6 ona tili javobi docx
Mayl shaklining 3 ta turi bor: 1. Xabar
Download 243 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - ona tili JAVOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- -man, -miz, -san, -siz
Mayl shaklining 3 ta turi bor:
1. Xabar mayli – maxsus qo’shimchasi yo’q (zamon va shaxs-son olinadi) 2. Buyruq-istak mayli: -ay, -gin, -sin, -aylik, -ingiz, -sinlar 3. Shart mayli – sa – sa edi/ekan = istak. –sa kerak = gumon Shaxs-son shakllari. Fe’lda ifodalangan harakat yoki holatning bajaruvchi shaxsini, bu shaxsning bitta yoki ko’p ekanligini bildiruvchi shakllari shaxs-son shakllari sanaladi. Fe’llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi, III shaxsda esa zamon qo’shimchalari shaxs ma’nosini ifodalaydi. O’tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so’ng -m, -ng, - k, -ngiz qo’shimchalari; ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi zamon shakllaridan so’ng -man, -miz, -san, -siz qo’shimchalari qo’llaniladi. Shaxs-son shaklining 2 ta turi bor: 1. –di va –sa qo’shimchasidan keyin: -m, -ng, --, -k, -ingiz, -lar 2. Boshqa hammasidan keyin: -man, -san, -di, -miz, -siz, -dilar 19 TESTLAR 1. O‘qiy boshlamoq, o‘qiy olmoq, o‘qib chiqmoq, o‘qib tugatmoq, o‘qib turmoq, o‘qib yurmoq, o‘qib tashlamoq. Ushbu so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni chiqaring. A) 2 ta mustaqil fe’l B) qo‘shma fe’l C) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi D) so‘z qo‘shilmasi 2. Ravishdoshning -a, -y, -(i)b shakllariga qo‘shilib o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini bildiruvchi fe’llar qanday ataladi? A) yetakchi fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) juft fe’llar D) qo‘shma fe’llar 3. Harakat tarzi fe’llari qanday fe’llar? A) yetakchi fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) juft fe’llar D) qo‘shma fe’llar 4. Ko‘makchi fe’llar harakatning qanday bosqichlarini bildira oladi? A) boshlanish, davom etish, tugallanish B) harakatning tezligi, imkoniyati C) harakatning holati D) A va B 5. Harakat tarzi deyilganda qanday ma’nolar anglashiladi? A) boshlanish, davom etish, tugallanish B) harakatning tezligi, imkoniyati C) harakatning holati D) A va B 6. Ko‘makchi fe’l har doim o‘zidan oldin qanday fe’lni talab qiladi? A) yetakchi fe’llarni B) ko‘makchi fe’llarni C) juft fe’llarni D) qo‘shma fe’llarni 7. O‘z mustaqil ma’nosini saqlagan ko‘makchi fe’l bilan qo‘llanadigan fe’l qanday nomlanadi? A) yetakchi fe’l B) ko‘makchi fe’l C) juft fe’l D) qo‘shma fe’l 8. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning boshlanishini bildiradi? A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq 9. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligini bildiradi? A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq 10. Yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning tez va oson bajarilishini bidiruvchi ko‘makchi fe’llarni keltiring. A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq 11. Yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning davomiyligini bildiruvchi ko‘makchi fe’llarni keltiring. A) olmoq B) boshlamoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq 12. Qaysi fe’l yetakchi fe’lga qo‘shilib harakatning tugallanganini bildiradi? A) olmoq B) chiqmoq C) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq D) yotmoq, yurmoq, turmoq 13. Qaysi qo‘shimchalar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’l tarkibida kelishi mumkin? A) nisbat va bo‘lishsizlik B) zamon, shaxs-son C) shaxs-son, nisbat D) bo‘lishsizlik, zamon 14. Qaysi qo‘shimchalar faqat ko‘makchi fe’l tarkibida keladi? A) nisbat va bo‘lishsizlik B) zamon, shaxs-son C) shaxs-son, nisbat D) bo‘lishsizlik, zamon 15. -la, -a shakllari qaysi so‘z(turkumlari)lardan fe’l yasaydi? A) ot, sifat, undov, ravish, taqlid, olmoshdan B) ot va sifatdan, undovdan C) faqat sifatdan D) ot, sifat, taqlidiy, fe’ldan 16. Ot va sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni keltiring. A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 17. Faqat sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimchani toping. A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 18. Taqlidiy so‘zlardan fe’l yasovchi qo‘shimcha qaysi? A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 19. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt- saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do‘stlikni mustahkamlaydi. Ushbu gapda nechta yasama fe’l bor? A) 5 ta B) 3 ta C) 2ta D) 4 ta 20. Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi. Ushbu gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? A) 1 ta B) mavjud emas C) 2 ta D) 3 ta 21. Qizlar o‘zaro sekin suhbatlashib turishardi. Ushbu gapdagi yasama fe’l qanday fe’lning tarkibiy qismi sanaladi? A) qo‘shma fe’lning B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining C) juft fe’lning D) takroriy fe’lning 22. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi asosga qo‘shilganida qanday fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? A) tovush tushishi, tovush almashinishi B) tovush tushishi C) tovush almashinishi D) tovush tushishi, tovush almashinishi, tovush ortishi 20 23. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga qo‘shilgani-da tovush tushish hodisasi sodir bo‘ladi? A) o‘yin, qiyin B) son C) bor, past D) A va B 24. -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga qo‘shilganida tovush almashinish hodisasi sodir bo‘ladi? A) o‘yin, qiyin B) son C) bor, past D) A va B 25. Past, sust kabi so‘zlarga qanday qo‘shimcha qo‘shilsa, tovush tushishi sodir bo‘ladi? A) -ay B) -la C) -a D) -illa 26. -illa qo‘shimchasi qanday hollarda -ulla tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganida B) i yoki a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa C) o va u unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganida D) u unlisi va v undoshi bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganida 27. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga bosh urib shovullab oqayapti. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z xato yozilgan? A) ot B) ravish C) fe’l D) sifat 28. 1. Qitirlamoq. 2. Taraqlamoq. 3. Charaqlamoq. 4. Shovullamoq. 5. Chiyillamoq. 6. Uvullamoq. 7. Hayhaylamoq. 8. Qarsillamoq. 9. Chirsillamoq. Ushbu so‘zlar tarkibidagi fe’l yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. A) 1, 2, 3, 7 – -la, 4, 5, 6, 8, 9 – -illa B) 1, 2, 3, 4, 7 – -la, 5, 6, 8, 9 – -illa C) 1, 2, 3– -la, 4, 5, 6, 7 8, 9 – -illa D) barchasida -la 29. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? A) 3 xil B) 4 xil C) 2 xil D) 9 xil 30. Bir asosli so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan fe’llar fe’lning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) sodda B) qo‘shma C) takror D) juft 31. Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi. Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdan hosil qilingan? A) sifatdan B) otdan C) ravishdan D) olmoshdan 32. Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi. Ushbu gap tarkibidagi so‘zda qanday fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan? A) tovush almashinishi, tovush tushishi B) tovush tushishi C) tovush tushishi, tovush ortishi D) tovush almashinishi 33. Fe’lning qo‘shma shakli necha xil yo‘l bilan hosil qilinadi? A) 4 xil B) 3 xil D) 1 xil D) 2 xil 34. Fe’lning qo‘shma shakli qanday yo‘llar bilan hosil qilinadi? 1. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so‘zlarga fe’l qo‘shish yo‘li bilan. 2. Fe’lga fe’l qo‘shish yo‘li bilan. 3. Yordamchi so‘zlarga fe’lni qo‘shish orqali. 4. Oraliqdagi so‘zlarga fe’lni qo‘shish orqali. A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 1, 3 D) barchasi 35. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so‘zlarga, odatda, qaysi fe’llar qo‘shilsa, qo‘shma fe’l hosil bo‘ladi? A) kel, ket B) qil, et, bo‘l C) qil, et, bo‘l, ayla D) barchasi 36. Ot, sifat, son, olmosh, undov, taqlid so‘z + fe’l qo‘shili-shi bilan qo‘shma fe’l hosil bo‘lgan fe’llarga misol keltiring. A) parvoz qilmoq, ta’sir qilmoq, bir bo‘lmoq, eski bo‘lmoq B) chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq, sayr etmoq, taq etmoq, e’tiroz bildirmoq C) sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib kelmoq D) A va B 37. Fe’l + fe’l shaklidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llarga misol keltiring. A) parvoz qilmoq, ta’sir qilmoq, bir bo‘lmoq B) chirs etmoq, tarbiya qilmoq, bunyod qilmoq C) sotib olmoq, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib kelmoq D) A va B 38. Qo‘shma fe’llarning ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridan nima farqi bor? A) qo‘shma fe’llarga alohida so‘roq beriladi B) qo‘shma fe’llarda bir fe’l o‘zining lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi C) qo‘shma fe’l tarkibidagi fe’llar o‘z lug‘aviy ma’nosini saqlagan bo‘ladi D) A va C 39. Men bozordan kechga keldim va tezda uxlab qoldim. Ushbu gapda qo‘shma fe’llar nechta? A) 2 ta B) 3 ta С) 1 ta D) qo‘shma fe’l yo‘q 40. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapda nechta mustaqil so‘z bor? A) 6 ta B) 7 ta С) 8 ta D) 5 ta 41. Fe’lning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ish- harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini ifodalaydi? A) sodda fe’llar B) qo‘shma fe’llar С) juft fe’llar D) takroriy fe’llar 42. Oldi-berdi, bordi-keldi, ur-yiqit kabi so‘zlar qaysi turkumga oid? A) ot B) fe’l С) sifat D) olmosh 43. Ana, hech narsa bo‘lmaganday yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. Ushbu gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi-ning yetakchi qismi fe’lning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi bilan ifodalangan? A) sodda fe’l B) qo‘shma fe’l C) juft fe’l D) takroriy fe’l 21 44. 1. Aqliy faoliyat fe’llari. 2. Holat fe’llari. 3. Jismoniy faoliyat fe’llari. 4. Nutqiy faoliyat fe’llari. Bular fe’lning qaysi xususiyatiga ko‘ra turlari sanaladi? A) tuzilishiga ko‘ra B) nimani atab kelishiga ko‘ra C) tarkibiga ko‘ra D) ma’nosiga ko‘ra 45. 1. Gapirmoq. 2. Pichirlamoq. 3. Yozmoq. 4. O‘qimoq. 5. Ijod qilmoq. 6. Kesmoq. 7. Ekmoq. 8. Termoq. 9. Yurmoq. 10. Nazar tashlamoq. 11. Isitmalamoq. 12. Chaqirmoq. 13. qimirlatmoq. 14. Fahmlamoq. 15. Xo‘rsinmoq. 16. Kiyintirmoq. 17. O‘rtoqlashmoq. 18. Sevinib ketmoq. 19. Tushuntirmoq. 20. Fikrlamoq. 21. Jilmaymoq. 22. Burilmoq. 23. Ko‘tarmoq. 24. Ovqatlanmoq. 25. Tekislamoq. 26. Parvarishlamoq. 27. Duduqlanmoq. 28. Kutmoq. Ushbu fe’llarni fe’lning ma’no turlariga to‘g‘ri ajarating. A) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 – aqliy faoliyat, 10, 11, 15, 17, 18, 21, 25, 26 – holat fe’llari B) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10, 13, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 – aqliy faoliyat, 11, 15, 17, 18, 21, 25, 26 – holat fe’llari C) 1, 2, 12, 26– nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20, 27 – aqliy faoliyat, 10, 11, 15, 17, 18, 21, 25, – holat fe’llari D) 1, 2, 12, 27 – nutqiy faoliyat, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 13, 15, 16, 22, 23, 24 – jismoniy faoliyat, 5, 14, 19, 20 – aqliy faoliyat, 10, 11, 17, 18, 21, 25, 26 – holat fe’llari 46. Fe’l asoslariga qo‘shilib gapda kesim vazifasida qo‘llani-shiga xoslovchi shakllar qanday fe’l shakllari sanaladi? A) fe’l nisbatlari B) fe’lning mayllari С) fe’lning shaxs-son shakllari D) fe’lning munosabat shakllari 47.Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? A) zamon, mayl, nisbat B) zamon, mayl, shaxs-son С) zamon, nisbat, harakat nomi D) mayl, shaxs-son, egalik 48. Fe’lning munosabat shakliga ega bo‘lmagan fe’llar qanday fe’llar sanaladi? A) to‘liqsiz fe’llar B) fe’lning noaniq shakli С) fe’lning vazifaiy shakllari D) fe’lning mayl shakllari 49. Fe’lning noaniq shakli qaysi qo‘shimchada turadi? A) -gan B) -di С) -moq D) -adi 50. O‘tgan zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -adi, -ibdi, -gan B) -di, -ib, -gan С) -moqda, -gan, -ar D) -yap, -moqda, -di 51. Hozirgi zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -adi, -ibdi, -gan B) -di, -ib, -gan С) -moqda, -gan, -ar D) -yap, -moqda, -yotir 52. O‘tgan zamon qanday harakat-holatni bildiradi? A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotganini yoki bermayotganini bildiradi B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildiradi С) harakat va holatning ilgariroq, keyinroq ro‘y berganini bildiradi D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildiradi 53. -di qo‘shimchasidan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli qo‘llaniladi? A) -m, -ng, -k B) -m, -ngiz, -lar С) -siz, -dir, -lar D) -m, -man, -ular 54. -ib qo‘shimchasidan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli qo‘llaniladi? A) -man, -san, -dir, -m B) -miz, -siz, -lar, -k С) -man, -san, -miz, -siz D) -ng, -ingiz, -dir 55. -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasidan so‘ng shaxs- sonning qaysi shakli qo‘llaniladi? A) -man, -san, -dir B) -m, -k, -ng С) -miz, -siz, -lar D) A va C 56. -di qo‘shimchasi qanday harakatni bidiradi? A) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan, guvohi bo‘lgan harakat va holatni С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni eshitib bilganligini D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y berganini 57. -ib qo‘shimchasi qanday harakatni bidiradi? A) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan guvohi bo‘lgan harakat va holatni С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni eshitib bilganligini D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y berganini 58. -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi qanday harakatni bidiradi? A) harakat va holatning ilga-riroq ro‘y berganini B) so‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan guvohi bo‘lgan harakat va holatni С) so‘zlovchining ilgari ro‘y bergan harakatni eshitib bilganligini D) harakat va holatning tez va kutilmaganda ro‘y berganini 59. Hozirgi zamon fe’llari qanday harakat-holatni bildiradi? A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotganini yoki bermayotganini B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini 22 С) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildiradi 60. Hozirgi zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -di, -b, -y, -gan B) -yapti, -moqchi, -adi С) -yap, -(a)yotir,-(a)yotib, -moqda D) -a, -ajak, -ur, -ay 61. Qaysi zamon shakli morfologik yozuv shaklida yoziladi? A) o‘tgan zamon shakli B) hozirgi zamon shakli С) kelasi zamon shakli D) har uchala zamon shakli 62. Hozirgi zamon qo‘shimchalarining qaysi shakli talaffuzi va yozilishi har xil? A) -yap B) -(a)yotir С) -(a)yotib D) -moqda 63. Kelasi zamon fe’llari qanday harakat-holatni bildiradi? A) harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotganini yoki bermayotganini B) harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini С) harakat va holatning ilgariroq ro‘y berganini D) harakat-holatning nutq jarayonidan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini 64. Kelasi zamon qo‘shimchalarini sanang. A) -adi, -ur, -moqchi B) -ajak, -yap, -ibdi С) -yap, -yotir, -yotib D) barchasi 65. Kelasi zamon shakllari-ning qaysilari ba’zan har uchala zamonga oid voqeani bildiradi? A) -a, -adi, -moqchi B) -a, -y, -(a)r С) -a, -adi, -ajak D) -ur, moqchi 66. Qaysi qo‘shimcha kelasi zamon ma’nosini taxmin va gumon yo‘li bilan ifodalaydi? A) -adi B) -ur С) -ajak D) -(a)r 67. Fe’l asosida ifodalangan harakat va holat haqida xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari qanday shakllar sanaladi? A) munosabat shakllari B) zamon shakllari С) mayl shakllari D) nisbat shakllari 68. Fe’l mayllarini sanang. 1. Xabar mayli. 2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli. 4. Maqsad mayli. A) 1,2,4 B) 2,3,4 С) 1,2,3 D) 1,3,4 69. Xabar mayli qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? A) egalik qo‘shimchalari B) kelishiklar qo‘shimchalari С) zamon va shaxs-son qo‘shimchalari D) A va B 70. Xabar maylidagi fe’l ishtirok etgan gap qanday ataladi? A) darak gap B) buyruq gap С) istak gap D) so‘roq gap 71. Otasi Qo‘qonning «Madalixon» madrasasida bir necha yillar mudarris bo‘lib ishlagan. Ushbu gapda qaysi mayldagi fe’l ishtirok etgan? A) xabar mayli B) shart mayli С) buyruq-istak mayli D) maqsad mayli 72. Buyruq-istak maylidagi fe’l qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1. Buyruq. 2. Istak. 3. Iltimos. 4. Maslahat. 5. Shart. 6. Ishonch. A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) barchasi 73. Buyruq-istak mayli fe’l asoslariga qaysi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan hosil qilinadi? A) zamon va shaxs-son qo‘shimchalari B) -(a)y, -(a)yin, -gin, -sa С) -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)ng-lar D) B va C 74. Ikkalang ham og‘zingni ochmay o‘tirgin. Ushbu gapdagi fe’l qaysi maylda? A) xabar maylida B) shart maylida С) buyruq-istak maylida D) maqsad maylida 75. Koshki edi, o‘sha tog‘ga men ham borsam. Ushbu gapdagi fe’l qaysi maylda? A) xabar maylida B) shart maylida С) buyruq-istak maylida D) maqsad maylida 76. Fe’lning zamonlarsiz, shaxs-sonlarsiz qismi qaysi maylni hosil qiladi? A) xabar mayli B) shart mayli С) buyruq-istak mayli D) maqsad mayli 77. -gin qo‘shimchasi qanday fe’llarga qo‘shilganida ma’noni kuchaytirish vazifasini bajaradi? A) I shaxs B) III shaxs С) I va III shaxslar D) II shaxs 78. Shart mayli shaklidan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli qo‘shilmaydi? A) -man, -san, -di (-dir) B) -miz, -siz, -lar С) -m, -ngiz, -lar D) A va B 79. Ravishdosh, sifatdosh va sof hozirgi zamon shakllaridan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli qo‘shiladi? A) -man, -san, -di (-dir) B) -miz, -k, -lar С) -siz, -ngiz, -lar D) A va B 80. O‘tgan zamon shakli -di, shart mayli shakli -sa qo‘shimchalaridan so‘ng shaxs-sonning qaysi shakli qo‘shiladi? A) -m, -ng, -k, -ngiz B) -siz, -dir, -lar, -man С) -man, -san, -ular, -dir D) -m, -siz, -ingiz, -lar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling