Yuk tashuvchi aravachalar agregat va birikmalarni (uzatmalar
qutisini,
radiatorlarni, ko‘priklarni,
kardan vallarini, ressorlarni va h.k.)
avtomobildan
yechuvchi moslamalar bilan qurollangan bo‘lishi mumkin.
Bunga avtomobillar
g‘ildiraklarini, transmissiya agregatlarini
va dvigatellarini yechish,
tashish va
o‘rnatish aravachalari misol bo‘la oladi.
Nazorati savollari:
1. Avtoservis korxonalarida ishlatiladigan texnologik jihozlar turlari.
2.
Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish jihozlari.
3. Avtomobillarni ko‘tarish-qarash jihozlari va qurilmalari.
4.
Estakadalar, ko‘targichlar.
5. Ko‘tarish-tashish jihozlari.
6. Diagnoz qo‘yish jihozlari.
7. TSilindr-porsheng’ gruhining va klapan mexanizmining holatini
diagnostikalash jihozlari.
8. Tahminot tizimini diagnostikalash asboblari.
9. O‘t oldirish tizimi va elektr jihozlarini diagnostikalash asboblari.
10. Boshqaruv mexanizmlari holatini diagnostikalash jihozlari.
11. Avtoservis
korxonalarida
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
mexanizatsiyalash, avtomatizatsiyalash va kompyuterlashtirish.