Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

391 


sen ham hur tug‘ilg‘onsen!” (ya’ni, zulmga bosh egib ketaverma) degan chaqirig‘i ham 

to‘g‘ri. Ya’ni, Odam bolasi onadan hur tug‘iladi! U ozod bir shaxsdir! Ozodlik esa juda 

qiymatli bir ne’mat. Bu hurlikni, bu ozodlikni unga uni yaratgan Zot bergan! Ayni 

choqda, shu hur insonning fitratiga itoatga intilish tuyg‘usini ham O‘zi joylagan! 

Bu qarama-qarshilikni qanday tushunsa bo‘ladi? 

Masala oddiy. Ey inson, Men seni hur qilib yaratdim, bu hurligingni saqlab 

qolmoqchi bo‘lsang, o‘zingni tani, Yaratganingni tani, bir-biringga va turli bo‘lmag‘ur 

narsalarga qullik qilma, faqat Menga qullik qil. «Men jinlar va insonlarni faqat 



O‘zimga qullik qilishlari uchun yaratdim!»

258


 Mening itoatimdan chiqsang, bir-

biringga qullik qila boshlaysan va Men senga ato etgan chinakam hurlik va ozodlikni 

boy berasan. Men senga bergan “itoatga intilish tuyg‘usi”ni agar o‘z yo‘nalishi va 

maqomida ishlatmasang, asta-sekin boshqa kimsa va narsalarga qul bo‘lib qolishing 

turgan gap. Ya’ni, bu tuyg‘u ‒ itoatga intilish tuyg‘usi seni To‘g‘ri yo‘lga yetaklashi 

ham, botil yo‘lga yetaklashi ham mumkin. Mudom “itoatga intilish” (ozodlikdan 

qochish) tuyg‘usidan qutula olmas ekansan, itoat qilishga arziydigan Zot sari intil, 

ozodligingni qurbon qilishingga loyiq Zotning itoatiga kir! Chinakam hurlik, chinakam 

ozodlik, chinakam haq-huquq Mening huzurimdadir. 

Ilohiy chaqiriq shu. Insonga chinakam ozodlikni, erkinlikni beradigan eng to‘g‘ri 

yo‘riq shu. Olloh taolo O‘zigagina to‘la itoatni talab etar ekan, insonni chinakam hurlik 

cho‘qqisiga olib chiqishni istagan... 



Yakkahokim(diktator)lik o‘ta yomon holat. U o‘n-yigirma odamni emas, ming-

ikki ming kishini emas, butun bir mamlakat ahlini to‘la qul qilib oladi. Bu tomoni 

bilan butun insonlikka tahdiddir. Uning foydalisi bo‘lmaydi hisob

259

Bugun O‘zbekistonda o‘rnatilgan yakkahokimlikning eng katta zararlari, 

bizningcha, bulardir: 

1) xalqimiz ijtimoiy taraqqiyotdan ancha orqada qoldi; 

2) butun mamlakatda bo‘lganidek, har bir xonadonda, har bir yurakda qo‘rquv 

o‘rnashdi va hukm surmoqda; 

3) fikriy o‘sish deyarli to‘xtadi; to‘g‘ri fikrlash nodir hodisaga aylandi; 

4) odamlar tabiiy va erkin hayot qanday bo‘lishini unutar darajaga keldi, tushib 

qolgan holiga ko‘ndi, tushkunlikka botdi... 

                                                

258

 Zoriyot surasi 56-oyat ma’no tarjimasi. Ko‘plar oyatdagi “liya’budun”ni o‘zbekchaga “ibodat qilishlari uchun” deb 



o‘giradi. “Ibodat” so‘zi urfimizda tor ma’noda (namoz, ro‘za v. h.) tushunilganidan bu tarz o‘girish, bizningcha, 

o‘quvchini asl ma’nodan chalg‘itadi. Oyat mantig‘i “qullik (to‘la itoat) qilishlari uchun” degan ma’noni taqozo etadi. 

Yana ham to‘g‘risini Olloh biladi. 

259


Lekin goho mamlakatda boshboshdoqliklar avjga chiqib ketsa, qattiqqo‘l bittasi yoki ayrim vijdonli, vatanparvar 

harbiylar siyosat maydoniga kirib, diktatorlik yo‘li bilan bo‘lsa-da ancha-muncha tartib-intizom o‘rnatadi. Masalan, bir 

vaqtlar Chilida shunday bo‘lgan. Salvador Alyende boshliq kommunistlar hokimiyatga kelganidan keyin siyosiy, ijtimoiy 

va iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Shunda general Pinochet boshliq harbiylar hokimiyatni qo‘lga olib, mamlakatda ancha 

tartib o‘rnatgan edi. Tarixchilar buni e’tirof etishadi. Ammo “tartib o‘rnatish” yo‘lida qilgan yuvilmas jinoyati – gunohsiz 

yuzminglab chililikni qirib yuborgani baribir uning nomini olamda yomonotliq qildi. To‘qson yoshdan oshib ketgan 

paytida ham xalqining odil mahkamasi huzuriga chiqishga majbur bo‘ldi. Uning taqdiri ham bir saboqdir. (Bunaqa 

misollar yana boshqa mamlakatlarda ham topiladi.) 

  


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

392 


Ammo umid chiroqlari tamoman o‘chib bitgani yo‘q, kuchsiz bo‘lsa-da, shu’lalari 

yuraklarda lipillab turibdi. 

Ollohning bir og‘irlik ketidan bir yengillik berish odatini eslab, ko‘ngillar 

tinchlanadi. 

Zulm o‘rnini adolatga bo‘shatib berish onlari yaqin qolgani sezgisi ko‘ngillarni 

sevintiradi. Bu sevinchli kunlarni munosib qarshi olishga hozir turmog‘imiz, haftada 

bir jumani, yilda ikki hayitni sog‘inch-la kutganimiz singari, chinakam erkinlik 

kunlarini ham hayajon-la kutmog‘imiz lozim. 

Quvonchli damlarni ko‘rish barchamizga nasib etsin va Olloh bizlar uchun u 

kunlarni xayrli, davomli qilsin. 



 

Katta xulosa 

 

Shubhasiz, yakkahokim (diktator)lik yaramas tuzumdir va bu tuzum o‘zgarishi 



kerak. O‘zbekiston bunday ahvolda qolishi aslo mumkin emas. 

Shubhasiz, zulm o‘rniga adolat o‘rnatilishi kerak. Xalqimiz adolatli jamiyat qura 

oladi. 

Shubhasiz, xalqimiz bir kuni ozodlikka chiqib erkin nafas ola boshlaydi. Chunki u 



shunga loyiqdir. 

Ammo u kunlarga qanday yetiladi? 

Xilma-xil qarashlar (ixtilof) qo‘llanishiga qarab jamiyatni yo biriktiradi, yoki bo‘lib 

tashlaydi. Qay biri yaxshi? 

Albatta, ikkinchisi yomon! Bo‘linganni bo‘ri yer. Bo‘linganni bo‘lib tashlash oson. 

Mashhur maqolni bir oz o‘zgartirib aytsak, bo‘linganning changi chiqmas, changi 

chiqsa ham dong‘i chiqmas. 

Demak, birinchisi yaxshi: ham qarashlar xilma-xil bo‘lsin, ham jamiyat 



birikkan bo‘lsin. 

Fikr xilma-xil bo‘lsa, jamiyat qanday birikadi? 

Xolislik bilan! 

Xolislikda biriktiruvchi kuch bor. Bir maqsad, bir manfaat uchun harakat 

qilinarkan, niyat xolis bo‘lsa, yo‘l va qarashlarning harxilligi to‘siq bo‘lmaydi, faqat 

foyda keltiradi, jamiyat bo‘linib ketmaydi.  

Aksincha, tor maqsad va shaxsiy manfaatlar uchun kurashga asoslangan qarashlar 

xilma-xilligi buzg‘unchidir. 

Tajribadan bilamiz: zulm uch xil yo‘l bilan ketadi (ketkaziladi): 

1. Tabiiy yo‘l. Bunda zolim o‘lib xalq qutuladi. O‘shanda ham o‘rniga kelgani 

battar zolim bo‘lmasa. 

2. Tinch yo‘l. Erkin saylov, norozilik namoyishlari va boshqa tur tadbirlar 

yordamida. 

3. Isyon yo‘li. Zolimni almashtirishning boshqa yo‘li qolmasa, zulm jonidan o‘tib 

ketgan xalq g‘alayonga keladi: urush bo‘ladi, qon to‘kiladi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

393 


Bugungi ahvolimizda va bugungiday sharoitda bular ichida eng zararlisi va 

yoqimsizi uchinchi yo‘ldir. 

Birinchidan, bunda adolat istovchilar yengsa yengdi, yengolmasa, battar zulm ostida 

qoladi. 


Ikkinchidan, bir xalq ikkiga bo‘linib olib urushganida adolat o‘rtadan ko‘tariladi ‒ 

ikkala tomon ham bir-biriga zulm qiladi. 

Uchinchidan, bundan tashqari, ikkala tomon ham mushkulni mustaqil hal eta olmay, 

ko‘mak istab chekkaga mo‘ltiraydi, begonalarga va kuchlilarga muhtoj bo‘ladi. 

Natijada hurriyatini yo‘qotadi. 

Bu yo‘l bizga keskin to‘g‘ri kelmaydi. 

Birinchi yo‘l harakat bilan amalga oshadigan ish emas. Zolimning o‘limi faqat 

kutiladi va o‘rniga keladiganidan yaxshilik umid qilinadi. Bu juda bo‘sh  va 

ilojsizlikdir. 

Mening nazarimda, bizga eng to‘g‘ri keladigani ikkinchi yo‘ldir. Ammo 

O‘zbekiston sharoitida erkin saylovga ham, tinch namoyishga ham sira imkon yo‘q. 

Unda nima qilish kerak? 

Menimcha, kattayu kichik, prezidentu oddiy vatandosh, davlatu muxolifat, yurt 

ichidagiyu tashidagilar eski g‘idi-bidi va gina-kuduratlarni tashlab, o‘rtadan 

tushunmovchiliklarni ko‘tarib, yigirma yil ichida paydo bo‘lgan jarlikka ko‘prik solib, 

bir-biriga qarshi dushmanchasiga o‘qtalgan qo‘llarni qayiraroq, bir-biri tomon do‘stona 

uzatib... bir oraga kelish kerak!

260


  

Holatga boqilsa, bir oraga kelish hech ham amalga oshmaydigan shirin orzuga 

o‘xshaydi. Ammo bugungi iqtidor ham, unga qarshilar ham hozirgi ahvolda mamlakat 

nihoyatda murakkab vaziyatda turganini, o‘t chiqib ketsa zararni ko‘proq yurt va ulus 

ko‘rishini ko‘z oldilariga keltirib, agar Vatan manfaatini nafslaridan ustun qo‘ya 

olsalar, o‘zlari uchun eng og‘ir bo‘lgan xulosaga kelishlari lozim. Ya’ni, bir oraga 

kelish kerak! 

Bunday bir murakkab vaziyatda, shu yaqin zamonlarda dunyoda kechgan va hamon 

kechayotgan hodisalardan o‘rnak olsak, ayniqsa O‘zbekiston sharoitida boshlanishiga 

ham, davomiga ham eng to‘g‘ri va odilona yo‘l shu deb o‘ylayman. 

Modam shu aziz Vatan barchamizniki ekan, 

modam O‘zbekistonimizni chin yurakdan sevsak, 

modam mamlakatimiz chinakam taraqqiy etishini, dunyoda munosib o‘rnini 

egallashini istasak, 

modam mushtipar va jafokash xalqimiz chinakam erkinlikka erishishini orzu qilsak, 

modam kurashlarimiz shaxsiy manfaatlar uchun emas, Vatan, millat, din, davlat 

manfaati uchun ekan, 

                                                

260

 Kitobni oldinroq o‘qiganlardan biri matnning shu yeriga bunday mulohaza bitib qo‘yibdi: “Yaxshi niyat, ammo, afsus, 



bu niyatni amalda tadbiq etish mahol ish. Bu narsa diniy boqimdan ham qiyin, chunki imon bilan kufr yo‘li hech qachon 

birlashmaydi”. Men bo‘lsam, orzuga ayb yo‘q deb o‘yladim. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

394 


modam bor kuch-g‘ayratimizni, aqlu zakovatimizni shu Vatan, shu xalqimiz 

ravnaqi yo‘lida sarflashga bel bog‘lagan ekanmiz, 

modam jonimizni, molimizni Haqiqat va Adolat yo‘liga tikkan bo‘lsak, 

modam Vatanga bu egaligimizda, bu sevgimizda, bu istagimizda, bu orzumizda, bu 

g‘ayratlarimizu bu jonfidoligimizda samimiy bo‘lsak – 

unda mujdalar bo‘lsin: biz bir butun xalq ekanmiz, bir oraga kelishimizga 

ham o‘rtamizda to‘siq yo‘q!

261

 

Davlat bilan xalq birlashsa, bunday davlat ham, bunday xalq ham kuchli-qudratli 

bo‘ladi. Xalqini degan davlatni, davlatini degan xalqni birov yengolmaydi, kuchi 

yetmaydi


262

Davlat bilan xalq orasida jarlik bo‘lsa, xalqning ham, davlatning ham kuchi sinadi, 



ikkalasiyam birovlarning qo‘lloviga muhtoj bo‘ladi. Bu degani, u tom mustaqil 

bo‘lolmaydi, ozodligini, erkinligini boy beradi. 

Bir oraga qanday kelinadi? Bu olijanob g‘oyani hayotda amalga oshirishning aniq 

yo‘l-yo‘rig‘i bormi? 

Balki xayolga berilayotgandirman, lekin bir oraga kelishning, jamiyat 

birlashishining birdan-bir yo‘li menga shaxsiy g‘arazlarni orqaga surib, oldinga 



Vatan va Millat manfaatini chiqarish bo‘lib ko‘rinadi. 

Vatan va millatni xolis Olloh uchun sevsa, ularning ravnaqi yo‘lida ham xolis Olloh 

uchun kurashsa, o‘rtada to‘siq qolmaydi, birlashishga yo‘l ochiladi. Bu fikrning 

kengrog‘ini sal tepada bir necha “modam” bilan ifodalashga harakat qildim. 

Birlashish uchun mas’uliyatning ko‘pi davlatga, bugungi iqtidorga tushadi. Xalqiga, 

xalqining bir bo‘lagi bo‘lgan muxolifatga qarshi dushmanlik bilan hech bir yaxshilikka 

erishib bo‘lmasligini prezident bilishi, bu dushmanlik davom etaversa Vatan taqdiri 

doim tahlika ostida qolishini tan olishi kerak. 

Harholda, zulm tinchlikning chorasi emas. O‘zaro dushmanlik Vatan 

manfaatiga tersdir. 

To‘g‘ri tushunilsin: bir oraga kelish kerak degan fikrda tomonlar bitta yo‘lga tushib 

olsin degan ma’no yo‘q. Yo‘llar turlicha bo‘lsa-da, aylanasiga har yoqqa tarqalib 

ketgan, sochilib yotgan kuchlar har biri o‘z yo‘lidan baravariga o‘rtaga ‒ Vatan va 

millat manfaati sari yurishi kerak deganidir. 

Bir-biriga qarab yurishda iqtidordagi kuchlar (davlat) tashlaydigan qadamlar bor, 

muxolifat tashlaydigan qadamlar bor, xalq tashlaydigan qadamlar bor. 

                                                

261

 Albatta, bu ham shirin orzulardan biri ekanini bilaman, ammo men shunday shirin orzu qilgim keldi! 



262

 Bir juhud josusi, hozirda iste’fodagi general uzoq yillar shohlik Eronida “ishlagan” ekan. Shunday josuslar “faoliyati” 

evaziga ham shohlik Eroni ko‘p yillar Amrika bilan Isroilning ta’sir doirasida bo‘lgan. 1979 yili Humayni boshchiligida 

inqilob yuz bergach, Isroil josuslari bir kechada Erondan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. 2008 yili bir arab jurnalisti o‘sha 

sobiq josus bilan suhbatlasharkan: “Josuslik xizmati dunyoda eng kuchli bo‘lgan Isroilday, Amrikaday davlatlar nahot 

Eronda inqilob yetilib kelayotganini payqamay qoldi va g‘alabasiga yo‘l qo‘ydi?” degan savoliga juhud josus generali: “U 



paytlar Eronda xalq bilan davlat birlashib qoldi. Xalq bilan davlat birlashsa, kuchli davlatlar ham hech bir ish 

qila olmaydi”, deb javob bergan. (Suhbatni ko‘chirib qog‘ozga tushirib qo‘ygan edim, lekin qachondir undan 

foydalanishim mumkinligini o‘ylamaganmanmi, manba adresini qayd etib qo‘ymabman, afsus. ‒ N.M.R.) 

Juda to‘g‘ri xulosa bu! Shuning uchun makkor davlatlar boshqa xalq va davlatlarni o‘zlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘lsa, 

ichlarida fitna qo‘zg‘ab, xalqi bilan davlati orasini buzishga harakat qiladi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

395 


1. Davlat tashlaydigan qadamlar: 

‒ jamiyatda o‘zaro hamjihatlikni ta’minlaydigan omil deb Asosiy Qonun 

yaratildimi, unga va o‘zi chiqargan boshqa qonunlarga to‘la va to‘g‘ri amal qilish; 

‒ o‘z vaqtida hokimiyatga kelinganidek, Asosiy Qonunda qat’iy belgilangan 

muddatga rioya etgan holda, o‘z vaqtida tinch yo‘l bilan hokimiyatdan ketish; 

‒ mamlakatni adolat bilan boshqarish; 

‒ davlatga boshliqlikni imtiyoz deb emas, vazifa deb bilish; bu vazifaga 

loyiqlarning yo‘lini to‘smaslik; 

‒ o‘zini davlat manfaatlari himoyachisi deb bilganidek, sog‘lom muxolif kuchlarni 

ham jamiyatning xalq va davlat manfaatlari uchun kurashayotgan bir bo‘lagi deb tan 

olish, ularga to‘la siyosiy-ijtimoiy haq-huquq berish; 

‒ “hokimiyat talashish” salbiy emas, ijobiy tushuncha va harakat ekanini tan olish, 

shunda bu kurash xavfli yopiq usuldan ochiq halol usulga o‘tadi; 

‒ so‘z erkinligini ta’minlash; 

‒ har qanaqa tanqidga chidash, foydalilarini olish; 

‒ o‘zinikidan boshqacha fikrni dushmanlik deb bilmaslik; 

‒ boshqacha fikrdagilarni dushman deb bilmaslik va h. k. 

2. Muxolifat tashlaydigan qadamlar: 

‒ davlat va hukumat qonuniy saylansa, uni tan olish; 

‒ davlat va hukumatga qonunda belgilangan muddat ichi o‘z dasturini amalga 

oshirishiga (o‘zini ko‘rsatishiga) haq va imkon berish; 

‒ hokimiyat uchun kurashni shaxsiy dushmanlik maydonidan dasturlar kurashi 

maydoniga ko‘chirish; 

‒ kurashni shaxs daxlsizligi doirasida qonunga to‘la rioya etgan holda olib borish 

(bu modda davlatga ham tegishli); 

‒ kurashning tinch yo‘lidangina foydalanish; 

‒ raqib tomonning salbiy ishlarini xolis tanqid etish bilan birga, ijobiy ishlarini tan 

olish va qo‘llab-quvvatlash... 

3. Xalq tashlaydigan qadamlar: 

‒ hamma tomonni ‒ davlatni ham, muxolif kuchlarni ham birday tan olish, hurmat 

qilish; 

‒ tomonlarning manfaatini emas, o‘zining manfaatini himoya qilish, ya’ni, o‘z 

manfaatiga to‘g‘ri keladigan dasturga ovoz berish; 

‒ halol saylangan hukumatga itoat etish; 

‒ saylovni o‘zining eng katta va asosiy kuchi deb bilib, saylash huquqidan to‘la 

foydalanish; 

‒ noroziligini ifodalashda qonun belgilagan chegaradan chiqmaslik... 

Bu aytilganlarga yana qo‘shsa bo‘ladi, lekin taraqqiyot sari tinch-xotirjam olg‘a 

qadam bosishimiz uchun diqqat qilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim nuqtalar, 

menimcha, shulardir. 

Mening qat’iy qanoatimga ko‘ra, bu natijalarga qarab: 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

396 


asta-sekin... 

tabiiy yuksala borib... 

tinch-totuvlik... 

ilm-ma’rifat... 

xalqning siyosiy-ijtimoiy ongini yuksaltirish... 

noroziliklarni qonun doirasida tinch namoyishlar orqali ifodalash... 

yo‘li bilan borgan yaxshi. 

Qurol, urush-janjal, to‘palang millatga ham, vatanga ham katta zarar keltiradi. 

Urush millatni eng kamida ikkiga bo‘lib tashlaydi, ikkala tomonni ham qurolga 

muhtoj, mamlakatni qurol beruvchilarga yem qiladi. 

Hech bo‘lmaganda shu xavfning oldini olish uchun ham: 

1. Bu aziz Vatanimizning asl egalari bir yoqadan bosh chiqarib, yurt taqdiri haqida 

xolis bosh qotirishi, adolatli g‘oyalar ishlab chiqishi, o‘sha g‘oyalarni asta-sekin 

hayotga tatbiq etib borishi kerak. 

“Vatanning asl egalari” kimlar? 

Bu diyorlarni Vatanim degan va sevgan yurt ichiyu tashidagi barcha – tili va 

millatidan qat’i nazar, bu tuproqlarda qadimdan yashab kelgan va yashayotganlar, turli 

sabablarga ko‘ra dunyoga sochilib ketganlar, muhojiru muxoliflar hech bir istisnosiz 

Vatanning asl egalaridirlar va barchalari Vatan, Millat, Davlat va Din ahvoliga 

kuyinishga birday haqli, ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga, ezgu kelajagi uchun 

kurashishga birday burchlidirlar. 

2. Barcha og‘irlikni bo‘yinga olib, chidam va bardosh bilan, xalqni nurli manzillar 

sari yetaklashga layoqatli ilg‘or kishilarni yetishtirib, ularga ergashgan holda, ilm 

berish va tushuntirish yo‘li bilan ommani chinakam erkinlikka loyiq qilib tarbiyalash 

lozim. 


3. Xalqimiz o‘ziga mos erkinlikni, to‘g‘ri yo‘lni o‘zi izlab topsin, begonalar 

tiqishtirayotgan yaltiroq “yo‘llar”ga uchmasin. O‘ziniki o‘ziga qadrdon, begona g‘oya 

baribir bizning ruhga rosmana singimaydi. Xuddi o‘ris bolshavoychiligi, kommunizm 

g‘oyasi ruhimizga singmagani kabi. 

Ilk mustamlaka etilganimizdan bu yog‘i yuz yigirma besh yillik qul hayotimiz 

natijasida na o‘zbegu musulmon, na o‘risu kommunist-kofir bo‘ldik. 

Bizning o‘zligimiz (milliy tafakkur va zehniyatimiz), urf-odatlarimiz, ruhiyatimiz, 

halol-haromimiz boshqa edi, ammo bizga butkul yot xalq o‘ziga moslab chiqargan 

qonunlar asosida yashashga majbur qilindik; yot ruhli qonunlar zo‘rlab bizning 

hayotimizga tatbiq etildi. 

Natijada u qonunlar turmush tarzimizga, turmush tarzimiz u qonunlarga sira 

qovushmadi; tabiiy kirishib yashab keta olmadik. 

O‘rusiyaga qaramlikdan qutulganimizga qaramay hayot tarzimiz bilan qonunlar 

orasidagi uyg‘unsizlik haligacha davom etyapti – davlat bilan vatandosh o‘rtasida 

ko‘rilayotgan ko‘p ijtimoiy qarama-qarshiliklar asosi, “jinoyat”lar illati mana shu 

yerda. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

397 


Davlat bilan xalq tinch-totuv va bir tan-bir jon bo‘lishi uchun o‘z yo‘limizni o‘zimiz 

belgilashimiz, milliy turish-turmushimizga uyg‘un qonunlar yaratishimiz va shunga 

ko‘ra yashashimiz, yot ruhlarni mahram hayotimizga, yot shaxslarni ichki ishlarimizga 

aralashishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. 

Bir mamlakatning prezidenti zolim bo‘lsa, bu zolimni almashtirib o‘rniga odilini 

qo‘yish shu mamlakat xalqining haqqi. Chekkadan bironta davlatga bu mamlakat ichki 

ishiga aralashish huquqi berilmagan. Xalq zolimini o‘zi tarbiyalab oladi yoki, kerak 

bo‘lsa, o‘rniga boshqasini o‘zi almashtiradi. 

Agar bir davlatga boshqa bir davlat hujum qilsa, hujumga uchragan davlat yurtni 

bosqinchidan himoya qilish uchun boshqa uchinchi bir davlatdan yoki boshqa bir 

necha davlatdan yordam so‘rashi mumkin va haqlidir, lekin mamlakat ichidagi 

muammolarni hal etishga chetdan birovni chaqira olmaydi. 

Ichki muammoni shu mamlakat xalqining o‘zi hal etadi. Chekkadan yetti yot 

begona davlat, hatto u “zolimning adabini berib qo‘yish” bahonasida bo‘lsin, boshqa 

mamlakat ichki ishiga aralashishga haqqi yo‘q. 

Tashqi tajovuz hech qaysi xalqaro huquq o‘lchovlariga sig‘maydi. 

Amrika boshliq NATO davlatlarining uydirma bahonalar bilan oldin Afg‘onistonga, 

so‘ngra Iroqqa kirishi shu ma’noda o‘ta haqsizlik edi. Haqsizlikdan tashqari, u 

mamlakatlar xalqi boshiga mahalliy zolimning zulmidan ham o‘n, yuz, ming chandon 

ortiq musibatlar keltirdi! 

Mahalliy xalqlar bu haqsiz tajovuzdan keyin, mana, yaqin o‘n yildan beri tinchini, 

halovatini yo‘qotdi. Fitna ta’sirida boshi kulfatdan chiqmay qoldi ‒ har kuni portlash, 

har kuni o‘lim. 

Makkor dushman urushdan ko‘zlagan asosiy niyatiga yetdi – xalqni bo‘lib tashladi, 

urug‘larni, tabaqalarni, dinlarni, mazhablarni bir-biriga qarshi qilib qo‘ydi, o‘shandan 

beri tinimsiz birini ikkinchisiga gij-gijlab yotibdi. 

Bular ustiga, qo‘li ostidagi ommaviy axborot vositalari orqali, go‘yo bu qon 

to‘kilishlarga aloqasi yo‘g‘-u, mahalliy aholi o‘zi bir-birini qirayotganday qilib 

ko‘rsatyapti dunyoga. 

Arining iniga cho‘p suqib to‘zitib qo‘ydi, endi, chaqib olmasin deb o‘zini bir chetga 

oldi. Hatto qo‘shinini yig‘ishtirib, kelgan yurtiga qaytib ketdi.Sochib ketgan fitna 

urug‘lari qanday unib chiqayotganini bundan bu yog‘i chekkadan tomosha qila 

boshladi: otlar o‘lgani sari itlar bayram qilib yotibdi...  

Yoki kechagina Liviyada oqizilgan qonlarni eslang. Muammar Qazzofiy 40 yil 

boshchilik qilib bunchalik kulfat solmagan edi xalqi boshiga! Aksincha, Liviya butun 

Afriqoda eng boy, eng o‘qimishli, ijtimoiy imtiyozlar ila eng yaxshi ta’minlangan bir 

mamlakat edi. 

Muxolifat siyosiy yumshoqlikka erishishning tinch yo‘lini axtarish, mamlakatni va 

xalqni talofatsiz yaxshi kunlarga olib chiqish o‘rniga, qurolli qo‘zg‘olon yo‘lini tanladi 

va chekkadan yordam so‘rashdek xorlikka yuz burdi. Muammar Qazzofiy har qancha 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

398 


zolim, diktator bo‘lgan taqdirda ham unga qarshi bunaqa g‘irrom usul bilan 

kurashilmasligi kerak edi. 

Natija nima bo‘ldi? 

Muxolifat yutmadi, chekka (tashqi manfaatdor kuchlar) yutdi! Liviya yutqazdi! 

Endi muxolifatning o‘zi bir-birini qirib-o‘ldirib yotibdi, o‘rtadan ahillik ko‘tarildi. 

Chekka esa, odatiga ko‘ra, chetda turib ularning qonini, boyligini so‘rib yotibdi. Yaqin 

yillarda mamlakat tinchimasa kerak. 

“Chekka” deganimiz kim yo kimlar: 

– necha asrlardan beri Liviyaga ko‘z olaytirib kelgan, o‘tgan asr o‘rtalarida 

mamlakatdan quvib chiqarilganlik alamini ichida saqlab yurgan Italiya... 

– Liviya boyliklariga egalik qilish orzusida ko‘pdan beri Italiyaga raqobatchi bo‘lib 

kelgan, Qazzofiyning o‘zini yomon ko‘rsa-da, pulini yaxshi ko‘radigan, hatto uning 

puliga prezident bo‘lishni or bilmaydiganlar

263


 boshqaradigan Fransiya... 

– va, odatdagidek, dunyoga hukmini o‘tkazishga doim intiladigan an’anaviy 

bosqinchilar – Amrika va Angliya... 

Bular har biri yuragida Liviyaga va Muammar Qazzofiyga ayricha bir alam saqlar, 

ayricha bir tish qayrab kelar edi. Ozgina ichki nizoni bahona qildi-da (yoki bunday 

nizoni uyushtirdi-da), go‘yo ozchilik nizochilarning “yonini olib”, uni katta nizoga 

aylantirib, “mazlum liviyaliklarga yordam” niqobi ostida, haq bilan haqsizni, to‘g‘ri 

bilan egrini, do‘st bilan dushmanni, erkak bilan ayolni, bola bilan qarini, tinch aholi 

bilan harbiyni ajratmaydigan ajal uchoqlarini Liviya osmoniga yo‘lladi va birato‘la 

hamma alam uchun yoppasiga o‘chini olaqoldi – shaharu qishloqlariga bo‘mba 

tashlayverib, mamlakatni ilma-teshik qilib yubordi. 

Liviyani qonga botirdi; gullab-yashnagan o‘lkani vayronaga aylantirdi; iqtisodini 

tamoman izdan chiqardi; taraqqiyotini o‘nyillarga orqaga surib tashladi. 

Bironta bosqinchi davlatga qaram bo‘lmasdan, mustamlakachilarga gap bermasdan, 

o‘ziga xos yo‘lda tinch yashab kelayotgan mamlakat eng ulkan boyligini – 

mustaqilligini boy berdi! 

Chunki G‘arb liviyaliklarga ozodlik sovg‘a qilish uchun kelmadi, Liviyaning tabiiy 

boyliklariga egalik qilish va talab ketish uchun keldi! Endi bu yurtda “chekka”ning 

qo‘li uzun bo‘ladi, mamlakat nefti ham “urushda g‘olib chiqqan NATO davlatlari” 

qo‘liga o‘tadi. 

Xullas, Liviya hali-veri o‘ziga kela olmaydi. Yana nimalarni yo‘qotganini sal o‘ziga 

kelib olganidan keyin tag‘in ham yaqqolroq his etadi bosqinchilarga suyanganlar! 

Bugun Suriya boshidan kechirayotgan qora kunlar ham o‘rnak bo‘lgulikdir. Amrika 

boshliq bir qutb bilan O‘rusiya va Eron boshliq ikkinchi qutb o‘z manfaatlari yo‘lida 

kurashyapti, ammo o‘rtada ming yillik madaniy tarixga ega Suriya va uning musulmon 

xalqi qon yutmoqda. 

Bu misollar bizga bir ko‘rgazmali saboqdir! 

                                                

263

 Nikolya Sarkozi prezidentlikka saylov mavsumida Muammar Qazzofiy (Liviya)dan juda katta miqdorda pul olgani 



ma’lum bo‘ldi. Albatta, Liviya manfaatlarini Ovrupada qo‘rishga va’da berib. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling