6-Modul: Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish uchastkalari va ularda bajariladigan ishlar Reja
Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish ustaxonasida
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Avtoservis korxonalarining yordamchi uchastkalari
Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish ustaxonasida avtomobillar
salonini yig‘ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek ostidan ham yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari bajariladi. Maxsus diagnostika mintaqasi avtomobillarni, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shug‘ullanadi 2.Avtoservis korxonalarining yordamchi uchastkalari Avtomarkazlar va ASSlarda mahmuriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do‘konlari, salonlari bo‘lishi shart. Ombor xo‘jaligi. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to‘xtovsizligini ta`minlovchi elementlardan biri ombor xo‘jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo‘jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomarkaz va ASSlarning omborlarida quyidagilar zaxirasi saqlanadi: - sotiladigan avtomobillar; - avtomobillarga ehtiyot qismlar; - almashtiriladigan (yangi va ta`mirlangan), almashilgan avtomobillar agregatlari va uzellari; - ta`mirlash materiallari (lok-bo‘yoqlar, elektrodlar, kislorod ballonlari, kislotalar, karbidli bochkalar, turli metallar va h.k. - yonilg‘i-moy materiallari; - asbob-uskunalar; - shinalar; - avtomobillarning turli xil ashyolari. Bu avtomobillar, ehtiyot qismlar va materiallarning ishlab chiqarishga sarflanadigan va sotiladigan qismlari uchun alohida omborlar yoki umumiy zaxira omborlarini tashkil etish mumkin. Omborlarni loyihalash uchun saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallarning xillari bo‘yicha zaxiralar miqdori to‘g‘risidagi Ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Materiallarning xillari bo‘yicha to‘g‘ri tanlab shakllantirilgan zaxiralar hajmi TXK va ta`mirlash ishlab chiqarishining uzluksiz ishlashini ta`minlovchi mustahkam moddiy-texnik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Zaxiralarni shakllantirish usullari esa servis stantsiyalar tarmog‘ining tashkiliy tarkibi, korxona xizmatining avtomobillar turlari va ishlariga qarab ixtisoslanganlik darajasi va quvvatiga bog‘liqdir. Zaxiralarni shakllantirish mustaqil va markazlashtirilgan bo‘lishi mumkin. ASS lar o‘z omborlari zaxiralarini maxsus ishlab chiqarilgan maksimal va minimal mehyorlar asosida to‘ldirib turadilar. Omborlarda saqlanayotgan materiallarning zaxirasi minimal mehyorga qadar kamayib ketgan holda, u maksimal darajaga qadar to‘ldiriladi. Amalda zaxiralarning mehyorlari natural sonlarda (sonlari, massalari) belgilanadi va Ma`lum muddat davomida (kun, oy, kvartal) to‘la foydalanishga mo‘ljallanadi. Mustaqil ASSlari o‘z zahira mollari turlari va hajmini o‘zining o‘tgan davrdagi amaliy faoliyati hisobotidan olingan statistik Ma`lumotlar, shuningdek, xizmat ko‘rsatiladigan avtomobillar sonining kelajakdagi ehtimoliy o‘zgarishlarini nazarda tutgan holda aniqlaydilar. Zaxiralar aniqlangach ularni saqlash mehyorlari orqali omborlar hajmini (quvvatini) aniqlash mumkin. Har bir molning xili bo‘yicha quyidagicha saqlash mehyorlari belgilangan: - maydon birligiga to‘g‘ri keladigan massasi (0,2 – 3 t/m 2 ); - xona hajmiga to‘g‘ri keladigan massasi (0,1 2,0 t/m 3 ); - maksimal saqlash balandligi. Saqlash mehyorlari asosida ombor jihozlari tanlab olinadi (stellaj-taxmonlar, ko‘tarish-siljitish mexanizmlari, maxsus yashiklar, tagliklar, aravachalar va h.k). Ombor maydonini aniqlashda undagi jihozlar, yurish va transport yo‘lakchalari, mol qabul qilish, tarqatish, shuningdek bo‘sh idish-anjomlarni saqlash joylarining o‘lchamlari ham hisobga olinadi. Avtomarkazlar va yirik ASS larda omborlar yong‘inga chidamli materiallardan alohida bino holatida yoki ishlab chiqarish majmuasi bilan biriktirilgan (blok usulida) bir necha bo‘lim, xonalar sifatida barpo etiladi. O‘rta va kichik quvvatli stantsiyalarda esa omborlar uchun odatda ishlab chiqarish binosi majmuasida bir yoki bir necha xonalar ajratiladi. Ammo har qanday holda ham yonilg‘i-moylash materiallari alohida binoda saqlanishi zarur. Ombor maydonining shakli to‘rtburchaksimon bo‘lib, uning bo‘yi bilan eni 1:4 nisbatda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Avtoservis korxonalari mollarini ko‘p qavatli (3 4) taxmonlarda saqlash mumkin. Bu holda ombor maydonidan foydalanish darajasi oshib 40-60 % ga yetadi. Avtomarkazlar, katta va o‘rta quvvatli avtoservis korxonalarida ehtiyot qismlar va agregatlar alohida xonada ko‘p qavatli peshtxtalarda, maxsus tokchali shkaflarda, mayda detallar esa (bolt, gayka, shayba va h.k) yashiklarda saqlanadi. Kerakli detallarni tezda izlab topish uchun ular avtomobil qismlari bo‘yicha guruhlanib katalog nomlari asosida joylashtiriladi. Mahsulot va materiallarni shu yorliqlarga asosan maxsus peshtaxtalarga joylashtirish ishlab chiqarishga keraklilarini bir zumda topishga imkon beradi. Dumaloq shaklda-gi metallarni gorizontal shaklda ko‘p qavatli peshtaxtalarda, yassi metallar vertikal shaklda peshtaxta tokchalarida saqlanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling