6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon @Tohirjon86 Eng qadimgi yo`llardan biri miloddan avvalgi III–II mingyillikda vujudga kelgan «La`l yo`li»dir.UPomir tog`laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o`tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la`l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la`li ishlatilgan buyumlar Misr fir`avnlari maqbaralaridan topilgan. Boshqa biri Eron Ahamoniylari sulolasining yo`li bo`lib, «Shoh yo`li» deb atalgan. U miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O`rtayer dengizi bo`yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog`lab turgan. Tag`in bir yo`l Eron, Baqtriya orqali Sug`diyona, Toshkent vohasi va Qozog`iston hududidan o`tgan va Oltoygacha borgan. Arxeologlar Tog`li Oltoydagi ko`chmanchilarning zodagonlari qo`rg`onlaridan miloddan avvalgi V–IV asrlarga oid Paziriq qo`rg`onini o`rganganda kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar, O`rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan kiyimlar qoldiqlar topishgan. Barcha buyumlar yaxshi saqlangan, chunki qo`rg`onda 2500 yil davomida erimagan qalin muz qatlami yuzaga kelgan. Buyuk Ipak yo`li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo`lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rtayer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo`lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa qator qadimiy shaharlar joylashgan edi. Sug`diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg`onadan nasldor otlar, Badaxshondan la`l; Hindistondan O`rta Osiyoga ipgazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O`rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong`oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Buyuk Ipak yo`lida joylashgan me`morchilik yodgorliklarini o`rganganda turli hunarmandchilik buyumlari, turli mamlakatlarning tangalari topilgan. Masalan, Termizdan Rim tangalari xazinasi, Afrosiyobdan Rim sopol shamdonlari, Misr muhrlari topilgan. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling