Kuchli tomonlar
|
Asosiy e’tibor muddatlar tartibiga qaratiladi, natijani oldindan aytib berish mumkin
|
Xodimlarning boshqaruvda ishtirok etish orqali ishni bajarishga shaxsiy maj buriyatlari oshadi
|
Ishni yetakchining aralashuvisiz boshlashga imkon beradi
|
Zaif tomonlari
|
SHaxsiy tashabbusni to’xtatib qolish tendentsiyalari ko’zatiladi
|
Bunday uslubda masalalarni yechish uchun ko’p vaqt talab qilinadi
|
Etakchining ara- lashuvisiz ish ning tezligi yo’qotilishi va harakat yo’nalishi o’zgarishi mumkin
|
Rahbarlik uslublarining mazmuni
Rahbarlikning demokratik uslubi rahbar va qo’l ostidagilarda ishonch va o’zaro tushunish tuyg’usi mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Rahbar o’zini guruhning bir a’zosi sifatida tutadi. Har bir xodim qo’rqmasdan o’z fikrini aytishi mumkin. Ko’pgina muamolar jamoaviy hal qilinadi. Rahbar qo’li ostidagilar bilan ko’proq maslahatlashish, o’zining afzaligini namoyon kilmaslik va tanqidga to’g’ri javob qaytarishga harakat qiladi. Qabul qilingan qarorlarning oqibati uchun javobgarlikni qo’li ostidagilarga yuklamaydi. Xodimlarning fikrlariga quloq solishga intilishni, o’zi buni tushunmasligidan emas, balki muhokama qilishda hamma vaqt ham ishlarning holatini yaxshilashga imkon beruvchi nozik tomonlar vujudga kelishi mumkinligi bilan izohlanadi. Bunday rahbar, agarda qo’l ostidagilar uni bunga ishontirsa, murosaga kelish yoki qabul qilingan qarordan voz ke- chishni o’ziga or deb hisoblamaydi. U muammoni hal qilish va bunda olingan foydalarni maqsadga muvofikligini isbotlashga harakat qiladi. Nazoratni amalga oshirishda u yakuniy natijaga alohida e’tiborni qaratadi.Bunday ahvol qo’l ostidagilarda o’zini o’zi qo’rsatishga sharoitlarni yaratadi,ularda fikr yuritishning mustaqilligi rivojlanadi. Bu tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, maqsadga kamroq xarajatlar bilan erishishga imkon beradi. Boshqaruv qo’pol bosimsiz, odamlarning qobiliyatlarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |