6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


-MAVZU: QASHQADARYO VOHASIDA MO‘G‘ULLARGA QARSHI OZODLIK HARAKATI


Download 270.25 Kb.
bet3/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
21ta 7talik

11-MAVZU: QASHQADARYO VOHASIDA MO‘G‘ULLARGA QARSHI OZODLIK HARAKATI
Reja:

  1. Mo‘g‘ullar tajоvuzinig salbiy oqibatlari.

  2. Kebekxon davrida Qashqadaryo vohasi.

  3. Mo‘g‘ullarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar.

XIII asrning birinchi choragi oxirlarida Markaziy Osiyoda, shuningdek, Movarounnahrda kechgan olamshumul fojeiy voqealar Muhammad Xorazmshoh va Chingizxon nomi bilan bog‘lanadi. Ularning biri Osiyo qit’asining g‘arbiy hududida ulkan saltanatni vujudga keltirgan bo‘lsa, ikkinchisi uning sharqiy qismidagi yurtlarni tamomila o‘ziga tobe qilgan qudratli va shavkatli hukmdorlar edi. Sharqning bu ikki ulug‘ davlat egalari o‘rtasiga sovuqchilik tushishi va oxir-oqibatda, uning dahshatli urushga tortishi jiddiy sabablarga bog‘lanar edi. Umuman, Chingizxon istilochilik siyosatining Osiyo va Ovrupoga qanday balolar, nechog‘li kulfatlar yog‘dirgani ta’rifga sig‘maydi. Mo‘g‘ul xoni bilan Xorazmshohning yovlashuviga asosiy sabab arab xalifaligi qutqulari edi. Xalifalik bilan Xorazmshohlarning adovati tarixi esa Muhammadning otasi Tekesh davridan gazak ola boshlagan edi.


1185 yilda Xuroson hukmdori To‘g‘onshoh vafotidan so‘ng mamlakatda notinchlik vaziyati hukm suradi. Garchand taxtga uning kichik yoshdagi o‘g‘li Sanjarshoh chiqqan bo‘lsa-da, mulklarning katta qismi Sultonshoh qo‘liga o‘tadi. Bu esa uning birodari Tekesh hamda g‘uriylar boshlig‘i G‘iyosiddinni qanoatlantirmaydi. Oqibatda, oradan ikki yil o‘tgach, kurashlarda g‘olib chiqqan Tekesh Nishopurni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 1193 yilda Sultonshoh ham vafot etadi. Tekeshning Xurosondagi mavqei esa tobora orta boradi. Marvga katta o‘g‘li Malikshohni, Nishopurga esa Muhammadni noib qilib qo‘yadi.
Tekeshning G‘arbiy Eron bo‘ylab borgan sari ichkarilab kirib kelayotganligi xalifalikni sarosimaga solib qo‘yadi. Xorazmshoh tez orada Ray va Homadon shaharlarini ham o‘ziga bo‘ysundiradi. Xalifalik Tekesh Xorazmshoh misolida o‘zining ashaddiy raqibini ko‘radi va unga qarshi kurashishni maqsad qilib qo‘yadi. Oqibatda 1196 yilning saratonida Bag‘dod va Xorazmshoh qo‘shinlari to‘qnash adi. Xorazmliklarning qo‘li baland keladi.
Tekesh Xorazmshoh o‘z podshohligining so‘nggi yillarida kuchayib ketadi va xalifalikni tan olmaslik siyosatini ochiq-oydin namoyish etadi. U xalifadan Bag‘dodda xutba namozlarida o‘z nomini qo‘shib o‘qitishni talab etadi. Akad.V.V.Bartoldning mulohazasiga ko‘ra, Abbosiylar bilan Xorazmshohiylar o‘rtasidagi dushmanlikning boshlanishi sabablari ana shunda edi.
Tekesh o‘z saltanati hududlarini bir qadar kengaytirishga, harbiy va iqtisodiy quvvatini oshirishga muvaffaq bo‘lgan esada, xorazmshohiylar istiqbolini ulug‘ bir xavf ostida qoldiradigan omillarga ham yo‘l ochib ketgan edi. U 1200 yilning 3 iyulida olamdan o‘tadi. Tekeshdan katta davlatgina emas, shu bilan birga, katta kulfat ham meros qoladi. Bag‘dod va xalifa Nosir bilan oshkora dushmanlik munosabatida bo‘lgan Tekeshning avlodi mamlakatda katta kuch bo‘lgan ruhoniylar madadiga, qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘lay olmasdi. Bundan tashqari, Tekesh Xorazmshoh qipchoq xonlari bilan quda-andachilik munosabatlari o‘rnatishiga, ular bilan ittifoq tuzganiga qaramay, bu munosabatlarda ham samimiyat yo‘q edi. Qipchoqlar istagan paytda xorazmshoh mulklarini talashi mumkin edi.
Shunday qaltis siyosiy vaziyatda Tekeshning o‘g‘li Muhammad taxtga chiqadi. Otasi davrida Xurosonda noiblik qilgan (Nishopur) va bu o‘lkaning baland-pastini yaxshi bilgan Muhammad taxtni egallaganidan uch-to‘rt yil o‘tib, Xuroson mulklari hisobiga o‘z davlatini kengaytirish yo‘lini tutadi. 1203 yilda Xurosondagi oldingi mulklarini qaytarib olishga erishgan Muhammad 1204 yilda Bodg‘isni olib, Hirotni katta tovon to‘lashga majbur etadi.
O‘z davlatini kengaytirgan va mustahkamlagan, kuchaytirgan va qudratini oshirgan Muhammad Bag‘doddan, xalifadan xutbada o‘z nomini qo‘shib o‘qitishni talab qiladi. Buni bir necha yil oldin uning otasi Tekesh ham talab etgan edi. Muhammad o‘z talabini nixoyatda qattiq va jiddiy yo‘sinda qo‘yadi. Xalifa Nosir Xorazmshoh elchilariga rad javobini beradi. Xalifalik bilan munosabat borgan sari keskinlashib ketadi. Xalifa ismoiliylar yo‘lboshchisi Jaloliddin Hasan bilan ittifoqlashib, uning moddiy quvvatlashi hisobiga o‘z dushmanlarini yo‘q qilish yo‘lini tutadi. Eng avvalo, Xorazmshohning Iroqdagi noibi O‘g‘ilmish o‘ldirib yuboriladi.
Bu voqea, shubhasiz, Muhammad Xorazmshohning sabr-toqatini sinovdan o‘tkargan bo‘lak g‘arazlardan, tadbirlardan oshib tushadi. U endi xalifa Nosirning kimligini oshkor qilish yo‘lini tanlaydi. 1215 yilda G‘aznani olish vaqtida Xalifaning g‘uriylarni Muhammad Xorazmshohga qarshi qo‘ygani haqidagi xujjatlarni qo‘lga olganligini e’lon qiladi. Muhammad Xorazmshoh o‘z mulklaridagi imomlardan Xalifaga zid bo‘lgan fatvo olishga erishadi. Unda Abbosiy xalifalarning Ali avlodiga, Husayn vorislariga tegishli bo‘lgan xalifalikni tortib olganligi, islom uchun kurash olib borayotgan Muhammad Xorazmshohga nisbatan fitna uyushtirganligi alohida ta’kidlanadi. Ana shu fatvo asosida u Nosirni xalifalikdan bekor qilingan deb e’lon qiladi. Xalifa nomi xutbalardan chiqarib tashlanadi. Muhammad Xorazmshoh xalifalik rutbasi Alo al-mulk Termiziyga taalluqli deb hisoblaydi va tangalarni uning nomidan zabt etib, xutbaga uning ismini qo‘shdiradi. Xorazmshox Bag‘dodga qiladigan yurishiga, shu tariqa, qonuniy tus berishga intiladi. 1217 yilda Muhammad Xorazmshoh Hamadondan Bag‘dodga katta qo‘shin yuboradi. Biroq Kurdiston tog‘lariga yetganda qo‘shin qor bo‘roni ostida qoladi va ko‘p cherik nobud bo‘ladi. Qo‘shindan oz sonli kishilar orqaga qaytib keladi. Bu tabiiy ofat Muhammad Xorazmshohning obro‘sini tushirib yuboradi. Voqea turlicha talqin etiladi, Allohning Xalifa tomonida ekanligi zikr etiladi.
Qo‘shin fojeasi Muhammadning xalifaga bo‘lgan adovatini aslo susaytirmaydi. 1218 yilning fevralida (614 yil zulqa’dasida) u Nishopurga qadam qo‘yar ekan, Nosirni o‘lgan deb e’lon qiladi va yana nomini xutbadan chiqarib tashlatadi. Shunday hol Marv, Balx, Buxoro, Saraxs kabi shaharlarda ham amalga oshiriladi. Ammo Xorazm, Samarqand, Hirot kabi shaharda xalifaga nisbatan tutilgan bu yo‘l ma’qullanmagan.
Xalifa bilan Muhammad o‘rtasida nizo bir kunlik yoki bir yillik emas, balki otasi Tekesh davridan boshlangan va tobora yuqori nuqtaga ko‘tarilgan edi. Muhammad o‘zining Iroqdagi noibi O‘g‘ilmish o‘ldirilishiga javob sifatida 1216 yilda shayx Majdiddin Bag‘dodiyni qatl ettirgan edi.
Muhammad Xorazmshoh davlatida uning islom poytaxti Bag‘dod bilan bo‘lgan muxolifligini ma’qullamaydigan musulmonlar, ruhoniylar, din arboblari bo‘lgan. Ular yetarli darajada katta kuch edi. Buni Muhammad Xorazmshoh sezmasligi va unga qarshi javob choralari ko‘rmasligi mumkin emasdi. Buning ustiga onasi Turkon Xotun islomga, Bag‘dod ta’siriga qattiq berilgan edi.
XIII asr boshlarida Muhammad Xorazmshoh davlatida kechgan murakkab siyosiy voqealar shu mamlakatning bir parchasi bo‘lgan Qashqa vohasiga, uning shahar va qishloqlari taqdiriga ta’sir ko‘rsatmay qolmas edi. Mo‘g‘ullarning keyinchalik Buxoro, Samarqand qatori Kesh va Nasafni, ko‘plab qishloq va qasabalarni vayron etishi va talashi bu ma’voda xalqning bosqinchilarga qarshi kurashganligini, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilganligini dalolat etadi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi holat Qashqadaryo vohasidagi shahar va qishloqlarning aksariyati vayron etilganligini, ba’zilari butunlay yer yuzidan yo‘q qilinganligini ko‘rsatadi. Bunday qismatdan Nasaf ham, Kesh ham benasib qolmagan.
1219 yilning yozini Irtish yoqasidagi tekisliklarda o‘tkazgan Chingizxon shu joydan g‘arbga – Xorazmshoh mulklariga qarshi qo‘zg‘oladi. Qoyalik degan joyda unga qorluq, olmaliq, uyg‘ur lashkarlari ham qo‘shiladi. Bosqinchilar Xorazmshoh davlati chegaralari sari yaqinlashib kela boshlaydi. Mo‘g‘ul galalarining Muhammad Xorazmshoh davlatiga, uning chegara shahri va mustahkam istehkomi bo‘lgan O‘trorga hujumi 1219 yilning kuzagida, sentabr oyida yuz beradi. Muarrixlar O‘tror shahrining besh oy, qal’aning esa olti oy qamalga dosh berganligini zikr etadilar.
O‘trorning qahramonona himoyasi, uning qariyb yarim yilga yaqin cho‘zilishi muarrixlar keyinchalik chiqargan xulosalarning to‘g‘riligini ko‘rsatdi: agar Muhammad Xorazmshohning barcha harbiy kuchlari Sirdaryo bo‘yida, chegarada Chingizxonga qarshi yakdillik bilan mudofaaga o‘tganlarida edi, mo‘g‘ullarning shashti sinar, ularning qonli qadamlari kesilgan bo‘lardi. O‘trorni yer bilan yakson qilgan mo‘g‘ullar Movarounnahr bo‘ylab yoyilib, hujum qilishga o‘tadilar. O‘tror yonida Chingizxon o‘z kuchlarini bir necha tumanlarga bo‘ladi. Uyg‘urlardan iborat qo‘shin shaharlarni qamal qilish uchun ixtisoslashtiriladi. Juchi boshliq bo‘lgan lashkar Sirdaryoning quyi tarafidagi mulklarni zabt etishga otlantiriladi. Yana bir qo‘shin daryoning yuqori qismiga jo‘natiladi. 5000 kishilik guruh Binokat va Xo‘jandga tashlanadi. Chingizxonning o‘zi o‘g‘li To‘luy bilan Buxoroga jo‘naydi.
Chingizxonning katta qo‘shinni bu qadar mayda (5000) guruhlarga bo‘lib yuborishidagi jur’at, uning Movarounnahr shaharlaridagi harbiy kuchlar sonini mukammal bilishi bilan izohlansa kerak. Masalan, Xo‘jandda Temur Malikning bori yo‘g‘i ming kishilik bo‘linmasi bo‘lgan. Mo‘g‘ullarning tezkor fathi sabablari ham ana shu – mamlakatga bir vaqtda yoyilib hujum qilish bilan bog‘liq edi.
Mo‘g‘ul galalarining Movarounnahrda o‘ta ketgan vahshiyona qon to‘kishlari haqida yetarli darajada gapirilgan. Xitoy monaxi Chan Chun Samarqandning 400 000 kishilik aholisidan uch qismi qirilib, faqat bir qismi qolganligini aytgan edi. Buxoroning qismati ham shunday ayanchli bo‘lgan. Qamalning uchinchi kuni Buxoro qo‘shinining qolgan-qutgani qamalni yorib o‘tib, shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ladi.
Mo‘g‘ullarning yovuzligi shu darajaga yetadiki, ular masjidlarga otlar bilan kirib, muqaddas Qur’onni toptaydilar. Bunga chidab turolmagan imom Jaloliddin Ali Zindiy o‘z g‘azab-nafratini jim turgan musulmonlarga qaratadi. O‘z davrining allomalaridan bo‘lgan Rukniddin Imomzoda mo‘g‘ullarning vahshiyligi haddidan oshib, asirlarni tahqirlab o‘ldirishiga, xotin-qizlarni olomon oldida sharmisor qilishiga chidab turolmaydi, ularga qarshi g‘azovot e’lon qiladi, jangga kirishadi. Uning o‘g‘li ham mo‘g‘ullarga tashlanadi. Ular shu zahotiyoq o‘ldiriladi. Qozi Sadriddin ham teng bo‘lmagan kurashda halok bo‘ladi.
Sulton Muhammad Xorazmshohning qismati naqadar ayanchli bo‘lganligini so‘zlash ortiqcha. Muhammad Xorazmshohning jasur, vatanparvar o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi yov bilan uzoq olishadi. Sulton Muhammad Xorazmshoh Kaspiy dengizidagi Ashurada orolida 1220 yilning dekabrida xastalanib, vafot etadi. O‘limi oldidan Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi qilib tayinlaydi. Mamlakatning va harbiy kuchlarning bo‘linib qolishida asosiy o‘rin tutgan Turkon Xotun, qachonki mo‘g‘ullar Xorazmga yaqinlab kelgandan so‘ng falokatning ko‘lamini anglab yetgan ko‘rinadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra bu paytda Urganchda uning qo‘l ostida 90 ming kishilik qo‘shin bo‘lgan. Talvasaga tushgan Turkon Xotun mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatishni ham o‘ylab ko‘rmaydi. Unga Chingizning yo‘llagan bir maktubi kifoya qiladi va Mazondaron sariga jo‘nab ketadi. Turkon Xotun qochishdan oldin saroyda bo‘lgan, garov tariqasida tutib turilgan shahzodalarni tunda Amudaryoga cho‘ktirib yuboradi.
Gurganj xarob bo‘lishi bilan xorazmshohlar davlati quladi va Movarounnahr ulkan Chingizxon imperiyasining bir qismi bo‘lib qoldi. Lekin kurash davom etaverdi. Chingizxon barcha jonli narsalarni yoki kelajakda qarshilik ko‘rsatish kuchlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni yo‘q qilib tashlashga intilib, xorazmshohlar mulkidagi hayot qoldiqlarini barbod qilardi. Urush harakatlari Xurosonga ko‘chirildi. Mo‘g‘ullar 1221 yil yozi va kuzida Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot va boshqa qal’alarni bosib oldilar. Bu shaharlarning qariyb butun aholisi yo‘q qilindi. Turkan xotin tayanchi bo‘lgan Mazondarondagi qal’alar ham egallandi. Turkan xotin mo‘g‘ullarga taslim bo‘lib, Mo‘g‘ulistonga olib ketildi va o‘limigacha Chingizxon xotinlari dasturxondagi sarqitlar bilan ovqatlanib, ularga xizmat qildi. Bu hukmdor, qasoskor va makkor ayol o‘z umrini to‘la qashshoqlik hamda xorlikda yashab tugatadi.
Mo‘g‘ullar Turkistonning Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Termiz kabi ulug‘vor shaharlarini O‘trordan so‘ng vayrona holiga keltirganlar. Istilo davrida nisbatan kichik shaharlar, qasabalar, qishloqlar taqdiri qanday bo‘lgan? Tarixiy asarlarda mo‘g‘ullar butkul yakson qilgan va yuqorida nomlari zikr etilgan joylardan bo‘lak bosqin girdobida qolgan manzillar xaqida deyarli so‘z yuritilmagan. Buni Qashqadaryo vohasidagi shahar va qishloqlar misolida xam aytish o‘rinli bo‘ladi.
Mo‘g‘ullar boskiniga qadar Qashqa voxasining quyi qismida Nasaf (Naxshab), Bazda, Kasbi, Koson, Fudina singari taraqqiy qilgan yirik axoli manzillari – shaharlar, qasabalar, qishloqlar ko‘p edi. Ayniqsa, Nasaf IX asrdan to - XIII asr boshlariga qadar har jihatdan rivoj topadi

Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling