6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Senat
 
15-BILET  
1. Rim Respublikasi.
2. Salamin jangi haqida ma’lumot bering.
1. Rim podsholari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq 
majlisini chaqirar edilar. Xalq majlisi urush e`lon qilar, sulh tuzar, 
qonunlarni qabul qilar va bekor etar, barcha muhim mansabdor shaxslarni 
saylar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlar edi, lotinchadan tarjima 
qilganda «senat» so`zi «oqsoqollar kengashi» degan ma`noni anglatadi. 
Senatorlarning avlodlari patritsiylar, Rimning oddiy xalqi esa plebeylar deb 
nomlangan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. 
Miloddan avvalgi VI asr oxirida Rim davlati Respublika deb yuritila 
boshladi. 
Italyanchadan tarjima qilganda «respublika» so`zi «xalq ishi, umumiy ish» 
degan ma`nolarni anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). Aslida esa Rim 
respublikasi boshqaruvida faqat zodagon quldorlar ishtirok eta olardi. 
Davlatga xizmat qilish evaziga haq to`lanmagani sababli qashshoq kishi
deylik, konsul bo`la olmasdi. Saylovlarni tashkillashtirish uchun katta pul 
talab etilardi. Badavlat quldorlar turli yo`llar bilan saylovchilarni o`z tarafiga 
og`dirar, masalan, bepul tushlik uyushtirar, sovg`a-salom tarqal`ar va shunga 
o`xshash ishlarni amalga oshirar edilar. 
Saylov kuni konsullikka o`z nomzodini qo`ygan badavlat quldorlar 
«kandida» deb ataluvchi oqharir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat» 
(nomzod), ya`ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi shaxs 
ma`nosini beruvchi so`z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang 
nomzodning vijdoni ham uning libosiday toza va pokiza ekanligini bildirib 
turar edi. 
Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo`lgan. Birorta ham qonun 
Senatda muhokama etilmasdan Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi. 
Asosiy mansabdor shaxslar – konsullar esa bevosita davlatni boshqarar 
edilar. Mabodo qadim zamonlarda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda 
o`rin egallagan bo`lsa, vaqt o`tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda 
o`rin egallab oladigan va uning umrbod a`zosiga – senatorga aylanadigan 
mavqega erishdilar. Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo`zg`oloni ro`y 
berganda diktator va uning o`rinbosari – otliq qo`shinlar boshlig`i tayinlanar 
edi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo`lgan. Ammo u hokimiyatda 
olti oydan ko`p tura olmas edi. 



Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling