6. Model (lotincha me'yor, namuna) hodisa yoki jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi


Download 28 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi28 Kb.
#1089396
Bog'liq
1. Yondashuv bu-WPS Office


1. Yondashuv bu pedagogik faoliyatning o'ziga bog'liq bo'lgan g'oyalar, tushunchalar va usullar majmuyini qo'llashga undaydigan metodologik yo'naltirish.

2. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv pedagogning - butun diqqat-e'tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi, uning nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas'uliyati hissi, balki emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish g'amxo'rlik qilishga yo'naltirilgan yondashuv .

3. Individual yondashuv - ta'lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o'qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishini hamda moʻljallanayotgan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e'tiborga olishini bildiradi.

4. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti - bola rivojlanishi ni ta'minlaydigan shart-sharoitlar (o'yinlar, o'yin predmetlari va jihozlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun moʻljallangan uskunalar) o'zaro bog'liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko'rsatkichlar.

5. Inklyuziv ta'lim har bir bolaning, shu jumladan, alohida talab-ehtiyojga ega boʻlgan bolalarning ta'lim olish imkoniyatiga ega ekanini ko'zda tutuvchi ta'lim turi.

6. Model (lotincha me'yor, namuna) hodisa yoki jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.

-

-

7. Sifatli pedagogika - bolalarni o'yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o'qitish, bolalarning sog'lig'ini (ham ruhiy, ham jismoniy) ta'minlash imkoniyatini yaratadigan, ularni maktabga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradigan o'qishga qiziqish va xohish uyg 'otadigan dasturlar bo'yicha o'qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o'qitishda ijtimoiy natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi.


8. Integrallashgan rejalashtirish - bu bolalarni o'qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir, bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog'liq. Ta'lim tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik, bir butun majmua sifatida qarash lozim. Shu ma'noda turli sohalardagi ta'lim jarayoni o'zaro bog'liq va bir-biri bilan uyg'unlashib ketgan jarayondir.

9. Rejalashtirish vositalari - bu faoliyat mazmuni turli sohalarda kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatlarini (resurslarni) belgilab olish uchun pedagog tomonidan qoʻllaniladigan vosita, usul va uslublardir.

10. Kuzatuv - bola ishlayotgan yoki o'ynayotgan paytda uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayoni.

11. Qayd qilish - bu bolalar faolligini kuzatish asosida hujjatlashtirish. Aksariyat pedagoglar tomonidan tabiiy ravishda amalga oshiriladigan bu ishga bolalarni tizimli (muntazam) kuzatish asosida yondashishni joriy etish, u haqida to'liq ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi.

12. Pedagogik diagnostika (yunoncha - "bilish, "aniqlash" ma'nosini anglatadi) - bu muayyan bosqichlarda bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkoniyatini beradigan mexanizm.

13. "Men" konsepsiyasi - insonning o'z hayotiy faoliyati, boshqa kishilar bilan o'zaro aloqalari, o'zi va boshqalarga munosabatini shakllantirishga xizmat qiladigan, uning o'zi haqidagi anglangan va his etadigan tasavvurlari.

14. Pedagogik strategiya bu bolalarning kutilgan - maqsadlariga erishishga imkon beradigan pedagog qo'llaydi gan muayyan uslublar yig'indisi.

15. Rejalashtirish bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni koʻrsatgan holda, ta'lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma ketligini oldindan belgilash jarayoni.


16. Bolaga yo'naltirilgan yondashuv - bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta'lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgunga qadar to'plagan tajribasini e'tiborga oladigan ta'lim shakli.

17. Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda

ulg'ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv. 18. Istiqbol reja - u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini (mashg'ulot, o'yin,

mehnat, individual ishlash, ota-onalar bilan ishlash) o'zida aks

ettiruvchi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanadi.

19. Kundalik reja bir-ikki haftaga mo'ljallab tuzilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat - konspekt shaklida batafsil yoritiladi.

20. Bola huquqlari haqida Konvensiya bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar tashkilotining shartnomasidir. U bolalar rivojlanishining turli bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi va bolalar huquqlarini himoya qiladi.

21. Bilish faoliyati - boladagi individual o'zgarishlar sur'atini e'tiborga olgan holda tashkil etiladi. Bunda didaktik harakatlarning takrorlanishi va mazmuni jihatidan yakka yutuqqa erishiladi.

22. Didaktika pedagogikaning ta'lim va o'qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmoqdir. Didaktika ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismdir. Didaktika yunoncha so'z bo'lib, "didasko" - o'qitish, "Didaskol" o'rganuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan. Didaktika pedagogikaning "Nimaga o'qitish", "Nimani o'qitish" va "Qanday o'qitish" kabi savollarga javob izlaydi.

23. Diagnostika (tashxislash) - pedagogikaning bo'limi, ta'lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogik

667

668


xodimlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko'nikma, malaka va mahoratlarini, o'quvchi va maktabgacha yoshdagilarning bilimlarni o'zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama oʻrganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug'ullanadi.
31. Ijodiy faoliyat - bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiyot holati ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.

32. Ijodiy qobiliyatlar bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g'oyani ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlarni ishga solish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash va toppish, natijada yangi asl mahsulotlar yaratish ( ... kashfiyot), ixtiro, san'at asari, tavsifnoma va h.k. qobiliyatlaridir.

33. Ijodiy yondashuv (IY) - bu pedagogikada zamonaviy yo'nalish bo'lib, u ta'lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo'lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo'nalishlarini topishga undash jarayonidir. Bunda o'quvchi talabaning faoliyatiga demokratik asosda rahbarlik qiladi va ularning shaxsiy tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda ishlaydi.

34. Integratsiya o'qitishning maqsad va omillarini bir - butun qilib birlashtirish.



35. Integratsiyalash - lotincha so'z "integer" - umumiylik, "integerara" to'ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta'lim mazmunidagi uyg'unliklarni ta'minlash muammolari ham integratsiyalashning shug'ullangan sohasi hisoblanadi. Bu tishuncha muhim ilmiy termin bo'lib, u umumlashtirish, xulosalashda metodologik vosita bo'lib hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg'unlik algoritmlari yaratiladi.

36. Intellekt insonning umuman bilish faoliyati, fikrlash qobiliyati, tushunish, mulohaza, tafakkur, aql ma'nosini anglatadi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling