6-mavzu. Zamonaviy menejer

Rahbarlikning demokratik uslubi

Download 1.09 Mb.
bet14/21
Sana08.05.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1443701
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER

Rahbarlikning demokratik uslubi rahbar va qo’l ostidagilarda ishonch va o’zaro tushunish tuyg’usi mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Rahbar o’zini guruhning bir a’zosi sifatida tutadi. Har bir xodim qo’rqmasdan o’z fikrini aytishi mumkin. Ko’pgina muamolar jamoaviy hal qilinadi. Rahbar qo’li ostidagilar bilan ko’proq maslahatlashish, o’zining afzaligini namoyon kilmaslik va tanqidga to’g’ri javob qaytarishga harakat qiladi. Qabul qilingan qarorlarning oqibati uchun javobgarlikni qo’li ostidagilarga yuklamaydi. Xodimlarning fikrlariga quloq solishga intilishni, o’zi buni tushunmasligidan emas, balki muhokama qilishda hamma vaqt ham ishlarning holatini yaxshilashga imkon beruvchi nozik tomonlar vujudga kelishi mumkinligi bilan izohlanadi. Bunday rahbar, agarda qo’l ostidagilar uni bunga ishontirsa, murosaga kelish yoki qabul qilingan qarordan voz ke- chishni o’ziga or deb hisoblamaydi. U muammoni hal qilish va bunda olingan foydalarni maqsadga muvofikligini isbotlashga harakat qiladi. Nazoratni amalga oshirishda u yakuniy natijaga alohida e’tiborni qaratadi.Bunday ahvol qo’l ostidagilarda o’zini o’zi qo’rsatishga sharoitlarni yaratadi,ularda fikr yuritishning mustaqilligi rivojlanadi. Bu tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, maqsadga kamroq xarajatlar bilan erishishga imkon beradi. Boshqaruv qo’pol bosimsiz, odamlarning qobiliyatlarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.

Rahbarlikning bunday uslubini ko’pgiga mutaxassislar muvofiq deb hisoblaydilar.SHuning bilan birga tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, barcha hollarda ham qo’l ostidagilar rahbarlikning demokratik uslubini afzal deb bilmaydilar, hamma vaqt ham bu uslub unumli bo’lavermaydi. Gap shundaki, rahbarlikning ko’rib chiqilayotgan uslublaridan har biri ham ijobiy va ham salbiy alomatlarga ega, jamoalar faoliyatining sharoitlari esa g’oyatda turli tumandir. Hozirga qadar uslublar va rahbarlikning samaradorligi o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri bog’likliq aniqlanmagan.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling