Karfagenning vayron etilishi
G`arbiy O`rtayer dengizida birdan-bir xo`jayinga aylanish uchun rimliklar Karfagen bilan
janglarga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Rimliklar karfagenliklarga ikki tomondan zarba
berishga qaror qilishdi. Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi,
boshqasi esa Karfagenni bosib olishi kerak edi. BiroqGannibal barcha rejalarni
chalkashtirib yubordi. o`tib bo`lmasdek tuyulgan tog`lardan oshgan Gannibal Italiya
hududiga bostirib kirdi va miloddan avvalgi 216-yilda Kann yaqinidagi jangda
rimliklar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bu jangda 70 ming rimlik legionar halok
bo`ldi. Mag`lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglardan o`zini tiya
boshladi.Italiya aholisi Gannibalni qo`llab-quvvatlamadi, chunki Karfagan yollanma
qo`shinlari mamlakatni talon-toroj qilib tashlagan edi. Urush 15 yilga yaqin davom etdi,
rimlik sarkarda Ssipion kutilmaganda qo`shinlari bilan Afrika qirg`og`iga kelib tushganda
Gannibal Karfagenni himoya qilishga oshiqdi, ammo miloddan avvalgi 202-yilda uning
lashkari rimliklar tomonidan tor-mor etildi. Miloddan avvalgi 183-yilda uzoq surgunda
yurganida, rimliklarga topshirish uchun tutishga urinishganida Gannibal zahar ichadi.
Rim G`arbiy O`rtayer dengizida mutlaq hokimga aylanadi. Suriya va Makedoniyani bosib
olgandan keyin rimliklar Karfagenni bosib olishga qaror qiladilar.
Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida uchinchi Puniya urushi bo`ldi. Rimliklar
Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo`zg`aldi.
Puniya urushlari O`rtayer dengizi hukmronligi uchun Rim bilan Karfagen
O`rtasidagi bo`lgan urush. Miloddan avvalgi II asr O`rtalarida Karfagenning
mag`lubiyati bilan tugadi.
Karfagen shahri aholisi ikki yil o`z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi.
Rimlik legionerlar bir hamla bilan uylarni birma-bir bosib olishar, yo`lda uchragan
narsani talashar va o`t qo`yishar edi. Karfagen o`n yetti kun o`t ichida qoldi. Xalq
Do'stlaringiz bilan baham: |