6. pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Download 33.5 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1587707
1   2   3   4
Bog'liq
0. Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari

Monometalizm pul tizimida yagona metall (oltin yoki ku­mush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843— 1852-yillarda, Gollandiyada 1847-1875-yillarda mavjud bo‘lgan.
Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843-yillarda o‘tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo‘lgan. Keyinchalik, muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so‘nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856- yillardagi Qrim urushi ko‘p miqdorda qo‘shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va amalda ular qog‘oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816-yilda tasdiqlangan. Ko‘pchilik boshqa davlatlarda bu tizim XIX asming oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873-yiIda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873-yilda, Fransiyada - 1876-1878-yillarda, Avstriyada - 1892-yilda, Rossiya va Yaponiyada- 1897-yilda, AQShda - 1900-yilda.
Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab, oltin monometalizmi uch ko‘rinishga ajratiladi: oltin tanga standard, oltin g‘isht standarti va oltin valyuta standarti.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan: ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • mamlakat ichki muomalasida to‘laqonli oltin tanga mavjud bo‘ladi, oltin pul barcha funksiyalami bajaradi;

  • xususiy shaxslarga tangalami erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko‘pincha, mamlakat zarbxonasida);

  • muomaladagi to‘la qiymatli bo‘lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi;

  • oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin zaxiralari bo‘lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining zaxirasi bo‘lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari zaxirasi bo‘lgan.
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Britaniyada - 1933-yilda, AQShda - 1933-yilda, Fransiyada - 1936- yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi. 1944-yilda tashkil qilingan Brettonvud Jahon valyuta tizimi o‘zi bilan davlatlararo oltin valyuta standard tizimini, boshqacha qilib aytganda, o‘z mohiyati bo‘yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta asosida davlatlar uchun oltin dollar standard tizimini qaror toptirgan. Oltin dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat Markaziy banklar uchun o‘matilgan va bunda faqat bir valyuta — AQSh dollari oltin bilan aloqador bo‘lgan. Oltin zaxira salmog‘ining susayib ketishi sababli qo‘yilmalarini dollarga sotish to‘xtatildi va oltin dollar standartiga ham yakun yasaldi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometalizmda ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi:

  1. oltin tangali standart - to‘laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlaming qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;

  2. oltin yombili (quyma) standart - oltin muomalada bodmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;

  3. oltin valyutali (oltin devizli) standart - pullaming almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlaming valyutalariga amalga oshiriladi.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan. Ular iqtisodiyot va davlatni kreditlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rasmiy chiqariladi va qog‘oz pul muomalasi qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Pul tizimining holati mamlakat iqtisodiyotiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga uzviy bog'liq bo‘ladi. Pul tizimi ishlab chiqarish sur’atlarini ushlab turish yoki tezlashtirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Dunyo mamlakatlari pul tizimining rivojlanishining quyidagi an’analariga e’tibor qaratish lozim:

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi, ya’ni hisob- kitoblarda naqd pullar ishtirokining kamayib, ular o‘mini bank o‘tkazmalari, palstik kartalar, elektron pullar, mobil telefon orqali to‘lovlar va boshqalaming egallab borayotganligi. Natijada bu to‘lov vositalari naqd pullaming muomala vositasi va to‘lov vositasi sifatida ishlatilishini cheklashi va ulaming pul o‘mini egallab borayotganligi;

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida elektron pullar salmog'ining oshib borayotganligi, ayniqsa, “internet-pul”, ya’ni hisob - kitoblarni internet orqali amalga oshirish natijasida pulning qog‘oz shakli yo‘qolib vertual pullaming paydo bo‘lishi;

  • Bir guruh davlatlar birlashib o‘zlari uchun xalqaro valyutani shakllantirishi va u bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirishga o‘tishi, masalan, qator Yevropa mamlakatlarining yevro tizimiga o‘tishi va bunday jarayon dunyoning boshqa hududlarida ham bo'lishi mumkin.

  • Jahon pulini tashkil qilishga intilish. Dollar va yevroning jahon bozorida mavqeining oshishi kelajakda barcha mamlakatlar uchun bir xil bo‘lgan jahon pulining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlaming pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:

  • pulning oltin miqdorining va banknotalami oltinga almashtirishning bekor etilganligi;

  • oltinning demonetizatsiyasi;

  • oltinga almashtirilmaydigan kredit pullarga o‘tilganligi;

  • muomalaga pul chiqarish nafaqat kreditlash uchun, balki byudjet defitsitini qoplash uchun ham amalga oshirilayotganligi;

  • pul muomalasining aksariyat qismi naqd pulsiz hisob-kitoblardan iborat ekanligi;

  • pulni mamlakat oltin-valyuta zaxirasi o‘sishiga qarab chiqarish;

  • pul muomalasini muvofiqlashtirishda davlatning monopol rolining oshib borayotganligi va boshqalar hisoblanadi.

Endi qisqacha valyuta tizimi to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Subyektlaming ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
6.2. Pul tizimining elementlari
Har bir mamlakatning pul tizimi aniq elementlardan tashkil topadi va pul tizimini shakllantirish va hayotiyligini ta’minlashda shu elementlar talablariga rioya qilish lozim.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlami o‘z ichiga: milliy valyuta nomi, valyuta kursini o‘matish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko‘rinishlari; pul birliklari; pul turlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati va b.
Pul tizimining asosiy tarkibiy qismi milliy valyuta hisoblanadi.
Pul biriligi qonuniy tarzda o‘matilgan pul belgisi bo‘lib, barcha tovarlar bahosini o‘zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha pul birligi mayda bo‘linuvchi qismlarga ajraladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda o‘nlik bo‘linish tizimi o‘matilgan. Masalan, O‘zbekistonda 1 som 100 tiyinga teng qilib belgilangan, 1 AQSh dollari 100 sentga, 1 flint sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va h.k.
Rasman baholar masshtabi o‘zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullami oltinga almashinishi to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qotdi. 1976-1978-yilda o'tkazilgan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklaming oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan pul ko‘rinishlari asosan bank kredit biletlari, qog‘oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQShda muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va 1 dollarlar, bank biletlari, xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50, 20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi. Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st.; 50, 10, 5, 2, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sent qiymatli, Hindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlami zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo'lgan yangi tarmoqlami tashkil etishda yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur chora-tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlaming navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo‘lib xizmat qildi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko‘rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m-kuponlami muomalaga kiritishni joriy qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1993-yil 15-noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so‘m-kupon» 1 so‘m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994-yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tibomi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga erishishga yo‘naltirildi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995-yili «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni va 1996-yili O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlaming pul tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o‘sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollami belgilab berdi.

Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling