6 ona tili javobi docx
noiloj, noilojlikdan(sabab)
Download 243 Kb. Pdf ko'rish
|
6 - ona tili JAVOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor-daraja ravishlari.
noiloj, noilojlikdan(sabab) ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi.
Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va “qanday?”, “qay holda?”, “qay tarzda?” so’roqlariga javob bo’luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlari: jim, yayov, chindan, qo’qqisdan, to’satdan, piyoda, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma- bir, yakama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo’rg’a, mardlarcha Payt ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, “qachon?” so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga endi, hozircha, so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi. O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarmaslik o’rnini bildirgan va “qayer (-ga, da, -dan)?”so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o’rin ravishlari hisoblanadi. O’rin ravishlariga olg’a, ichkarida, tashqarida so’zlari kiradi. Miqdor-daraja ravishlari. Harakat-holatning bajarilishidagi miqdor-darjasini bildiradigan va “qancha?’ so’rog’iga javob bo’ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko’p, kam, ancha kabi. 35 TESTLAR 1. Narsalarning son-sanog‘ini bildirgan turkum qanday nomlanadi? A) ot B) sifat D) ravish D) son 2. Son qanday ma’no turlariga bo‘linadi? A) 1. Miqdor son. 2. Hisob son B) 1. Tartib son. 2. Sanoq son С) 1. Miqdor son. 2. Tartib son D) 1. Sanoq son. 2. Tartib son. 3. Chama son. 4. Taqsim son. 5. Jamlovchi son. 6. Kasr son 3. Miqdor son qanday miqdorni bildirishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi? 1. Sanoq son. 2. Tartib son. 3. Chama son. 4. Taqsim son. 5. Hisob son. 6. Jamlovchi son. 7. Kasr son. A) 1, 3, 4, 6, 7 B) barchasi С) 1, 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7 4. Quloch, yog’och, chaqirim kabi o’lchov birliklari nimani o’lchashda ishlatiladi? A)Og’irlikni B)Uzunlikni C) yoshni D) Vaqtni 5. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar qanday ataladi? A) tartib son B) dona son С) miqdor son D) sanoq son 6. Sanoq son qanday shakllar orqali hosil qilinadi? A) -ta B) -tadan С) –larcha D) maxsus shakli yo‘q 7. Sanoq sonlar yozuvda ko‘pincha qanday raqam bilan beriladi? A) hind raqamlari bilan B) rim raqamlari bilan С) arab raqamlari bilan D) kasr sonlar bilan 8. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan son qanday nomlanadi? A) jamlovchi son B) dona son С) chama son D) sanoq son 9. Dona son qanday shakl bilan hosil qilinadi? A) -tadan B) -ta С) -ov D) maxsus shakli yo‘q 10. Hayvonlar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar 11. Insonlar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar 12. O‘simliklar uchun ishlatiladigan hisob so‘zni keltiring. A) tup B) bosh С) gramm D) nafar 13. Og‘irlik uchun ishlatiladigan hisob so‘zni keltiring. A) tup B) litr С) gramm D) nafar 14. Suyuqlik uchun ishlatiladigan hisob so‘zni keltiring. A) tup B) litr С) gramm D) nafar 15. Yetti o‘lchab bir kes. Ushbu gapda sonning qaysi turi ishtirok etgan? A) sanoq son B) jamlovchi son С) dona son D) tartib son 16. Narsaning miqdorini chamalab, taxminlab ko‘rsatadigan sonlar qanday ataladi? A) jamlovchi son B) dona son С) chama son D) taqsim son 17. Chama son qanday shakllar bilan hosil qilinadi? A) -ov, -ovlon, -ala B) -tacha, -lab, -larda, -larcha С) -tadan, -tacha, -ta D) -lab, -tadan, -ta, -larcha 18. Narsalarning miqdorini jamlab ko‘rsatadigan onlar qan-day ataladi? A) jamlovchi son B) dona son С) chama son D) taqsim son 19. Jamlovchi son qo’shimchalari qaysilar? A) -tacha, -lab, -larcha B) -tacha, -tadan С) -ov, -ovlon, -ala D) -lab, -ta, -tacha 20. Jamlovchi son qo‘shimchasi qaysi sonlarga qo‘shilsa, tovush tushish hodisasi bo‘ladi? A) ikkidan yigirmagacha bo‘lgan sonlarga B) ikki, to‘rt, olti sonlariga С) ikki, olti, yetti sonlariga D) birdan o‘n to‘qqizgacha bo‘lgan sonlarga 21. Narsalarning miqdorini taq-simlab ko‘rsatadigan sonlar qanday ataladi? A) tartib son B) dona son С) chama son D) taqsim son 22. Taqsim son qaysi shakl orqali hosil qilinadi? A) -tacha, -lab B) –ta С) -(i)nchi D) -tadan 23. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar qanday ataladi? A) dona sonlar B) chama sonlar С) kasr sonlar D) jamlovchi sonlar 24. Kasr sonlarda butun miq-dorni bildiruvchi qism, odatda, qaysi shaklda turadi? A) bosh kelishik shaklida B) jo‘nalish kelishigi shaklida С) tushum kelishigi shaklida D) chiqish kelishigi shaklida 25. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so‘z o‘rtasida qo‘llanib, bu narsaning o‘lchovini bildiruvchi so‘zlar … A) sanoq sonlar B) miqdor so‘zlar С) hisob so‘zlar D) tartib sonlar 26. Predmet ma’nosida ishlatila oladigan hisob so’zlarni to-ping. A) qadam, hovuch, chelak B) gramm, etak, qop C) litr, xalta, savat D) barchasi 27. Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o‘n chelak suv, bir savat non. Ushbu birliklardagi hisob so‘zlarni toping. A) hovuch, qop, bir, paxta, chelak, suv B) hovuch, qop, xalta, etak, chelak, savat С) suv, un, turshak, paxta, suv, non D) hovuch, ikki, qop, bir, turshak, etak, savat, non 36 28. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar qanday nomlanadi? A) sanoq son B) jamlovchi son С) miqdor son D) tartib sonlar 29. Tartib son qaysi shakl orqali hosil qilinadi? A) –tadan B) -(i)nchi С) –tacha D) -ta 30. Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo‘shimchasi o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi? A) rim raqami bilan ifodalansa B) arab raqami bilan ifodalansa С) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa 31. Tartib sonlarda qachon -(i)nchi qo‘shimchasi o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatilmaydi? A) rim raqami bilan ifodalansa B) arab raqami bilan ifodalansa С) har doim D) kasr sonlar bilan ifodalansa 32. Ravish qanday belgilarni bildiradi? A) harakat va holatning bajarilish tarzi, payti B) harakat va holatning bajarilish o‘rni, daraja- miqdori C) harakat va holatning maqsad, sababi kabi belgilarni D) barchasi 33. Ravish qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday, qachon, qayer, qancha? B) qay holatda, qancha, necha, qachon? С) qachon, qanaqa, qay holda, qay tarzda? D) barchasi 34. Ravishlar tarkibiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) 1. Sodda. 2. Qo‘shma B) 1. Tub. 2. Yasama С) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror D) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor 35. Ravishlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) 1. Sodda. 2. Qo‘shma B) 1. Tub. 2. Yasama С) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Takror D) 1. Sodda. 2. Qo‘shma. 3. Juft. 4. Inkor 36. Qaysi qo‘shimchalar ravish yasaydi? 1. -cha. 2. -lab. 3. no-. 4. -gi. 5. -larcha. 6. -ona. 7. -a. 8. -an. 9. -chasiga. 10. -aki. A) 1, 2, 5, 6, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8 С) 1, 2, 4, 8, 9, 10 D) barchasi 37. Ravish qaysi turkumlardan yasalishi mumkin? A) ot va sondan B) ot va sifatdan С) sifat va olmoshdan D) ot, sifat, olmoshdan 38. Ravish tarkibida qanday qo‘shimchalar yaxlitlanib qolishi mumkin? A) egalik, kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari B) egalik, jo‘nalish, o’rin payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari С) jo‘nalish va chiqish kelishigi, ko‘plik qo‘shimchalari D) egalik, kelishik, erkalash-kichraytirish qo‘shimchalari 39. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan jo‘nalish kelishigiga misol keltiring. A) qo‘qqisdan B) erkakchasiga С) jo‘rttaga D) olg‘a 40. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan egalik qo‘shimchasiga misol keltiring. A) ichkari, kechasi, yuzaki, kun-duzi B) avvallari, kechalari, kechasi, kunduzi С) saharlab, ertalab, mardona, erkakcha D) avvallari, ilgari, yuzaki, kechasi 41. Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan chiqish kelishigiga misol keltiring. A) to‘satdan, ichkari, jo‘rttaga, olg‘a B) tubdan, chindan, to‘satdan, birdan С) rostdan, kechasi, ertalab, qo‘qqisdan D) birdan, ilgari, mardona, ohista 42. Ravishning qanday ma’no turlari bor? 1. Holat. 2. Payt. 3. Daraja-miq-dor. 4. O‘rin. 5. Maqsad-sabab. A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 С) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 43. Qaysi so‘zlar maqsad-sabab ravishlari sanaladi? A) qatorasiga, piyoda, jo‘rttaga, ohista, hamon B) ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo‘rttaga С) qasddan, sal, asta, piyoda, oz, atayin D) jo‘rttaga, qasddan, doimo, rostdan, olg‘a 44. Holat ravishlari qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday, qancha? B) qanday, qay holda, qay tarzda? С) qachon? D) qanday holatda, qancha? 45. Holat ravishlari qaysilar? A) jim, yayov, chindan, qo‘qqisdan, to‘satdan, piyoda, ancha B) majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, xiyol, qatorasiga, birma-bir С) yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo‘rg‘a, mardlacha D) A, B, C 46. Payt ravishlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? A) qanday? B) qay tarzda, qay holda? С) qanday? D) qachon? 47. Payt ravishlariga misol keltiring. A) endi, hozir, so‘ngra, hanuz, doimo, dastlab B) ilgari, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, atayin С) hamisha, hamon, tasodifan, astoydil, endi D) hozir, ilgari, doimo, bafurja, arang 48. O‘rin ravishlariga qaysilar kiradi? A) endi, quyi, so‘ngra, ancha B) olg‘a, ichkari, tashqari, yu-qori С) quyi, uzoqdan, usti, osti D) B va C 37 49. Qaysi qatorda kasr son bor? A) Chorak soat o'tmasdan hukm-nomani eshittirdilar B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi C) tanlariga qon yugurgan bolalar qoplarni ortib, ikki yuz qadam yurar-yurmas uchinchi kechuvga duch kelishibdi D) A va B 50. Oldinda Shirinbuloq qishlog‘i butun bo‘y-basti bilan yastanib yotibdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi ishtirok etgan? A) holat ravishi B) payt ravishi С) o‘rin ravishi D) daraja-miqdor ravishi 51. Daraja-miqdor ravishi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? A) qayerga? B) qay tarzda? С) qancha? D) qanday? 52. Qaysi ravishlar daraja-miqdor ravishi sanaladi? A) picha, xiyol, oz, ko‘p, ancha B) asta-sekin, endi, kam, sal, xiyla С) xiyol, hamon, dastlab, ancha D) doimo, tez-tez, oz, kam, ancha 53. Kasr sonni toping? A) ikki B) uchtadan C) yarim D) yettov 54. Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo‘ppi-lo‘ppi, yangi-yangi. Ushbu so‘zlar... A) juft sifatlar B) takroriy sifatlar С) takroriy otlar D) yasama sifatlar 55. Sifatning orttirma daraja shakli nechta yo‘l bilan hosil qilinadi? A) 2 yo‘l bilan B) 4 yo‘l bilan С) 3 yo‘l bilan D) 5 yo‘l bilan 56. Yasama ravishni toping? A) qo‘qqis B) doim C) qo’qqisdan D) mardona 57. Tub ravish qatorini toping? A) do’stona B) doim C) xomlay D) shamolday 58. Ilgari ustalar pichoqqa sop izlab, atay sayg'oq oviga chiqisharkan. Ushbu gapda ravishning ma’no jihatdan qaysi turi ifodalangan? A) payt va maqsad B) payt va o’rin C) o’rin va maqsad D) payt, o’rin va maqsad 59.Qaysi javobda sifatlarning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan? A)to'g'ridan to'g'ri, uzundan uzoq B)bosh-boshiga, gul-gul C)o'zidan o'zi, birma-bir D)hali-beri, birin-ketin 60. Ikki, olti, yetti sonlariga qaysi son turini yasaydigan qo’shimchani qo’shganda “i" harfi tushib qoladi? A) Taqsim son B) Jamlovchi son C)Kasr son D) Tartib son 61. Keyin sal hushimni yig’ib qarasam, oyoqlarim go’yo o’zidan – ozi yurib ketayapti. Gapda qo’llangan ravishlar miqdorini toping. A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 62.Holat ravishlarini aniqlang. A) dastlab, hanuz B) tez, darhol C) xiyol, oz D) arang,qasddan 63. Qaysi qatordagi gapda ravishning ma’no jihatdan uch turi mavjud? A) Ikki ovsin kechki salqin bilan piyoda yo’lga tushishibdi. B) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng, uning tarhini yaxshilab qog’ozga chizishini aytdi. C) Shu payt uydan-yotog’imizdan bolalar ham birin-ketin ko’zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. D) G’uvillab uchayotgan bo’ron ichida yigitlar naridan – beri xashak-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g’ildiraklarga namat yopishdi. 64. Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni belgilang. A) U aravani Nuriddin minganini ko’rib, xiyla yengil tortdi. B) Bir tup kessang, o’n tup ek. C) Bu gaplar amirzoda qulog’iga yetib borganiga shubha qilmasa ham bo’ladi. D) Qiz hozirgina o’zi tanishgan qush bilan suhbatlashmoqchi bo’ldi. 65. Ravishdan yasalgan sifat qaysi gapda qo’llangan? A) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. B) Dastlabki kunlar yo’l unchalik mashaqqatli bo’lmadi. C) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. D) Mehmon degan unaqa sergap bo’lmaydi, - dedi u ayyorlarcha. 66. Qaysi qatordagi gapda son qatnashmagan? A) Bemorlarni palataga to'rtta- to'rtta joylashtirdik B) Biznikiga uch-to'rt kishi mehmonga keldi C) Besh-olti havaskor to'piandi D) Yig'ilganlarni birma-bir chaqirdik 67. – tadan qo’shimchasi sonning qaysi turini yasashda ishlatiladi? A) Jamlovchi son B) Taqsim son C) Kasr son D) Tartib son 68. Daraja – miqdor ravishlarini toping? A) kam, oz B) tez, asta C) hamon, hozir D) oldinda, uzoqdan 38 69.Tez aytishlardan qaysi birida ikkita ravish ishtirok etgan? A) Hali Vali, Soli sholi o'rdi B) Oydin oyisidan oldin bordi C) Erkin ertaki ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi D) Nor narvondan narida 70. Burro-burro so'zlayman, kelajagim ko'zlayman. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qatnashgan? A) holat ravishi B) maqsad-sabab ravishi C) payt ravishi D) o'rin ravishi 71. Abdushukur bu yerdan tezda chiqib ketish payiga tushdi. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan, ularning turlarini toping. A) 1 ta: daraja-miqdor ravishi B) 2 ta: o'rin va payt ravishi C) 3 ta: payt, o'rin va miqdor-daraja ravishi D) 2 ta- payt va miqdor-daraja ravishi 72.Qaysi so'z holat ravishi emas? A) yaqqol B) yonma-yon C) tezda D) astoydil 73.Qaysi gapda yasama ravish bor? A) Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo'q B) Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darhol javob bera qoldim C) Xo’roz arang qochib qutulibdi D) Otamizning o'lganiga ancha yil o'tib ketdi 74.Qaysi ravish be- qo'shimchasi orqali yasalmagan? A) beomon B) beto'xtov C) bexosdan D) betinim 75. Otlashgan ravishni toping? A) Ko’pi ketib, ozi qoldi B) Kattalarni hurmat qil C) Beshta besh yigirma besh D) U yaxshi bola 76. Qo’shma ravishga misol keltiring? A) biryo’la B) erkakchasiga C) qahramonona D) qayta-qayta 77. Yasama ravishni toping? A)oldin B)keyin C)yuqori D)tezroq 78.Qaysi gapda ravish ishtirok etmagan? A) O'g'illari suyunib, safar tayyorgarligini ko'rishib, erta saharda otlanib yo'lga tushibdilar B) Ba'zan Hasanni ham birga olib ketadi C) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi D) hammasida ravish bor 79.Qaysi gapda holat ravishi ishtirok etmagan? A) Shu payt uydan-yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ko'zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi B) O'rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi C) hammasida qatnashgan D) Uzoqdan - kun botish tomondan bir uchqun ko’rindi 80. Azza-bazza so’zi ravishning qaysi turiga kiradi? A)Maqsad-sabab B)Daraja-miqdor C) Payt D)O’rin 81. Qaysi gapda ikkita ravish ishtirok etgan? A) Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib jim B) Ikki oshna kechki salqin bilan yo'lga tushishdi C) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi D) Jo'raboyev ham jimgina o'tirib, hammaga razm solardi 82. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 83. Qaysi gapda o'rin ravishi qatnashmagan? A) Tashqariga chiqib, G'ofurjon ketishga boydan izn so'radi B) hammasida qatnashgan C) Salmon ota gapni uzoqdan boshladi D) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi 84. O’rin ravishini ko’rsating? A)qishloqda B)hozir C)tashqarida D) tez orada 85. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan va ularning turlarini toping. A) 1 ta: daraja-miqdor ravishi B) 2 ta: o'rin va daraja-miqdor ravishi C) 3 ta: payt. o'rin va miqdor-daraja ravishi D) 2 ta: payt va miqdor-daraja ravishi 86.Qizining chug'urlab biyron-biyron gapirayotganini ko'rgan Sabohat opa unga mamnun jilmayib qo'ydi. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 87. Harakatning qay holda bajarilganini qaysi so’z turkumi ifodalaydi? A)Sifat B)Ravish C)Fe’l D)Olmosh 88. Ravish ishtirok etmagan gapni toping. A) Barcha birday tinmay ishlardi B) Rajab o`sha zamonoq javob berdi. C) Vaqt butunlay sezilmasdan o`tdi D) Baqirmay gapirishning iloji yo`qmi?! 89. Sabab ravishini toping. A) Bu kishilar doim insoniyat uchun qayg'uradi. B) Yangi chiqqan oy ingichka bo'lgani uchun yo'lni yoritolmasdi C) Mahbuba uning taklifiga noiloj ko'ndi. D) Alisher shu sababli vahitnaga tushdi. 90. Birdan ravishi ravishning qaysi ma’no turiga kiradi? A) Holat B) Payt C) Maqsad D) Daraja-miqdor 39 40 Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling