6-mavzu: Yuksak ma’naviyatli pedagog kadrlarni shakllantirish: muammo va yechimlar Reja


Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari


Download 115 Kb.
bet2/10
Sana08.05.2023
Hajmi115 Kb.
#1442544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 - mavzu Tarbiya

6.2.Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari.Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi milliy taraqqiyotga erishish kafolati jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to‘plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada ko‘tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bunda eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimida sobiq tuzumdan qolgan eskicha qoliplardan tezroq voz kechish, ta’limga doir eng ilg‘or, zamonaviy, xalqimizga xos milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga hamohang usullarni topish va amaliyotga joriy etish, sharqda qadimdan amalda bo‘lgan prinsip- ta’lim va tarbiyani bir-biridan ajratmaslik va ularning o‘zaro mutanosibligiga erishish g‘oyat muhim ahamiyatga ega edi. Davlatimiz rahbarining so‘zlari bilan aytganda, «Ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi». O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshlarida yangi yosh davlatimiz oldida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni, jamiyatda tinchlik va ahillikni, millatlararo totuvlikni saqlab qolish, mustaqillikning uzoq yillarga mo‘ljallangan ijtimoiysiyosiy taraqqiyot yo‘lini belgilab olish, istiqlolimizni ichki va tashqi xurujlardan asrab-avaylash, yangi jamiyatning yangi, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlashga qodir, ayni chog‘da, mamlakat, millat tarixini yaxshi biladigan, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosdan bahramand yoshlarni tarbiyalash vazifasi turar edi. Bu vazifaga kirishishni mutlaqo kechiktirib bo‘lmasdi. Chunki o‘sha yillariyoq g‘oyaviy targ‘ibotda, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida yuzaga kelgan bo‘shliqni egallash uchun keskin kurash boshlangan, mamlakatimizga turli niqoblarda yot, g‘arazli oqimlar kirib kelayotgan edi. Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlashning yangi istiqbolli tizimini yaratishga asos bo‘ldi. Bu tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchi navbatda, ta’lim sohasini jiddiy isloh qilish, uni sobiq tuzum mafkurasi asoratlaridan tamomila xalos etish, ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish, kadrlar tayyorlash ishini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ma’naviy yangilanishlar maqsadi bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim-tarbiya ishining ijtimoiy ahamiyati va mavqeini ko‘tarish, bu jarayonga eng malakali, fidoyi, tanlagan kasbiga sadoqatli insonlarni jalb etish, ularni har jihatdan rag‘batlantirish va qo‘llabquvvatlash edi. Ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifaning murakkabligi shunda ediki, qisqa muddat ichida kadrlar tayyorlash muassasalarini yangi talablarga javob bera oladigan murabbiylar, yangi o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar, texnik jihozlar bilan ta’minlash, tizimning maqsadini jamiyat ehtiyojlariga moslash zarur edi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirishda, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimining yangi, mustaqil turi-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini shakllantirish vazifasi turardi. Bu vazifani bajarish uchun kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning moddiy-texnik bazasini tamomila yangilash, ularga talab darajasida me’yoriy-huquqiy, uslubiy-metodologik qo‘llanmalarni yetkazib berish, yetuk kadrlar bilan ta’minlash, buning uchun ota-onalar, homiy tashkilotlar, vasiylik kengashlari, olimlar, mutaxassislarning sa’y-harakatlarini o‘zaro birlashtirish ehtiyoji yuzaga kelgan edi. Muhim vazifalardan yana biri-kadrlar tayyorlashda jamiyatning bugungi, yaqin kelgusidagi ehtiyojlarini aniq hisobga olish bo‘lib, bu ham ishga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishni talab etardi. Chunki, sobiq tuzum sharoitida sifat emas, son jihatidan quvib ish tutilgani bois, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasida ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilgandi.

Pedagog kadrlarning ma’naviyati hamda uning mafkuraviy kompetentliligining asosiy belgilari.


-Mamlakatimizda ishlab chiqilgan milliy g‘oyada mafurani yoshlar ongi va qalbiga singdirish ta’lim-tarbiyaning turli shakllari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutildi, ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafurasini o‘rganishning differensial pedagogik-psixologik dasturini yaratish zarurligi belgilab qo‘yildi.
- Fan va ilmiy muassasalar oldiga milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy, falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy, sotsiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-psixologik asoslarini, urf-odatlar, an’analar va intellektual qadriyatlarning yangi avlod dunyoqarashini shakllantirish va boyitishdagi o‘rni va ta’siriga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini muntazam olib borish vazifasi yuklandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning asosiy vazifalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishda erishilayotgan dastlabki natijalar, yangidan to‘planayotgan tajribalar diqqat markazida bo‘ldi. Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, yangi o‘quv davlat standartlarini yaratish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish birlamchi vazifa bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (2001-2005 yillar) majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyati, qiziqishi va o‘zlashtirish imkoniyatiga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish amalga oshirildi. Keyingi bosqichda kadrlar tayyorlash tizimini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarinida takomillashtirish davom etdi. O‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlarga oid ko‘p ma’lumotlarni, fakt va raqamlarni keltirish mumkin. Eng muhim natija — mamlakatimizda milliy mafkuraga asoslangan tamomila yangi ta’lim tizimi yuzaga keldi va u dunyoda rasman e’tirof etildi. Ta’limning hamma bosqichlarida o‘quv dasturlari yangidan yaratildi va ular zamonaviy xalqaro talablarga to‘la mos keladi. Oliy o‘quv yurtlarida yangidan joriy etilgan bakalavr yo‘nalishi va magistratura yo‘nalishiga yangi davlat standartlari joriy etildi. Eng muhimi, o‘quv yurtlari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bugun biz zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega o‘quv binolari bilan haqli ravishda faxrlana olamiz.
Mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan farzandlarimizning o‘qishda, ilmiy ijodkorlikda, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan yutuqlari qalblarimizni faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan to‘ldiradi. Ular zamonaviy texnologiyalarni, kompyuterda loyihalashtirish va boshqarish ilmini, bir necha tillarni mukammal egallagan yoshlardir. Bu yutuqlar muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida istiqlolimizning dastlabki yillarida ta’limtarbiya soh
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati «o‘qituvchi-o‘quvchi» o‘zaro alokasi negizida olib boriladi, aynan shu jarayonda ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi maksadlar amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy-psixologik kompetentligini o‘rganishda eng avvalo, kommunikativ (mulokot) kompetentlikka e’tibor karatilgani maqsadga muvofikdir.KOMPETENTLIK – ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishi. Kompetentlik insonga muayyan masalalarda fikr bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va o‘zi qaror kabul qilish imkonini beradi. Hozirgi zamon fanida kasbiy kompetentlik, ilmiy, boshqaruv, pedagogik, didaktik, metodik, ijtimoiy-psixologik kompetentlikka oid tushunchalar keng qo‘llanadi. Boshqaruvga oid kompetentlik ana shu sohaga taalluqli bilim va ko‘nikmalarning, rahbarlik faoliyatida amaliy tajribaning mavjudligi bilan belgilanadi.
Zamonaviy psixologiyada kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topishi shart-sharoitlari, omillarini o‘rganishga nisbatan bir necha yondashuvlar mavjud.Masalan, bixevioristik yunalish vakillari kommunikativ kompetentlikni shaxsning muayyan vaziyatlarda maqsadga muvofik xulk-atvor shaklini namoyon qilish, vaziyatni oqilona baxolash va shunga mos tarzda faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallaganligi bilan belgilaydilar.Kognitiv psixologiya yunalishi tarafdorlari esa kommunikativ kompetentlik sub’ektning kognitiv (akliy) sohasi darajasi, uning insonlar psixologiyasi borasidagi bilimlari, shuningdek ijtimoiy tafakkuri, tasavvuri va idrokiga bevosita bog‘lik ravishda shakllanadi, deb hisoblaydilar.Insonparvarlik psixologiyasi vakillari shaxsning qadriyatlar tizimi xususiyatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar va kommunikativ kompetentlik eng avvalo, muloqotga kirishuvchilarning samimiyligi, ochiqligi, shaxs rivojlanishiga imkon beruvchi muloqot ko‘nikmalarini egallaganligiga bog‘liq deya ta’kidlaydilar.
Turli ijobiy psixologik amaliyot namunalarini qo‘llash orqali insonning psixologik salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan hozirgi zamon psixologiyasi ayrim namoyandalari esa muloqotga shaxs faoliyat jarayonida o‘z hatti-xarakatlarini boshqarishining sub’ektiv modellarini sinovdan o‘tkazish va taqdim qilishi uchun makon sifatida qaraydilar. Bunda kommunikativ kompetentlik shaxsda sub’ektiv nazorat malakalarining rivojlanganligi, dunyokarashning pozitiv shakli tarkib topganligi, muvaffakiyatga nisbatan intilish, yul-yuriqlarning shakllanganligi, munosabatlarni maqsadga muvofik yo‘lga qo‘yish qobiliyatining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Individning ichki psixologik muxitini yaxshilashga esa kommunikativ kompetentlikni ta’minlashning garovi sifatida qaraladi.
Kommunikativ kompetentlik shaxs xulk-atvorining boshqalar tarafidan to‘g‘ri anglanishi bilan xam bog‘likdir. Inson hatti-harakatlari mazmunining aynan mulokot jarayonida o‘zgalarga to‘g‘ri yetkazilishi shaxsda ijtimoiy sheriklik sub’ekti sifatida qonikish xissini uyg‘otadi. Pirovardida, kommunikativ kompetentlikning yukori darajasi jamiyatda muvaffakiyatga erishishni ta’minlaydi, bu esa mos ravishda kishining o‘zini o‘zi xurmat qilishi darajasiga xam ta’sir qiladi. Kommunikativ kompetentlikning quyi darajasi esa stressga moyillik, xavotirlanish, qurkuv kabi xolatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Kommunikativ kompetentlik xamsuxbat bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlash, uning «Men»ini xurmat qilishda namoyon bo‘ladi. O‘kituvchining kasbiy faoliyatida o‘kuvchiga muloqot sherigi sifatida psixologik jixatdan dalda, madad berishi dars va darsdan tashkari vaqtdagi pedagogik muvaffakiyatning muxim omillaridan xisoblanadi. Shuning uchun xozirgi paytda pedagog kadrlar, o‘qituvchilar tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy kurslar samaradorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor karatish lozim.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling