6. pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi tamoyili
Download 33.5 Kb.
|
0. Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomalaga chiqarilgan pullaming ta’minlanganlik tamoyili
- 6.4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm, monometallizm, qog‘oz va kredit pullari tizimi
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi tamoyili. Bunda pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to‘liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
Muomalaga chiqarilgan pullaming ta’minlanganlik tamoyili. XX asming 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari l$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978-yillarda bo‘lib o‘tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlashdan iborat. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo‘ldi, eng oxirgi davlat Shveytsariya baho masshtabini 2011- yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalaga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognoz qilish tamoyili. Pul aylanmasini nazorat qilish tamoyili. 6.4. Pul tizimi shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm, monometallizm, qog‘oz va kredit pullari tizimi Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metall va tanga muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetallizm va monometallizm pul tizimlariga bulinadi. Bimetallizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko‘pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalaming erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Parallel valyuta tizimida. ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni o‘matib qo‘ygan. Oltin va kumush tangalaming chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan. Bimetallizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo‘lib G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865-yili Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalami chiqarish, oltin va kumush o‘rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o‘matish shartlari ko‘zda tutilgan. Biroq, bimetallik pul tizimining qo‘llanilishi rivojlangan kapitalistik xo‘jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o‘lchovi sifatida bir vaqtning o‘zida ikki metall - oltin va kumushning qo‘llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to‘g‘ri kelmagan. Umumiy qiymat o‘lchovi bo‘lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o‘matiladigan nisbat ularning bozor narxiga to‘g‘ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo‘qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopemik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo‘lishni talab qildi, shuning uchun bimetallizm o‘z o‘mini monometa- llizmga bo‘shatib berdi. Monometallizm - bu pul tizimida yagona metali (oltin yoki kumush umurniy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metaliar almashiniladi. Rossiyaning O‘rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865-yilda Toshkent ruslar qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‘ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o‘tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‘lib o‘zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl 80 кореек, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko‘proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o‘zgarib turgan. O‘tgan asming 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo‘qonda, keyinchalik, Buxoroda o‘z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‘ra kredit biletlari juda mashhur bo‘lgan. Buxoro beklariga amirga to‘laydigan soliq va boshqa to‘lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‘ra, kredit biletlarda olib kelish arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almash- tirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan3. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843—1852-yillarda, Gollan- diyada 1847-1875 yy. da mavjud bo‘lgan. Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843-yillarda o‘tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo‘lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so‘nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi ko‘p miqdorda qo‘shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog‘oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometallizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816-yilda tasdiqlangan. Ko‘pchilik boshqa davlatlarda u XIX asming oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873-yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873-yilda, Fransiyada - 1876-1878-yilda, Avstriyada - 1892-yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897-yilda, AQSh da - 1900 yilda. 251 Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. Credit Unions. P. 478. 3 R.Barr. Aforementioned work. P. 237. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling