6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
yoshida Iisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida Iordan daryosida 
cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar Ioannga tavba qilish uchun kelishardi. Xristos 
begunoh bo`lsada, Yaratganga yo`l poklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib 
berish uchun cho`qinadi. 
O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida 
hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi – o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini 
uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iyso payg`ambarni mavjud 
diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim 
noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni 
qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Iisusni Golgof 
tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatda aytilishicha, Yer yuzidagi ilk inson –Odam 
ato dafn etilgan. Iisus 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin 
murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iisus jasadi 
qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iyso payg`ambar qayta tirilgan va me`rojga 
ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuziga 
qaytib kelishga va`da bergan. 
Iisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu 
so`z «Hushxabar» ma`nosini anglatadi. Iyso payg`ambar ta`limoti izdoshlari 
xristianlardir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga yepiskoplar 
peshvolik qiladi. Milodiy birinchi asr xristianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim 
hukmdorlari xristianlarni ta`qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydi-lar, turli 
qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlikni davlatning 
boshqa dinlari bilan teng bir din deb e`lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga 
ibodatxonalar qurish va ochiq ibodat qilishga ruxsat berdi. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling