6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo`lgan. 70 yoshga to`lgan fuqarolar uning 
faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o`zini-o`zi himoya qila bilishi 
yoki chiroyli so`zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yol-lashi shart edi. 
2. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I
hukmronlik qilayotgan Eron yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. 
Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular 
miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan. 
Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo`lishdi, ular: «Bizning 
hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning 
birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi. 
Yunon-fors urushlari miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom 
etgan. 
Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko`rsatishning sira iloji yo`q 
deya hisoblashar, shahanshoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va 
Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Eron elchilari Afinaga kelganda, shahar 
aholisi g`azabdan ularni o`ldirib, qoyadan otib yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa 
tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxanda bilan: «Yetarlicha suvni ham, yerni ham 
quduq tubidan topasizda!» deyishgan ekan. 
Miloddan avvalgi VI asr oxirida Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-
davlatlarini bosib oldilar. Afina hukmdori yunon polislariga yordam qo`lini cho`zdi. 
Bundan g`azablangan Doro I Afinadan shafqatsiz qasos olishga ahd qildi. 
 
11-BILET  
1. Qadimgi Xitoy Sin sulolasi davrida.
2. O‘rta Osiyoning temir davriga o‘tishi. 
1. Xitoyni yagona davlatga birlash tirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri 
bo`lmish Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori 
raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan 
keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246–210-yillar) nomini qabul 
qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma`noni bildiradi. O`z 
davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator 
noyiblarini rahbar etib tayinladi. 



Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling