6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
rahbarlik qildi. U qullarni qo`zg`olon ko`tarishga tayyorladi. Ammo kimdir bu haqda 
rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga 
hujum qiladilar va turmadan qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati 
bo`lmagani sababli ular Vezuviy tog`idagi qoyalarga chiqib oladilar. Asta-sekin egasidan 
qochgan boshqa qullar ularga kelib qo`shila boshladi, qo`zg`olon ko`targanlar safi kengaydi. 
Ko`p o`tmay ular 10 ming kishiga yetdi. 
Qo`zg`olon ko`targan qullarni tor-mor etishga jo`natilgan uch ming askarlik qo`shin Vezuviy 
cho`qqisi yaqinida o`rda qurdi. 
Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum 
novdalaridan narvon to`qib, ko`rinmaydigan tarafdan cho`qqidan pastga tushib oldilar. 
Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo`zg`olon 
ko`targanlar orasida ixtilof paydo bo`ldi. Ko`pgina qullar mamlakatdan chiqib ketmaslikka, 
Rimni tor-mor etishga va o`z quldorlaridan qasos olishga ahd qilishdi. 
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko`p ming sonli qo`shin 
jo`natildi. 
Miloddan avvalgi 71-yilning bahorida ro`y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-
mor etildi, uning o`zi esa ana shu jangda halok bo`ldi. Bir necha ming asirlar xochlarga mixlab 
osildi. Qo`zg`olon ko`targanlarning alohida to`dalari esa tag`in 10 yil kurashni davom 
ettirdilar. 
Spartak qo`zg`oloni miloddan avvalgi 74–71-yillarda bo`lib o`tdi va qo`zg`olon ko`targan 
qullarning mag`lubiyati bilan yakunlandi. 
 
28-BILET  
1. Kushon davlati.
2. Rimga asos solinishi haqida ma’lumot bering.
1. 1. Miloddan avvalgi 140–130-yillarda ko`chmanchi yuejey qabilasi Yunon-Baqtriya 
davlati hududiga bostirib kirdilar. Tarixda bu qabilalar «kushonlar» nomi bilan tilga olinadi. 
Yuejeylarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil-kesil bo`linib ketishiga olib 
keldi. Kushonlar Shimoliy Baqtriya yerlariga ko`chib kelib o`rnashdilar. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling