@Tohirjon86
Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan
so`ngra aka-ukani Tibr daryosi bo`yida o`lsin deb tashlab ketishadi. Daryo bo`yida
ularni Ona bo`ri topib oladi, bir cho`pon kelib olib ketmaguncha aka-ukalarni emizadi va
boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo`yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Ammo aka-
ukalar janjallashib qolib, Romul o`z inisini o`ldirib qo`yadi, shaharga esa o`z nomini beradi.
Bugun
ham, afsonada aytilganidek, egizaklarni emizgan ona bo`ri
Rimning ramzi hisoblanadi.
Rivoyatga ko`ra, Rimga miloddan avvalgi 753-yilda asos solingan.
Miloddan avvalgi VI asrda Rim aholisi ko`p bir shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa
dushmanlardan himoyalanish uchun qal`a bunyod etiladi.
29-BILET
1.Aleksandr Makedonskiy davlati.
2. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
1. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors Ahamoniylar
sulolasidan bo`lgan so`nggi shohi Doro III qo`shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish
qilishdan oldin qo`shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida
yashovchi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi.
Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo`ldi. Bu
yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo`lgan Bess edi. Dastlabki jangda mag`lubiyatga
uchragan Makedoniyalik Aleksandr Baqtrani dushmanga tashlab, Amudaryoning narigi
tarafiga qochgan edi.
Sug`diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o`z ustozi, qadimgi yunon
faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I kechib o`tgani, ikkalasi
ham mag`lubiyatga uchragani, shuning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko`rishi lozimligi
to`g`risidagi maslahatini yodda tutar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |