6. pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Download 33.5 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1587707
1   2   3   4
Bog'liq
0. Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari

Valyuta kursi nima?
Ikki xil ко‘rinishdagi valyuta kelishuvlari turi mavjud:

  • spot

  • forvard

Spot kelishuvining asosiy ko‘rinishi, bank depozitlarining tezda (ikki kun davomida) almashinuvida namoyon bo‘ladi;
Forvard kelishuvi bank depozitlarining kelajakdagi aniq muddatlarda almashinuvini bildiradi.
Spot valyuta kursi spot kelishuvining almashinuv kursidir.
Forvard valyuta kursi esa forvard kelishuvlari uchun qo ‘llaniladi.
Ma’lumki, valyutaning qiymati ко‘tarilsa, valyuta mustahkamlanishi sodir bo ‘ladi; valyuta qiymati tushganda esa - qadrsizlanadi.1
Valyuta kurslarining muhimligi nimada?
Valyuta kurslarining muhimligini ulaming o‘z mamlakatlari hududidagi va xorijiy davlatlaming tovarlariga nisbatan qiymatiga ta’sir etishida ko‘rishimiz mumkin. Amerikaliklar uchun fransuz tovarlarining dollardagi narxi ikki omillaming o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi: yevroda ifodalangan fransuz tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valyuta kursidadir.
Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator о‘zining vino kolleksiyasini to'ldirish maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransuz vinosini xarid qilishga qaror qildi. Agar Fransiyada bir litr vinoning narxi2 1000 yevro bo ‘Isa, ammo valyuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng bo'lsa, Vandaga vino 1080 dollarga to'g'ri keladi. (1000 yevro 1,08 dollar/yevro). Tasavvur qilaylikki, Vanda o'zining xaridini ikki oyga kechiktirdi. Vaholanki ushbu davr mobaynida yevroning qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo ‘lib, ya ’ni о ‘zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga о‘sadi.
Boshqa tarafdan, valyutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida xorij mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq kompyuteri bir yevro uchun 1.08 dollarga to'g'ri keluvchi valyuta kursida programmist Pyer uchun 1852 yevroga tushadi. Agar valyuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar bo'lsa, kompyuter 1667yevro bahoga ega bo ‘ladi.
Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga olib keladi va ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining narxlari oshishiga olib keladi. Agar bir yevro 0,90 dollar bo'lsa, Vandaga bit litr vino 1080 dollar emas 900 dollarga, Pyer uchun Compaq kompyuteri 1852 yevrogamas 2222 yevroga tushadi.
Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: mamlakat valyutasi mustahkamlanganda (boshqa xorij valyutalariga nisbatan qiymati oshsa), ushbu mamlakatning mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar arzonlashadi. Va aksincha, mamlakat valyutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa qimmatlashadi.
Valyutaning mustahkamlanishi ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini qiyinlashtiradi va chet elda ishlab chiqarilgan arzon tovarlarning mamlakatda ichki bozorning raqobatini oshiradi. 1980-yildan 1985-yilning boshigacha Amerika sanoati yuqori dollar kursidan zarar ко ‘rdi.
Masalan, AQShning po'lat quyuvchi sanoati nafaqat Amerika qimmat po'latining xorijga eksporti qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import po'latning sotuvi ro'y berdi. To'g'ri, amerikalik iste ’molchilar g ‘alaba qozonishdi, chunki import mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya videomagnitafonlari va kameralari, hamda Yevropaga yo ‘llanmalarning narxi dollarning mustahkamlanishi tufayli lushdi.
6.3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish tamoyillari
Tizim deganda o‘zaro bog‘liq elementlaming birligi tushuniladi.
Pul tizimi - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda harakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlaming yig‘indisidir.
Pul tizimi - bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimining obyektiv va subyektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obyektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subyektiv asoslariga to‘lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
Funksional jihat (aspekt) - pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish tamoyillari, shakllari va usullarining yig‘indisidir.
Institutsional jihat - institutsional jihatdan pul tizimi pul muoma­lasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlaming yig‘indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:


  1. Download 33.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling