6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLLARIDA QASHQADARYO VOHASIDA IJTIMOIY, AHVOL


Download 270.25 Kb.
bet10/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
21ta 7talik

20-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLLARIDA QASHQADARYO VOHASIDA IJTIMOIY, AHVOL
Reja:

  1. Mustaqillik yilllarida Qashqadaryo qishloq xo‘jaligi.

  2. Mustaqillik yilllarida Qashqadaryo sanoati.

Qashqadaryo viloyati istiqlol yillarida har jihatdan rivojlandi, obod va ko‘rkam viloyatga aylandi. Xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri bo‘lgan yaratuvchilik, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari istiqlol yillarida butun mamlakatimiz qatori bu yerda ham yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Viloyat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.


Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarishini yangilash va rivojlantirish uchun moddiy-texnik baza barpo etildi, investitsiya dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yangi korxonalar qurilmoqda, eskilari qayta ixtisoslashtirilmoqda, yangi tarmoqlar shakllantirilmoqda.
Iqtisodiyotda istiqbolli va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xorijiy sarmoya ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
AQShning «Dresser», «M.Y.Kologg» hamda Yaponiyaning «Nisho Ivai» kompaniyalari ishtirokida qurilgan, 600 atmosfera bosimi ostida ishlaydigan, bir kecha-kunduzda 4,2 million kubometr gaz ishlab chiqaradigan Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi nafaqat MDH mamlakatlarida, balki butun jahonda yagona hisoblanadi. «SHo‘rtangaz» majmui ham ana shunday strategik ahamiyatga molik inshootdir.
Qashqa vohasi foydali qazilma boyliklarning boy zaxirasiga ega. Qarshidan u qadar uzoq bo‘lmagan joyda viloyat sanoati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy gaz koni aniqlandi. Mamlakatda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 88 foizi, neftning esa 92 foizi shu yerdan olinadi. Talimarjon GRESi, «Mubarakgaz» kabi yirik korxonalar nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotining faxri hisoblanadi.
Vohada ohaktosh, ganch, qurilish toshi kabi zahiralar boyligi tufayli qurilish industriyasi yaxshi rivojlangan. Ushbu soha sanoat, xo‘jalik, energetika, gidroqurilish obyektlari qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishga ixtisoslashgan. Viloyat iqtisodiyotida temir-beton materiallar, pishiq g‘isht ishlab chiqarish quvvatlarining salmog‘i katta.
Viloyat transport kommunikatsiyalarining rivojlangan tarmog‘iga ega. 1992 yil 17 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘rta Osiyo temir yo‘lining Qarshi bo‘limini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni bu soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Umumiy uzunligi 223 kilometrni tashkil etadigan G‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining ishga tushirilishi vohaning kommunikatsiya sohasidagi imkoniyatlarini yanada oshirdi.
Bugungi viloyat kompleks turdagi viloyat hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati yetakchi o‘rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog‘-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallga ishlov beruvchi kombinatlar singari sanoat korxonalari viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil ijtimoiy siyosat asosida viloyat aholisining ijtimoiy ehtiyojlariga budjet mablag‘larining salmoqli qismi yo‘naltirilmoqda. Bunga ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalariga, onalar va bolalar, keksa, nogiron va kam ta’minlangan toifalarga yo‘naltirilayotgan xarajatlar kiradi. Qashqadaryo viloyatida aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Yosh avlodning zamonaviy bilimlarni egallab, ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Qashqadaryolik yoshlar Osiyo va jahon sport maydonlarida o‘zlarini ko‘rsatib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Birgina 2006 yilning o‘zida maktab o‘quvchilarining «Umid nihollari» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi, Ikkinchi respublika ayollar spartakiadasi, o‘nga yaqin sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari Qashqadaryoda bo‘lib o‘tdi.
Keng ko‘lamli isloholar samarasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Qashqadaryo viloyati ham izchil taraqqiy etmoqda. Qashqadaryo mamlakatimizni eng yetakchi viloyatlaridan sanaladi. Yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 38% tashkil etgani ham shundan dalolat beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 9,5 foizi aynan shu viloyatga to‘g‘ri kelmoqda. G‘allaning 13 foizdan ortig‘i, paxtaning 14 foizdan ziyodi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi besh yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 barobar oshdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demografik jarayonlarning hududlarda qanday kechayotganligini o‘rganish, davlatning demografik, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishida muhim o‘rin tutishi bilan ham ahamiyatli. Shu jihatdan olib qaralganda, respublikamiz janubida joylashgan Qashqadaryo viloyati o‘zining tabiiy sharoiti, mineral resurslari, iqtisodiy salohiyati va demografik jarayonlarning kechishiga ko‘ra boshqa hududlardan ajralib turadi.
2017 yilning 1 aprel holatida viloyatda doimiy aholi soni 3100,2 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 11358 kishiga yoki 1,3 foizga ko‘paydi, va mamlakatimizda oxirgi marta o‘tkazilgan 1989 yilgi aholi ro‘yxatiga (1596 ming) nisbatan 866 ming kishiga yoki 154,2 foizga o‘sgan. Bu davrda o‘rtacha yillik ko‘payish 2,46 foizga teng bo‘lgan.
2017 yilda Dasturga asosan 498 ta savdo va xizmat ko‘rsatish sektorlari tashkil qilinib jami 2259 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu yaratilgan ish o‘rinlarining 86 foizi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62,3 foizga yetdi. Mamlakatimizda jalb etilayotgan investitsiyalarning 11,2 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishi, ish o‘rinlari ko‘payib, aholining turmush farovonligi hamda daromadning yanada oshishiga zamin yaratmoqda.
Qashqadaryo viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkolik rivojlanishi orasidagi ma’lumotlarni ko‘radigan bo‘lsak, yangidan tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari soni 2005- yilda 1326 tani tashkil etgan bo‘lsa (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari), 2017 yil yanvar holatiga ko‘ra 1743 tani tashkil etgan.
Viloyatda iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar ulushi kamaygan, aksincha norasmiy sektorda bandlar va respublikadan tashqarida ishlash uchun ketgan fuqarolar ulushi ortib turgan bir vaqtda Prezidentimiz tashabbusi bilan umumiy qiymati uch trln so‘m bo‘lgan to‘rt mingga yaqin loyiha dasturi ishlab chiqildi. 2017-2018 yillar davomida viloyatda jami 50 mingga yaqin muqim ish o‘rni yaratildi. Bu viloyatda rasmiy sektorda bandlar ulushini oshishiga ta’sir ko‘rsatib mehnat resurslaridan unumli foydalanish va fuqarolarning ayrim muammolariga yechim topishiga turtki bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyatining yaqin kelajakda industurial-agrar hususiyatini olishga tegishli imkoniyatlar mavjud. Hozirgi vaqtda viloyat yuksak iqtisodiy salohiyatga molik bo‘lgan mintaqalardan hisoblanadi. U Respublika milliy iqtisodiyotida o‘ziga xos “lokomotiv” vazifasini bajarayotir. Bu yerda sanoatning neft-gaz, tog‘-kon kimyosi tarmoqlari taraqqiy etgan, paxta, g‘alla, chorvachilik mahsulotlarini rivojlantirish yaxshi rivojlangan. Xususan neft va gaz, paxta va g‘alla yetishtirishda u mamalakatimizda birinchi, kimyoviy mahsulotlar (polietilen va boshqalar), chorvachilik bo‘yicha ham oldingi o‘rinlarni egallaydi.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi, g‘allaning 13 foizdan ortig‘i, paxtaning 14 foizdan ziyodi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “SHo‘rtan neft-gaz”, “Muborak neft-gaz” korxonalari, “SHo‘rtan gaz-kimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Hisor neft-gaz” kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz sanoatining lokomotivlari hisoblanadi.
Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivoj topmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning 51,6 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarilmoqda. Mehnat bilan band aholining qariyb 80 foizi shu tarmoqda daromad topmoqda. Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirilmoqda, tarkibiy o‘zgartirishlar davom ettirilmoqda.
So‘nggi besh yilda 3 ming 200 gektar paxta maydoni qisqartirilib, kartoshka, meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi yillarda fermer xo‘jaliklarining 22 foizdan ziyodi ko‘p tarmoqli xo‘jalikka aylantirilgan. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ana shunday islohotlar natijasida keyingi besh yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 barobar oshgan, hududiy eksport hajmi 100 million dollarga yetgan. Bunday o‘sish sur’atlari odamlarning turmush sharoitida, viloyatdagi shahar va qishloqlar qiyofasida namoyon bo‘lmoqda.



Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling