6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix



Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
Tarix  
6-sinf  
1-BILET  
1. Qadimgi Misr davlati.
2. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering.
1. Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil 
bo`ylab oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog`ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. 
Misr g`arbida, Liviya cho`lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi 
ko`chmanchi chorvadorlar bo`lgan. Arabiston sahrosida hech kim istiqomat qilmas, 
ammo u orqali o`tadigan yo`l Sinay yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinar edi. 
Sinay yarimrolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. Bu 
mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy edi. Falastin 
va Suriyadan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va noyob toshlarni ham olib 
kelishardi. Orta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar 
Misrga «xiroj» to`lay boshlashdi. Fir`avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib
shaharlarni talattirdilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O`rta 
podsholik fir`avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo`shib olishga 
muyassar bo`ldilar. 
Miloddan avvalgi XVIII asr oxirida ko`chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum 
qildi. Misrliklarning piyoda qo`shinlaridan farqli o`laroq giksoslarning asosiy kuchi 
yengil aravalar – otlar qo`shilgan jang aravalari bo`lgan. Bir askar otlarni boshqarib 
turgan mahalda ikkinchisi kamondan dushmanlarni nishonga olib o`q uzar edi. Quyi 
Misrni bosib olgan giksoslar misrliklar shaharlari va qishloqlariga hujum qildi, ularni 
ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi.Bu mahalda O`rta podsholik ko`plab 
mayda «noma»larga bo`linib ketgandi, ular giksoslarga xiroj to`lar edi. Faqat Fiva shahri 
hukmdorlarigina giksoslarga itoat qilmadilar. 
Bosqinchilar istibdodidan xalos bo`lish taraddudiga tushib qolgan «noma»lar hukmdorlari 
Fiva shahri tevaragida birlasha boshlashdi. Ko`p o`tmasdan Yuqori Misrning barcha 
«noma»lari Fiva nomasi fir`avni tevaragida birlashdilar. Bir qancha janglarda fir`avn 
Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan haydab chiqardi. Itoatsiz 
hukmdorlarni o`ziga bo`ysundirgan Yaxmos yangi fir`avnlar sulolasi asoschisiga aylandi,
ana shu fir`avn zamonidan Yangi podsholik davri boshlanadi. Yaxmos hukmdorligi 
davrida Misr yuksak kuch-qudrat cho`qqisiga erishdi. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling