Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon
@Tohirjon86
26-BILET
1. Midiya davlati haqida ma’lumot bering.
2. Kir II ning massagetlar hududiga bostirib kirishi.
1. Miloddan avvalgi IX asrda Kaspiy dengizida janubi g`arbda joylashgan Midiya podsholigi
vujudga keldi. Miloddan avvalgi VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya
qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan
ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi.
2. Miloddan avvalgi VI asr O`rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo`lgan
Ahamoniylar tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya
barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II hukmronligi davrida Midiya, Lidiya (Kichik
Osiyo) va Bobil (Mesopotamiya) bosib olindi. Muvaffaqiyatlardan quturgan Kir II O`rta
Osiyoga lashkar jo`natdi. U O`rta Isiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko`rgan ilk fors
podshosi bo`lgan. Miloddan avvalgi 545 va 540-yillar oralig`ida u Parfiya, Marg`iyona va
Baqtriyani bosib oldi. Miloddan avvalgi 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar
ustiga yurishga otlandi.
Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to`g`risida «tarix otasi» Gerodot hikoya
qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning podsho-hokimasi
To`maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni
rad etdi va Amudaryo-dan kechib o`tishni boshlash to`g`risida buyruq beradi.
Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to`g`risida shunday hikoya
qiladi: «Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog`i edi. Avval har ikki dushman kuchlar
bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o`q yog`dirishdi. O`qlari tugagach, ular
qo`llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom
etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko`p qon to`kildi. Nihoyat, massagetlarning
qo`li baland keldi. Fors qo`shinlarining ko`pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o`zi
ham halok bo`ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: |