, pul kerak, lekin bizning “bozor” siyosatimizni birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes qatlamining dini, mafkurasi, siyosiy qarashlari qiziqtiradi. Prezident bir iqtisodchi o‘laroq mamlakat iqtisodi yuksalishida bozorni qanchalik ahamiyatli bilsa, siyosatchi o‘laroq tadbirkor va tijoratchilarning diniylashib ketishini hokimiyati uchun shunchalik jiddiy xavf ham deb biladi. Chunki tijoratchi dunyo ko‘rgani uchun ko‘pincha ko‘zi ochiq bo‘ladi. Ko‘zi ochiqligi ustiga dindor ham bo‘lsa, halol-haromni ajratsa, oilasida islomiy tarbiya yurgizsa, davlat nazarida, xavf ustiga xavfdir...
248 Boltiqbo‘yi respublikalaridan kelib chekka-chekka qishloqlardan moshinayu tiraktirlar sotib olib ketishdi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 370
Keyingi yillar tadbirkorlik sohasida davlat va hukumat miqyosida ko‘rilayotgan chora-tadbir, chiqarilayotgan qaror, qilinayotgan xatti-harakatlarni kuzatsangiz, davlat bozorda mana shu “xavf”ning oldini olish uchun o‘ralashib yurganini ko‘rasiz. Bozor asta-sekin va to‘la-to‘kis siyosatga bo‘yin sundirildi. Bozordan namozni siqib chiqarish, namozxon savdogarlarni xavfli tabaqa deb bilish, ularning ishxonalariga, do‘konlariga tez-tez soliqchilarni, xavfsizlik xizmati xodimlarini yuborib charchatish, bozorda hijob sottirmaslik, o‘rangan bozorchi ayollarning ro‘molini zo‘rlab yechtirish, yechmaganlarining mollarini tortib olish... – bular hammasi bozor emas, siyosatdir. Siyosat bo‘lganida ham, qo‘pol, g‘irrom siyosatdir. Davlat dindor bozorchi-tadbirkorlarni doim nazorat etib turishiga misolni oldingi bobda keltirgan edik, bu yerda yana bir karra takrorlaymiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2011 yil 28 fevral kuni o‘tgan “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi majlisi” (Sarlavhasida din mavzui tilga olinmagan bo‘lsa-da, majlis deyarli to‘lasicha dinga, dindorlarga aloqali gaplar bilan kechgan. ‒ N.M.R.) BAYONida ko‘ngildagiday olib borilmayotgan ishlar qatorida, jumladan, bunday “afsus” ham bor: “- aholining spetsifik xususiyatlarga ega ijtimoiy qatlamlari, ya’ni, kichik va o‘rta biznesga mansub dindor tadbirkorlar (savdogarlar)... bilan tushuntirish va umumprofilaktik tadbirlar sust o‘tkazilgan;” Biz bu parchadan, davlat “kichik va o‘rta biznesga mansub dindor tadbirkorlar (savdogarlar)”ni o‘ziga xos toifa (“spetsifik xususiyatlarga ega ijtimoiy qatlam”) deb qarashini hamda mutasaddi tashkilotlarga bu qatlamni orqadan doim kuzatib turish vazifasini topshirganini bilib oldik. Ularga nima tushuntiriladi, “umumprofilaktik tadbirlar” deganda nima ishlar nazarda tutilgan – bularni biz uncha anglamaganimiz bilan bu ish topshirilgan mutasaddi tashkilotlar juda yaxshi tushunadi va ortig‘i bilan bajargan, albatta. Oltinchi ish. “O‘zbekiston don mustaqilligiga erishdi!” degan suyunchi xabar mamlakat bo‘ylab yoyilgan (lekin ishlatishga yaroqli un nimagadir o‘shanda ham, hozirgacha ham chetdan keltiriladi) kunlari respublika televideniyesi (albatta, yuqorining “dobro”si bilan) sharmandali turkum ko‘rsatuvlarni ekranga chiqardi. Nima emish, bizda non taqchilligi va narxining ko‘tarilib ketayotganiga... qo‘shni qozoqlar aybli emish. O‘zlarining mamlakatlarida “och-nahor yurgan” qozoq ayollari “to‘kin- sochin” O‘zbekistonga yopirilib kelib, nonlarimizni qoplab-qoplab yurtiga tashib ketayotgan emish... “Kontrabanda!” “Ulkan jinoyat ildizi ochildi!” “Non to‘la qoplarni ortmoqlagan “uyushgan jinoyatchilar”ni hushyor bojxonachilar chegarada ushlashdi!” “Mamlakatning non mustaqilligi asrab qolindi!”
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 371
Aslida, bu ko‘rsatuvlar qozoqlarni emas, O‘zbekistonimizni sharmanda qildi. Iqtisodning eng sodda qoidasini ham bilmasligimizni ko‘rsatdik! Birinchidan, O‘zbekiston o‘zi unni Qozog‘istondan sotib oladi. Qardosh qo‘shnilarimizdan un oqib kelayotgani uchun ham mamlakatimiz do‘konlari un mahsulotlariga to‘la. Qozoq uni orqasidan qanchadan-qancha tadbirkorning ishi yurib turibdi, qancha odam ish bilan ta’minlangan hamda bu ishlab chiqarishlardan davlatning cho‘ntagiga soliq kelib tushyapti. O‘nta xotin xaltada olib chiqib ketayotgan non O‘zbekiston iqtisodini o‘tirg‘izib qo‘yarmidi?! Ikkinchidan, un yarim xomashyo hisoblanadi. Non esa, tayyor mahsulot ‒ tovar. Har qanday davlat chetdan xomashyo yoki yarim xomashyo olib kelib, uni tayyor mahsulotga aylantirib, qaytadan chetga chiqarish payida bo‘ladi. Shunda mamlakatda: a) pul qoladi; b) ko‘plar ish bilan ta’minlanadi; v) chet davlatlar bilan aloqa yaxshilanadi. Iqtisod asosida mana shu aylanma harakat yotadi va u hartomonlama rag‘batlantiriladi. O‘zbekiston esa, xalqqa (davlatga) katta daromad keltiruvchi “Xomashyo – mahsulot – bozor” (“Chet el ‒ o‘zimiz ‒ chet el”) aylanma harakatining yo‘lini kesyapti! Tashib ketmasin, deyapti! Buni iqtisod tilida “tashib ketish” deyilmaydi, balki “tashqariga tovar sotish” (eksport) deyiladi! Chegaradagi non mojarosi nimaga kerak bo‘lib qoldi? Televizorda ko‘rsatib elga yoyishdan maqsad nima edi? O‘zbekiston bu yerda ham iqtisodiy muomalalarga siyosatni aralashtirgani bo‘rtib ko‘rinib turibdi. Odamlar orasida “Oradan shuncha avgust o‘tdi, ahvolimiz yaxshilanish o‘rniga tobora orqaga ketyapti...” deb yurib qolgan visir-visirlarga davlat o‘zicha go‘yo: “Kunda shuncha nonimizni qozoq ayollari ovuliga tashib ketovursa, shunaqa bo‘ladi-da”, deb ishontirmoqchi bo‘ldi. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish deyiladi bu shov-shuv! Birinchidan, xalq sodda bo‘lsa ham, bu ertakka ishonmadi. Ikkinchidan, o‘zimizni to‘q, ularni och ko‘rsatish bilan qo‘shnilarimizning hamiyatiga, origa tegdik. Xafa qildik. Tag‘in ham bag‘ri keng ekan, ozgina o‘ksindi-yu, keyin kechirib-unutib yubordi. “Biz ham un bermaymiz O‘zbekistonga!” deb turib olganida nima qila olardik?! Yo‘q, unday qilmadi. O‘sha ko‘ngilsiz ko‘rsatuvlardan keyin ham Qozog‘istondan O‘zbekistonga moshina- moshina, arava-arava un tinimsiz o‘tib turdi. To‘xtamadi. Hozir ham Toshkentning un bozorlarini bir aylaning ‒ nuqul qozoq unlari! O‘zbekiston unini deyarli ko‘rmaysiz. Aytganday, o‘zimizning “O‘zbekiston” navli unga agar qozoqi 1-nav un qo‘shmasangiz, tandirga non yopolmaysiz. Uzoqqa bormaylik: uyimizda tandir bor, nonni o‘zimiz yopamiz. “O‘zbekiston” unidan non qilamiz deb necha marta urindik, chiqmadi: yo oqib ketadi, yo gullab yuboradi. Ham achqimtil. Sotuvchilar ham: “Nonga yaramaydi”, deb ogohlantirishadi 249 .
249 Mutaxassislar aytishicha, O‘zbekistonda ekilayotgan bug‘doy navlari ko‘pi hayvonlar yemiga mo‘ljallangan (“kormovoy”) navlar ekan. Bizda non qilishga yaroqli bug‘doy navlari kamayib ketdi, deyishadi. Ya’ni, O‘zbekiston sharoitida mo‘l hosil beradigan iste’molbop bug‘doy navlari yaratilmagan emish. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 372
Ya’ni, Qozog‘istonning unisiz O‘zbekistonning tandiri nuraydi. Buning nimasi uyat?
Birinchidan, o‘zbek bilan qozoq bir-biriga begona emas, buyuk turk urug‘ining ikki shoxi. Olsak, qardoshimizdan olibmiz. O‘zbekiston bug‘doy mustaqilligiga erishmabdi deb birov bizni ayblamaydi. Ikkinchidan, yonginamizda turgan unni qo‘yib, O‘rusiyadan yo Kanadadan olganimizda, iqtisod ilmini bilmas ekan deb kulgiga qolardik. Bozor sifatni, osonni, arzonni, rang-baranglikni suyadi. Qozoq uni bu talablarga javob beradi. Tamom, o‘zimiz ekishimiz shart emas, qo‘shnilardan olaqolamiz. Har bir mamlakat o‘zining iqlim sharoitidan chiqib kelib ekin ekadi, tovar ishlab chiqaradi. Bir yurt xalqiga kerakli hamma narsani baribir shu yurtning o‘zi yetkazib berolmaydi. To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati an’anaviy yuksalgan mamlakatlar o‘z oldiga hech qachon “Paxta mustaqilligiga erishishimiz kerak!” degandek bo‘lmag‘ur maqsadni qo‘ymaydi. Nega? Dunyoda paxta ekadigan mamlakatlar bor va yetarli. Ularga ularda yo‘q tovarni sotadi, puliga paxta sotib oladi. Shu ma’noda biron-bir mamlakatning don mustaqilligiga erishishi iqtisod nuqtai nazaridan katta qiymatga ega emas. Chunki birida yo‘q narsani ikkinchisidan olish bozorning oddiy qonuni. Dunyo bozoriga har kim o‘zining tovari bilan kiradi: qozoq – uni bilan, o‘zbek – paxtasi bilan, o‘ris – quroli bilan, turkman – gazi bilan, arab – nefti bilan, ukrain – shakari bilan, nemis – moshinasiyu xitoy... hamma narsasi bilan.
ko‘prog‘i shaharlarda yashaydi. Bu yerda “shahar” tushunchasi nisbiy. Birinchidan, ko‘p qishloq tumanlarining markazi shahar deb e’lon qilingani bilan, asosan qishloqcha kun kechiradi. Ikkinchidan, katta shaharlar aholisining ham ko‘p qismi, ayniqsa sanoat tarmog‘i qisqarib ketgan keyingi zamonlarda qishloqlarga chiqib, tirikchiligini dehqonchilikdan topyapti. Bularni hisobga olsak, umumiy aholining taxminan 70 foizi (xuddi sovet davridagidek) qishloqcha turmush kechiradi, yerdan non yeydi. Bunday ahvolda mamlakatning farovonligi ham, ravnaqi ham qishloq muammolari nechog‘li hal etilganiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodchi boshqarayotgan davlatning qishloqqa munosabati qanday? Umumiy siyosat “Qishloq boyib ketmasin!” degan maqsadga yo‘naltirilgan. Qishloqda, yalpilashtirib aytganda, tirikchilik asosan ikki xil usulda yo‘lga qo‘yilgan: 1) fermerlik va boshqa xil xo‘jaliklar ko‘rinishida davlatga bog‘liq holda; 2) shaxsiy tomorqasidan yoki ijaraga yer olish orqali. 1. Davlat fermerga urug‘likni va boshqa kerakli narsalarni qimmatga beradi, hosilni juda arzonga sotib oladi. Buni bir kilo paxtaga davlat belgilagan narx misolida ko‘rdik. Bug‘doy va boshqa tur mahsulotni sotib olishda ham tutim shu.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 373
Buning ustiga, yoz bo‘yi texnika ishlatish (yog‘-moy, yonilg‘i, rezin narxlari, ijara va xizmat haqlari) fermerga qimmatga tushadi. Ya’ni, yil davomidagi chiqimi katta bo‘ladi. Ammo hosil yetilganida uni arzonga sotishga majbur qilinadi. Fermer o‘ziga tegishli yerga nima ekishda to‘liq erkin bo‘lmaganidek, yetishtirgan hosilini sotishda ham erkin emas: o‘zi narx belgilay olmaydi, o‘zi xaridor topmaydi. U sho‘rlikning idorama-idora yurishlari, kunda-kunora o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda soatlab o‘tirishga majburligi, bu yig‘ilishlarda rahmatdan ko‘ra ko‘proq otasiyu onasi qolmay so‘kish eshitishdek ruhiy-ma’naviy zarbalar... Qiyinchiliklarning alamini chiqarish, ustiga ozgina foyda ham ko‘rish uchun fermer nima qiladi? Yollanma ishchilariga iloji boricha kam ishhaqi beradi. Uni ham mahsulot ko‘rinishida yoki yerining bir bo‘ldagini ijaraga berish bilan uzadi. Qishloqda boshqa ish yo‘q, ortiqcha ishchi kuchi ko‘p ‒ qishloq ayoli arzimas haqqa ham rozi bo‘laveradi. Kun o‘tsa bo‘ldi. Hech bo‘lmasa qishga g‘o‘zapoya, bug‘doy yoki somon g‘amlab oladi-ku. Bu ahvolda qishloq boy bo‘ladimi? 2. Shaxsiy tomorqasida yoki ijara yerda mehnat qilib kun ko‘radiganlarning ahvoli ham fermernikidan yaxshi emas, ayrim hollarda battarroqdir: urug‘lik qimmat, suv tanqis, chaqib olgudek ijara haqi, bulardan tashqari, texnika, odam yollash... Kuzga ko‘z tikadi, bo‘lg‘usi foydalarini “sanab”, butun bu qiyinchiliklarga rozi bo‘ladi. Hosil pishgach esa... Necha yillardan beri davlat qishloqqa g‘irromlik qilib keladi. Hosil ayni pishib endi bozorga yura boshlaganida, ayniqsa, chet el bozorlariga chiqishga tayyorlanib turgan bir pallada qaysidir sirli Dargohdan: “Tashqariga meva-cheva, poliz mahsulotlari chiqarilmasin!” degan Oliy farmon taraladi. Chegaralar taqa-taq yopiladi. Yuklab qo‘yilgan ulkan moshinalar karvoni chegaralarda kunlab-haftalab qolib ketadi. Hosil chiriydi, shaltag‘i yerga oqadi... “Oliy farmon”dan foydalanib bojxonadagilar har moshina yukni chegaradan o‘tkazish taksasini yildan-yilga oshirib borishyapti (2012 yili pora miqdori 20000 /yigirma ming/ do‘llarga chiqdi). Hosil chirimasin, shaltag‘i yerga oqmasin desangiz, berasiz-da! Lekin: “O‘n-o‘n besh ming do‘llar bo‘lib turganida ham chidagan edik, manzilga yetkazvolsak harholda foyda bor edi, bundan ortig‘i bizni sindiradi”, deyishdi tadbirkorlar... Davlat dehqonchilik mahsulotlariga chegaralarni yoparkan: “Ichki bozorni arzonlashtirish uchun qilyapman, mehnatkashlarning foydasini ko‘zlayapman”, degan ertak bilan sodda xalqning qulog‘ini allalaydi. Tumshug‘idan narini ko‘rmaydigan ayrim vatandosh ham o‘zicha xursand: “Bozor to‘kin-sochin bo‘lyapti. Mevalar rosa arzon. Bu yil shaftoli bilan uzum suvtekin bo‘ldi! Qovun-tarvuz to‘lib ketdi!” qabilida suyunyapti. Nimaga suyunamiz? “Otning o‘limi – itning bayrami” deganlaridek, dehqon kuyyapti ‒ biz kulyapmiz! Bu “yasama arzonchilik” dehqonning sho‘ri-ku! Qishloqni xonavayron qiladigan “arzonchilik”-ku bu!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 374
Dehqon ne-ne umidlarda, bola-chaqasi bilan birga, yil bo‘yi mehnat qildi. Hamma og‘irchilik, xo‘rlik, haqoratlarga chidadi. Hosilini sotsam, bir yillik tirikchiligimni chiqarsam, ozgina sarmoya ham orttirsam, deb shirin orzular qildi. Va xirmon uyulib, orziqib kutilgan kunlar kelib, endi bozorga yo‘l olganida yarim yo‘lda qarshisidan davlat ko‘ndalang chiqsa-da: “Tashqariga meva-cheva, poliz mahsulotlari chiqarilmasin!” desa!.. Dehqon (yoki tadbirkor) majbur moshinasining tumshug‘ini ichki bozorga buryapti. Ichkarida birdan “to‘kin-sochinlik” bo‘lib ketyapti, narx tushganidan-tushib, foyda ko‘rish tugul, zararga kirmay eson-omon uyimga yetib olsam bo‘ldi edi, deb qolyapti sho‘rlik dehqon. Ikki-uch yil holat takrorlanavergach, oxiri qishloqlikning ham miyasi ishlab ketadi: bir tup daraxtimni arralab sotsam, hosilidan ko‘ra ko‘p foyda olarkanman, deydi-da, qish chillasi kirmasidan mevali daraxtini o‘tinga aylantirib, bozorga opchiqib pullavoradi. Qishloqlarda necha yillik bog‘lar shu tariqa kesilib, o‘choqlarda yonib ketdi! Mevalari pulga aylanguncha daraxtlari kulga aylandi! Qishloq ahli ham odamga o‘xshab yashasam deydi. Uy qursam, to‘y qilsam, bolalarimga kiyim-kechak olsam, deydi. Yana boshqa chiqimlari ham boshidan oshib- toshib yotibdi. Pulni qayerdan topadi? Dehqonchiligidan umid qilgan edi, u ham davlat qaroqchiligiga uchragan bo‘lsa?! Qaniydi mehribon davlati qishloq mahsulotlarini shaharga “arzonlashtirib” berganidek, shahar mahsulotlarini qishloqqa ham arzonlashtirib bersa! Dehqon bola- chaqasiga kiyim-kechakni, kitob-daftar, qalam-ruchkani arzonga olsa ekan! Yog‘ni, shakarni, unni, tuzni, gugurtni arzonga olib, oilasini to‘ydirib-to‘ydirib yedirsa ekan! Arzon-arzonga uy qursa, arzon-arzonga moshina olib minsa ekan! Pechkasida arzon gaz, boshida tekin chiroq bo‘lsa ekan! Yo‘lkiralar arzon bo‘lsa ekan! Qaniydi... O‘shanda u ham molini yo‘lda qaroqchi-davlat tunab ketganiga uncha achinmas edi... Dehqonning paxtasi arzonga “tortib” olinib, shu paxtadan ishlab chiqarilgan gazmol, chigitidan olingan yog‘ bir necha baravar qimmatiga o‘ziga qaytarib sotilyapti. Bir kilo bug‘doy uchun dehqon qo‘liga chaqa tashlanyapti-da, un va non mahsulotlarini dehqonning o‘ziga otning kallasiday narxda pullayapti. Bunaqada qishloq boy bo‘ladimi? Bozor muomalasida qishloq bilan shaharni teng ko‘rmasdan, qishloq oyog‘iga tinimsiz bolta urib turish iqtisod ilmining qaysi nazariyasiga to‘g‘ri keladi?! Hayotda bu yanglig‘ ayanchli misollar ko‘p. Sakkizinchisi... to‘qqizinchisi...
sanaganlarimiz ham bu bobda aytmoqchi bo‘lgan fikrlarimizni izohlashga yetadi, deb o‘ylaymiz. Xullas, prezidentning kasbi qanaqa bo‘lishi kerak? Iqtisodchi bo‘lishi shart emasligi oydinlashgandir?
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 375
Prezident qaysi soha kishisi bo‘lsa ham, eng muhimi, bizningcha, aqlli, adolatli, dono, tarix bilan saboqlangan, vatanini va millatini sevadigan, halol, bag‘rikeng, qing‘irlikka qattiqqo‘l, to‘g‘rilikka muhabbatli, adashganga shafqatli, odam taniydigan, har sohaning mutaxassis kadrlarini topib o‘z o‘rniga qo‘ya oladigan, o‘zi bilmaydigan soha ishiga aralashmaydigan, har narsadan xalqining va vatanining manfaatini ustun qo‘yadigan, mamlakat ravnaqi uchun hormay-tolmay ishlaydigan... olijanob bir INSON bo‘lishi kerak. Tamom vassalom!
Kichik xulosa
SSSRda “bozor iqtisodiyoti”ga hali so‘sialistik g‘oyalar to‘la-to‘kis o‘lib bo‘lmasidan, so‘sializmning tayanchi bo‘lmish bu ulkan davlat tarqab ketmasidan oldinroq o‘tildi. To‘g‘rirog‘i – qaytila boshladi. Bozor iqtisodiyotiga birinchi bo‘lib qaysi soha qaytganini bugun kim eslaydi? Hech kim eslamasa kerak. Chilla o‘tirib bosh qotirsangiz ham topolmaysiz. Chunki esingizdan chiqqan. Yoki vaqtida parvo qilmagansiz. Bozor muomalasiga SSSRda eng birinchi... hojatxonalar o‘tgan! 1917 yilgi inqilob Piterning Smolniyida boshlangan edi, kapitalizmga qaytish sovet hojatxonalaridan boshlandi! Kulmang, chindan shunday bo‘ldi. Ya’ni, maishiy xizmat. Bu nozik muassasaning, bunaqa nozik ishning birdan pulli bo‘lib qolishi hech kimning xayoliga kelmagan. Hozir-ku ko‘nikib ketildi ‒ kichigiga ham, kattasiga ham, u “korxona” ichi toza bo‘lsa ham, iflos bo‘lsa ham, bir xil pul talab etilyapti. Bir kun kelib hojatxonaning obro‘yi bunaqa oshib ketishini ilgari birov tasavvur ham qilmasdi. Hojat tekinga chiqarilardi-da oldin. Qiziq bo‘larkan. Xullas, bozor iqtisodiga hojatxona eshigidan kirib bormaganimizda edi, “O‘zbekiston kapitalizmi” bugun bunchalik sasib yotmagan bo‘lardi! Oldindan bilmadik-da...
O‘n to‘qqizinchi ko‘chat Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling