6 ona tili javobi docx
Download 243 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - ona tili JAVOBI
shaxs nomlari sanaladi. Familiyalar shaxs ismidan so’ng otasining ismin qoldirish
(Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), -yev(a) qo’shimchasini qo’shish (Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi. Ma’lum bir geografik hududga atab qo’yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o’lka, nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Tarkibida bo’yi, orti ,oldi so’zlari ishtirok etgan joy nomlari qo’shib yoziladi. Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilaga berilgan shartli nomlar qo’shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so’z) yoziladi: “Turkiston” (saroy), “Sharq gullari” (firma). 24 Berilgan tashkilot nomlarini qanday harf bilan yozilishiga e’tibor bering! Sog‘liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Oliy Majlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent traktor zavodi. O‘zbekiston Oliy Majlisi, «Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Oliy xo‘jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, «O‘qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «Istiqbol» fermer xo‘jaligi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi, Bulung‘ur tumani hokimligi, Urganch davlat universiteti, «Lazzat» oshxonasi, «Afrosiyob» mehmonxonasi, Toshkent davlat agrar universiteti. Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi: 1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navro‘z bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; Ro‘za hayiti; Qurbon hayiti. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling