g)Maktaboshxonasida:
-ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
-taomlarni olishda «navbatga turish» tartibiga rioya qilish;
-tirbandlik holatida ustozlar, yosh bolalar va qizlarga hurmat ko‘rsatish;
-ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
-issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish;
-oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol qilish;
ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish.
d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (ARM)da:
-kutubxona va ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
-kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
-baland ovozda so‘zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;
-qog‘oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
-kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
e)Sportmajmualarida:
sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:
-o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda o‘quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
-ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish;
-doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
-o‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida man etiladigan holatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |