6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
Aslida 
qattiqqo`1 
odam 
bo`lgan 
Sin 
Shixuandi 
o`z 
raqiblarini 
shafqatsizlarcha qirib tashladi. Sin Shixuandi hukmronligi davrida yagona va 
markazlashgan davlat tiklandi. Sin Shixuandi dehqonchilik, hunarmandlik va 
savdo-sotiq rivojlanishiga imkon bergan bir qancha islohotlar o`tkazdi. 
Sin Shixuandi hali ko`zi tirikligidayoq o`ziga atab maqbara qurishga farmon 
bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari 
bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod 
etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin 
Shixuandi qabridan imperatorni «qo`riqlash» uchun o`rnatilgan 6 mingta 
sopol askarlar haykalchalarini ham topishgan. 
Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko`chmanchi xunnlarning , 
ahyon-ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Ulug` devorni bunyod 
etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, 
uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. Qadim zamonlarda 
dushman qo`shinlari uchun jiddiy to`siq bo`lib xizmat qilgan, negaki otliq 
qo`shinlar undan oshib o`ta olmas, qal`alarni shturm bilan zabt etishni esa 
ko`chmanchilar hali uddalay olishmasdi. 
Podshoh va amaldorlari yuz minglab dehqonlarni devor qurilishida tekindan-
tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Ulug` devorni belkuraklar, cho`kichlar 
va zambil g`altaklar yordamida barpo etadilar. O`sha kezlar dehqon oilasida 
o`g`il bola tug`ilishi musibat o`rnida ko`rilgan: voyaga yetganidan keyin uni 
baribir devor qurilishiga jo`natadilar, uyoqdan tirik qaytib kelish esa 
hammaga nasib etavermaydi. 
Minglab qullar va asirlar devor qurilishidagi haddan tashqari og`ir 
mehnatdan halok bo`lishdi. O`lib qolganlarni shu yerning o`zida 
ko`tarmalarga ko`mib yuborishardi. 
Devor qurilishi nihoyasiga yetganidan keyin (ming yildan ziyod davrda 
qurilgan) hukmdorlarda uni mudofaa qilishga yetarli qo`shin yo`qligi ham 
ma`lum bo`ldi. 
Mil. avv. 206-yilda Sir sulolasiga qarshi dehqonlar qo`zg`oloni 
boshlanib ketdi. Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi.
Qo`zg`olonchilar poytaxtni egallab oldilar. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling