6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


Download 270.25 Kb.
bet1/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
21ta 7talik


6-MAVZU: YANGI ERA BOSHLARIDA QASHQADARYO VOHASI (I-VII ASRLAR)
Reja:

  1. Vohada dehqonchilik va hunarmandchilik.

  2. Iqtisodiy va madaniy hayot (I-VII asrlar).

  3. Qashqadaryo vohasi Turk xoqonligi davrida. Kidariylar, Eftaliylar.

Milod boshlariga kelib So‘g‘d va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarda tarixan muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Milodning 220 yilida Eronda Sosoniylar hukumati qaror topadi. Sosoniylar saltanati to‘rt asrdan oshiqroq hukm suradi. Sosoniylar davrida mamlakat ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaladi. Sosoniy hukmdorlar o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan davlatlarni bosib olish uchun kurash olib boradi. Markaziy Osiyo hududlarining bir qismi Sosoniylar qo‘liga o‘tadi.


Sosoniylarning shafqatsizlik bilan o‘tkazgan talonchilik siyosati mazlum o‘lkalarda qattiq norozilik tug‘diradi. Shunday murakkab vaziyatda Sosoniylarning qudratini kesadigan bir kuch paydo bo‘ladi. Bu kuch ko‘chmanchi dasht qavmlari bo‘lib, vaqti-vaqti bilan Eron davlatiga zarba berib, ularni holdan toydiradi. Oqibatda, V asr o‘rtalariga kelib Sosoniylar Markaziy Osiyo viloyatlaridagi o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
Milodning IV-V asrlarida kechgan voqealar markazida kidariylar, xioniylar va eftaliylar deb nom olgan qavmlar muhim o‘rin tutadi. Asr boshlarida Naxshabda kechgan siyosiy o‘zgarishlar ma’lum darajada kidariylar va xioniylar bilan bog‘langan. Xitoy manbalarida, Bey-shi yilnomasida “jujanlar hujumidan bezor bo‘lgan yuyechji yo‘lboshchisi o‘z qarorgohini Bolo shahriga ko‘chirdi”, degan xabar uchraydi.
Kidariylar kelib chiqishi jihatidan Kushaniylarga (yuyechjilar) qondosh elat, yoinki, ularning tarkibiga kiruvchi qavmlardan bo‘lgan. Bu yerda xioniylar masalasi ham bor. Elatshunos olimlar xioniylarning kidariylarga mansub qabilalar bo‘lganligi, shu boisdan, ularni ham “kidariylar” deb yuritilganligini qayd etadilar.
Xitoy manbalarida xioniylar haqida ma’lumotlar uchramaydi, degan qarash mavjud edi. Yapon olimi K.Yenoki bu haqda boshqacharoq fikrni olg‘a suradi. U Xitoy yilnomalarida xunnlar tomonidan Sudening zabt etilishi haqidagi gap So‘g‘dga taalluqli bo‘lib, xunnlar nomi ostida xioniylar ko‘zda tutilgan, deydi. So‘g‘dning esa xioniylarga tobe bo‘lganligi aniq.
Xioniylar o‘zlarining keyingi yurishlarini So‘g‘d hududidan amalga oshirgan. Manbalarda kidariylar va xioniylar qanchalik aralashtirilib yuborilgan bo‘lsa, eftaliylar bilan xioniylar tafovutini belgilash ham qiyin. 450-yil voqealari haqida hikoya qilinar ekan, “Eftaliylar davlati” degan istiloh yuzaga chiqadi.
Etnik jihatdan qon-qardosh bo‘lgan kidariylar, xioniylar va eftaliylar ittifoqi oxir-oqibatda, Eron hukmronligiga barham beradi. Sosoniylar V asr oxirlarida Eftaliylarga bosh egib, tovon to‘lab turishga majbur bo‘ladi. Eftaliylar 467-470 va 480 yillar oralig‘ida So‘g‘dni ham tobe etganlar. Markaziy Osiyoning katta qismi ular davlati tarkibiga kiradi. Toxariston eftaliylar saltanatining markaziy qismi bo‘lib qoladi. Eftaliylarning tarix oldidagi buyuk xizmatlaridan biri Sosoniy podshohlari saltanatiga barham berish bo‘lgan edi. Sosoniylarning Sharqni bo‘ysundirish haqidagi rejalari barbod bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, Eronga tobe bo‘lib kelgan o‘lkalarda ozodlik harakati vujudga keladi.
Qashqa vohasida xioniylar daxmalari saqlanib qolganmi, degan savolga qadimshunoslar ijobiy javob beradilar. Naxshabga yaqin Pirmatbobotepa atrofdagi tepachalar qazib ko‘rilganda (4-raqami bilan belgilangan nomsiz tepacha), guruhlab dafn etilgan daxma topilgan. Daxmada alp qomatli erkakning suyaklari bilan bir qatorda yana beshta jasad qoldiqlari ham bo‘lgan. S.K.Kabanov daxmani mufassal tadqiq etib, uning bir paytda amalga oshirilgan guruhlab ko‘mish joyi bo‘lganligini aytadi. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz do‘nglik daxma xarobasi bo‘lib, u V asr so‘nglarida vujudga kelgan.
Qashqa vohasining quyi qismida, Bo‘riariqning g‘arbiy tarafida paydo bo‘lgan manzillar V asrda ham yashashda davom etgan, ammo shu asr so‘nglarida bu yerdagi barcha qishloqlar bo‘shab, huvillab qolgan. Buning sababini S.K.Kabanov 468 yilda yuz bergan Valaam (Balaam), ya’ni, Bolo shahrining Sosoniylar tomonidan qamal qilinishi bilan bog‘laydi. Pirmatbobotepa atrofidagi bir yo‘la ko‘p kishi dafn etilgan qabrlar-daxmalar ham shu davrda vujudga keladi.
Pirmatbobotepa atrofidagi daxmalarga etnik jihatdan kimlar dafn etilganligini aniqlash uchun, shubhasiz, ko‘mish marosimining bir vaqtdami yoxud davomiymi ekanligini aniqlash juda axamiyatli edi. Qachonlardir daxma talab ketilgan, bu esa jasad qoldiqlarining holatini bir qadar buzgan. Daxmaning pastki qismi ancha oldin (demak, tinch vaqtlarda) amalda bo‘lgan. Shu tarifa, 4-tepalikdagi daxma o‘rganilganda, uning yuqori qismida bir vaqtning o‘zida bir necha kishini dafn etish amalga oshirilganligi aniqlangan. Bu yerda dafn etilgan kata yoshli erkak kishining o‘limi o‘zi bilan birga eng kamida besh kishining birgalikda ko‘milishiga sabab bo‘lgan. Dafn etilganlardan biri yosh bola bo‘lgan.
Bunday odat ko‘zda tutilayotgan asrlarda boshqa xalqlarda ham bo‘lgan. Kidariylar Hindistonda o‘rnashib qolgandan so‘ng, hindlar orasida rasm bo‘lgan eri vafot etganda xotinini qo‘shib ko‘mish odati, ehtimol, shu siljish bilan bog‘liqmi yoki bu urf kidariylarga kadar ham mavjud edimi, aytish mushkul. Harholda, bu odat Hindistonda XIX asrga qadar hukm surib kelgan edi.
Eftallar haqidagi ma’lumotlarda ularning boy-badavlat kishilari o‘zlari uchun toshdan yasalgan daxmalar qurishi, kambag‘allari esa yerdan kovlangan oddiy qabrlarga dafn etilishi aytiladi. Naxshab tevarak atrofi tekislik bo‘lgani uchun ham toshdan qurilgan daxmalar haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi. Yuqorida zikr etilgan oilaviy daxmada eftaliylarning dafn odatlariga rioya qilingan. Chunki, unda o‘lgan kishilarning tirikligidagi buyumlari ham qo‘shib ko‘milgan. Quyi Qashqadaryodagi shu davrga oid qabrlar tadqiq etilib, bosh suyaklari ko‘zdan kechirilganda, yettita bosh suyagidan 4 tasining sun’iy ravishda suboq holga keltirilganligi aniqlangan.
Qadimshunoslar muqoyasasiga ko‘ra, Quyi Qashqadaryodagi V asrga taalluqli daxmadan chiqqan va sun’iy suboq holga keltirilgan bosh suyagi Shimoliy Hindistonda hukm surgan eftaliylar hukmdori Mixirakulaning sun’iy shakl berilgan bosh suyagiga juda o‘xshashdir. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz tepalikdagi daxmadan olingan bosh suyaklari o‘z tuzilishi bilan Mixirakula bosh suyagini eslatadi. Bu ham Quyi Qashqadaryoda eftaliylar mozorlari bo‘lganligini tasdiqlovchi muhim dalillardan yana biri bo‘ladi.
Dafn vaqti ham yozma manbalardagi eftaliylarning Naxshabga kelishi sanalariga muvofiq, deyish mumkin. Yapon olimi K.Yenoki So‘g‘dning eftaliylar tomonidan bosib olinishini 473-479 yillar deb ko‘rsatadi. Samarqandning eftaliylar tomonidan zabt etilishi sanasi ilmiy adabiyotlarda 509 yil tariqasida ko‘rsatiladi. 468 yilda yuz bergan kidariylar mag‘lubiyatidan so‘ng, So‘g‘dda bosh-boshdoqlik vujudga kelib, uni bosib olish juda oson kechgan.
Eftallar otashparast bo‘lganlar. Mo‘g‘xonalar – toshdan yasalgan daxmalardir. Quyi Qashqadaryoda Mo‘g‘lon degan joy mavjud, ehtimol, bu yerda eftaliylarning katta daxmalari bo‘lgandir. Pirmabobotepa obidasi ham bu yerdan uzoq emas.
Qashqadaryoda milod boshlaridan to V asr so‘nglariga qadar hukm surgan eftaliylar manzillari yetarli o‘rganilgan emas. Eftallarning So‘g‘ddagi hukmronlik davri voqealari haqida ilmiy manbalarda ma’lumotlar kam.
Eftaliylar Buxoro va unga qo‘shni bo‘lgan Qashqa vohasida o‘rnashib olganidan so‘ng, mahalliy hokimlarni hokimiyatdan chetlashtirgan. Buxoroda aslzodalar ular zug‘umidan ko‘chib qutulgan. Qashqa vohasida ham ular zo‘ravonligi kam bo‘lmaganligini tasavvur qilish mumkin. Qashqa vohasida eftaliylarning hukm surish davri 473-479 va 563-567-yillar deb qaraladi. Eftaliylarning Naxshabda bo‘lishi keyinchalik bu joyda zarb etilgan va eftaliy hukmdorlar tasviri tushirilgan tangalar misolida ham dalolat etiladi.
Qashqa vohasidagi VI asr ijtimoiy hayotining muhim xususiyatlaridan biri bu davrda qasrlar atrofida aholining jam bo‘lishi hisoblanadi. Bunga qadar dehqonlar, ozodlar va kadivarlar alohida-alohida qasrlarda, uy-joy va hovlilarda yashab kelgan edi. Eftaliylar hukmronligi ijtimoiy hayotdagi bu tabaqalanishga tahrir kiritadi. Qorahavaltepa, Tayloqotatepa, Komanditepa, Naymantepa, Obrontepa, Oqtepa, Chavqaytepa, Polvontepa, Soritepa, Shulliktepa, Chorvoqtepa, Teshiktepa, Boyg‘unditepa, Qovchintepa, Poshtontepa, Kindiklitepa, Qamashitepa kabi kishilik manzillari mana shu davrlarda gavjum joylar bo‘lgan.
S.K.Kabanov Naxshab vohasining yangi milod boshlaridagi tarixi haqida to‘xtalar ekan, bu joyga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar faqatgina V asrga daxldor bo‘lib, oldingi to‘rt asrlik muddat yozma manbalarda yoritilmaganligini ta’kidlaydi. Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng milodga qadar kechgan qariyb uch asrdan ziyod davr tarixi, yangi milodning I-IV asrlari haqidagi bitiklar qayerda qolgan? Bu savollarga qadimshunos olim arman manbalariga asoslanib javob berishga intiladi. Arman manbalari milod boshlaridagi voqea-hodisalar haqida xabar beradi.
Qang‘ davlati tarixi Naxshab o‘tmishining ochiq sahifalarini to‘ldirishda manba bo‘ladi. Qadim yozma manbalarda Qang‘ davlatiga qarashli Suse, Fumu, Yuni, Gi, YUyegyan kabi beshta viloyat qayd etilgan.
K.Shoniyozov So‘g‘diyonada ham qang‘arlarga qarashli bir qancha viloyatlar (Kan, Mi, Sao, Suse, Fumu va An) mavjud bo‘lgan, deydi. Yana u So‘g‘d yerlariga qang‘arlar egalik qilgan (miloddan oldingi II asrning 70 yillari) vaqtdan e’tiboran, tobe etilgan mulklarda Qang‘ning hukmdori xonadoniga mansub kishilar hokimlik qila boshlaganligini ham aytadi. Uning ko‘rsatishicha, qadim yilnomalarda Kan hokimligiga An (Buxoro), Sao-Samarqand g‘arbidagi cho‘llar, Xe-Kushaniya, Mi-Maymurg, Shi-Kesh, Nashebo-Naxshab, Unage-Chorjuy kabi sakkiz viloyat qarashli bo‘lganligi aytilgan ekan.
Naxshab vohasining milod boshlaridagi manzarasini yoritishda qadimshunoslikning keyingi yutuqlari ahamiyati katta. Agar Naxshab vohasi kushonlar davlati ta’sirida bo‘lgan ekan, shubhasiz, Naxshab tuprog‘ida ulardan ma’lum izlar qolgan bo‘lur edi.
Kushonlar ko‘chma hayot kechiruvchi qavmlar bo‘lgan. Ularning qadimgi hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida birdan-bir aniq xabarlar qabrlarda saqlanib qolgan osori atiqalarni tadqiq etish orqali olinadigan ma’lumotlardir.
Kushonlar o‘zga ko‘chmanchi qavmlar kabi o‘lgan qabiladoshlarini qo‘rg‘onlarda dafn etganlar. S.K.Kabanov fikricha, Qashqadaryoda qadimgi qo‘rg‘onlar tekshirib ko‘rilgan emas. Qo‘rg‘onlar, qolaversa, viloyatda juda kam uchraydi. Kichik-kichik tepalar, tashqi ko‘rinishidan qadimgi qo‘rg‘onlarga o‘xshab ketadigan joylar tekshirib ko‘rilganda, ularning alohida uylar ekanligi aniqlangan. Bu davrga oid qadimiy qo‘rg‘onlar Zarafshon tizma tog‘larining old qismida hamda Chimqo‘rg‘on suv ombori (Qamashi tumani) havzasi o‘rnida mavjud ekanligi hisobga olingan.
Qashqa vohasida xioniylar daxmalari saqlanib qolganmi, degan savolga qadimshunoslar ijobiy javob beradilar. Naxshabga yaqin Pirmatbobotepa atrofdagi tepachalar qazib ko‘rilganda (4-raqami bilan belgilangan nomsiz tepacha), guruhlab dafn etilgan daxma topilgan. Daxmada alp qomatli erkakning suyaklari bilan bir qatorda yana beshta jasad qoldiqlari ham bo‘lgan. S.K.Kabanov daxmani mufassal tadqiq etib, uning bir paytda amalga oshirilgan guruhlab ko‘mish joyi bo‘lganligini aytadi. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz do‘nglik daxma xarobasi bo‘lib, u V asr so‘nglarida vujudga kelgan.



Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling