6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Spartak qo`zg`oloni miloddan avvalgi 74–71-yillarda bo`lib o`tdi va
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
Spartak qo`zg`oloni miloddan avvalgi 74–71-yillarda bo`lib o`tdi va
qo`zg`olon ko`targan qullarning mag`lubiyati bilan yakunlandi. 22-BILET 1. Qang‘ davlatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring. 2. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi haqida ma’lumot bering. 1. 1. Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Mil. avv. III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi. 2. 2. IV–V asrlarda butun Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo`zg`olonlari Mingbuloq tumani 13-maktab Sobirov Tohirjon @Tohirjon86 qamrab oldi. Yerlarni va mo`l-ko`1 o`ljalarni qo`lga kiritish maqsadini ko`zlagan «varvarlar»ning imperiyaga hujumlari ham kuchayib bordi. Bu davr 150-yildan ko`proq davom etdi. 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo`q qilib, bebaho kitoblarni yondirgancha roppa-rosa uch kun Rimni taladilar. Talon- taroj qilingan Rim huvillab qoldi. Germanlar savodsiz bo`lib, hech mahal teatrlar, kutubxonalar va hammomlarga borishmagan edi. Rim imperiyasiga kirganlaridan keyin Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallari go`zalligi va ulug`vorligini munosib baholay olishmasdi. Bularning barini shafqatsiz yo`q qilib tashladilar. Germanlar qo`rg`onchalarini o`rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan tosh taxtalarni ko`chirib olib ketardilar. Kitoblar, haykallar boshqa san`at asarlari ham nobud bo`ldi. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling